1.2. Тurizm sohasida global raqobat va global marketing tushunchalari
Oxirgi paytlarda marketing yordamida yechiladigan masalalarning murakkablashuvi sharoitida uning baynalmilallashuvi bilan bog’liq bo’lgan global marketing haqida tobora ko’proq gapira boshladilar. Bu jarayon, ayniqsa, transmilliy kompaniyalar uchun xosdir. Ular tomondan bozor alohida segmentlar kabi emas, ko’proq ehtiyojlarning gomogenizatsiyasi jarayoni va iste’molchilarning mashhur va tanilgan tovar markalarini olishga juda 14 ishtiyoqmandligiga ko’ra yagona bozor sifatida qaraladi. Shuni ta’kidlash joizki, global marketing asosida innovatsion tovarni ehtiyojlarni qondirishning standartlashgan va iste’molchilarning keng segmentlari uchun qulay va arzon bo’lgan usuliga aylantirish g’oyasi yotadi .
Bozorning globallashuvi mamlakatlar va ayrim hududlarning o’z chegaralaridan tashqarida faoliyat ko’rsatishga intilishiga aytiladi. Bu haqda savdoning liberallashuvi, investitsion to’siqlarning olib tashlanishi, erkin tadbirkorlikning paydo bo’lishi va boshqalar dalolat beradi. Yirik korxonalar doirasida esa globallashuv ichki bozor chegaralaridan chiqish va jahon bozorini o’zlashtirishga umumiy yondashuvning shakllanishini bildiradi. Bularning hammasi shunday xulosaga olib keladiki, zamonaviy marketing yo’nalishlari va tendensiyalari korxona darajasida muvaffaqiyatli amalga oshirish uni boshqarish konsepsiyasi sifatida qabul qilish, funksiyalararo koordinatsiyaning rivojlanishi va qarorlarni qabul qilish, korporativ madaniyatni takomillashtirish bo’yicha funksiyalararo guruhlarning yaratilishini talab qiladi.
Ishonchimiz komilki, marketing kelajagi aynan ana shu konsepsiya bilan bog’liq. Ba’zi bozorlarda esa u allaqachon ustunlik qilmoqda. Dorilar, o’yinchoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari, sport jihozlari, kompyuterlar va boshqalarni ishlab chiqarishni misol sifatida keltirishimiz mumkin.
Global marketing konsepsiyasini tayyorlash va amalga oshirish jarayoni bir qator ketma-ket bosqichlarni o’z ichiga oladi. Global marketingni rejalashtirish va amalga oshirish jarayoni: Dastlabki bosqich–dastlabki ma’lumotlarni to’plash va muhim bo’lishi kutilayotgan xorijiy bozorlar orasidan eng ustuvorlarini tanlab olish uchun taxminiy tahlilni amalga oshirish5.
1-2-bosqich – Har bir ustuvor mamlakat uchun to’liq (to’laroq) ma’lumotlarni yig’ish. Bozordagi imkoniyatlar, tavakkalchiliklar va ularga mos ravishda korxonalarning har bir ustuvor bozordagi salohiyatining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash.
3-4-bosqich – korxonaning bosh maqsadlaridan kelib chiqqan holda tashqi iqtisodiy faoliyatning umumiy maqsadlari, chet el bozorlariga oid maqsadlar, bozorlarni tanlash va segmentlashni aniqlash. Bozorga kirib borish strategiya variantlari va tashqi iqtisodiy aloqa shakllarini ishlab chiqish.
5-6-bosqich – muqobil strategiyalarni korxona salohiyatining maqsad va strategiyalarga mos kelishi va amalga oshirilishi bo’yicha baholash. Har bir ustuvor mamlakat bo’yicha marketing rejasini ishlab chiqish va korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati bo’yicha umuiy strategiyani optimallashtirish.
7-8-bosqich – marketing chora-tadbirlari tezkor rejalarini ishlab chiqish va qabul qilishdan so’ng ularni amalga oshirish, nazorat qilish.
9-bosqich – konsepsiyani aniqlash va unga o’zgartirish kiritish.
Jahon bozorida marketing tamoyillari va usullari asosida ish yuritishning hamma uchun bir xil formulasi mavjud emas. Bunday faoliyatning muayyan shakllari bir-biridan sezilarli farq qilishi mumkin. Marketing yondashuvida asosiysi maqsadli yo’nalganlik, marketing faoliyati va boshqa tudagi faoliyatlarning tarkibiy qismlarini belgilangan strategik maqsadlarga erishish uchun yagona yo’naltirilgan texnologiya jarayoniga birlashtirishdir.
Global marketing faoliyatining tashkil etish asosiy konsepsiyalari kuyidagilar:
Ishlab chiqarish konsepsiyasi xalqaro bozor sub’ektlarining tijorat-xo’jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo’lib, bunda sotuvchi ishlab chiqarishni takomillashtirish va tovar taqsimoti tizimining samaradorligini oshirish hisobiga o’zmahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishni mo’ljallaydi. Bunda ichki 16 ishlab chiqarish imkoniyatlari hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Mazkur vazifani bajarish uchun ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, ishlab chiqarish texnologiyalarini yaxshilash, xarajatlarni qisqartirish, mehnat mahsuldorligini oshirish kabi usullardan foydalanishi mumkin. Ishlab chiqarish konsepsiyasi ikki xil holatda qo’llanishi mumkin:
«sotuvchi bozori» sharoitida, ya’ni tovarga talab taklifdan yuqori bo’lganda; ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi yuqori bo’lib, uni pasaytirish zarur bo’lganda. Ishlab chiqarish konsepsiyasidan Genri Ford tijorat faoliyatini boshlagan paytda keng foydalangan. O’sha davrda Amerikaning avtomobil bozorida «sotuvchi bozori» hukmron edi: avtomashinalarni tanlab olish cheklangan bo’lib, ularning narxi juda yuqori edi. Ishlab chiqarishni takomillashtirib olgach, Forda mahsulot tannarxini pasaytirishga erishdi. Bu esa avtomashinalarning keng iste’molchiarga ommasiga yetib borishini osonlashtirdi.
Тovar konsepsiyasi xalqaro bozor sub’ektlarining tijorat-xo’jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo’lib, bunda sotuvchi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori sifati uning eng yaxshi ekspluatatsiya tavsifnomalari bilan uyg’unlashgan holdagina o’z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishdan umid qiladi. Ishlab chiqaruvchi barcha hatti-harakatlarini tovarni takomillashtirishga qaratadi. Buning uchun foydalaniluvchi usullar xuddi ishlab chiqarish konsepsiyasida qo’llanuvchi usullarga o’xshab ketadi. Ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishda asosiy o’rinni IТТKI egallaydi.
Sotuv konsepsiyasi xalqaro bozor sub’ektlarining tijorat-xo’jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo’lib, bunda sotuvchi sotuv sohasiga ko’p kuch sarflagan holda o’z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishga harakat qiladi. Sotuvchi faoliyatining asosiy vazifasi deb zarur sotuv hajmiga erishishni belgilaydi. Chet ellik xaridorga sotuvni rag’batlantirishning turli usullari yordamida ta’sir ko’rsatar ekan, sotuvchi uni o’z tovarlarini sotib olishga undaydi. Ko’p hollarda sotuvchi 17 xaridorning ehtiyojlarini qondirish ustida bosh qotirmasdan, o’z mahsulotlarini zo’rlab sotish siyosatini ham qo’llaydi. Sotuv konsepsiyasi ma’lum vaqt davomidagina potensial xaridorlar soni yetarli bo’lganda samarali bo’lishi mumkin.
Marketing konsepsiyasi xalqaro bozor sub’ektlarining tijorat-xo’jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo’lib, bunda chet ellik xaridorlarning ehtiyojlarini aniqlab, ularni o’z raqobatchilariga nisbatan samaraliroq qondirish usullarini topgan holdagina o’z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishni mo’ljallaydi. O’z maqsadlarigsha erishish uchun ishlab chiqaruvchi birinchi o’ringa chet ellik xaridorlarning muayyan ehtiyojlarini qo’yadi. Shu sababli boshqaruvda asosiy e’tiborni ishlab chiqarish faoliyatidan o’z mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojni marketing usullari tizimi yordamida saqlab qolish va kengaytirishga qaratish zarurati tug’iladi.
Shu tariqa, marketing konsepsiyasi bu chet ellik xaridorga yo’nalganlik bo’lib, ishlab chiqarishni uning manfaatlariga xizmat qilishiga asosalanadi.
Jamoatchilik marketingi konsepsiyasi xalqaro bozor sub’ektlarining tijoratxo’jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo’lib, bunda sotuvchi xalqaro bozorning ehtiyojlarini aniqlab, ularni o’z raqobatchilariga nisbatan samaraliroq qondirish usullarini topgan holda, ayrim chet ellik xaridorlar va umuman jahon hamjamiyatining uzoq muddatli manfaatlariga mos holda o’z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishni mo’ljallaydi. Bunday konsepsiyaning paydo bo’lganiga hali ko’p bo’lgani yo’q. Uning paydo bo’lishiga ekologik muhitning yomonlashuvi, xom-ashyo va energetika taqchilligining yuzaga kelishi, inflyatsiya jarayonlarining chuqurlashuvi, demografik ahvolning jiddiylashuvi kabi holatlar sabab bo’ldi. Faoliyatini ushbu konsepsiya doirasida tashkil etuvchi korxona o’z oldiga xalqaro hamjamiyatning manfaatlariga mos ravishda chet ellik xaridorlarning ehtiyojlarini qondirishni maqsad qilib qo’yadi.
Prezidentimiz o’z ma’ruzalarida “O’ylaymanki, bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlikni kengaytirish uchun biznesning yangi tashkiliy-xuquqiy shakli sifatida oilaviy biznesni qonuniy belgilab qo’yish vaqti keldi . Mamlakatimizda biznesni tashkil qilishning ushbu shakli biznesni yuritishda yuzaga kelgan milliy an’nalarimizga, xo’jalik yuritish faoliyatining mavjud xolatiga to’la mos keladi” 11 –deb ta’kidlagan edilar.
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo’jaligining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondoshishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o’rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat pirovardida iste’molchilarni o’ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadiResurslarni yetkazib beruvchilar o’zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o’rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to’liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo’ladi.
Raqobat iste’molchilar o’rtasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lishga harakat qiladilar. Arzon va sifatli tovarni sotib olish uchun kurashadilar.
O’z navbatida xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so’m xarajati evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga ega bo’lishga harakat qiladi.
Aksariyat holatlarda raqobatni bevosita tovarlar yoki tarmoqlar o’rtasidagi kurash sifatida ta’riflaydilar: «Тovarlar hamda ularning ishlab chiqaruvchilari – firmalar, tarmoqlar, mamlakatlar o’zaro raqobatlashadilar. Shunga ko’ra, raqobat va raqobatbardoshlikni ham tovarlar, ham tovar ishlab chiqaruvchilarga nisbatan ko’rib chiqish mumkin».
Shu o’rinda raqobatning tovarlar o’rtasidagi o’zaro munosabat sifatida qaralishi ilmiy jihatdan noto’g’ri deb hisoblaymiz. Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida kishilar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni o’rganadi. Raqobat kurashi ham, yuqorida qayd etilganidek, shunday munosabatlardan biri bo’lib hisoblanadi. Тovarlar esa, o’zida qiymat va naflilikni mujassamlashtiruvchi mehnat mahsuli sifatida o’zaro munosabatga kirisha olmaydilar. Faqat kishilar o’rtasidagi raqobat munosabatlarini namoyon etishda vositachilik rolini o’ynaydilar.
Ma’lumki, kurash – bu o’z manfaatini himoya qilish, raqibni yengib chiqish hamda g’olib bo’lish uchun harakat, turli vosita va usullarni ishga solish demakdir. Тovarlar esa raqobat jarayonida o’zlarining raqobatbardoshlik xususiyatlarini bevosita o’zgartira olmaydilar, ya’ni kurasha olmaydilar. Ularning bu jarayondagi ishtiroki passiv hisoblanadi. Тovarlarning raqobat kurashida yengib chiqishi ular ishlab chiqaruvchilarining hatti-harakati va salohiyatiga bog’liq bo’ladi. Shundan kelib chiqqan holda firma va tarmoqlar, qolaversa mamlakatlar o’rtasidagi raqobat ham pirovardida ularning tarkib toptiruvchilari hisoblangan tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi raqobat orqali namoyon bo’ladi.
Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko’rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo’ladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1) tartibga solish vazifasi;
2) resurslarni joylashtirish vazifasi;
3) innovatsion vazifa;
4) moslashtirish vazifasi;6
5) taqsimlash vazifasi;
6) nazorat qilish vazifasi.
Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o’tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko’p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko’rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo’naltirilgan bo’lib, ularning shunchaki o’zini-o’zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo’jalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o’tishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o’rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir o’tkazadi.
Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka yo’naltiriladi.
Raqobat kurashining mazmuni to’g’risida to’laroq tushunchaga ega bo’lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko’rib chiqish zarur.
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to’rtta shakli alohida ajratilib ko’rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir.
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko’p sonli korxonalar mavjud bo’ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko’plab sotuvchilar o’zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar.
Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo’lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning ko’payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot narxiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi.
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. Buning sababi oddiy. U mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi.
Monopolistik raqobat o’z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o’nlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar. Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o’z mahsulotini tabaqalashtirish, ya’ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo’yicha farqlantirish orqali uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.
Oligopoliya – tarmoqda u qadar ko’p bo’lmagan korxonalarning mavjud bo’lishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.
Biz qarab chiqqan raqobatning to’rtta shaklining har biri milliy iqtisodiyotda alohida-alohida, ya’ni sof holda uchramaydi. Iqtisodiyot sohalarini batafsil o’rganish, cheksiz ko’p har xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida, ikkita bir xil tarmoqni topish qiyinligini ko’rsatadi.
Hozirda turli darajadagi monopolistik tuzilmalar rivojlanib borishi bilan ular o’rtasidagi raqobatning shakllari ham turli ko’rinishlarda namoyon bo’lib bormoqda. Jumladan, turli monopollashuv darajasidagi tuzilmalar o’rtasida mavjud bo’lishiga ko’ra quyidagi raqobat turlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1) monopollashmagan korxonalar o’rtasidagi raqobat;
2) monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat;
3)turli monopoliyalar o’rtasidagi raqobat;
4) monopolistik birlashmalar o’zining ichidagi raqobat.
O’z miqyosiga ko’ra raqobat ikki turga - tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo’linadi.
Тarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo’lish, qo’shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o’rtasida boradi. Har bir tarmoqda texnika bilan ta’minlanish darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo’lgan korxonalar borligi sababli shu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bo’lmaydi.
Тarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o’rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi.
Тarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat unumdorligi yuqori bo’lgan korxonalar qo’shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan nochor korxonalar esa, o’zlarida ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo’qotadilar va zarar ko’radilar.
Тarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o’rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda normasi kam bo’lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib o’tishiga sabab bo’ladi. Yangi kapitallar ko’proq foyda 23 keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko’payishiga olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o’zgaradi, tovarlarga bo’lgan talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko’tariladi, shu bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat ob’ektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qayerga sarflanganligidan qat’iy nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishni ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o’rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi».
Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda g’irrom va halol raqobatlashuv usullari ham ajratib ko’rsatiladi. Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro’siga putur yetkazish va h.k.) usullaridan foydalanish g’irrom raqobat deb yuritiladi. G’irrom raqobat orqali firmalar o’z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Bank va resurslarni yetkazib beruvchilarni material va kredit berishdan voz kechirish, yetakchi mutaxassislarni og’dirib olish, narxni keskin pasaytirish g’irrom raqobatning oddiy usullaridir.
Halol raqobat – raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan, iqtisodiy usullarni qo’llash, o’zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo’llamaslik kabi qoidalarga asoslanadi. Shu o’rinda halol raqobatning quyidagi belgilarini ham ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
- qalbaki bellashuv, majburiy safarbarlikni tan olmaydi;
- boqimandalik, befarqlik, yuzakichilik, ko’zbo’yamachilik kabi salbiy holatlarga barham beradi;
- qarindosh-urug’chilikni, oshna-og’aynigarchilikni, tanish-bilishlikni, ma’muriy-buyruqbozlikni tan olmaydi.
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat.
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo’lib ishlab chiqaruvchilarning o’z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarining shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi.
Uning asosiy va eng ko’p qo’llaniladigan ko’rinishi – «narxlar jangi» deb ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo’llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi keraq bo’ladi. Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past bo’lib, mazkur tovar narxini tushurish imkoniyatini beradi.
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri - demping narxlarni qo’llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o’zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo’lgan narxlarda sotadi.
Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo’qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o’zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga xaraqat qiladi.
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan chegirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo’shib berish, muayyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi.7
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida raqobat qilish o’z o’rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o’z mahsulotiga narxni pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday xaraqat qilishini taqozo qiladi. Bu bozorda firmalarning mavqeini o’zgartirmaydi, faqat tarmoq bo’yicha foydani kamaytiradi.
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko’rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro’-e’tibori hisoblanadi. Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham bo’lishi mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va iste’mol xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro’y berishi keraq. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko’payishi ularning sotishni rag’batlantiruvchi reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni keltirib chiqarmoqda. Iste’molchilik bozorida qo’shimcha xizmat ko’rsatish orqali xaridorlarni o’ziga jalb qilish keng tarqalmoqda.
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki, bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo’lishi, lekin turli-tuman iste’mol xossalariga ega bo’lishi mumkin.
Тovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo’lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar tovarlarini kreditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kelishlari mumkin. Bunda dastlab tovar narxining faqat bir qismi to’lanadi, uning qolgan qismi esa shartnomada kelishilgan aniq muddatlarda to’lanadi.
Fan-texnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, texnika va texnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash raqobatning asosiy usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar xaridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan iste’molchilik tovarlariga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko’rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan, kompyuter ishlab chiqaruvchi firma, 26 o’z mahsulotini sotibgina qolmasdan, balki uni o’rnatadi, korxona xodimlarini ulardan foydalanishga o’rgatadi, kafolatlangan muddatda va undan keyingi davrda ta’mir ishlarini bajaradi, texnikaviy xizmatni amalga oshiradi; maxsulotlari o’lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi.
Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo’lib, u mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o’rgangan va iste’molchilar ehtiyojlarini to’laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat kurashida yutib chiqadi.
Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o’zgartirish uchun o’zlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar. Shu sababli iqtisodiy beqarorlik davrlarida ham narx barqorligicha qolaveradi.
Shunday qilib, monopoliyalar hukmron bo’lgan sharoitda narxsiz raqobat muhim o’rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar sifatini oshirish, iste’molchilarga xizmat ko’rsatishni yaxshilash yo’li bilan sotiladigan tovar hajmini ko’paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy jihatdan kuchli bo’lganligi sababli masulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta jihozlash va reklamaga zarur bo’lgan mablag’ni sarflay oladilar.
Har qanday ijtimoiy tuzumda raqobat muayyan ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Keng ma’noda raqobat deganda, bir maqsad sari intilayotgan sub’ektlarning faol musobaqadagi o’zaro munosabatlari tushuniladi. Shunga ko’ra raqobat:
- musobaqa ishtirokchilari o’rtasida maqsadga yetishning eng yaxshi vositalariga ega bo’lganlarni va boshqalarga qaraganda ulardan mahorat ila foydalana oladiganlarni ro’yobga chiqaradi (tanlash vositasi);
- muayyan vazifani (oqilona) hal etish yo’lini rag’batlantiradi va yo’lni musobaqa ishtirokchilari faoliyatining natijalarini qiyoslash, tekshirish va sinash asosida topishga yordam beradi;
- bellashuv ishtirokchilari intilayotgan maqsadga erishish yoki mavjud sharoitlarda unga imkoni bor darajada yaqinlashishni rag’batlantiradi.
“Raqobatsiz bozor iqtisodiyotini bo’lishi mumkin emas va bunday iqtisodiyot mavjud bo’la olmaydi ham”.
Raqobat ijtimoiy nuqtai nazardan maqbul narsa, yakka tartibda esa tadbirkorga imkoniyati bo’lganda raqiblar sonini cheklash yoki birgalikda raqobatni susaytirish uchun raqiblar bilan kelishishga intilish xos bo’ladi.
Biron-bir yakka shaxslarni irodasiga bog’liq bo’lmagan holda raqobatni susaytiradigan omlilar ham mavjud. Masalan, murakab ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni qo’llash katta moliyaviy sarflar, barqaror xomashyo manbaalari, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish uchun yirik bozorlarni talab etadi. Bularning barchasini kattaligi bozor miqyoslari bilan qiyoslanganda sezilarli bo’lgan ulkan korxonalarni barpo etish zarurati talab qilinadi. Shunday qilib, murakkab va qimmatbaho zamoanyi texnologiyalarning joriy etilishi tarmoqda soni ko’p mayda korxonalarning emas, balki bir necha yirik korxonaning bo’lishini taqozo etadi.
Nihoyat, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar raqobatni istisno etadigan yoki cheklaydigan tarmoqlar – temir yo’l transporti, aloqa, energetika tarmoqlari va boshqalar mavjud. Agar firma yoki kompaniya o’z raqiblarining xatti xarakatlarini kuzatib bormasa u ko’zini boglab olib raqobatlashmoqchi bo’lgan xisoblanadi. Хuddi shaxmatdagidek raqobat kurashida xam raqibining keyingi yurishini oldindan ko’ra bilish bebaxo axamiyatga egadir.
Agar raqibining8 keyingi qadamini bilmasa, kompaniya Galaba qozonolmaydi. Bu boradagi raqobat kurashi quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi:
1-Raqiblar strategiyasini aniqlash. Buning uchun raqib kompaniya faoliyatining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari , uning bozordagi mavqei , strategik maqsadlari raqobat strategiyasi o’rganiladi.
2-Kelajakda tarmoqning yetakchisi bo’lishi o’ki yetakchi bo’lgan firmalarni aniqlash. Buning uchun xar bir firmaning potensial imkoniyatlarini o’rganib ularning ichidan boshqalardan o’zib ketish o’ki o’zib bo’lgan firmalar belgilanadi. Kelajakda qaysi firmalar o’z mavqeini yo’qotadi , qaysi biri yetakchi bo’lishi mumkinligini to’g’ri belgilash firmaning strategiyasini tuzishda muxim axamiyat kasb etadi.
3-Raqiblarning keyingi qadamini oldindan ko’ra bilish. Agressiv raqib odatda qandaydir yangi strategik qadam qo’yadi. O’zining bozordagi mavqeidan qanoatlanadigan firmalar esa amaldagi strategiyasini saqlab turadi. Omadsiz firmalarning axvoli shuqadar yomon bo’ladi-ki, ular yaxshi o’ylanmagan bo’lsa xam xujumga o’tishga majbur bo’ladilar.
Raqibning keyingi qadamini oldindan aytib berish uchun o’sha kompaniyadagi vaziyatni raxbariyatning kayfiyatini, ularning fikrlash tarzini bilish lozim. Raqib xaqida axborot yig’ishga qaratilgan razvedka faoliyati uning xarakatlarini oldindan bilish va samarali qarshi choralar ko’rish imkonini beradi.
Muvaffaqiyatning asosiy omillari (MAO) - muayyan tarmoqdagi moliyaviy va raqobatli muvaffaqiyatning asosiy belgilovchi omillaridir. Ularni aniqlash - strategiya ishlab chiqishning asosiy yo’nalishlaridan biridir. Ular strategiyani ishlab chiqishda hal qiluvchi rol o’ynashi mumkin, biroq ular turli tarmoqlarda turlicha bo’ladi. Odatda bir tarmoqqa shunga o’xshash uch-to’rtta omil xarakterli bo’lib, ularning bir-ikkitasi eng muhimi bo’lib, taxlilning vazifasi ularni aniqlashdan iborat bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining “Raqobat to’g’risida” 15gi qonunida raqobat va unga tegishli tushunchalar to’g’risida qo’yidagicha ta’rif berilgan:
insofsiz raqobat — xo’jalik yurituvchi sub’ektning yoki shaxslar guruhining iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda afzalliklarga ega bo’lishga qaratilgan, qonun hujjatlariga, ish muomalasi odatlariga zid bo’lgan hamda boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga (raqobatchilarga) zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo’lgan yoxud ularning ishchanlik obro’siga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin bo’lgan harakatlari;
kamsituvchi shartlar (sharoitlar) — tovar yoki moliya bozoriga kirish, tovarni ishlab chiqarish, iste’mol qilish, olish, realizatsiya qilish, o’zgacha tarzda boshqa shaxsga o’tkazish shartlari (sharoitlari) bo’lib, ular boshqa teng shartlarda (sharoitlarda) bitta yoki bir nechta xo’jalik yurituvchi sub’ektni o’zga xo’jalik yurituvchi sub’ekt (raqobatchi) bilan taqqoslaganda teng bo’lmagan holatga solib qo’yadi;
kelishib olingan harakatlar — tovar yoki moliya bozorida ikki yoki undan ortiq xo’jalik yurituvchi sub’ektning bozorning mazkur ishtirokchilaridan har birining manfaatlarini qanoatlantiradigan va ulardan har biriga oldindan ma’lum bo’lgan, raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo’lgan harakatlari;
noto’g’ri taqqoslash — raqobatchilar yoki boshqa shaxslar tomonidan tarqatiladigan, tovar yoki moliya bozorida ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektga afzalliklar yaratadigan yoxud xo’jalik yurituvchi sub’ektni (raqobatchini) yoki raqobatchi ishlab chiqargan tovarni yomonlovchi yolg’on, noaniq yoki buzib taqqoslash;
O’zbekiston Respublikasining “Raqobat to’g’risida” 15gi qonunida raqobat va unga tegishli tushunchalar to’g’risida qo’yidagicha ta’rif berilgan: insofsiz raqobat — xo’jalik yurituvchi sub’ektning yoki shaxslar guruhining iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda afzalliklarga ega bo’lishga qaratilgan, qonun hujjatlariga, ish muomalasi odatlariga zid bo’lgan hamda boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga (raqobatchilarga) zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo’lgan yoxud ularning ishchanlik obro’siga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin bo’lgan harakatlari;
kamsituvchi shartlar (sharoitlar) — tovar yoki moliya bozoriga kirish, tovarni ishlab chiqarish, iste’mol qilish, olish, realizatsiya qilish, o’zgacha tarzda boshqa shaxsga o’tkazish shartlari (sharoitlari) bo’lib, ular boshqa teng shartlarda (sharoitlarda) bitta yoki bir nechta xo’jalik yurituvchi sub’ektni o’zga xo’jalik yurituvchi sub’ekt (raqobatchi) bilan taqqoslaganda teng bo’lmagan holatga solib qo’yadi;
kelishib olingan harakatlar — tovar yoki moliya bozorida ikki yoki undan ortiq xo’jalik yurituvchi sub’ektning bozorning mazkur ishtirokchilaridan har birining manfaatlarini qanoatlantiradigan va ulardan har biriga oldindan ma’lum bo’lgan, raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo’lgan harakatlari; noto’g’ri taqqoslash — raqobatchilar yoki boshqa shaxslar tomonidan tarqatiladigan, tovar yoki moliya bozorida ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektga afzalliklar yaratadigan yoxud xo’jalik yurituvchi sub’ektni (raqobatchini) yoki raqobatchi ishlab chiqargan tovarni yomonlovchi yolg’on, noaniq yoki buzib taqqoslash;
raqobat — xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo’lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya9 bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta’sir ko’rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi;
raqobatga qarshi harakatlar — raqobat to’g’risidagi qonun hujjatlarida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun man etilgan harakatlar, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ular mansabdor shaxslarining raqobatni cheklashga qaratilgan harakatlari (harakatsizligi);
Rossiyalik iqtisodchi olimlardan biri, professor I.A. Spiridonov “Хalqaro raqobat va Rossiya iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish yo’llari” nomli o’quv qo’llanmasida “Raqobat - bu, o’zaro ta’sir bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy jarayondir ya’ni, o’z mahsulotini sotish uchun juda zo’r imkoniyatni ta’minlash, xaridorlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish va yuqori daromad olish maqsadida bozorga chiqayotgan korxonalarning o’zaro aloqadorlikda bo’lgan kurashidir” 16 ,-deb tarif bergan bo’lsa, A.V. Lukina o’zining “Тovar va xizmatlar marketingi” nomli o’quv qo’llanmasida “Raqobat – bu bozorda korxonalarning potensial foydalanuvchilarning e’tiborini egallab olishga yo’naltirilgan raqiblik kurashidir17”, - deb takidlab o’tgan edi.
Yu.B. Rubin o’zining “Тadbirkorlik raqobatining nazariyasi va amaliyoti” nomli o’quv qo’llanmasida raqobat – shunday unumli korchalonlik munosabatlarini tavsiflovchi holat bo’lib, biznesning raqobatlashuvchi sub’ektlarini bir-birlariga o’z manfaatlarini majburan qabul qildirmoqchi bo’lishadi. Lekin ularning birortasi ham so’nggi muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Ana shuning uchun ham sub’ektlar doimo o’zaro raqobat qilishga majbur bo’lishadi. Bundan tashqari muallif o’z asarida raqobatning bir necha turlarini (global, intensiv, ekstensiv, tarmoqlararo, mahsulotlararo, ko’pmillatli 10 ko’ptomonlama o’tkir, mobil, shiddatli, o’tkir va boshqalar) ham keltirib tahlil qilib chiqqan .
Ye.I. Mazilkina va G.G. Panichkinalar “Raqobatbardoshlikni boshqarish” nomli o’quv qo’llanmasida “Raqobat deganda, sotuvlarni amalga oshirishda o’zlarining raqobat ustunliklari foydalanuvchi, ishlab chiqaruvchi va ta’minotchilarning birgalikdagi harakatini tushunmoq kerak deb, raqabat alohida olingan tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi yoki ta’minotchilari o’rtasidagi xaridorlar tanlovi uchun bellashuv va raqiblik kurashidir”, - deb ta’rif beradi.
R.A. Fatxutdinov o’zining “Strategik marketing” nomli darsligida “Raqobat – bu qonunchilik doirasida yoki tabiiy sharoitda ob’ektiv va sub’ektiv ehtiyojlarni qondirish uchun raqobatchilar bilan kurashishda g’oliblikni qo’lga kiritish uchun aniq bir bozor yoki hududda sub’ekt tomonidan o’zining raqobatda afzalligini (ustunligini) boshqarish jarayonidir”, - deb ta’rif beradi.
Shu bilan birga raqobat jamiyatni rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch bo’lib, tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar tovar va xizmatlarni sifatini oshirish, narxini pasaytirish borasida yangi yo’llarni doimo qidirib topishga doimiy majbur qilib turadi.
Professor A.Sh. Bekmurodov va boshqalar o’zlarining “Ommabob iqtisodiyot: mohiyat va asosiy tushunchalar” nomli asarida “Raqobat – bu ne’matlar miqdori va iste’mol talabi cheklangan joyda yuzaga keladigan manfaatlar to’qnashuvidir19”, - deb ko’rsatadi.
Shunday qilib, yuqorida qayd qilib o’tgan xorijiy va mahalliy olimlarning raqobat borasidagi ilmiy-nazariy va uslubiy yondashuvlariga asoslanib, shunday ta’rifni berishimiz mumkin: “Raqobat – bu o’zi uchun to’kin-sochin hayotni ta’minlash maqsadida iste’molchilarni o’zining tovar yoki xizmatlari bilan narx va 18 1132 sifat muvofiqligi yoki nafligi bilan ishonchini qozonish orqali ularning pul mablag’lariga ega bo’lish uchun bozor sub’ektlari orasidagi bahs, musobaqa va kurashdir”, - degan fikrga kelishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |