3. Mehnatning fiziologik asoslari.
Har qanday mehnat - murakkab fiziologik jarayonlar kompleksidan tashkil topadi. Bu faoliyatda markaziy asab sistemasi asosiy vazifani bajaradi, ya’ni ish jarayonida inson organizmida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni boshqaradi. Aynan inson miyasi tufayli mehnat faoliyatida uning kuch-quwati (energiyasi) sarflanadi. Mexanik ishlarni boshqarish uchun inson organizmida kimyoviy-biologik jarayon natijasida uglevodlar parchalanishi hisobiga amalga oshadi. Bunda jismoniy kuchga sarflanadigan kislorod miqdori mehnat faoliyatining unumiga bog’liq bo’ladi. Jismoniy mehnat faoliyatida nafaqat uning kuch-quvvatiga, balki fiziologik a’zolar tizimida ham o’zgarishlar yuz beradi. Masalan, chuqur nafas olish yoki chiqarish orqaii ish jarayonining kechishiga olib keladi Jismoniy tayyorgarlik ko’rgan insonlarda chuqur nafas olish imkoniyati yuqori bo’ladi. Yurak a’zolari tizimida ham o’zgarishlar yuz beradi. Masalan, og’ir jismoniy harakatning ko’payib ketishi oqibatida, yurakning tez-tez urishiga va qon bosimining ko’tarilib ketishiga olib keladi. Bunda qondagi biokimyoviy o’zgarishlar natijasida qand dinamikasi o’zgarishi kuzatiladi Jumladan, o’rtacha og’ir ish bilan shug’ullanuvchilarda qand miqdori oshib boradi, lekin qandning ortib borish miqdori kasallangan inson tuzalib ketgunga qadar muayyan vaqtgacha saqlanib qoladi. Organizmdagi quwatning salmoqli darajada sarflanishi natijasida undagi uglevod zaxiralarining kamayishiga olib keladi. To’xtovsiz jismoniy og’ir mehnat qilish oqibatida sut kislotasining ko’payishiga, PH muhitning oshishi esa qondagi gemoglabin kislorodining teriga o’tish tezligining oshishiga olib keladi. Shuningdek, og’ir jismoniy mehnat qiladiganlarda suv va tuz almashish jarayonlarining tezlashishiga, ter to’qilishiga, bular esa buyraklar bajaradigan vazifaning yengillashishiga olib keladi. Ammo bunday mehnat faoliyatida organizmdagi oshqozon osti bezi ish faoliyatining sekinlashishiga, ovqat hazm qilishning pasayishiga olib keladi hamda eshitish, ko’rish, sezish faoliyatlariga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bunga qarshi deyarli aqliy mehnat faoliyatida - gaz almashunivi qisman o’zgarishi, qon pulsi sekinlashishi, qon bosimining ko’tarilishi, nafas olishning qiyinlashishi, miyaga ko’p qon quyilishiga olib keladi. Surunkali aqliy mehnat burun qon tomirlari, ayniqsa, miya va yurak qon tomirlarining me’yoriy tonusining o’zgarishiga olib keladi. Aqli mehnat faoliyati sezgi a’zolari: eshitish, ko’rish, sezishning jimjitlikda ishlashi bilan uzviy bog’liq. Yengil jismoniy mehnat, aqliy mehnat faoliyatining qo’llab-quvvatlab turadi, og’ir jismoniy mehnat esa buning aksi, jismoniy va aqliy mehnat faoliyatini to’xtovsiz amalga oshirilishi inson ishlash qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |