II.BOB UNING RUBOIYLARIDA ISLOM DINIGA BO'LGAN HURMATNI AKS ETISHI
2.1 "Tuz oh Zahiriddini Muhammad Bobur" asari asosida
|
Jono, bitigingki, bo'ldi marqum manga,
Mеhnat bila g'amni qildi ma'dum manga.
Ko'rgach ani garchi shod bеhad bo'ldum,
Mazmuni, valе, bo'lmadi ma'lum manga.
* * *
Nе ishratu aysh uchun mayi nob manga,
Nе toat uchun go'shai mеhrob manga,
Nе fisq qilurg'a bordur asbob manga,
Nе zohid o'lurg'a toqatu tob manga.
* * *
To bo'lg'ali dildor o'shal oy manga,
Holimni bilib, qilmadi parvoy manga.
Mеn asru harobu yor ko'p mustag'niy,
Ey voy manga, voy manga, voy manga!
* * *
Xush ulki, ko'zum tushti sеning ko'zushta,
Bеvosita holimni dеsam o'zungga,
Bеrmay so'zuma javob achig'lanasеn,
Qilding mеni muhtoj chuchuk so'zungga.
* * *
Asru ko'p emish jur'atu ximmat sizga,
Ro'ziy qilg'ay Xudoy nusrat sizga.
Mardonalig'ingizni bori el bildi,
Rahmat sizga, hazor rahmat sizga!
* * *
To qildi mеni firoq aro yod habib,
Mahjur ko'ngulni ayladi shod habib.
Gar vasl muyassar o'lmasa, nеtay, ey Bobur,
Faryod habibu ohu faryod habib!
* * *
Ey qomati sarvu lablari obi hayot,
Budur tilagimki, — еtkamеn vaslingga bot!
Hajringda manga nе sabr qoldi, nе sabot,
Yo kеl bu sorig'a yo mеni o'zungga qot!
* * *
Bu qoziyi fosiqki, yibordim sanga bot,
Sеn dog'i uzatqil botu ham badraqa qot!
Gar xotiring istasa yiborgil savg'ot:
Ma'junu sharobu obi noranju nabot.
* * *
Kеldi ramazonu mеn taqi bodaparast,
Iyd o'ldi-yu, zikri, may qilurmеn payvast.
Nе ro'zayu nе namoz yillar, oylar;
Tun-kun mayu ma'jun bila dеvonayu mast.
* * *
Bo'ldum mеni oshuftai hayron mardud,
Qilg'il madadеki, bo'ldi imkon nobud.
Dunyo bila uqboda ruju'um sangadur,
Ey ikki jahonni shahi Sulton Mahmud!
* * *
Mutribki, unini har kishi go'sh qilur,
Jon birla ko'ngulni zoru madhush qilur.
Maqsud nеdurki, elni yod etganda,
Ul doirada bizni faromush qilur?
* * *
Dushmanniki, bu dahr zabardast qilur,
Naxvat mayidin bir nеcha kun mast qilur.
G'am еmaki, еtkursa boshini ko'kka,
Oxir yana еr kibi oni past qilur.
* * *
Ko'zung bori sog'larni mast etgusidur,
G'amzang bori mastlarni past etgusidur.
Ko'p zohidu porsoni Bobur yanglig'
La'ling xavasi bodaparast etgusidur.
* * *
Ishlar bori ko'nguldagidеk bo'lg'usidur!
In'omu vazifa — bori buyrulg'usidur!
Ul g'allayu muxmalki, dеb erding, bеrdim,
Muhmalg'a bo'yu g'alladin uy to'lg'usidur!
* * *
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur!
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur!
Yaxshi kishi ko'rmagay yomonliq hargiz,
Har kimki yomon bo'lsa, jazo topqusidur!
* * *
Bu tеlba ko'ngulki, ishq aning sudidur,
Ahbobning ixtiloti maqsudidur.
Hijron chеkib, ahbobni har kimki ko'rar,
Xush davlatiyu tolеi mas'udidur.
Bobur shoirgina emas, yirik adabiyot nazariyotchisi hamdir. She’rshunoslikda aruz vazni masalasi hamisha asosiy va dolzarb bo‘lgan. Nega shoh Bobur bu sohaga juda qiziqadi? Gap shundaki, she’riyatda ko‘p vazn qo‘llash hodisasi muayyan ma’noda shu adabiyot nufuzi va saviyasini belgilaydi.
Hatto Husayn Boyqaro devonidagi g‘azallar bir vaznda yozilganini maxsus qayd etar ekan, bu holni Bobur ijobiy hodisa deb qaramagan.
Boburgacha o‘zbek tilida aruz ilmiga doir ikki risola yozilgan. Birinchisi — Shayx Ahmad bin Xudoydod Taroziyning «Funun ul-balog‘a»(1436/37) asari bo‘lib, bundagi to‘rt ilmning biri aruzdir.
Ikkinchisi — Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon» asaridir. Bu risolada 140 vazn haqida ilmiy ma’lumot berilgan.
Navoiyning «Funun ul-balog‘a» asaridan xabari bo‘lmagan ko‘rinadi. Bobur o‘zbek tilidagi aruzshunoslikning bu manzarasidan yaxshi xabardor bo‘lgani uchun undan qoniqmagan va bu sohaga hissa qo‘shishga shaylangan.
«Boburnoma»ni ko‘chirgan kotib Boburning aruz risolasi nomini «Mufassal» deb ko‘rsatadi.
Darhaqiqat, Bobur bu risolani shunday yozganki, unda asl, furu’ va zihoflar yuzasidan ishlab chiqilgan
537 vazn miqdoriga ahamiyat berilsa, tadqiqotning bejiz «Mufassal» deb atalmaganiga amin bo‘lamiz. Ushbu ma’lumot kelgusida Boburning aruz risolasi nomini turli nashrlarda va maktab adabiyot darsliklarida
«Mufassal» tarzida e’lon qilinishini taqozo etadi...
Fiqh — musulmonchilik farz va sunnatlari haqidagi amaliy nizom ilmidir. Boburning nega bu sohaga qiziqqanini uning ismi sharifi ma’no-mazmunidan mushohada qilsak maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Zotan, ism va uning ma’nosi insonning fe’l-atvori yoki umrbod faoliyatining mazmunini belgilaydigan muhrdir.
Biz «Zahiriddin Muhammad» — uning ismi, «Bobur» adabiy taxallusi deb mulohaza yuritamiz.
Aslida esa, Mirzo Olim Mushrifning «Ansob us-salotin fi tavorixi xavoqin»(«Sultonlar nasablari va xoqonlar tarixi») nomli tarixiy asari va Boburning quyidagi ruboiysiga qaraganda uchala so‘z ham shoh va shoirimizning ismi sharifidir:
Tuz oh Zahiri dini Muhammad Bobir,
Yuz oh Zahiri dini Muhammad Bobir.
Sarrishtai ayshdin ko‘ngulni zinhor
Uz oh Zahiri dini Muhammad Bobir.
Sabohat Azimjonova va Aziz Qayumov uch jildlik Bobur «Asarlar»ining I jildida ushbu ruboiyni shu tarzda manzur etganlar.
Nashrga tayyorlovchilar kitobxon ism ma’nosiga ahamiyat bersin, deya shunday qilishgan. Chunki ruboiyning asliyati quyidagicha ko‘chirilmog‘i kerak edi:
Tuz oh Zahiriddini Muhammad Bobur,
Yuz oh Zahiriddini Muhammad Bobur...
Mirzo Olim Mushrifning «Ansob us-salotin fi tavorixi xavoqin» nomli tarixiy asari ma’lumotlariga
qaraganda, Umarshayx mirzoning to‘ng‘ich o‘g‘liga bu ismni Xoja Ubaydulloh Ahror qo‘ygan. Ism
so‘zlarining sharhiga kelsak: Zahiri dini Muhammad — Muhammad dinining tayanchi, posboni,
demakdir. Bobur — babr(sher)sifat, sherdek degan ma’noga molikdir.
Shuning uchun ham Zahiriddin Muhammad Bobur bir umr shariatpanoh hukmdor bo‘lib yashadi;
shariatga amal qildi;.
“Zahiriddin Muhammad Bobur” ismining lug’aviy talqini: “Muhammad dinining shersifat posboni (tayanchi, panohi)” bo’ladi. Tarixchi Mirza Olim mushrifning “Ansob us-salotin fii tavorixi xavohin” (Sultonlar nasablari va xonlar tarixlari) kitobidagi ma’lumotlarga ko’ra, Umarshayx Mirzo Samarqandga borib, yangi mehmon – to’ng’ich o’g’liga ism qo’yib berishni ulug’ pir- Xoja Ubaydulloh Ahrordan iltimos qilgan. Xoja Ahrori vali avval “Zahiriddin Muhammad” ismini aytgan. So’ngra , biroz o’ylanib: “Bu ism avom tiliga talaffuz jihatidan og’irlik qiladi: ular Bobur mirzo deya qolsinlar” degan. Shunday qilib, baxtiyor hukmdor Umarshayx mirzo o’g’liga uch so’zdan iborat, ma’nosi “Muhammad dini va shariat tayanchi”ni ifodalaydigan “Zahiriddin Muhammad Bobur” ismini olib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |