I bob. XVI-XIX asr oxirlarida qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz tojik, turkman, afg‘on xalqlariga oid asarlar


II BOB XVI-XIX asrlarda Sharqiy Turkiston va Tibet xalqlari tarixiga oid asarlar



Download 70,74 Kb.
bet7/10
Sana12.07.2022
Hajmi70,74 Kb.
#780576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
XVI-XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA QORAQALPOQLAR

II BOB XVI-XIX asrlarda Sharqiy Turkiston va Tibet xalqlari tarixiga oid asarlar
2.1 XVI-XIX asr oxirlarida Sharqiy Turkiston xalqlari tarixiga oid asarlar
Sharqiy Turkiston va Tibetning tarixiy geografiyasiga oid asarlar, shubhasiz, ahamiyatini yo‘qotmagan boʻlib, qadimgi va oʻrta asrlar Sharqiy Osiyo N. Ya. Bichurinning nomi bilan bogʻliq. Ular hozirgi kunga qadar oʻz arxeologiyasi, tarixi hamda etnografiyasi tadqiqotlari uchun eng muhim manbalardan biri boʻlib qolmoqda. 1828-yilda N. Ya. Bichurin XVIII asrdagi xitoy mаnbаlаrining tarjimasi asosida “Тибетнинг ҳозирги ҳолатидаги тавсифи" nomli аsаrini nashr etdi16 “Тибетнинг илустрасияси билан ёзилган китоби тўғрисида” аsаri Tibet hаqidаgi birinchi rus tilidаgi kitob Rossiya va xorijda yuqori baholandi. Bir qator gazeta va jurnallar ("Московский вестник”, “Сын Отечества”, “Московский телеграф”)da uning ilmiy ahamiyati bo‘yicha sharhlar paydo boʻlib, 1829-yilda ushbu sharhlar Genrix Yulius Klaport (1783–1835) tomonidan fransuz tilida nashr etildi!358. 1828-yilda N. Ya. Bichurin “MỹryNHCTOH xakida ochajekap” asarini taqdim etdi. Unda xitoy manbalariga asoslangan holda Moʻgʻulistonning toʻliq tavsifi berilgan va qiziqishnng yuqoriligi tufayli darhol fransuz tiliga tarjima
qilingan. Moʻgʻulistonga asarlarning nashr etilishi N. Ya. Bichurinni 1828-yil 17 (29)-dekabrda, Imperator Fanlar akademiyasining muxbir a'zosi sifatida saylanishi uchun muhim asos boʻlib xizmat qildi. "Қадимги ва ҳозирги даврдаги Жунғория ва Шарқий Туркистон TaschỘu” kitobi birinchi marta 1829-yilda nashr etilgan boʻlib, muallifning uchinchi yirik asari hisoblanadi. Mazkur asar eng muhim xitoy manbalaridan tarjimalarni o‘z ichiga oladi: “Gʻarbiy yerning hikoyalari” (“Si Yuy chjuan”);Ilk Xan sulolasi tarixining 96-bobi (“Syan Xan Shu”); “Gʻarbiy mintaqatoʻgʻrisida ko‘rgan va eshitganlarning tavsiflari” (“Si Yuy Ven szyan lu”). Afsuski, Sharqiy Turkiston haqidagi ishlar avvalgi ikki asar kabi jamoatchilik e'tiborini jalb qila olmadi. 1850-yilda Osiyoning umumiy xaritasini tuzishga birinchi urinish qilingan. Xuddi shu yili Ya. V. Xanikov va A. P. Bolotov Oʻrta Osiyoning shimoliy-gʻarbiy qismi xaritasini nashr etdi va 1851-yilda esa Ya. V. Xanikov Issiqkoʻl atrofi xaritasini tuzdi. 1856–1857-yillarda Yevropaliklardan birinchi boʻlib taniqli olim-geograf P. P. Semenov-Tyan-Shanskiy (1827–1914) Tyan- Shan cho‘qqilarini zabt etdi. Uning tadqiqotlari ichki Osiyoning geologik tuzilishi haqidagi tushunchalarni tubdan o‘zgartirib yubordi. 1873-1914-yillarda. P. P. Semenov-Tyan-Shanskiy “Rus Geografiya jamiyati”ning doimiyrahbari, koʻplab qiziqarli va samarali ekspeditsiyalarning ilhomchisi boʻlgan. Mintaqani oʻrganishning dastlabki natijalari nafaqat geografik, balki etnografik qo‘ygan edi va tarixiy maqsadlarda ham ekspeditsiyalar tashkil etish masalasini kun tartibiga Markaziy Osiyo Rossiyaning harbiy va siyosiy manfaatlarining eng muhim nuqtalaridan biri edi. XIX asrning o‘rtalaridan Osiyo mintaqasi ikki imperiya, ya'ni katta bozor va xomashyo manbalari ustidan nazorat oʻrnatishga intilgan ruslar hamda inglizlar o‘rtasidagi raqobat maydonga aylandi. Mazkur "katta o‘yin"da Rossiya va Buyuk Britaniyadan tashqari, o‘sha paytda davlat chegaralari hali aniq belgilanmagan Xitoy hamda Afg‘oniston ham ishtirok etgan edi. Shu sababli, ekspeditsiyalarning ahamiyati yanada kuchayib ketdi.Shu munosabat bilan, XIX asrning o‘rtalaridan Rossiya hukumati va Bosh shtabi muntazam ravishda Mo‘g‘uliston, Xitoy hamda Yaqin Sharqqa razvedka ekspeditsiyalarini uyushtirib turdi. Ushbu ekspeditsiyalar nafaqat Rossiyaning mintaqadagi siyosatining davomi, shu bilan birga ushbu siyosatning bir qismi va harakatlantiruvchi kuchi edi. Ushbu ekspeditsiyalar tarkibiga A. N. Kuropatkin (1848-1925)ning 1877-yildagi missiyasi kiradi17. 1883-yilda Xitoy bilan chegara aniqlanganda, Rossiya imperiyasining tarkibiga kirgan Farg‘ona va Yettisuv viloyatlari har uch yilda bir marta Xitoy hamda Rossiya ma'muriyatlari vakillari tomonidan nazorat qilinib, chegara belgilarini yangilab turishlari ko‘rsatildi. Leytenant B. L. Grombchevskiy (1855-1905) birinchi marta 1885-yilda bunday sayohatga chiqib, bu haqda batafsil hisobot taqdim etgan. Keyinchalik ko‘plab sayohatchilar ushbu razvedka ekspeditsiyalarining yuqori aniqligi bilan ajralib turadigan kartografik va marshrut ma'lumotlaridan foydalanganlar. 1867-1869 yillarda Nikolay Mixaylovich Prjevalskiy (1839–1888) Ussuriya mintaqasiga birinchi marta sayohat qilgan edi. 1870-1880-yillar davomida ushbu sayyoh Markaziy Osiyoga jami 30.0000 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tgan to‘rtta ekspeditsiyani amalga oshirdi. 1870-1873-yillarda N. M. Prjevalskiy Moʻgʻuliston, Xitoy va Tibet, 1876-1877-yillarda Jungʻoriya hamda Lopnorga koʻli atroflari, 1879–1880-yillarda birinchi, 1883–1885- yillarda esa ikkinchi marta Tibetga ekspeditsiya uyushtirgan edi.
Ushbu ekspeditsiyalarning ilmiy natijalari oʻrganilgan hududlarning tabiati, iqlimi, relefi, florasi hamda faunasi haqida batafsil va yorqin tasavvur beradigan bir qator kitoblarda nashr etilgan. N. M. Prjevalskiy oʻzining sayohatlarini kamtarona ravishda "ilmiy razvedka” deb atagan. Chunki, u ilgari hech bir tadqiqotchi boʻlmagan Osiyodagi mintaqalarga tashrif buyurgan. Mazkur olim yevropaliklarga Markaziy Osiyoga yo‘l ochib, ushbu mintaqaga qiziqish uyg‘otgan va shu bilan yirik va muntazam ekspeditsiyalarni amalga oshirishga ko‘maklashgan. 1879-yilda botanik A. E. Regel ekspeditsiya tarkibida Gʻulja, Turfon va Turkiston mintaqalariga asosan, tabiatshunoslikni oʻrganish maqsadida tashrif buyurgan edi18. Shunga qaramay, mazkur olim oʻz hisobotida sayohat natijalariqatorida "Turfan, Sanji ya Manas yaqinidagi qadimiy, aftidan, oriy xarobalari topilmalari" haqida ma'lumotlar qoldirgan U ba'zi arxeologik joylarning rejalari, shu jumladan, qadimiy shaikut-shariy turar joyini tasvirlagan. S. F. Oldenburg A. Ye. Regelni Sharqiy Turkistonning qadimiy asarlariga e'tibor bergan birinchi rus olimi sifati ta'riflagan edi19 Sharqiy Turkiston mintaqasi Sharq va Gʻarb sivilizatsiyalari oʻrtasidagi qadimiy aloqa zonasi sifatida haqiqiy ahamiyatini birinchi boʻlib I. P. Minaev koʻrsatib bergan edi Mazkur olim Sharqiy Turkistonga batafsil arxeologikekspeditsiyani jihozlash zarurligi toʻgʻrisida gapirib, “Lobnordan Xoʻtangacha boʻlgan butun mintaqa tarixiy va arxeologik jihatdan maxsus qidiruvlarni kutayotganini” ta'kidlagan edi.
N. M. Prjevalskiyning ishini uning shogirdlari va izdoshlari davom ettirdi. Ular orasida M. V. Pevsov (1843-1902), V. I. Roborovskiy (1856–1910), G. N. Potanin (1835-1920), P. K. Kozlov (1863–1935), G. Ye. Grumm-Grjimaylo (1860–1936) va boshqalarning nomini alohida ko‘rsatish mumkin. XIX asr oxiri - XX asr boshlari Sharqiy Turkistonni o‘rganilishida muhim bir davr hisoblanadi. Aynan ushbu davrda amalga oshirilgan bir nechta arxeologik eskpeditsiyalar natijasida avval fanga noma'lum bo‘lgan ko‘plab yangi moddiy manbalar aniqlandi. Natijada, Sharqiy Turkiston mintaqasiga doir bilimlar to‘plana boshlandi. Bunday arxeologik ekspeditsiyalarning birinchisi 1898-yilda D. A. Klemens '368 boshchiligida amalga oshirildi va asosan, Turfon hududini kompleks ravishda oʻrganilishga kirishildi. Ekspeditsiya natijalari D. A. Klemens tomonidan maxsus hisobot tarzida 1899-yilda nemis tilida chopetilgan20. M. Kutlukovning asarida Qo‘qon va Sharqiy Turkistonningboʻzaro aloqalari masalasi yoritilgan. Ushbu muallifning mavzuga oid barcha tadqiqotlarida nafaqat Xitoy, shu bilan birga Sharqiy Turkiston va Markaziy Osiyo qoʻlyozma asarlaridan ham keng foydalanilganligini kuzatish mumkin. Biroq, u ham Qoʻqon va Xitoy oʻrtasidagi siyosiy aloqalar masalasiga katta e'tibor berib, ikki hudud oʻrtasidagi iqtisodiy hamda madaniy aloqalarini nazardan chetda qoldirgan. Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda Sharqiy Turkiston va unga yondosh hududlarning boshqa hududlar bilan aloqasi tarixi oʻrganildi. Masalan, tadqiqotchi Sh. Qo‘ldoshevning “Qo‘qon xonligi va Sharqiy Turkiston o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar (XVIII-XIX asrning oʻrtalari)21 nomli dissertatsiyasida Qo‘qon xonligi va Sharqiy Turkistonning oʻzaro elchilik aloqalari muhim manbalarga asoslangan holda yoritib berilgan. Ma'lumki, XVIII-XIX asrning 70-yillarida Qo‘qon xonligining Sharqiy Turkiston bilan oʻzaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari alohida fundamental tadqiqot sifatida oʻrganilmagan. Aksariyat ilmiy adabiyot va tarixiy manbalarda Qo‘qon xonligining Sharqiy Turkistonni oʻz ta'sir doirasiga olish uchun doimiy ravishda Xitoy bilan urush harakatlarini olib borganligi qayd etilgan va Sharqiy Turkiston hududiga egalik qilish masalasi ushbu ziddiyatli holatning asosiy sababi qilib ko‘rsatilgan. Mazkur tadqiqotda, bildirilgan umumiy fikrlardan farqli oʻlaroq, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning mazmun-mohiyati aniqlashtirilib, oʻzaro aloqalarning taraqqiyoti izchil boʻlmaganligi koʻrsatib berilgan. Qayd etilganidek, hudud va uning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hamda etnografik hayotiga oid ma'lumotlar juda ham ko‘p. Ushbu manba va ma'lumotlar tahlil qilinsa hamda yangi takliflar kiritilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ushbu manbalarni tahlil qilishda asosiy e'tiborni o‘sha davrning siyosiy holati, xalqlarning milliy oʻzlikni anglash jarayoni, oʻzaro aloqalari vaziyatga baho berishda xolislik, haqqoniylik hamda tanqidiy tahlilga e'tibor qaratish kerak.

Download 70,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish