II.Bob.Urbanizatsiya jarayoni rivojlanishining mintaqaviy tafovvutlari
Rivojlangan varivojlanayotgandavlatlarga xos urbanizatsiya jarayoni, xususiyatlari
O’zbekistondagi urbanizatsiya jarayonining o’ziga xos jihatlari
II.Bob. “Urbanizatsiya jarayonining mintaqaviy tafovvutlari” mavzusini o’qitish metodikasi “Urbanizatsiya jarayoni va shaxarlarning rivojlanishi” mavzusini o’qitishda mintaqaviy tafovvutlar masalasini yoritish
Dars ishlanmasi va natijalar tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Ma'lumki, shahar aholi manzilgohlarining shakllanishi uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi. Har bir davr ularning tuzilishi, ixtisoslashuv holatining o’zgarishiga, hududiy tarqalishiga ta'sir ko’rsatib kelgan. Ayniqsa, XX asr boshlarida jahon iqtisodiyotida yuz bergan o’zgarishlar shaharlar funksiyalari va ularning maydonini kengayishiga sababchi bo’ldi. Urbanizatsiya jarayoni rivojlanishi boshlandi. Har qanday siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayon har bir mintaqada o’z xususiyatlariga ega bo’lgan holda namoyon bo’lgani kabi urbanizatsiya jarayoni ham o’z mintaqaviy tafovvutlariga ega. U har bir mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati, u yerda joylashgan davlatlar ixtisoslashuviga bevosita bog’liq. Ayni holatda urbanzatsiya darajasi davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini aniqlovchi mezonlarning biri sifatida namoyon bo’lmoqda. O’zbekistonning tabiiy sharoiti qulay, tekislik hududlari qadimiy oykumena markazlaridan biri bo’lib, bu yerda tarixi bir necha asrlarga teng bo’lgan shaharlar ko’pchilikni tashkil qiladi. So’nggi yillarda olib borilayotgan ijtimoiy siyosat shaharlarning zamonaviy ko’rinishga ega bo’lishiga sababchi bo’lmoqda. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov shunday deydi: “...Hozirgi vaqtda butun O’zbekistonimiz , ta’bir joiz bo’lsa ulkan qurilish maydoniga aylangan. Xususan viloyatlar markazlarini bosh reja asosida rivojlantirish maqsadida yirik loyixalar amalga oshirilmoqda.
Misol tariqasida 2013 yilning birgina o’zida Urganch shahrida 344 mlrd sumlik qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilganligini aytib o’tish joizdir. Ana shunday katta hajmdagi ishlar bajarlganini aytish o’rinlidir. 2013 yil yakunlari buyicha 966 ta qishloqga shaharcha maqomi berildi.”1
Maqsadi: Urbanizatsiya darajasining mintaqaviy xususiyatlarini tahlil qilish.
Ob’ekti va predmeti: BMI ob'ekti bo’lib urbanizatsiya jarayoni hisoblanadi. Urbanizatsiya darajasi, uning rivojlanishida mintaqaviy tafovvutlarning yuzaga kelish sabablarini aniqlash uning predmetini belgilab beradi.
Vazifalari:
Urbanizatsiya jarayoni, uning rivojlanish bosqichlarini o’rganish;
Urbanizatsiya jarayonining mintaqaviy tafovvutlarni tahlil qilish;
"Ubanizasiya jarayoni" mavzusi bo’yicha (9-sinf "Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi" fani misolida) dars ishlanmalari ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati: BMI ma'lumotlaridan 9-sinf "Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi" fanining "Urbanizatsiya jarayoni va shaharlarning rivojlanishi" mavzusini o'tishda foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ish hajmi: Ishning umumiy hajmi 69- betdan iborat. Unda 2 ta chizma, 5 ta jadval va 6 ta karta-sxema mavjud. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati 16 manbaadan tashkil topgan. Bundan tashqari, ish so'nggida mavzuga oid 160 so'zdan iborat inglizcha-o'zbekcha glossariy, qisqacha o'zbek, rus va ingliz tillaridagi annotatsiya mavjud.