Qo’lga odatda spiral, boshoqsimon va butsimon bog’lamlar qo’yiladi. Barmoqqa spiral bog’lam qo’yishni kaft ustini g’ir aylantirib o’rab olishdan boshlanadi, so’ngra bintni qo’l panjasining orqasidan tirnoq falangasiga olib boriladi va barmoqning uchidan to asosiga qadar bintni spiral qilib o’rab chiqiladi yana qo’l panjasining orqasidan otkazib, bintni kaft ustiga bog’lab qo’yiladi. Qo’l panjasining kaft tomoni yoki orqa tomoni shikastlanganida butsimon bog’lamni kaft ustida ushlab turadigan o’ram solishdan boshlanadi, keyin bint qo’l panjasining orqasidan kaftiga olib o’tiladi. Tirsak bo’g’imiga oyoqning tovon sohasiga bog’lam qo’yishda bintning birinchi o’rami tovonnning do’mbayib turgan joyidan boshlanib, galma-gal yuqori va pastga o’raladi. Bog’lamni mustahkamlash uchun bintni qiyshiqroq va sakkizsimon qilib o’rash lozim.
Boldir-panja bo’g’imiga sakkizsimon bog’lam qo’yiladi. Buning uchun bintning birinchi o’rami to’piqdan yuqoriroqqa solinadi, keyin pastga, oyoq tagi tomon o’tkazib, oyoq panjasi o’raladi, so’ng bint oyoq panjasining orqa yuzasi bo’ylab to’piq tomon yuqoriga yo’naltiriladi keyin esa oyoq panjasi va to’piq tomon qaytarib kelinib, bint uchini to’piqdan yuqorida 1-2 marta aylantirgach, mustahkam bog’lanadi. Umuman, odamning oyoq qismi shikastlangan paytda jaroxat bog’langach, oyoqni qimirlamaydigan qilib taxtakachlab qo’yilsa, uni transport vositalarida ko’chirish oson va og’riqsiz kechadi. Yilning sovuq paytlarida shikastlangan oyoqlarni issiqroq buyum bilan o’rab qo’yish maqsadga muvofiq.
19-AMALIYOT
MAVZU: YUMSHOQ TO’QIMALARNING UZOQ BOSILISHI RO’Y BERGANIDA VA YOPIQ SHIKASTLANISH PAYTIDA KO’RSATILADIGAN BIRINCHI TIBBIY YORDAM.
Reja:
1. Yumshoq to’qimalarning shikastlanishlari haqida umumiy ma’lumotlar.
2. Yopiq shikastlanish haqida umumiy tushuncha.
3. Lat yegan odamga birinchi tibbiy yordam berish.
Yadro qurolidan zararlangan joylarda, katta-katta falokatlar va kuchli zilzila ro’y berganda odamlar bino, devor va boshqalarning tagida qolib ketishi mumkin. Tana ayrim qismlarining, qol yoki oyoqlarning yumshoq to’qimalari uzoq bosilib qolganida juda og’ir dard boshlanishi mumkin, qo’l yoki oyoqlarning uzoq bosilish sindromi deb shunga aytiladi. Bosilib qolgan odam topilganida, avvalo, o’sha joyni ko’zdan kechirib chiqish va shikastlangan kishini bo’shatib, chiqarib olish choralarini ko’rish kerak. Bosib qolgan joy asta-sekin ochiladi, chunki u qulab tushish mumkin. Odamning bosilib turgan joylarini batamom bo’shatib olinganidan keyingina uni o’sha joydan chiqarib olish mumkin. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish paytida jaroxatlar va tirnalgan joylarga steril bog’lam qo’yib bog’lanadi. Shikastlangan odamning Qo’l-oyoqlari muzdek bo’lib, ko’karib ketgan va judd ko’p lat yegan bo’lsa, ularning bosilib qolgan joyidan yuqorirog’iga jg’ut qo’yiladi. Bu chora ezilib qolgan yumshoq to’qimalardan zaharli moddalarning qonga so’rilib o’tishini to’xtatib turadi. Shikastlangan qo’l-oyoqlarga qon kelib turishini batamom to’xtatib qo’ymaslik uchun jgutni uncha tarang tortmasdan qo’yish kerak. Qo’l-oyoqlar ushlab ko’rilganida qo’lga issiq bo’lib unnaydigan va uncha ko’p shikastlanmagan bo’lsa, ularni bint bilan qattiq qilib bog’lab qo’yiladi. Shikastlangan qo’l yoki oyoqlar garchi suyaklari sinmagan bo’lsa ham shinalar yoki qo’lda bor boshqa vositalar (fanera bo’laklari, tayoqchalar, yupqa taxtalar, qattiq karton qog’oz, turli uy-ro’zg’or buyumlari va b.) yordamida taxtakachlanib, qimirlamaydigan qilib bog’lab qo’yiladi. Shundan keyingina shikastlangan odamni bir joydan ikkinchi joyga siljitish yoki ko’chirish mumkin. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatishning dastlabki daqiqalaridan boshlaboq shikastlangan odamga issiq choy berish, shikastlanib travmatik toksikozga uchragan kishilarni zambilga yotqizilgan xolda imkoni boricha tezroq va mumkin qadar avaylab tibbiyot muassasasiga yetkazish choralari ko’riladi. Badan lat yegan paytda yuza joylashgan to’qimalar va ichki organlar shikastlanishi mumkin. Yuza joylashgan yumshoq to’qimalar lat yeganini ko’rsatadigan alomatlar o’sha joyning ogo’rib. shishib chiqishi va unda qontalash paydo bo’lishidir. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatilganida o’sha joyga bosib turadigan bog’lam qo’yib bog’lanadi, sovuq narsa bosilib tinch qoldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |