I-bob. Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari



Download 2,8 Mb.
bet5/42
Sana25.02.2022
Hajmi2,8 Mb.
#464461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Yosh davrlar 2021

Pedagogik psixologiya vazifalari:
1) ta’lim jarayonlarini boshqarishning psixologik masalalarini o‘rganish;
2) bilish jarayonlarining shakllanishini tadqiq qilish;
3) aqliy taraqqiyotning ishonchli ko‘rsatkichlarini aniqlash;
4) ta’lim jarayonida aqliy taraqqiyotning samarali bo‘lish sharoitlarini o‘rganish;
5) pedagog bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi, o‘quvchilar bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat xususiyatlarini o‘rganish;
6) o‘quvchilarga individual yondoshish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘rganish.
7) pedagogik faoliyatni amalga oshirishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganish.
Pedagogik psixologiyaning quyidagi bo‘limlari mavjud:
1.Ta’lim psixologiyasi.
2.Tarbiya psixologiyasi.
3.Pedagogik faoliyat psixologiyasi.



2-rasm. Pedagogik psixologiya bo‘limlari.
YOsh va pedagogik psixologiyaning birligi yosh va pedagogik psixologiya o‘rganadigan ob’ektning umumiyligidadir. Bu ikkala fanning o‘rganish ob’ekti – bolalar, o‘smir va o‘spirinlar bo‘lib, yosh psixologiyasi ularni yosh taraqqiyoti bo‘yicha o‘rgansa, pedagogik psixologiya tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchi sifatida, ya’ni pedagogning ta’lim-tarbiya jarayonida biror maqsadga qaratilgan ta’siri sifatida o‘rganadi.
Ma’lumki, muayyan yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga maqsadga muvofiq ravishda ta’lim va tarbiya berib bo‘lmaydi. Bolaning har bir yoshi o‘z qiyinchiliklariga ega bo‘ladi va o‘ziga nisbatan maxsus munosabatda bo‘lishni talab qiladi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida individual munosabatda bo‘lishning sharti o‘quvchining psixologik xususiyatlarini har tomonlama va chuqur bilishdan iborat. Bu esa o‘quvchining psixik dunyosidan yaxshi xabardor bo‘lishni, psixologik jihatdan kuzatishni to‘g‘ri tashkil qila olishni va tabiiy eksperiment uyushtirishni bilishni taqozo qiladi.
Pedagogik psixologiya ham, yosh psixologiyasi ham umumiy psixologik qonuniyatlarni ochib beradigan psixik jarayonlarni, psixik holatlarni va shaxsning individual psixologik xususiyatlarini o‘rganadigan fan – umumiy psixologiyaga asoslanadi.
Lekin yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya pedagogik jarayonni tashkil qilish uchun tayyor retsept yoki tavsiyanomalar berishni da’vo qilmaydi. YOsh va pedagogik psixologiyaning materiallari va xulosalaridan ta’lim - tarbiya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilishda foydalaniladi. Bu haqda rus pedagogi K.D. Ushinskiy ham ta’kidlab o‘tgan edi:
“Biz pedagoglarga unday yoki bunday qilinglar deb aytmaymiz, ammo biz ularga o‘zingiz boshqarmoqchi bo‘lgan psixik hodisalarning qonunlarini o‘rganing va bu qonunlarga amal qiling hamda ularni tadbiq qilmoqchi bo‘lganingiz sharoitlarini hisobga olib ish qiling, deb aytamiz”.

Download 2,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish