Bog'liq DARSGA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 28.01.2020-YIL
Ishchi bosimiga ko’ra ballonlar uch guruhga bo’linadi:
Quyi bosimli 20 atm. gacha (Р<20кгс/см2),
O’rta bosimli 20-65 atm. gacha (20
2),
Yuqori bosimli 65 atm. dan katta (Р>65кгс/см2).
«Bosim ostida ishlovchi idishlarning xavfsiz ekspluatatsiyasi va joylashtirish Qoidalari» asosida turli gazli ballonlar aniq belgilangan ranglarga bo’yaladi. Bir turdagi gazlarni bir-biridan ajratish uchun, ajratuvchi chiziqlar qo’llaniladi. Gazlar saqlanadigan ballonlarning tashqi tarafdan bo’yoqlash tartibi quyidagi jadvalda keltirilgan:
Gazning nomi
Ballonlarning rangi
Ballondagi yozuv
Yozuv rangi
Chiziq rangi
Azot
Qora
Azot
Sariq
Jigarrang
Ammiak
Sariq
Ammiak
Qora
-
Nam argon
Qora
Nam argon
°q
Oq
Texnik argon
Qora
Texnik argon
ko’k
ko’k
Toza argon
kulrang
Toza argon
Yashil
Yashil
Atsetilen
Oq
Atsetilen
Qizil
-
Butilen
Qizil
Butilen
Sariq
Qora
Neftegaz
Kulrang
Neftegaz
Qizil
-
Butan
Qizil
Butan
Oq
-
Vodorod
To’q yashil
Vodorod
Qizil
-
Havo
Qora
Siqilgan havo
oq
-
Geliy
jigarrang
Geliy
-
-
Azot oksidi
kulrang
Azot oksidi
Qora
-
Kislorod
Havorang
Kislorod
-
-
Meditsina kislorodi
Havorang
Meditsina kislorodi
-
-
Vodorod sulfid
Oq
Vodorod sulfid
Qizil
Qizil
Oltingugurt oksidi
Qora
Oltingugurt oksidi
Oq
Sariq
Karbonat angidrid
Qora
Karbonat angidrid
Sariq
-
Fosgen
Himoyalovchi
-
-
Qizil
Freon-11
Alyumin
Freon-11
Qora
Ko’k
Freon-12
Alyumin
Freon-12
-
-
Freon-13
Alyumin
Freon-13
-
2 qizil
Freon-22
Alyumin
Freon-22
-
2 sariq
Xlor
Himoyalovchi
-
-
yashil
Siklopropan
To’q sariq
Siklopropan
Qora
-
Etilen
siyohrang
Etilen
Qizil
-
Boshqa barcha yonuvchi gazlar
Qizil
Gazning nomi
Oq
-
Boshqa barcha yonmaydigan gazlar
Qora
Gazning nomi
Sariq
-
Har bir ballonning yuqori sferik qismida pasport ma’lumotlari o’yib tamg’alanadi. Unda ballonni ishlab chiqargan korxona, ballon raqami, ballonning vazni, chiqarilgan va keyingi tekshirilishi kerak bo’lgan sanasi, ishchi bosimi, sinov gidravlik bosimi va boshqa ma’lumotlar ko’rsatiladi. Ballonlarning sig’imi litrgacha va devorining qalinligi 5 millimetrdan kam bo’lganda ma’lumotlar ballonga mahkamlangan maxsus plastinaga tamg’alanadi.
Ushbu ballonlar bilan muomala qilinganda o’rnatilgan qoidalarga aniq rioya qilgan holda juda ehtiyotkor bo’lish talab etiladi. Gazli sig’imlarning tushib ketishi, ularga yuqori haroratning ta’siri va shu kabilar ularning shikastlanishiga hamda undan kelib chiqadigan har xil oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, sig’imda zaharli gazlar ham transportirovka qilinishi mumkinligi, gazning sirqib chiqishi yoki ballonning portlashi natijasida insonlarning zaharlanishiga va tabiatning ifloslanishiga olib kelishini inobatga olish kerak. Bosim ostida bo’lgan idishlarni portlashi yoki har xil ko’ngilsizliklarni keltirib chiqarishini oldini olish uchun, ularni qo’llashda aniq belgilangan xavfsizlik chora-tadbirlariga rioya qilish lozim. Ularga xususan, ballonlarni vaqti- vaqti bilan yuqori bosim ostida tekshirish ham kiradi. Ular har besh yilda bir marotaba maxsus tashkilotlar tomonidan o’tkaziladi. Ballonlarni transportirovka qilishda zarbalardan saqlash uchun ular yog’och taglikka o’rnatiladi va ballonlarga ikkitadan qalinligi 25 mm bo’lgan rezinali yoki arqondan yasalgan halqa kiydiriladi. Saqlash davrida ballonlarning jo’mraklarini shikastlanishiga yo’l qo’ymaslik uchun ularga maxsus qopqoq kiygaziladi. Bunday idishlar maxsus jihozlangan avtomobillarda tashiladi. Gazlarni ballonda saqlash omborlari bir qavatli yong’inga bardoshligi I- va II-darajali bo’lgan, tomyopmalari yengil tashlanuvchi bo’lgan binolarda saqlanadi. Eshik va oynalari tashqariga ochiladigan, poli uchqun chiqarmaydigan materialdan bajarilgan bo’lishi kerak. Omborning maksimal hajmi 3000 donagacha ballon sig’adigan bo’lib, u yong’inga qarshi to’siqlar bilan yonuvchi gazli ballonlar uchun 500 ta, yonmaydigan gazli ballonlar uchun 1000 tagacha ballon sig’adigan bo’limlarga bo’linadi. Ballonlar boshmoq (bashmak) bilan ta’minlangan bo’lib, tik holda kataklarda yoki to’siq (barer) bilan o’ralgan holda saqlanishi kerak. Alohida joylashgan ballonlar zanjir yoki xomut yordamida mahkamlanadi. Boshmog’i bo’lmagan ballonlar esa gorizontal holda yog’och taglik (rama) yoki stelajlarda saqlanadi. Ballonlar stellajda saqlanganda balandligi 1,5 metrdan oshmasligi, jo’mraklari (ventillari) himoya qalpoqlari bilan berkitilgan va hammasi bir tomonga qaragan bo’lishi kerak. Gaz to’ldirilgan ballonlar bilan bo’sh ballonlardan alohida saqlanishi kerak. Yonuvchi gaz (vodorod, atsetilen, propan, etilen va boshqalar) to’ldirilgan ballonlar kislorod, xlor, ftor, siqilgan havo va boshqa oksidlovchilar to’ldirilgan ballonlardan va zaharli gazlardan alohida saqlanishi kerak. Odatda kislorod va yonuvchi gazlar bir-biridan ajratilgan xonalarda, xlor esa maxsus binolarda saqlanadi. Vodorod sulfid esa ochiq havoda bostirma ostida saqlanishi lozim. Yonuvchi gaz ballonlari saqlanishi uchun belgilangan xonalar gazlarning xavfsiz konsentratsiyasini ta’minlab beradigan shamollatish (ventilyatsiya) tizimi bilan jihozlanishi kerak. Yonuvchi gaz ballonlari saqlanadigan omborlarining elektr yoritish tarmog’i portlashdan himoyalangan qilib bajariladi. Yoritkichlarni tashqariga o’rnatib xonalarni oynadan tushadigan nur yordamida yoritish maqsadga muvofiqdir. Bunday xonalarni isitish uchun suv, past bosimli bug’ bilan va havo yordamida isitish tizimlari qo’llaniladi. Ballonlar saqlanadigan omborlarning atrofida 10 metr masofada yonuvchi materiallarni saqlash va olov bilan bog’liq ishlarni olib borish taqiqlanadi. Eritilgan atsetilen uchun ballonlar g’ovakli massa hamda eritgichning tegishli miqdori bilan to’ldirilgan bo’lishi lozim. G’ovakli massaning sifati va ballonning to’g’ri to’ldirilganligi uchun, g’ovakli massa bilan to’ldiruvchi tashkilot mas’ul hisoblanadi. Eritgichning sifati va uni to’g’ri dozalash uchun, ballonlarni eritgich bilan to’ldirishni amalga oshiruvchi tashkilot mas’ul hisoblanadi. Ballonlarning g’ovakli massa va eritgich bilan to’ldirilganidan so’ng uning bo’g’zida taraning og’irligi o’yib yoziladi (ballonning og’irligi qalpoqsiz, ammo g’ovakli massasi va eritgich, boshmog’i, halqa va ventili bilan). Ballonlarni siqilgan, suyultirilgan va eritilgan gazlar bilan to’ldirishning belgilangan me’yorlarini oshirish man etiladi. Ballonlarni gaz bilan to’ldirish me’yorlari va uni nazorat qilish usullari sex yo’riqnomasida ko’rsatilishi lozim. Kislorod bilan to’ldirilgan ballonlarni saqlash va tashishda, ularga yog’lar hamda moyli materiallari bo’lgan armatura (to’siq) tegib ketmasligi kerak. Qo’l bilan kislorodli ballonlarni dumalatganda ventilidan ushlash taqiqlanadi. Suyultirilgan gazlar stansiyasining portlash xavfi bo’lgan hamda yonuvchi gazlar quyilgan ballonlarni saqlash xonalarida gazning xavfli konsentratsiyasi chiqqanligi haqida signal beruvchi asboblar o’rnatilishi lozim. Ushbu ko’rsatilgan asbob mavjud bo’lmaganda smenada 1 marta xonalar havosini, undagi gaz miqdorini tahlil qilib borish lozim. Tahlil uchun havoning namunalari xonaning past va tepa qismlaridan olinishi kerak. Xonada gazning xavfli konsentratsiyasi aniqlanganda zudlik bilan choralar ko’rilishi lozim: xonani shamollatish, uning gazlanish sabablarini aniqlash va bartaraf etish.