Ta`limda onglilik va faollik
Ta`limda onglilik o`quvchilarning ilmiy bilimlarini asosli ravishda anglab, chuqur o`zlashtirib olishlarini taqozo qiladi. O`quvchilarning ta`lim jarayonida onglilik bevosita ularning aqliy faoliyatlari bilan fikr qilish faoliyati bilan chambarchas bog`liqdir. Odatda o`quvchilarning ongliligi bayon qilinayotgan o`quv materiallarini yoki tevarak atrofni o`rab olgan ob`ektiv borliqdagi narsa, hodisa, voqealarini fikr qilish operatsiyasi-taqqoslash, analiz qilish, abstraksiya va umumlashtirish natijasida ilmiy bilimlarning qonun-qoidalari hayotiyligiga ishonch bilan qarashlarida, shuningdek nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llay olishlarida ko`rinadi.
Bayon qilinayotgan o`quv materiallarining ongli o`zlashtirlgani o`quvchilarning fikr qilish faoliyatlariga ta`sir qilishi kuzatish natijasida ro`yobga chiqadi va ayni bir vaqtda bu jarayon o`quvchilarning ilmiy bilim, ko`nikma va malakalarni mustahkamlash o`zlashtirishlarga ongli, mustaqil, faol munosabatda bo`lishlarini ta’minlaydi.
Ta’limni ongli o`zlashtirishda, bir tomondan, o`quvchilarning mustaqil va faol fikr qilishlari nazarda tutilsa, ikkinchi tomondan, aynan shu jarayon davomida o`quvchilarning mustaqil va faollik bilan mantiqiy fikr qilish faoliyatlarini tarbiyalab, takomillashtirib borish nazarda tutiladi. Bu prinsip o`quvchilarning bilish faoliyatida va dars berishda asos qilib olingan qoida sifatida uchta muhim jihatni:
o`quvchilar tomonidan o`quv materiallarini ongli ravishda tushinilishi, o`quv mashg`ulotlariga ongli munosabatda bo`lishni, bilish faoliyatining shakllanishini o`z ichiga oladi.
O`quvchilar o`quv materialini faqat faol bilish faoliyati jarayonidagina tushunishi, o`quv mashg`ulotlariga ongli munosabatda bo`lishini, bilish faoliyatining darajasi turlicha bo`lishi mumkin.
Eng yuksak daraja. O`quvchi qiziqishi va o`qish istagi borligi uchun mustaqil ravishda mehnat qiladi. Uning darsdagi faolligi, mehnatsevarligi, bilimga tashnaligi oqibatida yuz beradi. Bu o`rinda o`qituvchining ro`li o`quvchiga o`z o`qish vaqtini to`g`ri tashkil etishga yordam berishidan, unga aqliy faoliyatining ratsional usullarni o`rgatishdan iboratdir.
Yuksak daraja. O`quvchilar materialni faollik bilan, lekin o`qituvchining rahbarligi ostida o`rganadilar. O`qituvchi ularga qiyinchiliklarni yengishga, qat`iyatli , irodali bo`lishga yordamlashgan holda ular faoliyatini yo`naltirib boradi.
O`rtacha daraja. O`quvchilar mazmunni o`zlashtirib olishga intiladilar, ammo turli sabablarga ko`ra, ya`ni yaterli ish qobiliyatiga ega bo`lmagani, o`qish sababablarini yuksak bo`lmagani, asab sistamasini ojizligi va shu kabi sabablarga ko`ra alaxsiydilar, diqqat-e’tiborsiz bo`lib qoladilar. Bunday sharoitlarda o`qituvchi o`quvchining alaxsish sabablarini yaxshi tushinib yetishi va profilatka tarzida ta`sir o`tkazish vositalarini oldindan rejalashtirib qo`yishi kerak.
Past daraja. O`uvchilarning diqqat-e`tibori boshqa narsalarga ham ko`chib qoladi. Ular o`qituvchining izohlariga, kitobga, amaliy mashg`ulotlarga, mustaqil ishlashga uzoq vaqtga qadar diqqatini qarata olmaydilar. Lekin o`quvchilar o’quv vazifasini anglaydilar va ularni yechish lozimligini tushinadilar. Odatda bunday o`quvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan qo`shimcha mashg`ulotlar tashkil etishni talab qiladi.
Eng past daraja. O`quv vazifasi o’quvchi faoliyatini belgilamaydi. U materiallarni zarurat bo`lganligi uchun o`zlashtiradi, ichki g`ayrat va omil tufayli emas, balki o`qituvchi, ota-onalar, katta yoshdagilar majbur qilgani uchun o`qiydi. O`quvchilarning faolligi o`quv jarayonida aloqasi yo`q faoliyati turlariga yo`nalgan bo`ladi. Odatda bunday o`quvchilar yomon o`qishadi, ular individual yondashuvni talab qilishadi. O`quv jarayonida uddaburonlik bilan rahbarlik qilish orqali maktab o`quvchilarining bilish faolligini yuksak darajada olib chiqish vositalarini topsa bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |