I bob. Valyuta kurslari 6


O’zbekiston Respublikasida valyuta munosabatlari va ularni tartibga soluvchi qonun-qoidalar



Download 307 Kb.
bet12/14
Sana03.07.2022
Hajmi307 Kb.
#736579
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Valyuta kursi

2.1 O’zbekiston Respublikasida valyuta munosabatlari va ularni tartibga soluvchi qonun-qoidalar


O’zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridan o’z milliy valyutasini muomalaga kiritishgacha bo’lgan butun davr oralig’idagi iqtisodiy holat pul qadrsizlanishining nihoyatda yuqori darajasi, moliyaviy va iqtisodiy beqarorlik bilan xarakterlanadi. Shu sababli 1992 yilning may-iyun oylaridan boshlab qator sobiq ittifoq respublikalari o’z milliy valyutalarini amalga kirita boshladilar (jadval 1).
1-jadval
Sobiq Ittifoq respublikalari tomonidan o’z valyutalarining joriy etilishi



Mamlakat

Rubl hududidan chiqish sanasi (asosiy, oraliq valyutaning joriy etilishi)

Belarus

1992 yil may (belorus rubli)

Estoniya

1992 yil iyun (krona)

Latviya

1992 yil iyul (latviya rubli)

Ozarbayjon

1992 yil avgust (manat)

Litva

1992 yil oktyabr (litva taloni)

Ukraina

1992 yil noyabr (karbovanes)

Qirg’iziston

1993 yil may (som)





4 “O’zbekiston Respublikasi bank tizimi”, T.: O’zbekiston, 2001 y.

Gruziya

1993 yil avgust (kupon)

O’zbekiston

1993 yil noyabr (so’m-kupon)

Armaniston

1993 yil noyabr (dram)

Qozog’iston

1993 yil noyabr (tenge)

Moldova

1993 yil noyabr (ley)

Turkmaniston

1993 yil noyabr (manat)

Tojikiston

1995 yil may (tojik rubli)

O’zbekiston Respublikasida valyuta munosabatlariga mustaqillik yillarida asos solingan. 1993 yilning 15 noyabrida dastlabki oraliq "so’m-kupon" valyutasi joriy etildi. Bunga, ya'ni oraliq valyutaning joriy etilishiga sabab milliy pul islohotining iqtisodiy, texnik va ijtimoiy tomonlarini tartibga solish uchun respublika ichki iqtisodiyotining real omillarini yanada to’liqroq aniqlash hamda hisobga olish sabab bo’ldi.
Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 22 noyabrdagi "Iste'mol bozorini himoyalash va respublikada pul muomalasini mustahkamlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qaroriga muvofiq 1993 yil 1 dekabrdan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida sobiq SSRI Davlat bankining 1961-1992 yillar namunasidagi qiymati 200, 500 va 1000 rubl bo’lgan pul biletlarini to’lov vositasi sifatida qabul qilish to’xtatildi.
Mazkur qarorda 1961-1992 yillar namunasidagi qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50 va 100 rubl bo’lgan kupyuralar cheklovlarsiz parallel to’lov vositasi sifatida muomalada bo’lishi qayd etilgan edi. 50 va 100 rubl qiymatidagi kupyuralar 1993 yil 15 dekabrgacha, qiymati 1, 3, 5, 10, 25 rubl bo’lgan kupyuralar esa
1994 yil 1 yanvargacha muomalada bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 30 noyabrdagi "O’zbekiston Respublikasi hududida so’m-kuponlarning muomalada bo’lish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarorida O’zbekiston Respublikasi hududida 1993 yil 15 noyabrda muomalaga chiqarilgan, qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000
bo’lgan so’m-kuponlar qonuniy to’lov vositasi hisoblanishi belgilab qo’yildi. Bunda Rossiya Davlat bankining 1993 yil namunasidagi barcha qiymatdagi banknotlari dastlabki davrda O’zbekiston Respublikasi hududida so’m-kuponlar bilan bir qatorda cheklovlarsiz to’lov vositasi sifatida qabul qilindi.
Shu tarzda 1993 yilning dekabr oyida O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi uch turdagi pul birligi muomalada bo’ldi: so’m-kuponlar, sobiq SSRI Davlat bankining qiymati 100 rublgacha bo’lgan kupyuralari va Rossiya Davlat bankining 1993 yil namunasidagi kupyuralari.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 aprelda qabul qilingan "Pul muomalasini mustahkamlash va so’m-kupon harid qobiliyatini oshirishning kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori pul muomalasini barqarorlashtirish, so’mning harid qobiliyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda muhim tadbir bo’ldi. Ushbu qarorga muvofiq 1994 yil 15 apreldan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida Rossiya banki banknotlarining muomalada bo’lishi hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ularni turli to’lovlarga qabul qilinishi taqiqlab qo’yildi.
Respublika hukumati tomonidan ko’rilgan choralar natijasida pul muomalasi va iste'mol bozoridagi salbiy jarayonlar to’xtatildi, to’liq qimmatli milliy valyutani joriy etish uchun sharoitlar yaratildi.
O’zbekiston Respublikasi Konstituciyasining 122-moddasi va "O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari to’g’risida"gi qonunning 11-moddasi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1993 yil 3 sentyabrdagi 952-HI sonli qaroriga muvofiq 1994 yilning 1-iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to’lov vositasi bo’lgan milliy valyuta - "so’m" muomalaga kiritildi.
O’zbekiston Respublikasining milliy pul birligi "so’m" 1994 yilning 1- iyuligacha muomalada yurgan so’m-kuponlar o’rniga denominatciya yo’li bilan 1000:1 nisbatda muomalaga kiritilgan. 1994 yilning 1-iyul holatiga "so’m"ning AQSh dollariga nisbatan kursi 7 so’mni tashkil etgan edi.
1994 yil iyul oyi davomida respublika hududida yangi pul belgilari ham, so’m-kuponlar ham belgilangan nisbatda to’lovlarning barcha turlarida hech qanday cheklovlarsiz qabul qilindi. 1994 yilning 1-avgustida 1 AQSh dollari 11 so’mga teng edi.
Mavjud valyuta bozorini kengaytirishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining savdo-sotiq va hisob-kitoblar sohasida turli chora- tadbirlarni qabul qilishni ko’zda tutuvchi 1994 yil 4 oktyabrdagi "O’zbekiston Respublikasi valyuta bozorini rivojlantirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori ushbu jarayonning muhim bosqichlaridan biri bo’ldi. Ushbu qarorga binoan 1994 yil 15 oktyabrdan boshlab, respublika hududida O’zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bo’lgan yuridik hamda jismoniy shaxslar o’rtasidagi barcha to’lov va hisob-kitoblar faqat milliy valyuta

  • so’mda amalga oshirilishi lozim edi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 7 maydagi 842-XI raqamli qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasi hududida valyuta munosabatlarini muvofiqlashtiruvchi "Valyutani tartibga solish to’g’risida"gi " qonuni amal qila boshladi.
Respublikada kechayotgan erkinlashtirish jarayonlari va 2003 yilda valyuta borasidagi bir qator cheklovlarning bekor qilinishi natijasida ushbu qonunning yangi tahriri O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2003 yilning 11-dekabrida tasdiqlandi.
1992 yil 19 oktyabrdagi 14-raqamli xat bilan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki "O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalarining valyuta almashtirish shahobchasi haqidagi Nizomni" muomalaga kiritdi.
1994 yil 18 aprelda 45-raqamli "Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar tomonidan xorijiy valyutada olingan tushumning bir qismini O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy sotuv Tartibi" va 47-raqamli "Korxonalar tomonidan SSRI tarkibiga kirgan davlatlar sub’ektlari bilan savdo operatsiyalardan (bajarilgan ishlar, xizmatlar) olingan tushumning bir qismini majburiy sotuv Tartibi" qabul qilingan.
1995 yil 27 iyunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O’zbekiston Respublikasi milliy pul birligining ichki konvertatsiyasi xususiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoniga asosan "so’m"dagi mablag’larni erkin muomalada yuradigan valyutalarga konvertatsiya qilish tartibi kiritildi.
O’zbekiston Respublikasida valyuta munosabatlarini erkinlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirsh borasida quyidagi hujjatlar qabul qilingan:

  • "Tijorat banklariga chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun lisenziyalar berish Tartibi", 1998 yil, 463-son.

  • "Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish qoidasi", 1998 yil 3 avgust, 466-

  • son.

  • O’zbekiston Respublikasi valyuta bozorida operatsiyalarni amalga

  • oshirish Tartibi, 1998 yil 3 avgust, 467-son.

  • O’zbekiston Respublikasi bank muassasalarida valyuta boyliklari bilan olib boriladigan kassa ishi to’g’risida Nizom, 1998 yil 3 avgust, 468-son.

  • Vakolatli banklar tomonidan norezidentlarning O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish Tartibi, 1998 yil 22 oktyabr', 510-son.

  • Vakolatli banklarda chet el valyutasidagi hisobvaraqlarning yuritilish Tartibi, 1998 yil 22 oktyabr', 511-son.

  • Chet elda hisobvaraqlar ochish uchun ruxsatnomalar berish Tartibi, 1999 yil 22 yanvar, 610-son.

  • O’zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasida kassa operatsiyalarini yuritish Tartibi, 1999 yil 22 yanvar, 611-son.

  • Vakolatli banklar tomonidan erkin ayirboshlanadigan valyutada taqdim etuvchiga beriladigan depozitlarga doir operatsiyalarni amalga oshirish Tartibi to’g’risida Nizom, 1999 yil 15 mart, 673-son.

  • Investitsiya loyihalarini erkin almashtiriladigan valyutada kreditlash Tartibi to’g’risida Nizom, 1999 yil 22 mart, 681-son.

  • Vakolatli banklarda eksport va barter bitimlarini ro’yhatga olish va ular ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish Tartibi to’g’risida Nizom, 2000 yil 9 avgust, 954-son.

  • Hisob-kitoblar ma'lumotnomasini rasmiylashtirish tartibi to’risidagi Nizom (yangi tahrirda), 2002 yil 14 may, 1137-son.

  • O’zbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi to’g’risida Nizom ( Yangi tahrirda), 2002 yil 12 avgust, 1165-son.

  • Chet el avtotransport vositalarining O’zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi uchun yig’imlar olish Tartibi, 1999 yil 15 mart, 674-son.

  • Naqd chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari, 2000 yil 17 avgust, 957-son.

  • Yo’l cheklarini berish va ulardan foydalanish Tartibi to’g’risidagi Nizom, 2002 yil 14 mart, 1115-son.

  • Ayirboshlash shohobchasi to’g’risidagi Nizom, 2002 yil 14 mart, 1114- son va boshqa shu kabi hujjatlar.

Download 307 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish