I bob. Yozuvchining g‘oyasi va badiiy obraz I. 1 O. Yoqubovning “Ko‘hna dunyo” romanida ijodkor niyati va badiiy to‘qima I


I. BOB. YOZUVCHINING G‘OYASI VA BADIIY OBRAZ



Download 103 Kb.
bet2/5
Sana01.04.2022
Hajmi103 Kb.
#523411
1   2   3   4   5
Bog'liq
odil yoqubov-tarixiy romanlar ustasi

I. BOB. YOZUVCHINING G‘OYASI VA BADIIY OBRAZ
I.1 O.YOQUBOVNING “KO‘HNA DUNYO” ROMANIDA IJODKOR NIYATI VA
BADIIY TO‘QIMA
Badiiy jarayonning ibtidosi hayot haqiqatini bevosita o‘rganishdan boshlanadi, ya’ni hayotiy voqelik haqidagi ilk axborot adib ongida obrazli tafakkurni uyg‘otadi. Obrazli tafakkur bois ijodiy niyat tug‘iladi. Ijodiy niyat tug‘ilishi bilan badiiy to‘qima ishga tushib, sujetga asos bo‘ladigan manzaralar va ularda faoliyat ko‘rsatuvchi obrazlar yozuvchi ongida shakllana boshlaydi. Ana shu ijodiy jarayonning mohiyati haqida yozuvchining o‘zi shunday hikoya qiladi:
“Ba’zan tafakkur otining o‘rnidan jilish uchun yengil turtkining o‘zi yetarlidir. Bir vaqtlar gazetada Ulug‘bekning fojiali o‘limidan keyin izsiz yo‘qolgan mashhur Ulug‘bek kutubxonasi to‘g‘risidagi kichik bir maqolani o‘qigandim. Unda bu kitoblar Ulug‘bekning qotillari tomonidan yo‘q qilib yuborilmaganligi, balki uning shogirdlari tomonidan Samarqanddan olib chiqib ketilib, Urgut tog‘lariga yoki bo‘lmasa, Shahrizabz yaqinidagi bir g‘orga yashirilganligi taxmin qilingandi. Maqola talay o‘quvchilarda fikr uyg‘otdi, yangi dalillar keltirildi, turli afsonalar naql qilindi. Ba’zi xatlarning mualliflari hatto kitoblar ko‘milgan joyning ehtimolga yaqin o‘rnini ham keltirishdi. Ulkan kutubxona (taxminan 15 ming jilddan iborat, bu o‘sha davr uchun hayratomuz raqam) ning izsiz yo‘qolishi mumkin emasligi haqidagi fikrning o‘zi anchayin asosli ko‘rinar tasavvurni asoslardi. Respublika Fanlar akademiyasi kutubxonani izlab topish uchun kichik ekspeditsiya hozirladi, talay fidoyilar ham topildi.
Mening ongimda esa sarguzasht qissa tug‘ila boshladi. Men halitdan kutubxonani qutqarib qolish maqsadida Ulug‘bek shogirdlarining bu yerga yashirincha kirib kelishlarini “ko‘rardim” saroy to‘polonlari, dovyurak yigitlar ortidan uyushtirilgan quv-quvlarni tasavvur qilardim, otlar dupuri va qilichlar jarangi eshitilardi.
Imkoni boricha tarixiy materiallarni o‘rganib, Samarqandga yo‘l oldim. Go‘ri Amir va Ulug‘bek madrasalarining g‘ira-shira, nim qorong‘u yo‘laklarida kezdim, atoqli riyoziyotchi Qozizoda Rumiy va Ulug‘bek navjuvon talabalariga saboq aytgan mashhur madrasaning ulkan yarim vayrona xonasida o‘yga cho‘mdim. Necha daf’a buyuk rasadxona xarobalarida titroq va hayajon bilan ko‘zdan kechirdim. Endi meni Ulug‘bek obrazi - uning yuzi, sa’yi harakati muttasil ta’qib qilardi. Koinot sirlarini anglab yetgan bu buyuk inson nechun o‘zini butun borlig‘i ila ilmga baxsh etmadi? Toj-u taxt uchun kurash naqadar behuda ishligini nega tushunib yetmadi? – degan va keyinchalik kitobda Ali Qushchi tomonidan bayon qilingan fikrlar hol jonimga qo‘ymasdi.
Sarguzasht qissa haqidagi fikrdan voz kechib, katta tarixiy polotno ustida o‘ylay boshladim”1
Yozuvchi idrokida Ulug‘bek kutubxonasi bilan bog‘liq bo‘lgan ijodiy fikrning tug‘ilishi va uning takomili, adib badiiy niyatini hayajonga keltirgan turli-tuman kechinma va tuyg‘ularning yagona va umumiy bir hisga qo‘shilib ketishi natijasida sarguzasht qissaga daxldor bo‘lgan badiiy to‘qimaning ishga tushib ketishi jarayoniga alohida e’tibor beraylik.
Kutubxona bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumot ko‘z ilg‘amas darajadagi mayda bir don tarzida Odil Yoqubov ko‘ngliga ijodiy urug‘ bo‘lib tushadiyu, ana shu urug‘dan unib chiqqan ijodiy niyat adibning tafakkur otini joyidan siljitib yuboradi. Natijada sarguzasht qissaning syujet to‘qimasiga daxldor bo‘lgan ijodiy fikr birliklari, ya’ni kutubxonani qutqarish bilan bog‘liq voqealar tizimi qissaning obrazlar silsilasi va ularning faoliyati keltirib chiqaradigan turli-tuman hayotiy manzaralar, ayni shu jarayondagi hayot-mamot janglari yozuvchi ongida shiddat bilan shaklanna boshlaydi.
Yozuvchi shuurida tug‘ilgan ijodiy g‘oya unga tinchlik bermay qo‘yadi uni muvozanatdan chiqaradi. Shu bois u imkoni boricha ko‘proq tarixiy materiallarni o‘rganish maqsadida Samarqandga yo‘l olib, voqea sodir bo‘lgan makonni ham ipidan-ignasigacha tekshirib chiqadi. Natijada dastlabki tasavvurlar ko‘lami jiddiy kengayadi. Ulug‘bek davriga oid tarixiy manbalar qanchalik chuqur va atroflicha o‘rganilgani sari adolatli shoh va jahonshumul olim bo‘lgan Ulug‘bek siymosi yozuvchi ko‘z o‘ngida jonlanib, davr adabiy tipi sifatidagi belgilarini namoyon eta boshlaydi.
“Koinot sirlari anglab yetgan bu buyuk inson nechun, o‘zini butun borlig‘i ila ilmga baxsh etmadi? Toj-u taxt uchun kurash naqadar behuda ishligini nega tushunib yetmadi?” –degan savollar adib xayolida charx urib, unga sira tinchlik bermaydi. Bu savollarga javob topish uchun esa, Ulug‘bek davri tarixiy voqeligiga daxldor bo‘lgan barcha manbalarni o‘rganib, bu ziddiyatli davr haqiqatini tekshirib chiqish lozim edi. Chunki yozuvchining tafakkur osmonida charx urgan jumboqli savollarga Ulug‘bek davri haqiqatidan kelib chiqqan holdagina to‘g‘ri javob topish mumkin edi.
Natijada kutubxonani qutqazuvchi shogirdlar fidoyiligi, saroydagi to‘polonlar, otlar dupuri, qilichlar jarangidan iborat keng ko‘lamli tarixiy voqelik yozuvchi ko‘z o‘ngida jonlanadi. Bu davr haqiqatini ochib beruvchi tarixiy va to‘qima obrazlarning hammasi Ulug‘bek shaxsi atrofida to‘planib, birlari – muhabbat va sadoqat, boshqalari nafrat va yovuzlik timsoli sifatida guruhlana boshlaydi. Badiiy to‘qimaning serqirraligi va tarixiy faktning kulamdorligi sarguzasht qissaning o‘z o‘rnini tarixiy romanga bo‘shatib berishiga sabab bo‘lgan.
Ko‘rinadiki, tarixiy haqiqatni ochib berish bilan bog‘liq hayotiy materiallarni badiiy to‘qima ko‘zgusida chuqur o‘rganish, tahlil qilish, umumlashtirish, individualashtirish va tipiklashtirish orqali yozuvchi mukammal badiiy shakl va obrazlar yaratish imkoniga ega bo‘lgan. Ana shu ijodiy jarayon natijasi o‘laroq “Ulug‘bek xazinasi” tarixiy romani yaratilgan.
Tarixiy haqiqatni o‘zida mujassamlashtirgan har bir badiiy obrazni adib estetik kechinmalarining ifodasi deb izohlasak masala ancha oydinlashadi. Chunki, yozuvchi hayotdan olgan taassurotlarini o‘z badiiy idroki va hissiyotlari negizida tahlil qilib ko‘rgach, o‘z tafakkurining badiiy rejasiga muvofiq qahramonlar siymosiga ko‘chiradi.
Ijodkorning bu niyati uning “Ko‘hna dunyo” romanida o‘zgacha bo‘y ko‘rsatadi.
Odil Yoqubovning romanchilik sifatidagi o‘ziga xosligi shundaki, u o‘z tarixiy romanlarining qahramonlari talqiniga o‘sha davr ruhini keng ko‘lamli tarixiy haqiqatlar mohiyatini singdirib yubora oladi. Badiiy asar qahramonlarining epik faoliyatida mujassamlashgan davr haqiqati yozuvchi yashayotgan zamon ruhiyati va ijtimoiy dardlari bilan uyg‘unlashib ketadi.
Bunday fazilat faqat “Ulug‘bek xazinasi” romanidagina emas, balki “Ko‘hna dunyo” romanida ham muvjuddirkim, bu yozuvchi talantining adabiy tiplar kashfiyoti borasidagi benazir takomilidan dalolat beradi. Yozuvchi o‘z romanini “Ko‘hna dunyo” deb atagan va asardagi barcha qahramonlarni o‘ziga xos tarzda nomlagan.
Romanda Mahmud G‘aznaviy va uning saltanatidagi barcha amaldorlar saroy xodimlari, Malikul sharob va uning mayxonasiga kelib ketuvchilar, Ismoil G‘oziy boshliq karmatiylar, Mavlono Beruniy va u bilan aloqadar shaxslar, ibn Sinoga aloqadar insonlar faoliyatlari mukammal qamrab olingan. Zotan, ularning barchasi ko‘hna dunyo odamlari, biroq har biri alohida va mustaqil faoliyat sohiblaridir.
Biroq, “Ko‘hna dunyo” so‘zlari zamiridagi mohiyat bu asardagi har bir obrazning sujet qatlamlaridagi mustaqilligini inkor etmaydi, aksincha ularning asar badiiy mazmunini yuzaga chiqaruvchi yaxlitligini anglatadi. Demak, yozuvchi tomonidan o‘ylab topilgan nom (“Ko‘hna dunyo”) unda yaratilgan adabiy tiplarning barchasiga baravar bo‘lgan umumiy atamadir.
Agar romanning bosh qahramonlarini aniqlash masalasi o‘rtaga qo‘yilsa, unda yechilishi mushkul bo‘lgan talay chigalliklar yuzaga chiqadi. Romanning annotatsiyasida shunday bitiklarni o‘qiymiz:
“Odil Yoqubovning “Ko‘hna dunyo” degan yangi romani ikki buyuk alloma – Abu Rayhon Beruniy bilan Abu Ali ibn Sino hayotiga bag‘ishlangan...”
Mustabid shoh Mahmud G‘aznaviy davrida yashab, og‘ir sharoitlarda ijod qilgan bu ikki ulug‘ siymoning hayotlari chuqur dramatik voqealarga to‘la.
Romanni o‘qir ekanmiz bir qarashda sarguzashtnoma bo‘lib tuyuladigan, aslida esa zulm va adolatsizlikka asoslangan ko‘hna dunyoning o‘tkir ziddiyatlarini va fojiaviy hodisalarini kuzatamiz. Nohaqlik va tubanlik iskanjasida qolgan ikki buyuk, bobomizning yuksak e’tiqodi, dardu alamlari, iztiroblari, mustahkam irodasi va chuqur ruhiy kechinmalarining guvohi bo‘lamiz.
Bir qarashda annotatsiyadagi fikrlar to‘g‘riday bo‘lib tuyuladi: go‘yo roman Mahmud G‘aznaviy haqida emas, buyuk allomalar to‘g‘risida yaratilganday. Chuqurroq o‘ylab ko‘radigan bo‘lsak, bunda san’atkor ko‘ngliga tukkan bosh ijodiy niyat o‘zicha mustaqil taqdir egalari hisoblangan badiiy obrazlarning yirik epik asar sujetidagi faoliyatini umumiy bir negiz – Mahmud G‘aznaviy taqdiri bilan chatishtirish va ana shu maqsadga bo‘ysundirilgan ko‘p planli ko‘lamdor asar yaratish ekanligini anglaymiz.
Zotan, yozuvchining burchi avval bosh qahramonlarni topish va so‘ngra asar yozish emas, balki davr haqiqatini tashiydigan adabiy tiplar yaratishdir. Masalaga ana shu nuqtai nazardan yondashsakkina bosh qahramon masalasi bilan bog‘liq chigalliklarni bartaraf qilish imkoniyati tug‘iladi. Haqiqatan ham bir-biriga sira o‘xshamaydigan – juda ko‘p shaxslar faoliyat ko‘rsatadigan, turli –tuman voqea hodisalar, rang-barang xarakterlar va sarguzashtlar bitta umumiy taassurot, ya’ni Mahmud G‘aznaviy taqdiriga kelib bog‘lanishi yaxlit adabiy-tarixiy manzara – Mahmud G‘aznaviy davrini butun ziddiyatlari bilan ko‘z oldimizda gavdalantiradi. Mana, sizga romanni bir butun qilib ushlab turgan, badiiy to‘qimaga keng yo‘l ochib berib, har biri o‘z davri haqiqatining badiiy in’ikosi hisoblangan adabiy tiplarni boshqarib turgan, romanning tug‘ilishida yetakchi rol o‘ynagan bosh ijodiy fikr.
Agar romandan Mahmud G‘aznaviy adabiy tipi chiqarib tashlansa, unda asarning yaxlitligi badiiy butunligi yo‘qoladi, o‘z-o‘zicha yashagandek bo‘lib ko‘ringan barcha tiplar tirqirab sochilib ketadi. Badiiy negiz yaxlitligi yo‘q joyda esa, san’at asari bo‘lmaydi.
Mahmud G‘aznaviy obrazi va uning davri haqiqatlarisiz Abu Ali ibn Sino hazratlarining mutafakkirona hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini ilg‘ab olish imkoniyatlari ham o‘z-o‘zidan barham topadi. Anglashiladiki, mazmun va shakl birligini ta’minlovchi adabiy tipning badiiy asar negizini tashkil etuvchilik mohiyatiga (garchi u podsho bo‘lsa ham) hech bir shak keltirib bo‘lmaydi. Shu haqiqatni chuqur idrok etgan yozuvchi esa, Mahmud G‘aznaviy to‘g‘risida roman yozibdi degan ta’nadan qutulish maqsadida o‘z asariga “Ko‘hna dunyo” deb nom beradi. Bu nom romanning yaxlitligini ta’minlovchi adabiy tipga ham, shuningdek, unda ishtirok etgan barcha obrazlarga ham babbaravar tegishlidir. Bu fikrni roman tahlili jarayonida dalillashga urinib ko‘raylik.
Romanning birinchi bobi Malikul sharob mayxonasining tasviriga bag‘ishlangan. Shu mayxonadagi barcha voqealar – Malikul Sharob, Bobo Xurmo, Piri Bukriy, Abu Rayhon; Abulqosim Firdavsiy, Abul Hasanak, Unsuriy, Nargizabonu; hattoki; soxta ibn Sinolar bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarning barchasi Mahmud G‘aznaviyga borib bog‘lanadi. Eng avvalo, Malikul Sharob taqdiri bilan bog‘liq tarixga nigoh tashlaylik. Bu mayxona Malikul Sharobga otasidan, fotihi muzaffar amir Sabuqtegin (Mahmud G‘aznaviyning otasi) ning sodiq nadimi Qorag‘ulomdan meros qolgan. Malikul Sharobning o‘zi ham yoshligida Sulton Mahmudning suyukli nadimi bo‘lgan. Agar o‘rtada Nargizabonu bo‘lmaganda Sultonning suyangan tog‘i yoki eng yaqin lashkarboshisi bo‘lgan bo‘lur edi. Bundan qirq yil ilgari Nargizabonu tufayli oralariga tushgan ziddiyat ularning taqdirini ajratib yuborgan. Qirq besh yildirki, ular o‘rtasidagi nifoq mavjud. Yoki Bobo Xurmo taqdirini olib ko‘raylik. Bir mahallar hozirgi Bog‘i Firuz o‘rnida bu mo`ysafidning katta xurmozori bo‘lgan. Bundan yigirma yil muqaddam Sulton Mahmud Bog‘i Firuz uchun joy tanlanganida mo‘ysafidning xurmozori joylashgan yer unga manzur bo‘lib, uni o‘z mulki tasarrufiga qo‘shib olgan-u, suyukli bog‘idan ayrilgan keksa bog‘bon savdoyi bo‘lib qolgan. Mana u qariyb yigirma yildirki, ko‘cha-ko‘yda yurib tilanchilik qiladi.
Yoki mayxonada sodir bo‘ladigan voqealardan ayrimlariga bir nigoh tashlab o‘taylik. Mayxonaga mehmon bo‘lib kelib qolgan ikki sayyoh (soxta ibn Sino va uning nadimi) Xurosondan Abulqosim Firdavsiy yurtidan ekan, gap aylanib “Shohnoma” ga borib taqaladi va shu doston tufayli tug‘ilgan bahs sabab, Malikul Sharob shoir bilan eng so‘nggi uchrashuvini xotirlaydi.
“Yodida bor, Abulqosim Firdavsiy, - olloh undan rozi bo‘lg‘ay, - G‘aznani tark etishdan avval uning kulbai vayronasiga tashrif buyurgan edilar. Tashrif buyurishdan bir kun avval esa, shaharda ajib bir gap tarqalgan edi. Birov Sulton Mahmud ul nazm sultoniga katta lutfu ehson ko‘rsatib, “Shohnoma” ning har misrasiga bir tilladan haq to‘labdi, desa, boshqa birovlar, bil’aks sulton buyuk shoirning qadriga yetmabdi, hatto egniga sarupo ham yopmabdi, degan gaplarni topib kelgan edi. Ustod esa, go‘yo sulton bergan pulni cho‘ntagiga solib, to‘g‘ri hammomga borgan emishlar, hammomdan chiqqach, bor aqchasini gadolarga ulashib, o‘zlari sultonga hajv bitgan emishlar”.
Malikul Sharob bu mish-mishlarni haqiqat qilib ulgurmasdanoq ustod o‘zlari uni yo‘qlab kelib qoladilar. Ustod keksa bo‘lsalar ham, bo‘y-bastlari kelishgan, oppoq soqollari ko‘ksiga tushgan, tiyrak ko‘zlari-yu, o‘tkir so‘zlariga hech kim dosh berolmaydigan, tili achchiq, qaysar odam edilar. U kishi goho-goho may istab kelganlarga kayfiyati chog‘ bo‘lsa, “Shohnoma”dan hikoyatlar o‘qib berar, donolar bisotidan rivoyatlar aytib, hammani xushnud qilar, mabodo kayfiyatlari buzuq bo‘lsa, qalang‘i- qasang‘i mayxo‘rlar bilan o‘tirishni istamay, tikka turganlaricha bir piyola may ichardilar-da, o‘z yo‘llariga ravona bo‘lardilar.
O‘shanda, so‘nggi marta kelganida, ustod xuddi besabab qamchi yegan asov tulporday betoqat edilar. Soch-soqollari to‘zg‘igan yuzlari bo‘g‘riqqan, oppoq qoshlari tagidagi tiyrak ko‘zlari allaqanday ichki bir alamdan yonar, o‘zlariyam odatdagi kimxob to‘n o‘rniga oddiygina qora chakmon kiyib, boshlariga eski qalpoqni qo‘ndirib olgan, qo‘llarida aso, yelkalarida xurjun, tarki dunyo qilgan bir zohidga o‘xshar edilar”.
Malikul Sharob xotirasi vositasida Abulqosim Firdavsiy adabiy tipi yaratiladi. Uning xulqi, mayxo‘rlar orasidagi faoliyati, portreti shunday bir donishmandni ko‘z o‘ngimizga keltiradiki, unga romanda ozgina joy ajratilganiga qaramasdan, davrning jahonshumul haqiqatini o‘z nutqi vositasida badiiy ifodalaydi:
“Ustod Malikul sharob tutgan bir kosa mayni bir sipqorishda bo‘shatib, kosani qaytarib berdilar.
- Yo‘q! – deb xitob qildilar. – Yo‘q, Malikul Sharob, faqir qornimga emas, qadrimga yig‘layman... Shu boisdan, bu gumroh Sulton G‘aznaviy bergan barcha in’omlarni gadolar va yo‘qsullarga ulashdim. Bir mirisini qoldirmay ulashdimu, mana endi farishtaday mas’um, go‘dakday qip-yalang‘och ortimga otlandi. E-voh. Bu gumroh shohlar oldida bizday faqir shoirlar qismati shu ekan. Ne chora? Ayb o‘zimda. Bil’aks insof va adolatlni kuylab, odil shohlar tarixini bitgan shoir, kelib-kelib shu mustabid sultondan haqiqat qidirib kelurmanmi? O gumrohlar, gumrohlar. Kamina go‘yokim Eron bilan Turonni bir-biriga qarshi qo‘ygan emishmen. Go‘yokim forsiy shohlarni ulug‘lab, turkiylarni kamsitibmen. Yo‘q! – dedilar u kishi to‘satdan kulohli boshlarini baland ko‘tarib, - bir elni boshqa elga qarshi qo‘ymoq – donolar ishi emas? Bu –shohlar va sultonlar ishi. Kamina o‘z asarimda faqat haqiqatni yozdim. O‘lim haq. Vaqtiki kelib faqir ham bu olamni tark eturmen. Ammo inshoollo, “Shohnoma” toabad qolur. Kim haq, kim nohaq, har kim o‘zi o‘qib olur, o‘zi bilib olur; Malikul Sharob.
Ustod shunday dedilarda-da, ikkinchi kosani ichishdan bosh tortib, mayxonani tark etdilar”.
Ko‘rinadiki, Malikul sharob mayxonasi Sulton Mahmud G‘aznaviy davri haqiqatlarini tiniq aks ettiruvchi ko‘zguga aylantirilgan. Uning mayxonasi garchi sulton Mahmud G‘aznaviy qasrlari bilan tenglasha olmasa ham, dovrug‘i butun mamlakatga taralgan. Yozuvchining romanni shu mayxona ta’rifi va undagi voqealar tasviri bilan boshlashida ham juda katta bir ma’no bor. Bu joyda yig‘iladiganlar haqiqatni aytadigan kishilar, ularning ko‘pchiligi davrning jabrdiydalari yohud saltanat zulmidan bezgan haqgo‘y odamlar, ular orasida saltanat ayg‘oqchilari ham bor, xullas, ular u yo bu darajada Mahmud G‘aznaviy saltanatiga daxldor shaxslardir. Yozuvchi mayxonaga yig‘ilgan odamlarni shu qadar ta’rif- tavsif qiladiki, satrlarda muhrlangan chuqur hissiyot bilan salmoqli fikr birligining hayratomuz ifodasi o‘quvchini befarq qoldirmaydi. Ovloq Xorazmdan, Abu Rayhon Beruniy yurtidan kelgan Piri Bukriy salkam o‘n besh yil Malikul Sharob bilan birodarlik qiladi, uning mayxonasiga kelib, nay chaladi, shunday berilib chaladiki; ba’zan o‘zi ham yig‘lab, o‘zgalarni ham yig‘latadi. Biroq, u asar so‘ngida nafaqat Beruniyning raqibi, bilki saltanatning mayxonaga qo‘yilgan ayg‘oqchisi bo‘lib chiqishi o‘quvchi qalbini larzaga soladi. Bu esa Piri Bukriy timsolida g‘aznaviylar davri ijtimoiy muhitining o‘ziga xos adabiy tipi ifodalanganligini ko‘rsatadi.
Mayxona shu darajada dovruq taratadiki, uning mayini ichgan yupun shoirlar va yo‘qsillardan tashqari ba’zan man man degan bek va bekzodlar, hatto Abu Rayhon Beruniy kabi allomalar, gohi gohi esa sultonning suyukli madhiyabozi, shoir Unsuriy ham qadam ranjida qiladi. Hatto amir-ul mo‘minning erkatoy vaziri Abul Hasanning o‘zi ham, maytalab bo‘lib, shu dargohga pinhona odam yuboradigan bo‘ladi. Hullas, mayxona suhbatlari Sulton Mahmud G‘aznaviy saroyi sir-asrorlari bilan bevosita bog‘lanib ketib, ularda inson qalbining eng asl,eng chuqur sirlari shu darajada ochib tashlanadiki, unda davr haqiqati yarq etib, ko‘zga tashlanadi. Mayxonada yaxshi g‘azal o‘qigan, yaxshi kuy chalgan yoki qiziq hangoma so‘zlab bergan mayxo‘r bir kosa tekin may bilan taqdirlanadigan bo‘ladiki, bu an’ana undagi mushoirani kuchaytirib, alangalatib yuborishga bois bo‘ladi. Biz bu o‘rinda yana bir misol keltirish bilan kifoyalanamiz:
“... Bobo Xurmo Malikul Sharobning oldida nechundir kulimsirab, tavoze bilan qo‘l qovushtirib turardi.
- Avf et. Malikul Sharob. Bu suhbati gulgunda yaxshi shohu yomon shohlar haqida bahs ketdi. Ijozat etsang, kamina shu to‘g‘rida bir rivoyat so‘zlasam.
- So‘zla, Bobo Xurmo.
- Shundaykim qadim zamonlarda ikki xesh, ikki birodar safarga chiqmish... Shunda bir do‘sti ikkinchisidan: agar senga saodat yor bo‘lib, podsho bo‘lsang nima qilar eding, deb so‘ramish.
- Agarchand, - demish birinchi sayyoh, - saodat yor bo‘lib, poshsho bo‘lsam, yurtimda insof-u adolat o‘rnatar edim. Odamlar nimaiki orzu qilsa, hammasini ro‘yobga chiqarar edim.
- Kamina poshsho bo‘lsam, - demish ikkinchi sayyoh, - bani odam atalmish bu nodonlarni tavbasiga tayantirar edim. Qashlashga tirnoq ham qoldirmay, kafangado qilardim bularni.
- Sabab?
- Sababi – na yaxshilikni biladi bu gumrohlar, na yomonlikni.
Ertasiga ikki sayyoh yo‘lida davom etmish. Yo‘l yurib, yo‘l yursa ham mo‘l yurib, bir shahri azimga yetib bormish. Qarasalar ark oldidagi maydonda odam tirband, hammaning qo‘lida bir parcha go‘sht, osmondagi qushga tikilar emish. Ma’lum bo‘lishicha, bir kun avval shahar hokimi olamdan o‘tgan, hokim befarzand bo‘lib, taxt vorisi yo‘q emish. Shu boisdan, shahar donishlari yig‘ilib, poshshoning burgutini uchirmoqqa ahd qilmish, toki burgut kimning boshiga qo‘nsa, o‘sha odam poshsho bo‘lsin. Burgut esa falakning gardishi bilan bemehr sayyohning boshiga kelib qo‘nmish. Sayyoh esa taxtga o‘tirgan hamon o‘z aytganini qilmish, mamlakat ahlini zir titratmish, behisob boj-u xiroj solib, hammani kafangado qilmish. Shunda odamlar poshsho bo‘lgan sayyohning do‘stini qidirib topmish, poshsho ustidan unga arz qilib, undan najot so‘rarmish. Faqir sayyoh poshsho bo‘lgan do‘stining oldiga bormish. Poshsho uni shodu xurramlik bilan kutib olmish, ammo so‘zini eshitib: “Sen bu ishga aralashma, - deb tanbeh bermish. - Agar men bu odamlarga zulm qilgan bo‘lsam, gumrohligi va nodonligi uchun shunday qildim. Agar bular nodon bo‘lmasa, xudoning bir aqlsiz maxluqiga ishonib, kaminani taxtga ko‘tarishmas edi. Beaql maxluqqa inonib, meni poshsho qilishgan ekan, rahm-shafqat ne darkor bularga. Dono poshsho donolarga loyiqdur. Nodonlarga nodon poshsho yarashur”.
Bobo Xurmo tilidan naql qilingan bu rivoyatni har kim har xil tushunadi. Ba’zilar roviyning so‘zlaridan “senday nodonlarga Sulton Mahmudday zolim podsho yarashur”, degan ma’no uqqan bo‘lishsa, ba’zilar Bobo Xurmoning bu rivoyati aslida Sultonning g‘animi Imom Ismoilning so‘zi deyishadi.
Mana shu bahs sabab davrning yana bir haqiqati, ya’ni zolim podshoga qarshi bosh ko‘targan adolat lashkarining jangu –jadallari roman sahifalariga kirib keladi. Yozuvchi Ismoil G‘oziy boshliq xalq qasoskorlarining yashirin faoliyatlarini juda katta mehr bilan quyuq bo‘yoqlarda beradi.
O.Yoqubovning “Ko‘hna dunyo” romanining o‘ziga xosligi shundaki, asar syujetida folklor namunalari, ayniqsa tarixiy rivoyatlardan samarali foydalanilgan. Yozuvchi o‘z badiiy g‘oyalarini ifodalashda roviylar naql qilgan rivoyatlarning falsafiy mantiqiga tayanadi. Xususan, yuqorida keltirilgan “Zolim shoh va nodon avom haqidagi rivoyat” orqali G‘aznaviy hukmronlik qilgan davr haqiqati, o‘sha zamonning murakkab ijtimoiy dardlari tasvirlangan.
Badiiy to‘qima vositasida yaratilgan mayxonada hamma narsa Mahmud G‘aznaviyning zolimligiga borib bog‘lanadi. Hatto Mahmud G‘aznaviyga tutqich bermay yurtma- yurt kezib yurgan ibn Sino qiyofasiga kirgan sayyoh ham, gohi-gohida mayxonaga qadam ranjida qiladigan Beruniy ham yozuvchining shaxsy kechinmalari, hissiyotlari, aql tarozisidan o‘tib, Mahmud G‘aznaviy davri haqiqatini ochishga xizmat qiladigan adabiy tiplarga aylantiriladi.
Yozuvchining o‘z ixtiyoriga qo‘ymagan, uning tafakkurida zuhur topgan badiiy niyat bois Sadafbibi, Piri Bukriy, Sabhu va Xatlibegimlarning xilvatgohlariga kirib chiqamiz, ularning sir-asrorlarga to‘la ruhiy olami ko‘zgusida Beruniyning ziddiyatlarga to‘la o‘tmishi bilan hayrat ichra tanisha boramiz. Nihoyat Sultonning suyukli singlisi Xatlibegim tashrifi tufayli romanning markaziy siymosi Mahmud G‘aznaviy xilvatxonasi tomon yo‘l olamiz:
“- Mavlono. Men sho‘rlik sizni yo‘qlab kelishimizdan murodim, xabaringiz bor, ul valine’mat davlatpanoh – iloyo umri uzoq bo‘lg‘ay, - og‘ir dardga chalinmish. Saroy to‘la alloma, malik-ul kalom, dovrug‘i jahon hakimlar, biroq sho‘rlik og‘am o‘z o‘tida o‘zi qovurilib yotmish. Dardiga davo, ko‘ngliga orom beradigan na bir hibibi bor, na bir tabibi...”.
Xatlibegim obrazi tufayli roman sahiflarida saroy to‘g‘risidagi davr haqiqati kirib keladi. Bir tomondan Mahmud G‘aznaviy saroyi allomalar, malikul kalomlar, hakimu tabiblar bilan to‘la, ikkinchi tomondan ig‘voyu, fisqu-fasodlar uyasi, saroy amaldorlari esa, ayniqsa vazirlar – Ali G‘arib bilan Abul Hasanaklar – martaba talashish bilan band bo‘lishadilar.
Uning dard-u hasratlarini tinglagan Beruniy “hammasidan boxabar. Yer tagida ilon qimirlasa biladi, bu xotin. Ammo bu mash’um sir-asrorni aytishdan murodi ne? Bu ig‘vo, bu fisqi-fasod ishlarga daxlim ne mening? – deya taajjublanadi. Shu o‘rinda yozuvchi davr haqiqatini berishda o‘ziga juda qo‘l kelgan usulni qo‘llaydi – rivoyat sujetiga muroajaat qiladi:
“Xatlibegim to‘satdan durrasining uchini jahl bilan yelkasiga otib, Beruniyga tik qaraydi, surma tortilgan ko‘zlari allaqanday chaqnab:
- Nahotki bu dardning davosi bo‘lmasa mavlono? – deb so‘raydi. Kecha saroyda nazm ahlining sultoni janob Unsuriy bir so‘z aytmish. Hindiston tomonda, qaysi bir nahr o‘rtasidagi orolda “ne’mati ilohiy” degan g‘aroyib bir daraxt o‘sar emish. Bu daraxtning mevasini tanovul qilgan xastai notavon tanasidagi barcha dardlaridan forig‘ bo‘lur, chol bo‘lsa qirchillama yigitga, kampir bo‘lsa... yosh malakka aylanar emish... Siz o‘sha yurtlarda bo‘lgansiz, mavlono ayting, maslahat bering, qaydin topsa bo‘lur bu “ne’mati ilohiy”ni? (24-25-betlar).
Ko‘rinadiki, Xatlibegim ruhiyatini qamrab olgan og‘ir hissiyotlar davr haqiqatidan tug‘ilgandir. Keksa podsho o‘lim to‘shagida qolganda arkoni davlat aqli noraso shahzodani taxtga o‘tqazib, o‘zlari hokim bo‘lishni o‘ylaganlar. Bu tarixiy haqiqat har bir mamlakat, har shohlikda cheksiz tarzda takrorlanib turgan. Shunday og‘ir damlarda o‘lim to‘shagida yotgan shohning yaqinlari Xatlibegim tushgan tahlikali holatga tushishlari turgan gap. Bu tarixiy haqiqatdir. “Ne’mati ilohiy” bilan bog‘liq rivoyatning asar syujetiga kiritilishi ham davrning tarixiy haqiqatlarini, “tarixiy shaxslar taqdirini, davr dramasini, davrning ko‘p qirrali ziddiyatlarini yangicha, ta’sirchan ochishga, badiiy inkishof etishga”2 imkon bergan.
Beruniy bilan Xatlibegimning bahsida davr haqiqati butun ziddiyatlari bilan beriladi. Sulton Mahmud hech bir najot topolmaydi. Yetti iqlimni zabt etgan fotihi muzaffar, dong‘i olamga ketgan podshoi olam bukun... jismida uqubat, ko‘nglida tavahhum najotsiz to‘lg‘anib yotishga majbur. Suronli janglarga chek qo‘yib, endi farog‘at gulshaniga yetdim deganida... nogahon yopishgan bu dardi bedavo sabab... shami shabistoni yaqinlashadi. Uning bir umidi Hazrati ibn Sinoda qoladi. Bu badiiy to‘qimaning qudrati tufayli yaratilgan jozibali sahifalardan biri ibn Sino bilan Abu Rayhon Beruniyga daxldor, davr haqiqati - ularning olamshumul kashfiyotlari birin- ketin ochila boradi. Xatlibegim Beruniydan hazrat ibn Sino xususida, uning yordamiga muhtoj ekanini bildirganida ibn Sino deb aytilgan jozibador bu ikki so‘z Abu Rayhonning diliga bamisoli iliq bir nur bo‘lib qo‘yiladi-yu, ko‘ngli yorishib ketadi.
Mana sizga roman to‘qiladigan ipning – yozuvchi ijodiy niyatining boshi. Yozuvchi zolim tarixiy shaxs Mahmud G‘aznaviyning o‘lim to‘shagida yotgan davri – so‘nggi uch-to‘rt oylik saltanatini ko‘rsatmoqchi. Bu ban zolim shohlarning yangicha bir adabiy tipini, ya’ni juda ko‘p adolatsizliklar qilgan-u, boshiga bedavo dard yopishganda Yaratganga tavba-tazarru qiluvchi insonning asl qiyofasini tasvirlab, uning hayot yo‘li ustidan qat’iy hukm chiqarmoqchi. Sulton Mahmud G‘aznaviyning to‘shakda bedavo dardga chalinib yotgan damlari sabab bo‘lib, Beruniy ham, uning o‘zi ham butun umr bosib o‘tilgan hayot yo‘lini xayolan tahlil qilishga kirishadilar. Beruniy shogirdi Sabhu sabab Mahmud G‘aznaviy bilan birgalikda Hindistonda bosib o‘tgan yo‘llarini xayolan tasavvur etadi:
Beruniy umrida ko‘p do‘st-u birodar, juda ko‘p shogird orttiradi, ularning yaxshilarini ham, yomonlarini ham, omad kulib boqqanida atrofida girgitton bo‘lib, omad ketganida xoinlarcha yuz o‘girganlarini ham – har xilini ko‘radi. Lekin Loxo‘r ko‘chasidan topib olgan Sabhuday sadoqatli shogirdni ko‘rmagan edi. Bo‘yi- basti kelishgan, mo‘ylovi endigina sabza ura boshlagan, tol chiviqday nozik bu yigitchada o‘z elining hamma fazilatlari – muloyimligi, mehnatsevarligi, kamtarinligi mujassamligidan hayratga tushadi. Ajabo. Nechun goho bir el ikkinchi el bilan oshno bo‘lmasdan turib yotsiraydi, faqat o‘z tilim, o‘z kuylarim va o‘z qo‘shiqlarim yaxshi deb o‘ylaydi? O‘ylaydi-yu, qatlu om qilib bo‘lsa ham o‘z urf-odatlarini boshqa yurtlarga yoymoqchi bo‘ladi... Shohlar-ku mayli. Uning o‘zi ham, oqu qorani tanigan Abu Rayhon Beruniyning o‘zi ham bir mahallar shunday deb o‘ylagan emasmidi? O‘zi tug‘ilib o‘sgan Jayhun zaminidan yaxshi zamin, turkiy qo‘shiq va turkiy kuylardan yaxshi kuy va yaxshi qo‘shiq yo‘q, deb o‘ylaganmidi? Xayriyatkim, birda Jurjon, birda Hindistondan buyuk va g‘aroyib yurtlarni ko‘rib ko‘zi ochiladi, har bir mamlakat har bir el noyob va go‘zal bir olam ekanini bildi, bilib “Hindiston”ni yozdi. Faqat ming afsuski, bu asarni, o‘n yil umri ketgan bu suyukli kitobini hozircha pinhon tutishga majbur Beruniyning ushbu o‘ylarida davr haqiqati, ya’ni bir el odamlarining ikkinchi bir el to‘g‘risida fikr yuritish jarayonlari butun ziddiyat bilan mukammal badiiy ifodalangan. Yozuvchi mutafakkir Beruniy nigohi, aql-zakovati bilan behisob qon to‘kkan, shaharlarni talab, ibodatxonalarga o‘t qo‘ygan Sulton Mahmud G‘aznaviyni fosh etadi. Sabhuga davr haqiqatini ochib bari bir sening yurtingda mening elim to‘g‘risida yomon taassurot qoldi, bolam. Yo‘q ul qatlu qirg‘inlar uchun mening elim gunohkor emas. Aslo. Ammo Sulton Mahmud yanglig‘ jahongirlar, lashkarboshilar, mustabid shohlarning razolati ham shundadurki, ular faqat o‘z nomlari emas, balki o‘z eli nomiga ham dog‘ tushirishga qodirdurlar, - deydi. Davr haqiqatini ochib berish yuksakligiga kutarilgan bu adabiy tip siymosida yozuvchi mazlum ellar yuragidagi yomon asoratlarni yo‘qotishga intilib, “Hindiston” kabi buyuk asar yaratgan umumbashariy zotni ulug‘laydi.


Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish