1.3 Kartani Modellashtirish
a) Geografik asosini tayyorlash
Farg’ona iqtisodiy geografik rayonining 1:2 500 000 massihtabdagi xaritasini geografik asosini tayyorlash uchun asos sifatida 1:200000 masshtabda Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatininng siyosiy-ma’muriy xaritasini tanlab olamiz. Ushbu xaritani maxsus dasturlar yordamida raqamli ko‘rinishga o‘tkazib, geografik asosni tayyorlaymiz. Avvalo, geografik asos elementlariga nimalar kirishini bilib olish kerak. Geografik mazmun elementlariga tabiiy-geografik obektlar gidrografiya, relyef, o‘simliklar, tuproq va guruntlar; ijtimoiy-iqtisodiy obektlar: aholi punktlari, aloqa yoilari, sanoat va ijtimoy-madaniy obyektlar, tarixiy yodgorliklar kiradi. Xarita maqsadi va masshtabiga bog‘liq holda geografik mazmun elementlari yuqori yoki kam batafsillik bilan tasvirlanadi.
Endi bevosita geografik asosni tayyorlashga o’tamiz. Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni xaritasida quyidagi geografik asos elemenlari joylashadi:
I. Chegaralar:
Respublika chegarasi
Viloyat chegarasi
Tumanlar chegarasi
Gidrografiya:
Daryolar
Ко‘liar
Suv omborlari
Kanallar
Kollektorlar
Aholi punktlari:
Viloyat markazi
Yirik shaharlar
Tuman markazlari
Qishloqlar
Aholi punktlari:
Avtomobil yo’llari
Temir yo‘l.
Xaritani ArcGIS 10.5 dasturida yaratamiz. Dastlab asos sifatida tanlagan 1:200000 masshtabli xaritani dasturga kiritib, uni fazoviy bog‘laymiz. Agar bu ish bajarilmasa, tuziladigan xaritamizni masshtab ko‘rsatkichlarini boshqara olmay qolamiz. Shundan so‘ng qadamma-qaqam raqamlash ishlarini bajaramiz. Dastlab respublika, viloyat va tuman chegaralarini chizib chiqamiz. So‘ngra gidrografiya obektlarini saralab chizamiz. Shu tartibda aloqa yo'llari, shaharlar, qishloqlarni tushiramiz. Aholi punktlaridan qishloqlarni tushirayotganimizda oriyentir ahamiyatiga molik bo‘lganlarini tanlab olamiz.
Asos sifatida tanlab olgan xaritamiz siyosiy-ma’muriy xarita bo‘lganligi sababli unda aholi puntklari juda yuqori batafsilllikda berilgan. Shu bois ulami kuchli generalizatsiyaga uchratamiz. Umuman, ish davomida gidrografiya, aloqa yodlari va aholi punklari kuchli generalizatsiyaga uchrasa, chegaralar qisman generalizatsiyaga uchraydi. Yirik va katta bo‘lgan daryo va kanallar saralab olinadi, xalqaro va respublika ahamiyatiga ega boMgan avtomobil va temir yodlar ajratiladi, yirik shaharlar va tuman markazlari belgilanadi. Chegaraga yaqin hududlarda joylashgan qishloqlar va alohida ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar qoldirilishi mumkin. Xaritadagi obyektlami qay birini tushirish va qay biridan voz kechish kartografning tajribasi va mahoratidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Geografik asos tayyorlash ishimizning yakuniy mahsuli sifatida Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni raqamli geografik asosi tayyorlanadi.
Xarita mazmunini ochib beradigan barcha shartli belgilar va izohlar tizimiga - legenda deyiladi. Legenda xaritaning yuragi, uning asosiy kalitidir. Legendasiz xaritani o‘qish, uni tushunish deyarli imkonsiz. Shu bois, xarita legendasini ishlab chiqishga alohida e tibor berish lozim. Kartografik tasvirda berilgan belgi legendadagi belgi bilan aynan bir xil bolishi, ranglaming o‘zaro mos tushishi legendaning asosiy talablaridan biridir. Legendani joylashtirishda ham bir qator shartlar mavjud. Ularga o’qishning qulay bo‘lishi, legenda va undagi bo‘laklarning qo’shimcha ma’lumotlardan ajralgan bo’lishi, ixchamlilik kiradi.
Biz tuzayotgan xaritamiz uchun murakkab legenda yaratamiz. Chunki unda turli xil obyektlar ifodalanadi. Ushbu xaritaning legendasi ikki qismdan iborat bo‘ladi. Birinchi qismda xaritaning geografik asos elementlarini ochib beruvchi shartli belgi va izohlar joylashadi, gidrografiya, aloqa yo‘llari, aholi punktlari, chegaralarning shartli belgilaridan iborat bo’ladi. Legendaning ikkinchi qismi esa xaritaning mavzuli mazmun elementlariga izoh beruvchi belgilardan iborat bo‘ladi.
III BOB. FARG’ONA IQTISODIY GEOGRAFIK RAYON UMUMGEOGRAFIK KARTASINI TUZISH TEXNOLOGIYASI
3.1. Xaritani tuzish bo‘yicha tahririy texnik ko‘rsatmalar
Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni xaritasini zamonaviy texnologiyalarni qo’llagan holda yaratamiz. Barcha ishlar maxsus kompyuter dasturi yordamida bajariladi. Qo’l mehnatidan umuman foydalanilmaydi, ya’ni qo‘lda hech nima chizilmaydi. Hozirgi kompyuter texnologiyalari rivojlangan davrda xarita yaratishga mo‘ljallangan bir qator maxsus dasturlar mavjud. Bularga Panarama, MapInfo, ArcGIS, QGIS kabilarni kiritishimiz mumkin. Biz ushbu xaritani hozirgi paytda dunyoda keng qollanilayotgan ArcGIS dasturida yaratamiz. Ushbu dastur AQSHning ESRI kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Bizda ArcGIS 10.5 dasturi mavjud va barcha ishlar aynan shu versiyadagi dasturda bajariladi (6-rasm).
6-rasm. ArcGIS 10.5 dasturi
Endi bevosita xarita yaratish, ya’ni chizish ishlarini boshlaymiz.
1-qadam. Har doim ishni dastumi kompyuterga yuklashdan boshlaymiz. Buning uchun PUSK bolimidan kerakli buyruqlar ketma-ketligim tanlaymiz, yoki desktopdagi ArcMap ikonkasiga sichqonchaning chap tomonini ikki marta bosamiz. Natijada dastur yuklana boshlaydi. Dastur interfeysining umumiy ko‘rinishi quyidagicha (7-rasm).
2-qadam, Kompyuter xotirasining biror joyiga xaritamiz uchun papka yaratamiz. Ushbu papkada xaritamizning ma’lumotlar bazasi saqlanadi. Shu bois, papkani imkoni boricha xavfsiz va o‘chib ketish ehtimoli kam bo’lgan qismda yaratish maqsadga muofiq bo‘ladi.
7-rasm. ArcMap interfeysining umumiy ko‘rinishi.
3-qadam. Yaratgan papkamizni ArcCatalog orqali ochib, unda bizga kerak bo‘ladigan sheyp faylar yaratib olamiz. Dastlab nuqta, chiziq va poligon tipli sheyp fayllar yaratamiz. Bunda obyektning xususiyatiga qarab sheyp fayllar yaratiladi. Masalan, daryolar, chegaralar uchun chiziqli tipdagi, maydonli obyektlar uchun poligon tipdagi sheyp fayllar yaratamiz va ulami keraklicha nomlaymiz. Bu fayllar har biri bitta sloyni, ya’ni qatlamni tashkil qiladi. Biz yaratayotgan xaritamizda: respublika chegarasi, viloyat chegarasi, tuman chegarasi, daryo va kanallar, suv havzalari, shaharlar, qishloqlar, tuman markazlari, aloqa yo’llari kabi sheyp fayllar bo’ladi (8-rasm). Bu fayllami yaratib bo‘lganimizdan so’ng ArcMapni ochamiz va u yerga o‘zimiz yaratgan fayllarni ko’chiramiz. Shuni yoddan chiqarmaslik zarur-ki, biz asos sifatida tanlab olgan xaritamiz ham ishning boshida yaratgan papkamizda joylashgan bolishi kerak.
8-rasm. Yaratilgan Sheyp fayl ma’lumotlar.
4-qadam. ArcMapda ishni yaratayotgan loyihamizning ko‘rsatkichlarini sozlashdan boshlaymiz, ya’ni loyihamizning koordinata sistemasini, qaysi proyeksiyada tuzilishini belgilab olamiz. To‘g‘ri tanlangan proyeksiyada xaritadagi xatoliklar ancha kamayadi. Xaritani qanday proyeksiyada tuzish hududning oichamlariga va xususiyatlariga bogHiq holda tanlanadi. Farg‘ona viloyati chegaralarida geografik uzoqliklar farqi <8° va geografik kengliklar farqi <5° bo’lganligi sababli Gauss-Kryugerning teng burchakli proyeksiyasidan foydalanamiz. Farg‘ona viloyati uchun aynan Gauss-Kryuger Pulkovo 1942 zona 12 to‘g‘ri keladi (9-rasm).
9-rasm. Sheyp fayl parametrlarini sozlash.
5-qadam. Keyingi ishda asos sifatida olgan xaritamizni ArcMapga о'tkazamiz va uni fazoviy bog‘laymiz, ya’ni Geobog’lash qilamiz (10-rasm). Bu eng asosiy ishlar biri hisoblanadi. Agar buni bajarmasak, keyinchalik qilgan ishlarimizning barchasi bekor ketgan bo’ladi Masshtabini to‘g‘rilash va qog'ozga chiqarishda katta qiyinchiliklar vujudga keladi. Shu sababli privyazkani to’g’ri va yetarli aniqlikda bajarish talab etiladi.
10-rasm. Rastr formatli asosni fazoviy bog’lash ( Geobog’lash ).
6-qadam. Endi bevosita xaritaning geografik asosini tayyorlashga kirishamiz. Yaratgan sheyp fayllarimizni loyihaga ko‘chirib, navbat bilan raqamlash ishlarini bajaramiz. Dastlab chegaralarni raqamlab chiqamiz, Bunda har bir chegara turini alohida kategoriya sifatida saqlaymiz. Bunday qilishimizning asosiy sababi xaritamizning legendasini yaratayotganimizda noqulayliklarga uchramaslik. Keyin aloqa yo’llari va gidrografiya elementlarini tushirib chiqamiz. Gidrografiya elementlarini tasvirlayotganimizda daryolar va katta kanallarni tushiramiz. Mayda kanallar va ariqlar tashlab yuboriladi. Aholi punktlari ham tushiriladi. Ulami ham xuddi chegaralarda bajarganimiz kabi turi bo‘yicha kategoriyalarga ajratamiz. Obyektlarni tushirayotganda generalizatsiyaga etibor berish kerak. Asosda mavjud barcha tafsilotlarni tushirib chiqish shart emas. Chunki biz mavzuli xarita tayyorlayapmiz. Mavzuli xaritada esa asosiy e’tibor mavzuli asos elementlariga beriladi. Qolgan tafsilotlar generalizatsiya qilinadi. Natijada Farg‘ona viloyatining quyidagi ko‘rinishdagi geografik asosi tayyor bo’ladi (11-rasm).
7 qadam. Geografik asos tayyor bo’lganidan so‘ng mavzuli asos elementlariga o‘tamiz. Buning uchun bizda mavzuga doir jadval ko'rinishidagi ma’lumotlar bor va qayta ishlangan bo‘lishi kerak. Men tuzayotgan xaritaning ma’lumotlari jadval ko’rinishida bor va ularni kerakli qatlam bilan bog‘layman. Buning uchun quyidagi ishlar bajariladi. Eng avvalo, e'tibor berish kerak bo'ladigan joy! shundaki, ma’lumotlar bazasi yaratganimizdagi biror maydonning nomi bilan jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlarimizning biror maydoni aynan bir xil boMishi kerak. Dastur shu maydonni asos qilib, ularni o‘zaro bog‘laydi. Aks holda jadvallar bog’lanmaydi. Qatlamga qo'shimcha jadvallarni bog'lash uchun quyidagi bo’limdan foydalanamiz (12-rasm ).
12-rasm. Tashqi manbaalardan atribut jadvalga ma’lumot bog’lash.
8-qadam. Bog’langan ma'lumotlar asosida mavzuli xarita yaratamiz Ya’ni tumanlaming tashqi iqtisodiy faoliyati ko‘rsatkichlari asosida kartogramma usulidan foydalanib dastlabki mavzuli asosni yaratamiz. Buning uchun ma'lumotlar bog’langan qatlamning svoystvasiga kirib, Simvoly bo’limini tanlaymiz. Kolichestvo bo’limidan kcrakli buyruqni bosamiz va zarur bo'limlarni to’ldirib chiqamiz (13-rasm)
Barcha kerakli ishlar bajarilgandan so‘ng ok tugmasini bossak, bizga quyidagi ko‘rinishdagi mavzuli asosni chiqarib beradi (14-rasm).
Bu asosga qo‘shimcha sifatida diagrammalarni kiritamiz. Ulami kiritish uchun svoystva bo'limidan simvoly tanlanadi, Bo‘limlar qatoridan diagrammy tanlanib, kerakli ko'rinishdagi diagramma tanlanadi. Bizning xaritada stolbchataya ko‘rinishidagi diagrammalar qo’llaniladi.
Zarur bo‘limlar belgilanadi va ok tugmasi bosiladi. Natijada quyidagi ko‘rinish hosil bo’ladi (15-rasm). Ustunli diagrammalardan tashqari, yirik shaharlaming ko‘rsatkichlarini ifodalash uchun halqali joylashtirilgan diagrammalardan foydalanamiz mumkin.
Diagrammalarning ko'rsatkichlarini ko‘rinib turadigan qilish uchun quyidagi buyruqlar bajariladi. Diagrammalar yaratilgan qatlamning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va chiqqan menyudan nadpisat obyekty bo‘limini tanlaymiz.
Mana shu bilan bo‘lajak xaritamizning geografik va mavzuli asoslarini yaratish bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Endi eng oxirgi bosqich xaritaning birinchi nusxasini yaratishni boshlaymiz.
3.2. Xaritani orginalini tayyorlash
Xaritaning originali yaratilayotgan xaritaning eng birinchi namunasi hisoblanadi. Uni tayyorlash uchun bir qator ishlar amalga oshiriladi. Dastlab ishni xaritaning geografik va mavzuli asos elementlarini birlashtirishdan boshlaymiz. Buning uchun yaratilgan barcha qatlamlami ko‘rinadigan rejimga o'tkazamiz.
Vaziyatni baholaymiz, ya’ni bir qator nazar solib chiqamiz. Biror obyekt boshqasini to‘sib qo'ymayaptimi, joylashish o‘rni yaxshimi-yomonmi solishtiramiz. Shundan so‘ng bevosita xaritani komponovka qilamiz. Buning uchun ArcGISda maxsus rejim bor. Xaritani ramkaga nisbatan markazdan joylashtiramiz. Ishlab chiqilgan legendani eng qulay joyga joylashtiramiz. Masshtab shkalasini va shimol ko‘rsatkichini joylaymiz. Qo'shimcha ma’lumot sifatida oldindan tayyorlab qo‘yilgan diagrammani joylashtiramiz. Xarita nomini ramkaning tashqari qismida qoldiramiz.
XULOSA
Men “Farg’ona iqtisodiy geografik rayonining umumgeografik kartasini loyixalash va tuzish” mavzudagi kurs loyihamni tayyorlashda ko’p ma’lumotlar va tasavvurlarga ega bo’ldim.
Kartalarni yaratilishiga tarixan yondoshadigan bo’lsak, kartalar qadimdan rivojlangan. Masalan, bir hududni tasvirlash har davrda har xil tasvirlangan. Ilk davrlarda qoya toshlarga, keyinchalik hayvon terilariga va svilizattsiyadan keyin qog’ozga tasvirlangan.
Istalgan mamlakatni (hududni) kartaga olish asosini umumgeografik kartalar tashkil etadi. Ular joy haqidagi asosiy ma’lumotlami bir xil aniqlikda va mukammallikda tasvirlaydi. Karta dastlab kartografik asar sifatida tarixan asta sekin shakllanib kelgan. Kartografiyani fan sifatida rivojlanishi, umumgeografik va mavzuli kartaga olishda yutuqlarga erishish, har xil tipdagi atlaslarni tayyorlash bilan chambarchas bog’liqdir.
Ma’lum bir hududning topografik xaritasini tuzish uchun mazkur hududni topografik jihatdan o’rganib, uning plani olinadi. Yer yuzasini topografik jihatdan o’rganish maqsadida uning planini olish nazariyasi va amaliyoti bilan shug’ullanadigan fan topografiya deyiladi. XV asring oxiri va XVI asr boshlaridagi, Buyuk geografik kashfiyotlar yer to’g’risidagi tasavvurlarni kengaytirgandan so’ng geografik atlas keng yoyildi, kolonial bosib olishlar, savdo va ochiq dengizda kema qatnovining rivojlanishi va boshqalar geografik kartalarga bo’lgan ehtiyojni va munosabatni tubdan o’zgartirdi.
Kartani tuzish ishi avvalo ma’lumotlami tayyorlashdan boshladim. Agar manbani yangi tuzilayotgan kartani masshtabiga keltirish zarur bo’lsa, uning proyeksiyasini yoki koordinatlar tizimini (tarixiy kartalar uchun), tasnifi va legendasini o’zgartirish kerak bo’lsa, dastlab matnli, jadvalli va kartografik ma’lumotlami o’rganib, qayta ishlab va ularni foydalanidim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. T. Mirzaliyev “Kartografiya” Toshkent O’zbekiston Fanlar akademiyasi Fan nashriyoti -2004
2. T. Mirzaliyev “ Kartografiya ” darslik Toshkent O’zbekiston Fanlar akademiyasi Fan nashriyoti -2006
3. Т. Mirzaliyev, S Qoraboyev “Kartalarni loyihalash va tuzish” o’quv uslubiy qo’llanma Toshkent Ilm-ziyo – 2007
4. T. Mirzaliyev, I. Musayev “Kartografiya” o’quv qo’llanma Toshkent “ ilm-ziyo”- 2007
5. T. Mirzaliyev, E. Safarov, A. Egamberdiyev, S Qoraboyev “Kartashunoslik” darslik Toshkent- 2010
6. T. Mirzaliyev, E. Safarov, A. Egamberdiyev, S Qoraboyev “Kartashunoslik “ darslik . Toshkent Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent -2012
7. Т. Mirzaliyev, E. Safarov, A. Egamberdiyev, S. Qoraboyev “Atlas Kartashunoslik” o’quv uslubiy qo’llanma Toshkent Universiteti -2015
8. Avezov S .A , Qalandarov U.S “ Kartashunoslik “ amaliy mashg’ulotlar bo’yicha o’quv qo’llanma Urganch- 2018
9. “O’zbekiston 2 tom atlasi” Moskva-Toshkent 1985
10. “O’zbekiston geografik atlasi” Toshkent - 2016
11. “5-6-7-8 sinf atlaslari” Toshkent - 2018-2016
Internet saytlari
www.google.com
www.vikipedia
www.arxiv.uz
ILOVALAR
1-ilova. QGIS 3.10 dasturi
2-ilova. QGIS 3.10 dasturida karta tuzish.
3-ilova. QGIS 3.10 dasturida tuzilgan karta.
Do'stlaringiz bilan baham: |