1.3.1-jadval
Turistlarni qabul qilish bo‟yicha 2020 yillardagi yetakchi mamlakatlar ro‟yxati
11.
Mamlakatlar
|
Tashrif
buyurgan
turistlar soni, mln.kishi.
|
Jahon oqimidagi ulushi, %
|
O‟rtacha yillik o‟sishi.
1995-2020 yil,
%
|
Xitoy
|
137,1
|
8,6
|
8,0
|
AQSH
|
102,4
|
6,4
|
3,5
|
Fransiya
|
93,3
|
5,8
|
1,8
|
Ispaniya
|
71,0
|
4,4
|
2,4
|
Gonkong
|
59,3
|
3,7
|
7,3
|
Italiya
|
52,9
|
3,3
|
2,2
|
Buyuk Britaniya
|
52,8
|
3,3
|
3,0
|
Meksika
|
48,9
|
3,1
|
3,6
|
Rossiya
|
47,1
|
2,9
|
6,7
|
Chexiya
|
44,1
|
2,7
|
4,0
|
Jami
|
708,8
|
44,2
|
42,5
|
Manba:BJTT ma‟lumotlari asosida tayyorlandi. 2016-yil
Yuqorida keltirilgan ma‟lumotlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, 2020 yilga kelib, turistlar eng ko‟p tashrif buyuradigan davlat Xitoy bo‟lib qoladi.
Undan tashqari, Gonkong va Rassiyada ham yuqori o‟sish suratlari kuzatilishi kutilmoqda. Xitoy va Gonkongning umumjahon turistik oqimida 12,3 foizni tashkil qiladi. Ayniqsa, Rossiyada jiddiy o‟zgarishlar prognoz qilinmoqda: 2020 yilda kiruvchi turistlar soni hududdan chetga chiquvchi turistlar sonidan 1,5 marotabaga ortishi kutilmoqda. Yevropa davlatlari orasida yuqori muvaffaqiyatga Chexiya davlati erishishi bashorat qilinmoqda.
Mehmonxonalar xalqaro uyushmasi mehmonxonalar tarmoqlarini uch toifaga ajratadi:
korporativ mehmonxonalar - ko‟p sonli korxonalarga ega mehmonxona korporatsiyalari;
bronlash umumiy tizimidan, marketing, reklama konsepsiyasidan va alohida korxonaga qimmatlik qiluvchi boshqa xizmatlardan foydalanish uchun birlashtirilgan mustaqil korxonalar tarmoqlari;
boshqaruv xizmatlari ko‟rsatuvchi tarmoqlar.
I-bob bo‟yicha xulosalar
Mehmondo„stlik sanoati korxonalarining evolyutsiyasi to„g„risida so„z yuritganda, tarixiy jihatdan kishilik jamiyatining rivojlanish bosqichlariga mos keluvchi davrlarni ajratish mumkin: Qadimgi davr;
O„rta asrlar;
Yangi davr;
Hozirgi davr.
Jahon mehmonxona sanoati rivojiga O‟rta asrlarda Angliyada sodir bo‟lgan jarayonlar ham o‟z ta‟sirini o‟tkazdi. 1066-yilda Angliyaning istilo qilinishi oqibatida sayohatchilar soni oshdi. Xususiy uylar mehmonxona o‟rnini bosdi va xovlilar tijorat korxonasi sifatida qo‟llandi. O‟rta asrlarda odamlar muqaddas joylarga ko‟proq tashrif buyura boshladilar. O‟sayotgan talabni qondirish maqsadida turar joylarni kengaytirildi. Uyg‟onish davriga kelib esa, Yevropada iqtisodiy o‟sish boshlandi, mamlakatlararo aloqalar muntazam yo‟lga qo‟yildi. Mehmonxona industriyasi tarixida birinchi “Mehmonxona” so‟zi XVIII asrda paydo bo‟ldi. Fransiyada dastlabki mehmonxonalar “ko‟p xonali bino” deb atalgan. Undagi xonalar bir oyga, bir xaftaga, hatto bir kunga ijaraga berilgan. Tez orada bu atama Amerikada ham keng tarqalgan. U yerda ko‟pchilik tavernlar tezda “mehmonxona” deb atala boshlangan. Bu egalarning fikricha, ularga yevropacha (fransuzcha) ko‟rk bag‟ishlagan AQSH mehmonxonalarni texnik jihatdan jihozlash sohasida ko‟pchilik yangiliklarning vatani deb hisoblanadi.
O„zbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlari ancha jo„shqin rivojlanmoqda. Bu mehmonxona servisida band bo‟lgan tijoratchilarga katta imkoniyatlar yaratmoqda. O„zbekiston bilan chet elda mehmonxona ishini tashkil etishdagi keskin tafovutlar asta-sekin yo„qolib bormoqda. O„zbekiston
Respublikasining mehmonxona korxonalari mijozlarga xizmat ko„rsatish saviyasini, nomerlarning shinamligi va qulayligi darajasini, xizmat ko„rsatuvchi xodimlarning malakasini izchil oshirib bormoqdalar.
Mamlakatimizda bunday kompaniyalar safi kengayib bormoqda. Chet el kapitali va korporativ boshqaruvning xorijiy uslublariga asoslangan korxonalar har tomonlama rivojlanmoqda.
Mehmonxonalar xalqaro uyushmasi mehmonxonalar tarmoqlarini uch toifaga ajratadi:
korporativ mehmonxonalar – ko„p sonli korxonalarga ega mehmonxona korporatsiyalari;
bronlash umumiy tizimidan, marketing, reklama konsepsiyasidan va alohida korxonaga qimmatlik qiluvchi boshqa xizmatlardan foydalanish uchun birlashtirilgan mustaqil korxonalar tarmoqlari;
boshqaruv xizmatlari ko„rsatuvchi tarmoqlar.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining korporativ boshqaruv tamoyillarida “korporativ boshqaruv” tushunchasiga kompaniya ma‟muriyati, uning boshqaruvi, aksiyadorlari va boshqa manfaatdor shaxslari orasidagi munosabatlar majmuasi deb ta‟rif berilgan.
Boshqa ta‟riflarga binoan, korporativ boshqaruv bu:
kompaniya faoliyati samaradorligini ta‟minlash va mulkdorlar hamda boshqa manfaatdor shaxslar (kompaniya xodimlari, kreditorlar, hamkor korxonalar) manfaatlarini himoya qilish masalalari bo‟yicha kompaniya
menejerlari va egalari o‟rtasidagi o‟zaro munosabatlar tizimi;
korporativ mulkning egalari nazoratidan bevosita uzoqlashtirilishi oqibatida yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga qaratilgan barcha qonunlar, me‟yorlar, nizomlar, tadbirlar va tartiblar;
kompaniyani samarali boshqarishni tashkil qilishda asosiy manfaatdor shaxslarning manfaatlarini birlashtirishni amalga oshiriluvchi tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy tadbirlar majmuasi.
II- bob. O‟zbekistonda mehmonxona xo‟jaligi rivojlanish holatining iqtisodiy tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |