I bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi



Download 306,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/38
Sana16.04.2022
Hajmi306,56 Kb.
#556743
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamiyatning ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, uning kreditorlari bilan
hisob-kitob tugallanganidan so‘ng qolgan unga qarashli ulush, agar qonunchilikda yoki
tugatilayotgan yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
tugatilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanadi.
(20-moddaning o‘n beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyatning ustavida ushbu moddaning 
o‘n to‘rtinchi 
va 
o‘n beshinchi qismlarida
belgilangan ulushning (ulushning bir qismining) o‘tishi va taqsimlanishiga faqat jamiyatning
qolgan ishtirokchilari roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyatning vafot etgan ishtirokchisining merosxo‘ri tomonidan meros qabul qilinguniga
qadar jamiyatning vafot etgan ishtirokchisining huquqlari vasiyatnomada ko‘rsatilgan shaxs
tomonidan amalga oshiriladi, uning majburiyatlari esa shu shaxs tomonidan bajariladi, bunday
shaxs bo‘lmagan taqdirda esa notarius tayinlagan boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Jamiyatning ustavida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning
bir qismidan) jamiyatning ishtirokchilari yoki uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish, ulushning
(ulushning bir qismining) merosxo‘rlarga yoki huquqiy vorislarga o‘tishi yoxud tugatilayotgan
yuridik shaxsning ishtirokchilari o‘rtasida ulushning (ulushning bir qismining) taqsimlanishi uchun
jamiyat ishtirokchilarining roziligini olish zarurligi nazarda tutilgan taqdirda, agar jamiyat
ishtirokchilariga murojaat etilgan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yoki jamiyatning ustavida
belgilangan boshqa muddat ichida jamiyatning barcha ishtirokchilarining yozma roziligi olingan
bo‘lsa yoxud jamiyat ishtirokchilarining birortasidan ham rozilik berishga yozma raddiya olinmagan
bo‘lsa, bunday rozilik olingan deb hisoblanadi.
Jamiyatning ustavida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning
bir qismidan) jamiyatning ishtirokchilari yoki uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish uchun
jamiyatning roziligini olish zarurligi nazarda tutilgan taqdirda, agar jamiyatga murojaat etilgan
paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yoki jamiyat ustavida belgilangan boshqa muddat ichida
jamiyatning yozma roziligi olingan bo‘lsa yoxud jamiyatdan rozilik berishga yozma raddiya
olinmagan bo‘lsa, bunday rozilik olingan deb hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.


Ushbu Qonunda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jamiyatning
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulush (ulushning bir qismi) ochiq kimoshdi savdosi orqali
sotilganda, mazkur ulushning (ulushning bir qismining) oluvchisi jamiyatning yoki uning
ishtirokchilarining roziligidan qat’i nazar, jamiyatning ishtirokchisiga aylanadi.
(20-moddaning yigirmanchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning 50 va undan ortiq foizi egasiga
aylangan shaxs (bundan davlat mustasno), agar shaxs bungacha jamiyatning ustav fondidagi
(ustav kapitalidagi) ulushlarga egalik qilmagan yoki ulushning 50 foizidan kamrog‘iga egalik qilgan
bo‘lsa, minoritar ishtirokchilarga ulushlarini bozor qiymati bo‘yicha o‘ziga sotishni o‘ttiz kun ichida
taklif etishi shart. Jamiyatning ustavida ushbu taklif jamiyat ishtirokchilariga jamiyat orqali
yuborilishi nazarda tutilishi mumkin.
Agar jamiyat ishtirokchisining o‘ziga tegishli ulushini sotishi to‘g‘risida o‘ttiz kun ichida yozma
roziligi olinsa, jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning 50 va undan ortiq foizi
egasi taklif etilgan ulushni sotib olishi shart.
(20-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)

Download 306,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish