2. Yer silkinishning turlari va kеlib chiqish sabablari nimalardan iborat?
3. Yer silkinish o’chog’ida qilinadigan eng asosiy vazifalar nimalardan iborat?
4. Suv toshqiniga sababchi omillarni tushuntiring?
5. Yer silkinishi, uni bildruvchi birlamchi bеlgilar nimalardan iborat?
6. Kuchli shamol va uni kеltiradligan talofatlari qanday ?
7. Ishlab chiqarish avariyasi nima qaеrda sodir bo’ladi?
7 - MA’RUZA.
TЕRRОRIZM VA AHОLI MUHОFAZASI.
REJA:
Terrorizm tushunchasi, mohiyati, uning salbiy illatlari.
Terrorizimni iqtisodiyot tarmoqlari va axoli uchun xavfli hususiyatlari.
Xalqaro terrorizm va uning salbiy illatlari.
Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda O’zbekistonning ishtiroki.
Terrorizm va Terrorchilik harakatlari haqida tushuncha.
Terrorizm lotincha "terror" so’zidan olingan bo’lib, siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shahsning hayoti, sog’lig’iga xavf tug’diruvchi, mol - mulk va boshqa moddiy boyliklarni yo’q qilinishi xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shahsni biron - bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etilishidan tiyilishiga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suvernetitetini, hududiy yahlitligini buzishga, xavfsizligiga putur etkazishga, qurolli muojorolar chiqarishni ko’zlab ig’vogarliklar qilishga, axolini qo’rqitishga, ijtimoiy siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan.
Terrorizimning ikki turi mavjud:
A) yakka tartibdagi;
B) uyushgan guruhli terrorizm;
Terrorizm o’rta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab, o’z faoliyatlarini amalga oshirgan. Lekin o’tgan asrning Oxirlaridan uning yangi ko’rinishlari vujudga keldi: jumladan, chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini o’ldirish yoki o’g’irlash, elchixonalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlash sodir etish, havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olishi va boshqa shunga o’hshash nomaqbul harakatlarni amalga oshirish. Bulardan ko’rinadiki, terrorizmga aniq va yakdil ta’rif berish ancha murakkabdir. Shu vazifani imkoni boricha hal qilishda O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabr "Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida"gi qonunda keltirilgan tushunchalarning mohiyatini bilish orqaligina aniqlik kiritsh mumkin. Ushba qonunning 2 - moddasida terrorizmga oid tushunchalar va ularning qoidalari bayon etilgan. Jumladan:
Garovda ushlab turilgan shahs - qo’lga olingan yoki ushlab turilgan shahsni ozod etish shartlari sifatida davlat xokimiyati va boshqaruv organlarini, xalqaro tashkilotlarni, shuningdek, ayrim shahslarni biron - bir harakat sodir etishga yoki bunday harakat sodir etishdan tiyilishiga majbur qilish maqsadida Terrorchilar tomonidan qo’lga olingan yoki ushlab turilgan jismoniy shahs.
Do'stlaringiz bilan baham: |