274-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi va muddati Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan oshmagan muddatda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Biroq sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
275-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan sud tomonidan chiqariladigan ajrim Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan sud arizani qanoatlantirish va ilgari o‘zi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilish haqida yoki arizani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha chiqarilgan ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sud hujjati yangi ochilgan holatlar bo‘yicha bekor qilingan taqdirda, ilgari o‘zi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilgan sudning o‘zi ishni ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda ko‘radi.
IV BO‘LIM. SUD HUJJATLARINI IJRO ETISh 276-modda. Sud hujjatlarini ijroga qaratish Oldingi tahrirga qarang. Sud hujjatlari qonuniy kuchga kirgach ijroga qaratiladi, bundan qonunchilikda belgilangan tartibda darhol ijro etish hollari mustasno.
(276-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 97, 167, 172-moddalari. Sud hujjatining ijrosi hal qiluv qarori (qarori) asosida, pul mablag‘larini majburiy undirish bo‘yicha sud hujjatining ijrosi esa sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorining 2-bandi.