2.2 Loyihalanadigan kartaning matematik asosi
Dastlab xaritaning matematik asosi nima ekanligiga aniqlik kiritib olamiz va shundan so‘ng loyihalanayoitgan xaritaning matematik asos elementlariga birma-bir to‘xtalib o‘tamiz.
Xaritaning matematik asosi - xaritani matematik elementlari majmuidan tarkib topib, ular tasvirlanayotgan yuza va xarita o‘rtasidagi aloqani belgilaydi. Proyeksiya, masshtab, geodezik asos, shuningdek komponovka va razgrafka sistemasi xaritaning matematik asos elementlari bo‘lib hisoblanadi.
Ana endi Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni xaritasining matematik asos elementlariga birma-bir to’xtalib o‘tamiz.
a) Masshtab
Dasturi tuzilayotgan xarita asosam mutaxassisning yonida, biror hujjatining ichida olib yurishga mo‘ljallanadi. Bu xarita turli hisobotlar topshirishda ko‘rgazmali vosita boiib xizmat qilishi va asosan fayllarga tikilishi sababli uning o‘lchami eng qulay variantda albom orientatsiyadagi A4 qog‘oziga chiqadi. Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni hududi g‘arbdan sharqqa tomon cho‘zilganligi uchun albom ko‘rinishidagi qog‘ozga joylaymiz. Xaritaning masshtabi esa 1:2 500 000 bo’ladi. Bu masshtabni tanlashimizga yetarlicha sabablar bor. Bizga ma’lumki, kartografiyada kartografik tasvir (map body) umumiy xarita maydoni- ning 65-70 % qismini egallashi kerak. Aynan 1:2 500 000 masshtabda bajariladi va chiroyli komponovka hosil bo’ladi.
b) Proyeksiya
To‘g‘ri tanlangan proyeksiyada xaritadagi xatoliklar ancha kamayadi. Xaritani qanday proyeksiyada tuzish hududning o’lchamlariga va xususiyatlariga bog’liq holda tanlanadi. Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni chegaralarida geografik uzoqliklar farqi <8° va geografik kengliklar farqi <5° bo’lganligi sababli Gauss-Kryugerning teng burchakli proyeksiyasidan foydalanamiz. Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni uchun aynan Gauss-Kryuger Pulkovo 1942 zona 12 to‘g‘ri keladi.
c) Komponovka
Xaritalarda tasvirlanayotgan hududning chegarasini aniqlash xarita ramkalariga nisbatan joylashtirish, ramkaning ichida va u tashqarida xaritaning nomini, masshtabini, legendasini, har xil qo‘shimcha kesma xaritalarni va boshqa shunga o‘xshash ma’lumotlarni maqsadga muvofiq joylashtirishga komponovka deyiladi. Tuzilayotgan Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni xaritasining komponovkasi taxminan quyidagi ko‘rinishda bo’ladi.
2.1-rasm. Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni maket kompanovkasi.
Ishni kartografik tasvirni joylashtirishdan boshlaymiz. Qoidaga ko‘ra, kartografik tasvir markazdan joylanadi va umumiy maydonning 65-70 % ini egallagan bo‘ladi. Shundan so‘ng xaritaning nomini joylashtiramiz. Xaritaning nomi xarita ramkasidan tashqarida yuqori o'ng burchakdan boshlab joylashtiriladi. Keyingi navbat xaritaning legendasi, yani shartli belgilarini joylashtirishga. Tuzilayotgan xaritada shartli belgilarni ikki qismga bo Tib, ikkita joyga joylashtiramiz. Birinchi guruhga xaritaning geografik asos elementlarining shartli belgilari kirib, ular xarita ramkasining ichida pastki chap burchakda joylashadi. Ikkinchi guruhga xaritaning mavzuli mazmun elementlarining shartli belgilari kiradi va ular xarita ramkasining pastki o‘ng tomonida joylashadi. Xaritaning quyi markazida sonli masshtab egallaydi. Xarita ramkasining yuqori qismidagi bo‘sh qolgan joylarga shimolni ko‘rsatuvchi belgi va diagramma qo‘yiladi. Bundan tashqari, xaritaning jozibadorligini oshirish maqsadida bir qator qo‘shimcha rasm yoki ma’lumot- lar kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |