I bob. Umumiy qoidalar 1-modda



Download 172,78 Kb.
bet2/2
Sana09.07.2022
Hajmi172,78 Kb.
#763925
1   2
Bog'liq
938-XII 03.09.1993

Yosh

Ish staji

23 yoshga qadar

2

23 yoshdan 26 yoshga qadar

3

26 yoshdan 31 yoshga qadar

5

31 yoshdan 36 yoshga qadar

7

36 yoshdan 41 yoshga qadar

9

41 yoshdan 46 yoshga qadar

11

46 yoshdan 51 yoshga qadar

14

51 yoshdan 56 yoshga qadar

17

56 yosh va undan oshganda

20

20 yoshga to‘lgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash to‘xtatilganidan keyin nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga pensiyalar ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi.
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga o‘tkazilganda zarur staj nogironlik dastlab belgilangan vaqtdagi yoshga qarab aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18-modda. Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiya
Pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan (17-modda) umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
[OKOZ:

1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.04.00 Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi]

IV BOB. BOQUVChISINI YO‘QOTGANLIK PENSIYALARI
19-modda. Pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan oila a’zolari
Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida (20-modda) bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda farzandlarga va ushbu moddaning “v” bandida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga pensiya ular boquvchining qaramog‘ida turgan-turmaganidan qat’i nazar tayinlanadi.
Marhumning qaramog‘ida turmagan ota-onasi va eri (xotini) ham, keyinchalik kun kechirish uchun zarur mablag‘ manbaidan mahrum bo‘lib qolsalar, pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar:
Oldingi tahrirga qarang.
a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki 18 yoshdan katta bo‘lsa, agar ular 18 yoshga to‘lguniga qadar nogironligi bor bola bo‘lib qolgan bo‘lsa. Bunda basharti, agar aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo‘lmasa;
(19-modda uchinchi qismining “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
b) ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular 7-moddada nazarda tutilgan pensiya yoshiga to‘lgan yoki nogiron bo‘lsalar;
v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa;
g) buva va buvi — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar bo‘lmasa.
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilari va talabalari o‘qishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga to‘lguniga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega.
(19-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab qoladilar.
O‘gay o‘g‘il va o‘gay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan bo‘lsalar, haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar.
O‘gay ota va o‘gay ona, agar vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni (qizni) 18 yoshga to‘lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki boqqan bo‘lsalar, haqiqiy ota va ona singari pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Ushbu Qonunning vafot etganlar oilalariga taalluqli hamma qoidalari bedarak yo‘qolganlarning oilalariga ham, agar boquvchining bedarak yo‘qolganligi belgilangan tartibda tasdiqlangan bo‘lsa, tegishli ravishda joriy qilinadi.
20-modda. Qaramoqda deb hisoblanuvchi oila a’zolari
Ushbu Qonunning 19-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan oila a’zolari, agar ular marhumning to‘liq boquvida bo‘lgan yoki undan yordam olib turgan bo‘lsalar, bu yordam ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag‘ining manbai hisoblangan bo‘lsa, marhumning qaramog‘ida turgan deb hisoblanadilar.
Marhumning biron turdagi pensiya olayotgan oila a’zolari, agar marhumning yordami ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag‘ining manbai hisoblangan bo‘lsa — boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasiga o‘tish huquqiga egadirlar.
21-modda. Boquvchining pensiya olish huquqini beruvchi ish staji
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan boquvchining oilasiga, shuningdek marhum pensionerning oilasiga pensiya boquvchining ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi.
Basharti, boquvchi vafot etgan kunga qadar unga nogironlik pensiyasi tayinlanishi uchun zarur ish stajiga ega bo‘lgan (17-modda) bo‘lsa, umumiy kasallik yoki ish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayiblanish oqibatida vafot etgan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanadi.
Boshqa mamlakatlardan ko‘chib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining oilalariga, basharti, boquvchi O‘zbekiston Respublikasida ishlamagan bo‘lsa, pensiyalar quyidagi hollarda tayinlanadi:
a) boshqa mamlakatlarda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olgan oilalarga — boquvchisining ish stajidan qat’i nazar;
b) pensiya olmagan oilalarga — basharti, boquvchi ishlash to‘xtatilgan kunga qadar tegishli stajga ega bo‘lgan (17-modda) bo‘lsa, mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan taqdirda esa — boquvchining ish stajidan qat’i nazar.
22-modda. Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiya
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy kasallik oqibatida vafot etgan hamda nogironlik pensiyasini tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan (17-modda) boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolariga pensiya boquvchining bor stajiga mutanosib ravishdagi miqdorda (29-modda) tayinlanadi.
(22-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
23-modda. Yangi nikohdan o‘tilganida pensiyani saqlab qolish
Er (xotin)ning vafot etganligi sababli tayinlangan pensiya pensioner yangi nikohdan o‘tganida ham saqlanib qoladi.
24-modda. Boquvchining oila a’zolariga pensiyadan ulush ajratib berish
Oilaning pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan barcha a’zolariga bitta umumiy pensiya tayinlanadi.
Oila a’zosining talabi bilan uning pensiyadagi ulushi ajratilib, alohida to‘lanadi.
Pensiyadan ulush ajratib berish pensiyani bo‘lish to‘g‘risida ariza tushgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
[OKOZ:

1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.13.00 Pensiyalarni hisoblab chiqarish]

V BOB. PENSIYALARNI VA ISh HAQINI HISOBLAB ChIQISh TARTIBI
25-modda. Pensiya miqdori
Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog‘liq bo‘lib, quyidagilardan tarkib topadi:
pensiyaning tayanch miqdoridan;
ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan;
pensiyaga qo‘shiladigan ustama haqlardan.
26-modda. Pensiyalarning tayanch miqdorlari
Ushbu Qonun bilan pensiyalarning quyidagi tayanch miqdorlari belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) yoshga doir pensiya uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun (31 va 33-moddalar) olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin rasmiy belgilangan yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida;
(26-moddaning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
b) I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida;
(26-moddaning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-moddaning “v” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
g) oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosiga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 50 foizi miqdorida;
(26-moddaning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
d) ota-onasidan judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarga yoki vafot etgan yolg‘iz onaning bolalariga, har bir bolaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida.
(26-moddaning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
27-modda. Ish staji uchun pensiyalarning oshirilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir to‘liq yili uchun (37—40-moddalar) pensiyalarning tayanch miqdorlari (26-modda) quyidagicha oshiriladi:
(27-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
a) yoshga doir pensiyalar — pensiyani hisoblab chiqarish uchun (31 va 33-moddalar) olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;
b) I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
(27-modda birinchi qismining “v” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
g) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari oilaning mehnatga qobiliyatsiz har bir a’zosi uchun — boquvchining o‘rtacha oylik ish haqining 0,5 foizi miqdorida oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Otasidan ham, onasidan ham judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n barobari miqdori doirasida amalga oshiriladi.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-son Qonuni bilan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
28-modda. Pensiyalarga ustama haqlar
Ushbu Qonunning 26, 27 va 29-moddalariga muvofiq hisoblab chiqarilgan pensiyalarga ustama haqlar quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) I guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 150 foizi;
(28-moddaning “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) II guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 125 foizi;
(28-moddaning “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-moddaning “v” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
g) ko‘zi ojizlik bo‘yicha I guruh nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi;
(28-moddaning “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) I guruh nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
(28-moddaning “d” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) II guruh yolg‘iz nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
(28-moddaning “e” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
j) urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi;
(28-moddaning “j” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
z) 1941 — 1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlagan va harbiy majburiyatni bajargan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 30 foizi;
(28-moddaning “z” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
i) vafoti harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlariga (beva erlariga) — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 30 foizi.
(28-moddaning “i” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
k) O‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari bo‘lgan shaxslarga — xizmatlariga qarab — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizidan 150 foizigacha.
(28-moddaning “k” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
l) yoshidan qat’i nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan artistlarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi;
(28-moddaning “l” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
m) teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa san’ati ijodiy xodimlari tayyorlovchi o‘quv muassasalarining professor-o‘qituvchilari va konsertmeysterlariga, Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan ro‘yxatga ko‘ra — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 50 foizi.
(28-moddaning “m” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
29-modda. Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyani hisoblab chiqarish
Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar (8, 18 va 22-moddalar) bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar:
Oldingi tahrirga qarang.
yoshga doir pensiyalar uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan;
(29-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
I guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan;
(29-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
II guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 75 foizidan;
(29-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-moddaning modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosiga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan;
(29-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ham otasi, ham onasidan judo bo‘lgan (chin yetim) har bir bolaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
(29-moddaning ikkinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
30-modda. Ustama haqlarni hisoblab chiqarish shartlari
Ustama haqlar tayinlanayotgan pensiyaning turidan qat’i nazar qo‘shib hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiya so‘rab murojaat etgan kishilarga ushbu Qonunning 28-moddaning “a” yoki “b” bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning “i” — “m” bandlarida ko‘rsatilgan ustama haqlardan biri qo‘shib hisoblanishi mumkin.
(30-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha ushbu Qonunning 28-moddasi “g”, “d” yoki “e” bandlarida nazarda tutilgan ustama haq bilan bir paytda shu moddaning “j” — “m” bandlarida ko‘rsatilgan ustama haqlardan biri qo‘shib hisoblanishi mumkin.
(30-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
31-modda. O‘rtacha oylik ish haqini aniqlashning umumiy tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yildagi (pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) ish haqi olinadi.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi o‘tgan yillardagi ish haqlarini pensiya tayinlanadigan kundagi ish haqi darajasiga keltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda qayta hisoblanadi.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi ketma-ket ishlangan oltmish kalendar oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda pensiya so‘rab murojaat etgan kishining xohishiga ko‘ra, ishga qabul qilish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish munosabati bilan ish kunlari soni to‘liq bo‘lmagan oylar to‘liq ishlangan kalendar oylar sifatida hisobga olinadi.
Pensiya so‘rab murojaat etgan kishi besh yildan kam ishlagan hollarda pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi ishlangan kalendar oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini shu oylar soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mavsumiy ishlarda band bo‘lgan xodimlarga pensiyalar tayinlashda pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yili davomidagi istalgan ketma-ket besh mavsumdagi (pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi
(31-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiyani hisob-kitob qilish uchun pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi.
(31-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan oz bo‘lgan yoki ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar umuman mavjud bo‘lmagan hollarda pensiya pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
(31-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
32-modda. Pensiyalarni hisoblab chiqarishda e’tiborga olinadigan ish haqi turlari
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqiga, shuningdek ish haqining natural qismiga:
Oldingi tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — qonunchilikka muvofiq sug‘urta badallari hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar;
(32-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — qonunchilikka muvofiq hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar qo‘shiladi.
(32-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasiga taalluqli bo‘lmagan shaxslarga pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga o‘xshash pul ta’minotining barcha turlari qonunchilikka muvofiq qo‘shiladi.
(32-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘qish davrida to‘langan stipendiya pensiya so‘rab murojaat etuvchining xohishiga ko‘ra ish haqiga tenglashtiriladi.
Ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan xodimlarning (yakka tartibdagi tadbirkor va u tomonidan yollangan xodimning, dehqon xo‘jaligi va oilaviy tadbirkorlik subyekti a’zosining) pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqining miqdori:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallarining miqdoridan;
Oldingi tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov miqdoridan;
(32-modda to‘rtinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2020-yil 1-yanvardan — to‘langan ijtimoiy soliq miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(32-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
33-modda. Ish haqiga mintaqaviy koeffitsiyentlar belgilangan hududlarda yashovchi shaxslarning ish haqini hisoblab chiqish
Ishlovchilarning ish haqiga mintaqaviy koeffitsiyent belgilangan hududlarda yashovchi shaxslar va oilalarga pensiya tayinlashda mintaqaviy koeffitsiyent e’tiborga olingan holda hisoblab chiqilgan amaldagi ish haqi hisobga olinadi.
34-modda. Pensionerlarning oilalariga pensiyalarni hisoblab chiqarish
Pensionerlarning oilalariga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari pensionerning (boquvchining) o‘z pensiyasi qaysi ish haqidan hisoblab chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha ish haqidan hisoblab chiqariladi.
35-modda. Boshqa davlatlardan ko‘chib kelgan fuqarolarga pensiyalar hisoblab chiqarish
Boshqa davlatlardan ko‘chib kelgan, O‘zbekiston Respublikasida ishlamagan fuqarolarga pensiyalar O‘zbekistondagi tegishli kasb hamda malakadagi xodimlarning pensiya tayinlanayotgan vaqtdagi o‘rtacha oylik ish haqiga asoslangan holda hisoblab chiqariladi.
Basharti, bunday kasb hamda malakalar respublikada bo‘lmasa, o‘rtacha oylik ish haqini aniqlash tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibiga qarang.
36-modda. Chet elda ishlangan davr uchun ish haqini hisoblab chiqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Chet elda yollanib ishlagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi quyidagicha aniqlanadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallarining miqdoridan;
Oldingi tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov miqdoridan;
(36-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2020-yil 1-yanvardan — to‘langan ijtimoiy soliq miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(36-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarga pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(36-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
[OKOZ:

1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.04.00.00 Mehnat staji / 06.04.01.00 Umumiy qoidalar]

VI BOB. ISh STAJINI HISOBLAB ChIQARISh
37-modda. Ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari
Quyidagilar ish stajiga qo‘shib hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
a) 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — faoliyat turi, mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish, basharti mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan bo‘lsa, shuningdek jismoniy shaxsning 2021-yil 1-iyundan keyingi ishlamagan davri uchun uning eri (xotini) mehnatga haq to‘lash tarzidagi o‘z daromadlaridan ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq to‘lagan davr;
(37-modda birinchi qismi “a” bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
1965-yildan keyingi davr uchun jamoa xo‘jaligidagi ish stajini hisoblab chiqarishda, agar jamoa xo‘jaligi a’zosi uzrsiz sabablarga ko‘ra jamoa xo‘jaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan bo‘lsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi.
Ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul xodimlarning ish stajini, basharti ular O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsalar, ijodiy uyushmalarning boshqaruvlari ana shu muallifning asari e’lon qilingan yoki birinchi marta jamoat oldida ijro yoki namoyish etilgan kundan e’tiboran belgilaydilar;
(37-modda birinchi qismining “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
b) harbiy xizmat va partizan otryadlari hamda qo‘shilmalarida bo‘lish, davlat xavfsizligi organlarida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida va ichki ishlar organlarida xizmat qilish;
(37-modda birinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
v) idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, harbiylashtirilgan soqchilikdagi, maxsus aloqa organlari va tog‘-kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat;
Oldingi tahrirga qarang.
g) yakka tartibdagi mehnat va oilaviy tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan shaxsiy yordamchi xo‘jalikdagi va yuridik shaxs tashkil etilmagan holdagi dehqon xo‘jaligidagi faoliyat:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda;
Oldingi tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan taqdirda;
(37-modda birinchi qismi “g” bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2020-yil 1-yanvardan — ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda.
(37-modda birinchi qismining “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha bo‘lgan, nogironligi bor bolaga, shuningdek (davolash muassasasining xulosasiga ko‘ra) o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt;
(37-modda birinchi qismining “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) oliy ta’lim muassasalarida, aspiranturada, stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida, tayanch doktoranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi o‘qish, shu jumladan chet elda o‘qish;
(37-moddaning birinchi qismi “e” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
j) bola 3 yoshga to‘lguncha bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko‘pi bilan 6 yil;
(37-modda birinchi qismining “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
z) ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning, praporshchiklarning, michmanlarning va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarining xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqt, lekin 10 yildan oshmagan davr;
Oldingi tahrirga qarang.
i) O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda bo‘lgan, lekin 10 yildan oshmagan davr.
(37-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli Qonuniga asosan “i” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(37-modda birinchi qismining “k” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur moddaning “d” — “i” bandlarida nazarda tutilgan davrlar ushbu moddaning “a” — “g” bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan umumiy ish staji kamida 7 yil bo‘lgan taqdirda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
(37-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Nogiron bo‘lib qolgan shaxslar stajiga “d” — “i” bandlarda nazarda tutilgan davrlar ushbu moddaning “a” — “g” bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan staj muddatidan qat’i nazar qo‘shiladi.
(37-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida I va II guruh nogironligida bo‘lingan vaqt yoshga doir yoki boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanayotganida stajga qo‘shib hisoblanadi.
Yoshga doir pensiya tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt pensiyani hisoblab chiqarish uchun stajga qo‘shib hisoblanmaydi.
Ota-onasidan judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini hisoblab chiqarish ham ota, ham onaning umumiy ish stajiga qarab, ushbu Qonunning 27-moddasi “g” bandida ko‘rsatib o‘tilgan miqdorlarda amalga oshiriladi.
[OKOZ:

1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.04.00.00 Mehnat staji / 06.04.03.00 Maxsus mehnat staji]

38-modda. Ish stajiga imtiyozli tarzda qo‘shib hisoblanadigan faoliyat davrlari
Stajga quyidagilar imtiyozli tarzda qo‘shib hisoblanadi:
a) harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlar, shtablar va muassasalardagi, jangovar harakatlar davrida partizan otryadlari va qo‘shilmalaridagi xizmat va erkin yollanganlar tarkibidagi ish, baynalmilal burchni bajarishda jangovar harakatlarda ishtirok etish — uch hissa barobarida;
Oldingi tahrirga qarang.
b) 1941 — 1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlash, shu jumladan harbiy qismlardagi erkin yollanganlar tarkibidagi ish va ushbu moddaning “a” bandida nazarda tutilgan xizmatdan tashqari harbiy xizmat — ikki hissa barobarida;
(38-moddaning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
v) ushbu Qonun 10-moddasining “a” va “b” bandlariga hamda 11-moddasining “a” bandiga muvofiq imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan — erkaklarda 10 yildan ortiq va ayollarda 7 yilu 6 oydan ortiq ishlangan har bir to‘liq yil ikki hissa barobarida;
g) moxovxonalarda, vaboga qarshi muassasalarda, immunodefitsit virusi bilan kasallangan shaxslar davolanadigan yuqumli kasalliklar muassasalarida ishlash — ikki hissa barobarida;
d) patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiy ekspertiza muassasalarining tibbiy xodimlaridan ayrim toifalarining ishi — bir yarim hissa barobarida;
e) asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan, asossiz ravishda qatag‘on qilingan va keyinchalik oqlangan fuqarolarning qamoqda bo‘lish va hibsda saqlash joylarida turgan vaqti — bir yarim hissa barobarida.
39-modda. Ayrim toifadagi fuqarolar stajini hisoblab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari
Sanoatning mavsumiy tarmoqlariga oid korxonalar va tashkilotlarda band bo‘lgan xodimlarning to‘liq mavsum mobaynidagi ishi bir yil ishlagan deb, to‘liq mavsum davomida ishlamagan bo‘lsa, haqiqiy ishlagan davri hisobga olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ilova (“To‘liq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o‘tadigan mavsumiy ishlar va sanoatning mavsumiy tarmoqlari ro‘yxati”).
Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya olish huquqini beradigan erosti ishlari stajini hisoblab chiqishda (10-moddaning “a” — “b” bandlari va 11-moddaning “a” bandi) ana shu ishda orttirilgan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida nogironlikda bo‘lgan vaqti ushbu Qonun 38-moddasining “v” bandida belgilangan qoidalar qo‘llanmasdan ko‘rsatib o‘tilgan stajga qo‘shiladi.
40-modda. Chet elda ishlash vaqtini stajga qo‘shish shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
Chet elda ishlangan davrlar quyidagi shartlarga ko‘ra mehnat stajiga qo‘shiladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda;
Oldingi tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan taqdirda;
(40-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2020-yil 1-yanvardan — ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda.
(40-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yollanma (bitim) asosda chet elda ishlaganligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organlar mehnat daftarchasiga kiritgan qaydnomalarga qarab aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning chet elda ishlagan davrini mehnat stajiga kiritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(40-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga chet eldagi ishi O‘zbekiston Respublikasida ishlanganiga to‘g‘ri keladigan stajning 1/3 hissasidan oshmagan miqdorda, stajga qo‘shiladi.
(40-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 5-yanvardagi O‘RQ-318-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 4-modda)
41-modda. Imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashda ish stajini o‘zaro hisobga olish xususiyatlari
Imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashda, basharti, hisobga o‘tadigan ishlar ayni shunday yoki ancha imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini bergan taqdirda, 1, 2 va 3-sonli ro‘yxatlarda nazarda tutilgan ish davrlari o‘zaro hisobga olinadi.
42-modda. Ish stajini tasdiqlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
2005-yil 1-yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi (elektron mehnat daftarchasidagi) mavjud yozuvlar asosida, tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanadi.
Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) yoki unda tegishli yozuvlar mavjud bo‘lmagan taqdirda ish stajini tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(42-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
[OKOZ:

1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.16.00 Pensiyalarni tayinlash va to‘lash]

VII BOB. PENSIYALAR TAYINLASh
43-modda. Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etish tartibi
Xodimlarga va ularning oila a’zolariga (boquvchisini yo‘qotgan taqdirda) pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza oxirgi ish joyidagi korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati orqali beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari), boshqa kooperativlarning a’zolariga va ularning oila a’zolariga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza kooperativ boshqaruvi orqali beriladi.
(43-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ma’muriyat (boshqaruv) ariza kelib tushgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddat ichida staj va ish haqi to‘g‘risidagi zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi hamda ularni berilgan ariza va o‘z taqdimnomasi bilan birga arizachining tanloviga ko‘ra uning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga yuboradi. Basharti, pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan xodimga pensiya tayinlashga tavsiya etish rad qilinsa, unga rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda yozma xabar qilinadi.
(43-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan shaxs ma’muriyatning (boshqaruvning) pensiya tayinlashga tavsiya etishni rad etgan qaroriga rozi bo‘lmagan hollarda, u pensiya tayinlanishini so‘rab bevosita O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga ariza berishi mumkin.
(43-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Dehqon xo‘jaliklari a’zolariga, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga, boshqa fuqarolarga va ularning oila a’zolariga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza bevosita arizachining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga beriladi.
(43-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza bevosita manzil-koloniya joylashgan erdagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga beriladi.
(43-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari pensiyalar tayinlash masalalari yuzasidan tushuntirish va ma’lumotlar berishlari, shuningdek arizachiga zarur hujjatlarni olishida ko‘maklashishlari shart.
(43-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari korxonalar, tashkilotlar va ayrim shaxslardan tegishli hujjatlarni talab qilish, zarur hollarda esa, ularning berilishi asosliligini tekshirish huquqiga egadirlar.
(43-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Korxonalar va tashkilotlar pensiya uchun (pensiya qayta hisoblanishi uchun) hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki ishonchsiz ma’lumotlari bo‘lgan hujjatlarni taqdim etish oqibatida pensionerga yetkazilgan zarar uchun uning oldida qonunchilikda belgilanganidek javobgar bo‘ladilar.
(43-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985-moddasiga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Korxona yoki pensioner tomonidan ma’lumotlari ishonchsiz hujjatlar taqdim etilganligi oqibatida davlatga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga qoplanadi. Bunda korxona tomonidan yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limidan tegishli xabarnoma olingan kundan e’tiboran bir oy ichida, pensioner tomonidan yetkazilgan zararning o‘rni esa ushbu Qonunning 65-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi
(43-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
44-modda. Pensiya tayinlovchi organlar
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiyalarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tayinlaydi.
(44-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
45-modda. Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi hujjatlarni qarab chiqish muddatlari
Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi hujjatlar ular tushgan kundan e’tiboran 10 kundan kechiktirmasdan qarab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tegishli qaror chiqarilganidan keyin besh kun ichida korxona, tashkilot yoki arizachiga pensiya tayinlash rad etilgani haqida rad etish sabablari va shikoyat berish tartibi ko‘rsatilgan xabarnomani beradi yoki jo‘natadi hamda ayni chog‘da barcha hujjatlarni qaytaradi.
(45-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
46-modda. Pensiya uchun murojaat etilgan kun
Taqdimnoma yoki ariza barcha zarur hujjatlar bilan qabul qilib olingan kun pensiya uchun murojaat etilgan kun deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Taqdimnomaga yoki arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi korxona, tashkilot ma’muriyatiga yoki arizachiga qo‘shimcha ravishda qaysi hujjatlar taqdim etilishi kerakligi haqida xabar qiladi. Basharti, ular qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi zarurligi haqidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran uch oy ichida taqdim etilsa, unda pensiya tayinlanishi to‘g‘risidagi taqdimnoma yoki ariza qabul qilingan kun pensiya tayinlanishi uchun murojaat etilgan kun deb hisoblanadi.
(46-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
47-modda. Pensiyalar tayinlash muddatlari
Pensiyalar:
Oldingi tahrirga qarang.
a) yoshga doir pensiya — agar pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab oltmish kun ichida uni so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, pensiya yoshiga to‘lgan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya umrbod tayinlanadi;
(47-moddaning birinchi qismi “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-417-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
b) nogironlik pensiyasi — agar nogironlik belgilangan kundan boshlab oltmish kun ichida pensiya so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, TMEK nogironlikni belgilagan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya butun nogironlik davri uchun tayinlanadi. 60 yoshdan oshgan erkak va 55 yoshdan oshgan ayol nogironlarga — nogironlik pensiyalari umrbod tayinlanadi. Ana shu nogironlarni qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish faqat ularning arizasiga binoan amalga oshiriladi;
(47-moddaning birinchi qismi “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-417-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi — pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab, lekin pensiya tayinlanishi uchun murojaat etishdan oldingi 6 oydan oshmagan muddatdan e’tiboran tayinlanadi. Pensiya ushbu Qonunning 19-moddasiga muvofiq marhumning oila a’zosi mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblangan butun davr uchun, oilaning: erkaklar — 60 yoshga, ayollar — 55 yoshga to‘lgan a’zolari uchun esa — umrbod tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi munosabati bilan cheklovchi choralar (karantin) joriy etilganda, agar fuqarolar cheklovchi choralar (karantin) davrida yoki ular tugatilgandan keyin pensiya tayinlashni so‘rab bir oy ichida murojaat qilgan bo‘lsa, ularga pensiya uni olish huquqi yuzaga kelgan kundan e’tiboran tayinlanadi.
(47-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
Boshqa barcha hollarda pensiya murojaat etilgan kundan e’tiboran tayinlanadi.
Bir pensiyadan boshqasiga o‘tkazish pensioner tegishli ariza va barcha zarur hujjatlar bilan murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran amalga oshiriladi.
48-modda. Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilish
Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat tuman (shahar) sudiga berilishi mumkin.
[OKOZ:

1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.15.00 Pensiyalarni qayta hisoblab chiqarish]

VIII BOB. PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASh
49-modda. Pensiyalarni qayta hisoblash shartlari
Pensiyalarni qayta hisoblash:
pensioner pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi (pensiya tayinlanishigacha bo‘lgan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi hamda boshqa) qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etgan taqdirda;
nogironlik guruhi o‘zgarganda;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oladigan oila a’zolari soni o‘zgarganda;
Oldingi tahrirga qarang.
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorlari o‘zgargan taqdirda;
(49-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(49-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda amalga oshiriladi.
Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun ana shunday huquq paydo bo‘lganidan keyin istalgan vaqtda murojaat etishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(50-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
51-modda. Tayinlangan pensiyani qayta hisoblash muddatlari
Pensiyani oshirish huquqi paydo bo‘lganida tayinlangan pensiyani qayta hisoblash pensioner pensiyani qayta hisoblash uchun murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Pensiya miqdorini kamaytirishga sabab bo‘ladigan holatlar vujudga kelgan taqdirda qayta hisoblash ana shu holatlar paydo bo‘lgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
[OKOZ:

1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.16.00 Pensiyalarni tayinlash va to‘lash]

IX BOB. PENSIYALAR TO‘LASh
Oldingi tahrirga qarang.
52-modda. Pensionerlarga pensiyalarni to‘lash
Pensionerlarga pensiyalar ularning tanloviga ko‘ra doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan zimmasiga pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklatilgan tashkilot va tijorat bankining filiallari orqali to‘lanadi.
(52-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(53-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
Oldingi tahrirga qarang.
531-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga pensiyalar to‘lash
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiyalar to‘lash manzil-koloniya joylashgan erdagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tegishli pensiyalar summalarini mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
(531-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
54-modda. Mehnat qobiliyati tiklanganda pensiyalarni to‘lash muddati
Qayta ko‘rikdan o‘tkazilgan shaxs mehnatga qobiliyatli deb tan olingan taqdirda pensiya uni mehnatga qobiliyatli deb topilgan oyning oxirigacha, lekin nogironlik belgilab qo‘yilgan kungacha bo‘lgan muddatga to‘lanadi.
55-modda. Nogironlik davrida tanaffuslar bo‘lganda pensiya to‘lashni qayta davom ettirish shartlari
Agar nogiron uzrsiz sabablarga ko‘ra belgilangan muddatda qayta ko‘rikdan o‘tish uchun TMEKga bormagan bo‘lsa, unga pensiya to‘lash to‘xtatib qo‘yiladi, uni yana nogiron deb tan olingan taqdirda to‘xtatib qo‘yilgan kundan, lekin ko‘pi bilan o‘tgan bir oydan boshlab pensiya to‘lash davom ettiriladi.
Uzrli sababga ko‘ra qayta ko‘rikdan o‘tish muddati o‘tkazib yuborilganda, agar TMEK uni ana shu davrda nogiron bo‘lgan deb topsa, pensiya to‘lash to‘lov to‘xtatib qo‘yilgan kundan boshlab to qayta ko‘rikdan o‘tish kunigacha, lekin ko‘pi bilan o‘tgan uch yil uchun davom ettiriladi. Bunda nogiron qayta ko‘rikdan o‘tkazish chog‘ida nogironlikning boshqa guruhiga (yuqori yoki past guruhga) o‘tkazilgan bo‘lsa, pensiya ko‘rsatib o‘tilgan vaqt uchun avvalgi guruh bo‘yicha to‘lanadi.
Umumiy kasallik oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotgan nogironga mehnat qobiliyati tiklanganligi sababli pensiya to‘lash to‘xtatilgan yoki uzrsiz sabablarga ko‘ra qayta ko‘rikdan o‘tishga kelmaganligi oqibatida to‘xtatib qo‘yilgan bo‘lsa, uni yana nogiron deb tan olingan taqdirda, agar pensiyani to‘lash to‘xtatilganidan keyin besh yildan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, ilgari tayinlangan pensiyani to‘lash nogironlik belgilangan kundan boshlab davom ettiriladi. Agar besh yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa, pensiya yana umumiy asoslarda tayinlanadi.
56-modda. To‘liq davlat ta’minotida turgan bolalarga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi to‘lash
Oldingi tahrirga qarang.
Chin yetim bolalarga to‘liq davlat ta’minotida turgan davrida pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida pensiya to‘lanadi.
(56-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ota-onasining biridan ajralgan va to‘liq davlat ta’minotida turgan bolalarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi miqdorida pensiya to‘lanadi.
(56-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Shu davrdagi to‘lanishi lozim bo‘lgan pensiya puli bolaning nomiga tijorat bankida ochilgan depozit hisobvarag‘iga o‘tkazib qo‘yiladi.
(56-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
57-modda. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari to‘lash muddati
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi to‘lashni to‘xtatishga sabab bo‘luvchi holatlar paydo bo‘lganida pensiyani to‘lash ana shunday holat paydo bo‘lgandan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab to‘xtatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
58-modda. Pensiya to‘lanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi shart-sharoitlar o‘zgarganligi to‘g‘risida pensionerning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limini xabardor qilish majburiyati
Mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari uchun boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olayotgan pensioner oilaning pensiya to‘lanayotgan a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida, ular o‘qishni to‘xtatganligi haqida, shuningdek to‘liq davlat ta’minotiga o‘tkazilganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limini xabardor qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(58-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
59-modda. O‘tgan davr uchun pensiya to‘lash
Oldingi tahrirga qarang.
Pensionerga hisoblab chiqarib qo‘yilgan, lekin uning tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi o‘n ikki oydan oshmagan davr uchun to‘lanadi.
(59-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Pensiyani tayinlovchi yoki to‘lovchi organning aybi bilan o‘z vaqtida olinmay qolgan pensiya puli o‘tgan davr uchun muddati cheklanmagan holda to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
60-modda. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarida yashovchi pensionerlarga pensiyalar to‘lash
Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarida (pansionatlarida) yashovchi yolg‘iz pensionerlarga pensiya va ularning ta’minoti uchun sarf-xarajat o‘rtasidagi farq to‘lanadi, lekin tayinlangan pensiyaning kamida 20 foizi to‘lanadi. Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun internat uylarida yashovchi pensionerlarga pensiya to‘lanmaydi.
(60-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
61-modda. Statsionar davolanishda bo‘lingan davrda pensiya to‘lash
Pensionerning statsionar davolanishda bo‘lgan davri uchun pensiya to‘liq to‘lanadi.
62-modda. Ozodlikdan mahrum qilingan davr uchun pensiya to‘lashni to‘xtatib qo‘yish
Oldingi tahrirga qarang.
Pensioner ozodlikdan mahrum qilingan taqdirda tayinlangan pensiyani to‘lash ozodlikdan mahrum qilingan davr uchun to‘xtatib qo‘yiladi bundan manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan shaxslar mustasno.
(62-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
63-modda. Pensionerning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiyani to‘lash va dafn etish uchun nafaqa to‘lash
Pensioner olishi lozim bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli meros tarkibiga kiritilmasdan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadigan shaxslar (19, 20-moddalar) doirasiga kiruvchi oila a’zolariga to‘lanadi. Ota-onasi, eri (xotini), shuningdek pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turgan oila a’zolari bu pulni, ular boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadiganlar doirasiga kirmaganlari taqdirida ham olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Pensioner vafot etgan oy uchun olinmay qolgan pensiya puli ko‘rsatib o‘tilgan oila a’zolariga ushbu oy uchun to‘liq to‘lanadi.
(63-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Oilaning bir necha a’zosi murojaat etgan taqdirda pensiyaning ularga tegishli summasi ularning o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Pensioner vafot etgan taqdirda uning oilasiga yoki pensionerning dafn marosimini o‘tkazgan shaxsga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining to‘rt barobari miqdorida dafn etish nafaqasi to‘lanadi.
(63-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘rsatib o‘tilgan pullar, ularni olish uchun pensioner vafot etganidan keyin oltmish kun ichida murojaat etilgan taqdirda to‘lanadi.
(63-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-417-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
64-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan fuqarolarga pensiyalar to‘lash
Oldingi tahrirga qarang.
Chet elga doimiy yashash uchun chiqib ketishdan oldinroq tayinlangan pensiyalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga chiqib ketish to‘g‘risida ariza berilgan kundagi holatga ko‘ra pensiya miqdori hisobidan chet elga chiqib ketish oldidan 6 oy avval to‘lanadi.
(64-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bu fuqarolarning chet elda bo‘lgan vaqti uchun, mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan pensiyalargina to‘lanadi.
(64-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 5-yanvardagi O‘RQ-318-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 4-modda)
65-modda. Pensiyalardan chegirmalar
Pensiyalardan chegirmalar:
Oldingi tahrirga qarang.
a) sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlar asosida;
(65-modda birinchi qismining “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 7-bobi (64 — 70-moddalar)ga qarang. (“Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga nisbatan undiruv”).
Oldingi tahrirga qarang.
b) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining qaroriga binoan — pensionerga uning tomonidan qilingan suiiste’molliklar oqibatida (qasddan noto‘g‘ri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya miqdoridan ortiqcha pullar to‘langan taqdirda qilinishi mumkin.
(65-modda birinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tekshirish (o‘rganish) o‘tkazish boshlangan sanadan avvalgi uch yil va undan ortiq davrda tayinlangan va (yoki) qo‘shimcha taqdim etilgan hujjatlarga binoan qayta hisoblangan pensiyalarning tekshirilishiga (o‘rganilishiga) hamda ular bo‘yicha to‘langan ortiqcha summalarning ushlab qolinishiga (undirilishiga) yo‘l qo‘yilmaydi.
(65-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Pensioner O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining pensiyadan ortiqcha to‘langan summalarni ushlab qolish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, aniqlangan qarzdorlik sud tartibida undiriladi.
(65-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Pensiyalardan yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidan tashqari boshqa hech qanday chegirmalar qilish mumkin emas.
Pensiyadan chegirmalar qilish miqdori pensionerga to‘lanishi lozim bo‘lgan puldan hisoblab chiqariladi.
Har oylik chegirmalar miqdori pensiyaning 50 foizidan oshishi mumkin emas.
Ortiqcha to‘langan pensiya puli bo‘yicha qarzdorlik to‘liq uzilgunga qadar pensiya to‘lash to‘xtatilgan hollarda (masalan, mehnat qobiliyati tiklanganligi tufayli) qolgan qarz sud tartibida undiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlardan chegirma qilish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2835, 26.10.2016-y.).
66-modda. Pensiyalar to‘lash uchun ajratiladigan mablag‘lar
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasini shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi. Pensiyalarni to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan transfertlar ajratilishi mumkin.
(66-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida”gi Nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar:
boquvchisini yo‘qotganlik uchun, shuningdek xodimning mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayiblanganligi yoki kasb kasalligiga uchraganligi oqibatidagi nogironlik uchun;
xodim ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga to‘lguniga qadar mazkur Qonun 12-moddasining “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash xarajatlarining o‘rnini qoplovchi pulni ish haqi to‘lashga mo‘ljallangan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazadi.
LexUZ sharhi
66-moddaning ikkinchi qismining qoidalari 2016-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi. Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli Qonunining 4-moddasining ikkinchi xatboshi.
(66-moddaning ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
Pensioner ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan yoshga to‘lguniga qadar ushbu Qonunning 14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(66-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
67-modda. Pensiyalarni soliqlardan ozod qilish
Ushbu Qonunga muvofiq to‘lanadigan pensiyalarga soliq solinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 3-sentabr,
938-XII-son


(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda; 1997-y., 4-5-son, 126-modda; 1998-y., 9-son, 181-modda; 1999-y., 5-son, 112-modda; 2001-y., 5-son, 89-modda; 2002-y., 4-5-son, 74-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 21-son, 148-modda; 2007-y., 50-51-son, 498-modda, 52-son, 533-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2010-y., 20-son, 149-modda, 35-36-son, 300-modda, 51-son, 483-modda; 2012-y., 1-son, 4-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; 2014-y., 49-son, 579-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda, 52-son, 597-modda, 598-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 17.10.2018-y., 03/18/500/2057-son, 25.12.2018-y., 03/18/508/2365-son; 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son; 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)

Download 172,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish