11-MA’RUZA.
FUQAROLARNI FUQARO MUHOFAZASIGA O’QITISH VA QAYTA TAYYORLASH.
III - BO’LIM.
12-MA’RUZA.
YONG’IN XAVFSIZLIGI ASOSLARI. YONG’IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH SOHASIDA DAVLAT SIYOSATI.
Reja:
1. O’zbekiston Respublikasining “Yong’in xavfsizligi to’g’risida”gi Qonunining mazmun mohiyati.
2. Yong’in xavfsizligini ta’minlash asoslari.
3. Yonish jarayoni, uning turlari va xususiyatlari. Yong’in kelib chiqishi sababi haqida umumiy tushunchalar.
4. O’zbekiston Respublikasining “Yong’in xavfsizligi to’g’risida”gi Qonunining mazmun mohiyati.
1. O’zbekiston Respublikasida Yong’in xavfsizligini ta’minlash masalasi dolzarb vazifa hisoblanib bu borada mustaqillik yillarida qator islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa mamlakatimizda ushbu sohaning huquqiy bazasini zamon talabi asosida tashkil etish, huquqiy me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish va amalda uning huquqiy asoslarini ta’minlash eng muhim ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Dunyo tajribasi shuni ko’rsatadiki Yong’in xavfsizligini huquqiy jihatdan ta’minlagan davlatgina bu soha faoliyatida ma’lum yutuqlarga erishishi mumkin.
O’zbekistonda ilk bor Yong’in xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2009 yil 30 sentabrida O’zbekiston Respublikasining “Yong’in xavfsizligi to’g’risida”gi O’RQ-226-sonli qonuni qabul qilindi. Yong’in xavfsizligini ta’minlashdan ko’zlangan maqsad yong’inlarning oldini olish hamda ularni o’chirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnik chora-tadbirlar, shuningdek kuchlar va vositalar majmui tushuniladi.
Bugungi kunda ijtimoiy hayotning qaysi bir sohasini olmaylik sanoat, qurilish, maishiy hayot, ishlab chiqarish korxonalari va hokazolar bo’ladimi ularda Yong’in xavfsizligini ta’minlamasdan ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Ayniqsa yaratilgan noyob zamonaviy ishlab chiqarish muassasalari, zamonaviy texnologiya asosida faoliyat ko’rsatadigan turli ob’yektlarda yong’in sodir bo’lganda uning kelib chiqish sababi va oqibatlari unga nisbatan javobgarlik masalasi albatta qonunchilik asosida hal etiladi.
Bu borada O’zbekiston Respublikasining “Yong’in xavfsizligi to’g’risida”gi Qonunning 3-moddasida “yong’in- odamlarning hayoti va (yoki) sog’ligiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazorat qilib bo’lmaydigan yonish deb ta’rif berilgan.
O’zbekistonda Yong’in xavfsizligini ta’minlash tizimi subektlari davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar bo’lib ular Yong’in xavfsizligini ta’minlash borasidagi huquqiy bilimlarni mukammal darajada bilishlari zarur.
Bugungi kunda mamlakatimizda yong’in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish — davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolarning yong’in xavfsizligi talablarini bajarishlari ustidan davlat yong’in nazorati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan nazorat qilish shakli va aniqlangan qoida buzishlarni bartaraf etish va (yoki) ularning oldini olish chora- tadbirlari ko’rilishi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bu vazifa qonunda belgilanganidek Davlat yong’in nazorati O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining davlat yong’in nazorati organlari bo’lgan tegishli bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasida Yong’in xavfsizligini ta’minlash O’zbekiston Respublikasining “Yong’in xavfsizligi to’g’risida”gi Qonunning 12 moddasidan 25 moddasigacha bo’lgan huquqiy jihatni o’z ichiga oladi.
Yong’in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish Yong’in xavfsizligini ta’minlash tashkilotlarning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining tarkibiy qismidir. Yong’in xavfsizligini ta’minlashga doir talablar mansab yo’riqnomalarida va boshqa yo’riqnomalarda, zarur hollarda esa tegishli shartnomalarda aks ettirilishi kerak. Tashkilotlarning yong’in xavfsizligini ta’minlash, agar tegishli shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, mazkur tashkilotlarning rahbarlari va ular vakolat bergan shaxslar zimmasiga yuklatiladi. Yong’in xavfsizligini ta’minlashga doir vazifalarning vakolatli shaxslar zimmasiga yuklatilishi rahbarlarning zimmasidan mas’uliyatni soqit qilmaydi. Xususiy va davlat uy-joy fondlarining turar joylari va boshqa binolarida yong’in xavfsizligini ta’minlash, agar bu mulkiy ijara (arenda) shartnomasida ko’rsatilgan bo’lsa, mulkdorlar yoki ijaraga (arendaga) oluvchilar zimmasiga yuklatiladi. Aholi punktlarini rivojlantirish va ularda imorat qurishni rejalashtirish, binolar va inshootlarni loyihalashtirish, qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish hamda texnik jihatdan qayta jihozlash chog’ida yong’in xavfsizligini ta’minlash tegishincha shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, buyurtmachilar, imorat quruvchilar, loyiha va qurilish tashkilotlari zimmasiga yuklatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |