I-bob yuzasidan xulosalar


III BOB BO’YICHA XULOSALAR



Download 467,47 Kb.
bet2/39
Sana05.01.2022
Hajmi467,47 Kb.
#319626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
БМИ

III BOB BO’YICHA XULOSALAR
XULOSALAR
TAVSIYALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
ILOVALAR


1

KIRISH


Tadqiqotning dolzarbligi. Yuksak ma’naviyatli, intellektual salohiyatli, zamonaviy bilimlarga ega avlodgina xalqimiz erishgan mustaqillikni asraydi, ma’naviy va iqtisodiy taraqqiyotga munosib hissa qo‘shadi. Ma’lumki, har qaysi davlat, har qaysi millat avvalo o‘z farzandlari qiyofasida, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlod timsolida shu xalqqa xos xususiyat va fazilatlarni namoyon etadigan, uning azaliy orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk kuchni ko‘radi.
Buning uchun keng miqiyosidagi ko‘pdan-ko‘p vazifalarni bajarishimiz, uzoqni ko‘zlab ish tutishimiz kerak. Eng avvalo, har bir odam o‘z sog‘lig‘i haqida qayg‘urishi, har bir oila o‘zida sog‘lom nasl, sog‘lom zuriyod qoldirishni o‘ylashi zarur. Bu esa, o‘z navbatida ijtimoiy muhit bilan jamiyatning uyg‘unligini ta’minlash orqali amalga oshiriladi.
Istiqlol yillarida ta’lim muassalarida ijtimoiy-ma’naviy va ahloqiy muhitlarni yanada takomillashtirish uchun bir muncha ishlar amalga oshirildi. Hozirgi paytda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida shaxsning ma’naviy-ma’rifiy hamda umummadaniy, milliy qiyofasini shakllantirish, uni har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirilgan milliy dastur yaratildi. Dastur talablari asosida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining har tomonlama ilmiy jihatdan asoslangan nazariyasini yaratish, uzluksiz ta’lim-tarbiya amaliyotini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash ta’lim-tarbiyaning bosh maqsadini belgilaydi. Shuning uchun ham uning tadqiqot ob’ekti kengaymoqda.
Ta’lim-tarbiya tizimida talaba-yoshlarda intellektual salohiyatni rivojlantirish eng dolzarb vazifadir. Shu bois, bugungi yoshlar oldida mutaxassislikni egallash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan bir qancha vazifalar turibdi.
O‘zbekistonda olib borilayotgan yoshlar siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar ajratib ko‘rsatiladi:
-yoshlarni jismonan va aqlan sog‘lom bo‘lib o‘sishini ta’minlash;
-ularga tadbirkorlik, ishchanlik, mustaqil fikr yuritish qobiliyatini hayotdagi birinchi qadamlaridanoq singdirish;



2

-har bir yoshni o‘z Vataniga mehr-muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash;


-mehr-muhabbat va sadoqat ruhining ildizi chuqur bo‘lishi uchun yoshlar o‘z millati, o‘z yurti, tarixini, urf-odatlari va rasm-rusumlarini, uning jahon sivilizatsiyasi maydonidagi o‘rnini har tomonlama bilishini ta’minlash;
-sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirish, sportdan mamlakat va millatni ulug‘lovchi xolis vosita sifatida foydalanish nazarda tutiladi.
Zero, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va yoshlarning o‘z imkoniyatlaridan keng foydalanib kelajakda yuksak marralarga erishishlari uchun ularga sog‘lom, iliq, inoq muhit yaratib berish lozim. Shu bois yoshlar ongiga ularning kelajada munosib kasb–hunar egalari bo‘lib yetishishlari hamda o‘z sohalarining yetuk kadrlari bo‘lishlarida halol mehnatning o‘rni beqiyos ekanligi singdirib borilishi lozim. Shunday ekan, barkamol avlod tarbiyasi milliy konsepsiya tamoyillarining asosini o‘z Vataniga, jamiyatiga sodiq farzandlar bo‘lib yetishtirish, ularning erkin fikrlovchi, mas’uliyatli, salohiyatli, bilimli va ma’naviy yetuk shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlash tashkil etadi. Milliy tarbiya asoslarini egallash natijasida yuksak intellektni kamol toptirish, ayniqsa, yosh avlod ongu, tafakkurida ma’naviy-axloqiy, insonparvarlik va demokratik qadriyatlarni mustahkamlash, ta’lim-tarbiya jarayonini uyg‘unlashtirish, uni aniq istiqolli maqsadga yo‘naltirish jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Yosh avlodni yuksak ma’naviyatli qilib shakllantirish, mustaqil mamlakatimizning ishonchli va intellektual salohiyatli fuqarolari etib tarbiyalash uzluksiz ta’lim tizimining dolzarb vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Darhaqiqat, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi uchun jamiyatning barcha institutlari mas’uldir. Ayniqsa, barkamol avlodni shakllantirishning amaliyotini ta’minlashda, bu boradagi ilmiy muammolarning yechimini topish, olg‘a surilgan nazariy xulosa va tavsiyalarni ta’lim-tarbiya amaliyotiga tatbiq etish jamiyatimizning ota-onalar, tarbiyachi-o‘qituvchilari, uzluksiz ta’lim tizimi oldiga qo‘yadigan davlat buyurtmasini samarali bajarilishi garovidir.
Hozirgi kunda jahon psixologiyasi miqyosida shaxsning kognitiv rivojlanishi va ijtimoiy perseptiv jarayonlarni o’rganilishi, tadqiq etilishi unib-o’sib kelayotgan yosh avlodni intellektini yanada oshirishga xizmat qilyapti desak mubolag’a bo’lmaydi.


3

Shu nuqtai nazardan amaliyotchi psixologlarning kasbiy faoliyati davomida aynan emotsional holatlar muvaffaqiyatiga ta’sirini o’rganish ham shu kab bilan shug’ullanib kelayotgan shaxsning qanchalik emotsional inson ekanligini teranroq tushunib, anglab yetishga zamin yaratadi. Shu o’rinda ta’kidlab o’tish joizki, emotsional soha xalqaro miqyosda ko’plab tadqiqotlar asosida o’rganilganligiga qaramay, bugungi kunda ham uning qiymati pasaygani yo’q.


Qaytanga, hozirgi kunda ushbu mavzu bo’yicha bir qator izlanishlar olib borilmoqda. Boshqa fanlar bilan aloqasi va psixologiya tarmoqlari qatorida tutgan o’rni va vazifasi haqida ham keskin munozaralar bo’lmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, hali-hamon mazkur soha bo’yicha izlanishlar davom etmoqda va bu soha yangidan-yangi yutuqlarni qo’lga kiritib kelmoqda.

Download 467,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish