Kimyoviy moddadan kuyishda uni kuchli suv oqimi bilan tez yuvib tashlash, qoldiqlarni esa neytrallash kerak. Kislotalarni neytrallash uchun 2%li soda eritmasi qo’llaniladi. Qattiq kuyishda bu soxaga bo’r kukuki, kuydirilgan magneziydan mo’l qilib sepiladi.
Teriga yonib turgan fosfor bo’lakchalari tushganda gavdaning shu qismini suvga botirib turish, fosfor qoldig’ini pinset bilan olib tashlash kerak. Shikastlangan sohaga 5% mis kuporosi eritmasiga xo’llangan bog’lam quyiladi yoki talk sepiladi.
Boshqa barcha jaroxatlar kabi odam kuygan paytida ko’rsatiladigan birinchi tibbiy yordamning ahamiyati muhim.. Odatda odamga yuqori harorat ta’sir etganida badani kuyib qoladi. Yorug’lik nuri, alanga. qaynoq suv va issiq bug’dan badan kuyishi termik kuyish deb ataladi. Badan terisi va shilliq pardalarga kuchli kislota va ishqoriar ta’sir qil-ganida kimyoviy moddalardan kuyish xodisasi ro’y beradi. Bunda kislota va ishqorlar ta’sir qilgan joyning o’zigina shikastlanib qolmasdan, umuman butun organizmning zaharlanishiga ham sabab bo’ladi. Badan terisi va to’qimalarning nechog’liq chuqur zararlanishiga qarab kuyishning to’rtta darajasi farq qilinadi: yengil (I), o’rtacha og’ir (II), og’ir (III) va juda og’ir (IV). Badanning 10-15% dan ko’proq qismini egallaydigan joylari II-III darajada kuygan paytda organizmning og’ir umumiy kasalligi - kuyish kasalligi paydo bo’ladi, bunday kasallik ko’pincha kuyish shoki boshlanishiga olib keladi. Kuyish shokining hususiyati uning uzoq davom etishidir. bunda shok 24-72 soatgacha cho’zilishi mumkin. Kuyish kasalligi o’tkir intoksikatsiya. Ya’ni organizmdagi suv-tuzlar almashinuvi jarayonlarining buzilishi bilan harakterlanadi. Kuygan odamlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishda darrov nimtatir qilib bir oz tuz qo’shilgan iliq suv ichiriladi. Kuygan odamlarga birinchi tibbiy yordam nechog’liq barvaqt ko’rsatilsa, asoratlar shu qadar kamroq bo’ladi. Yordam ko’rsatishda hammadan ilgari yonib turgan kiyimni o’chirish kerak, buning uchun shikastlangan odamning ustiga palto choyshab tashlanadi. Tananing kuygan qismi kiyimdan xoli qilinadi. buning uchun kiyimning kuygan joyga yopishgan qismini qoldirib, g’ir aylantrib qirqib olinadi. Badandagi pufakchalarni yorish, kuygan joyga qo’l urish, yog’, mazli malham va boshqa moddalar surish yaramaydi. Tananing anchagina qismi kuyib, talaygina yuzasi zararlangan bo’lsa. shikastlangan odamni yaxshisi toza choyshabga o’rab. shokning oldini olishga doir barcha chora-tadbirlami ko’rish va tezda tibbiy muassasaga jo’natish maqsadga muvofiq. Ko’zlar kuyib qolgan vaqtda ko’rsatiladigan birinchi tibbiy yordam ko’zga steril bog’lam qo’yib bog’lash va shikastlangan odamni tinch qo’yishdan iborat. Napalm va yondiradigan boshqa moddalardan shikastlangan odamlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishda birinchi galda yonib turgan joyni o’chirish zarur, buning uchun o;sha joyga suvga xo’llangan bog’lam qo’yiladi yoki yonib turgan joylar suvga botiriladi. Alangani urib o’chirishga harakat qilish yonuvchan aralashmaning tanaga surkalib yoyilib ketishiga va aksincha jadalroq yona boshlashiga sabab bo’ladi. Yonib turgan joy o’chirilganidan keyin kuygan joyga steril bint yoki kuyishga qarshi maxsus bog’lama qo’yib bog’lash ma’qul.
KUYISH sabablari: ehtiyotsizlik, avariyalar, yong’in, yosh bolalarni etiborsiz qoldirish, xavfsizlik technikasi qoidalarining buzilishi, mastlik, ruhiy bemorlar, depressiya xolati. qasdli jinoyatlar.
Turlari:
I. Termik kuyish: a) o’t; b) bug’; d) quyosh; e) qaynoq suv; 0 erigan metall; g) radiatsiya ta’siri. II. Kimyoviy kuyish: a) kislotalar; b) ishqorlar: d) uyda. qishloq xo’jaligida ishlatilayotgan kimyoviy moddalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |