1.3. Kartalarni tahrir qilish
Biz yuqorida aytib o‘tganimizdek, kartani tahrir qilish deganda karta tuzish uchun tahririy hujjatlarni ishlab chiqish va kartani yaratish bosqichlarida ilmiy-
texnikaviy ishlarga rahbarlik qilish jarayoni tushuniladi.
Kartani tahrir qilishga quyidagi ishlar kiradi:
— tahririy tayyorgarlik ishlari;
— tahririy rahbarlik: karta tuzish, yangilash hamda nashrga tayyorlash va nashr
qilish jarayoni, ishni sifatli olib borishni nazorat qilish;
— tahririy nazoratni yo‘lga qo‘yish, tuzish, chiziqli va rangli nusxalarni tekshirib
qabul qilish va nashr qilish;
— nashr qilingan kartaning dastlabki nusxasini tahlil qilish.
Tahririy-tayyorgarlik ishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
— ishni o‘rganib chiqish, kartaning maqsadini tushunib, uni talab darajasiga
etkazish;
— kartografik manbalarni yig‘ish, tahlil qilish va aniqlash;
— kartaga tushiriladigan hududni, ob’ektlarni, voqea va hodisalarni o‘rganish;
— tahririy reja yoki tahririy ko‘rsatmani ishlab chiqish;
— ishni bajarish uchun mutaxassislar tanlash va ularni tay-vnilash.
Tahririy ishlar, ayniqsa, karta tuzish jarayonida keng ko‘lamda olib boriladi, bunda ishning sifati va aniqligi nazorat qilinadi. Ish jarayonida vujudga kelgan ba’zi o‘zgarishlarni hisobga olish va umumiy rahbarlik qilish hamda kamchiliklarni tezlik bilan bartaraf qilish ham tahririy ishlarga kiradi.
Karta tuzish jarayonini tahrir qilishda quyidagi ishlar bajariladi:
— kartaning matematik asosini tekshirish;
— kartografik manbalarning to‘liq va to‘g‘riligini aniqlash;
— voqea va hodisalarning kartada yo‘riqnoma asosida to‘g‘ri tasvirlanayotganini
tekshirish;
— davlat chegaralarining to‘g‘ri tushirilishini ta’minlash;
— shartli belgilarning to‘g‘ri va o‘z joyiga qo‘yilishini tekshirish;
— kartada geografik ob’ektlarning to‘g‘ri va o‘z joyida yozi-lishini nazorat
qilish;
— shu tipdagi kartaga mazmun jihatidan yaqin bo‘lgan kar-talarni solishtirib,
ularni muvofiqlashtirish.
Karta tuzish jarayonida tahririy rejada ko‘rsatilgan barcha talablarning
bajarilishi shart. Hamma bajarilgan ishlar karta formulyariga tushirib boriladi.
Ish jarayonida karta tuzishda ishlatiladigan asboblar, zamo-naviy texnik
anjomlardan foydalanish masalasiga ham e’tibor beriladi. Masalan, karta chizishda
kompyuterda bajariladigan ishlar ham nazorat qilinadi. Tahririy ishlar kartaning
rangli nusxalari tekshirilib, tasdiqdan o‘tkazilib, dastlabki nusxasini nashr
qilgunga qadar davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |