Bog'liq DARSGA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 28.01.2020-YIL
GOST 12.1.004-85(90) MXSM «Yong’in xavfsizligi. Umumiy talablar»ga binoan barcha ishlab chiqarish xonalari va omborlar dastlabki o’t o’chirish vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
12.11 – rasm. Yong’inga qarshi –to’siq. I-bоchka suvi bilan; 2-yong’in chеlaklari; 3-yong’in еnglari; 4-ОPХ-YU o’t o’chirgichi; 5-chеlak-gidrоpulti; 6-ОU-2 o’t o’chirgichi; 7-bеlkuraklar; 8-qumli quti; 9-bagralar; 10-lоmlar; 11 - yong’in bоltalari. Yong’in haqida xabar berish va aloqa vositalari.
Yong’in boshlanishi haqida o’z vaqtida xabar berish, uni tarqalib ketmasdan tezda o’chirishga va katta talafotlarning oldini olishga imkon beradi. Yong’in boshlanganligi haqidagi xabar yong’inni dastlab ko’rgan kishi tomonidan yoki avtomatik ravishda xabar beruvchi uskuna tomonidan yong’indan muxofaza qilish punktiga hamda sexning ko’ngilli o’t o’chirish komandasiga xabar qilinishi kerak. Avtomatik ravishda xabar beruvchi uskunalar samaraliroq, chunki ularning datchiklari yong’in chiqishi mumkin bo’lgan xavfli joylarga o’rnatiladi. Y ong’in haqida tovush signallari, sirena, gudok, metall parchasini urib, telefon, ratsiya va avtomatik signal beruvchilardan ham foydalanib xabar beriladi. Yong’in xavfi yuqori bo’lgan korxonalar tuman yoki shahar o’t o’chirish komandalari bilan bevosita telefon aloqasi orqali bog’lanadi. Yigiruv fabrikalari ham, ayniqsa titish-savash sexlari shunday aloqa vositalariga ega. Sexlarga o’rnatilgan xabar beruvchi moslamalarning bir nechtasi aloqa tarmog’iga ketma-ket ulanishi mumkin. Bu shleyf tizimi deyiladi. Parallel ulangan xolda har bir moslama qabul stansiyasi bilan ikkita sim orqali ulanadi. Bu «nur» tizimi deyiladi. Har bir nurga ketma-ket xolda uchtagacha moslama ulash mumkin. Aloqaning «shleyf» tizimi yirik sanoat korxonalarida qo’llaniladi. Yong’in haqida xabar beruvchi asboblar tugmali va avtomatik ravishda ishlaydigan turlarga bo’linadi. Avtomatik xabar beruvchi asboblarning ish tamoyiliga qarab yorug’lik nuri, tutun, harorat ta’sirida ishlaydigan turlari bor. Ular yong’in paytida ajralib chiqadigan yorug’lik enеrgiyasini, tutun tufayli o’zgaradigan yorug’lik kuchini hamda harorat o’zgarishlarini elеktr signallariga aylantirib, simlar orqali qabul punktlariga yong’in chiqqan joy haqida xabar beradilar yoki bu signallar avtomatik ravishda o’t o’chirish vositalarini ishga tushirib yuboradi. 9.12 – rasmda harorat o’zgarishi natijasida ishga tushadigan xabar beruvchi ПTИM – 1 ning elеktr shemasi tasvirlangan. U quyidagi tartibda ishlaydi. Qarshilik atrofidagi havoning harorati me’yorda bo’lganda tiratronning anod zanjiridagi tok rele P ning ishlashiga yetarli bo’lmaydi. Harorat ortishi bilan issiqlik qarshiligi R1 o’zining qarshiligini tezda tushirishi natijasida ko’prik shemasi yelkalarining muvozanati buziladi va tiratronning boshqaruvchi elеktrodida kuchlanish ortadi. Natijada tiratron yonib uning qarshiligi kamayadi. Bu esa o’z navbatida anod zanjiridagi tokning ortishiga va rele R ning ishlab ketishiga olib keladi.