Talabalar uchun ko’rsatmalar:
Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling.
Berilgan manbalarga tayangan holda muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlang.
Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko’proq dahldor bo’lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajrating.
Ana shu omillar asosida yechimni asoslashga uring.
Echimni bayon eting.
Keysni yechish jarayoni:
Talabalar keys mohiyatini u bilan ikki-uch marta tanishish orqali, sherigi (juftlikda), guruhdoshlari (kichik guruhlarda) yoki jamoadoshlari (jamoada) bilan muhokama qilgan holda yetarlicha anglab oladi.
Talaba sherigi (juftlikda), guruhdoshlari (kichik guruhlarda) yoki jamoadoshlari (jamoada) bilan muhokama qilgan holda muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlaydi.
Talaba (juftlik, kichik guruh, jamoa) aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko’proq dahldor bo’lgan omil (yoki ikkita omil)ni ajratib oladi.
Talaba (juftlik, kichik guruh, jamoa) yechimni ajratib olingan omil (ikkita omil) asosida bayon etadi.
Echim individual, kichik guruhlar yoki jamoa ishtirokida muhokama qilinadi.
O’qituvchining yechimi
O’qituvchining pedagogik xatosi vaziyatni to’g’ri baholay olmaganligida. Avvalo, yumor yordamida vaziyatni aniqlashtirib olishi zarur edi.
2. Bu vaziyatda o’qituvchi o’quvchilarning kulgusini bartaraf etish uchun insonning diqqati bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektga tez ko’chishini, fikrlash tezligi esa optik tezlikka nisbatan sust ekanligini, shu sababli miya tomonidan axborotlarni qabul qilishda ba’zan noqulay holatlar ro’y berishi mumkinligini tushuntirib o’tishi, nima uchun kulgu ko’tarilganligining sababini esa tanaffusda o’quvchi bilan muloqotni tashkil etgan holda aniqlab olishi mumkin edi.
Keys
Birinchi sinfda o’qiyotgan Dilshod she’rni ifodali o’qib bergani uchun “besh” baho oldi. O’qituvchi uni buning uchun maqtadi. Dilshod uyga qaytgach, shoshganicha, bu xabarni oyisiga aytdi. U, hatto, o’zi yod olgan she’rni oyisiga ham o’qib bermoqchi bo’ldi. Ammo, oyisi Dilshodning xabarini sovuqqonlik bilan tingladi va o’g’liga qayrilab ham qaramasdan dedi:
- Besh oldingmi? Juda soz, barakalla, - endi ovqat tayyorlashimga xalaqit bermagin-da, o’ynab kel!
Dilshod tushlik ham qilmay ko’chaga chiqib ketdi.
Savollar:
1. Vaziyatni qanday baholaysiz?
2. Dilshodning onasi tarbiyaning qaysi tamoyillariga zid ish qildi?
3. SHu kabi vaziyatlar Dilshodning tarbiyasiga qanday ta’sir o’tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |