2
MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………….
I-BOB. «ZAMONAVIY DASTURLASH TILLARI» NAZARIY
АSOSLARI
1.1. Dasturlash tillari tarixi
1.2. Informatika fani yo’nalishida zamonaviy dasturlash tillarini
o’rganishning ahamiyati
II-BOB.
«ZAMONAVIY DASTURLASH TEXNOLOGIYALARI
INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O`QITISH
METODIKASI»
2.1. «Zamonaviy dasturlash tillari» mavzusini innovaciyon
metodlardan
foydalanib
o’qitish
metodikasi…………………………………
2.2. «Pascal dasturlash tili» mavzusidan nazorat topshiriqlari va
mustaqil ta`lim yuzasidan ko`rsatmalar……………………………….
Xulosa …………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………..
Ilovalar
3
Kirish
Ta’lim
tizimini
yangilashda
eng
avvalo
ta’limning
keng
demokratlashtirilishini, insonparvarlashtirilishini, shuningdek, ta’lim tizimi
taraqqiyot qonuniyatlariga javob bera oladigan bo`lishini tushinmoq kerak.
Kompyuter va axborot texnologiyalari o`z foydalanuvchilaridan muloqot
uchun ma’lum bir darajadagi maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. Bu
tayyorgarlikning qay darajada mukammal bo`lishi muloqotning sifat darajasini
belgilaydi. Mazkur muammoni hal qilish esa, boshlang`ich, o`rta maxsus va oliy
ta’lim tizimidagi informatika fani va uni o`qitish uslubiyoti oldida turgan eng
dolzarb masalalardan biriga aylanib ulgurdi.
Avvallari asosiy vazifa faqat dasturlash asoslaridan iborat bo`lgan
informatika fani bugungi kunda dasturlash tillari, axborot texnologiyalari,
tarmoq texnologiyalari, o`qitish texnologiyalari va boshqa bir qator mustaqil
fanlarga ajralib ketdi. Bu fanlarning hammasi mantiqiy jihatdan bir-biri bilan
chambarchas bog`langan bo`lishiga qaramay, muayyan sohani o`rganish uchun
mo`ljallangan.
Kompyuter yordamida hal qilinadigan har qanday masala uchun maxsus
dastur ishlab chiqish talab qilinadi. Kompyuter yordamida yechimini kutayotgan
masalalar uchun “eski” dasturlash vositalari yordamida dasturlar ishlab chiqish
iqtisodiy jihatdan o`zini qoplamasligi hamda dastur ishlab chiqish jarayonining
murakkabligi yangi dasturlash tillariga bo`lgan ehtiyojni yuzaga keltiradi. Bu
masala tajribali dasturchilar yoki dasturchi guruhlar tomonidan hal qilinadi. Ana
shunday dasturchilarni tarbiyalab, voyaga yetkazish, ularni kelajakdagi kasbiy
faoliyatlarida ehtiyojiga qarab foydalanishi uchun zarur ma’lumotlarni
(dasturlash asoslari, dasturlash tillari, axborot texnologiyalari va x.k.)
o`rgatishdek jarayonni samarali tashkil etish o`quv yurtlaridagi dasturlash
asoslari fani o`qituvchilarining eng asosiy vazifasi hisoblandi.
Dasturlash tillari rivojlanishdan to`xtagani yo`q. Bugungi kunda
ma’lumotlarni ifodalash shakli, tuzilmasi va ishlash tamoyillari avvalgilaridan
butunlay farq qilib, imkoniyatlari juda ham boy bo`lgan yangi dasturlash tillari
4
shakllandi va avvalgilariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo`lgan yangi
versiyalar hisobiga rivojlanib bormoqda.
Bitiruv ishi kirish, ikkita bob, to’rtta bo’lim, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro’yhati hamda ilovadan iborat holda yoritib berilgan.