I.Bob Turizm hizmatlari va mahsulotlari
1.Turizm industriyasi va infratuzilmasi
2.Turizmning turlari
3.Turistlarning sayohat maqsadlari
II.Bob Turizmni rivojlantirishda turlarning ahamiyati
1.O’zbekistonda mavjud sayohatlar
2.O’zbekistonda zamonaviy turizm trurlarining rivojlanishi
3.
Xulosa…..
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Bugungi kunda turizm – mamlakatimiz iqtisodiyotining ertangi kuni sifatida baholanmoqda. Ertangi kunimiz yorug‘ bo‘lishi uchun bugun uning chiroqlarini yoqishimiz, ertangi kunimiz mustahkam bo‘lishi uchun bugun uning mastahkam paydevorini yaratimiz kerak bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ―O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi Farmoniga1 muvofiq sayyohlik mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida belgilandi. Turizmni rivojlantirish qo‘mitasining tashkil qilinishi va uning mintaqaviy tuzilmalari shtat birliklari oshirilgani, hududlarda turizm departamentlari va boshqarmalari, hokim o‘rinbosarlari lavozimlari joriy qilingani mazkur sohani boshqarish bo‘yicha imkoniyatlarni yanada kengaytirgani turizm sohasining rivojlanishi uchun yangi bosqichni boshlab berdi. Turizmdan keng miqyosda foydalanish lozim. Ushbu sohaning rivojlanishi nafaqat pul tushumini, balki yangi ish o‘rinlarining ham ochilishini ta‘minlaydi. Buni inobatga olib Davlatimiz rahbari: ―Agar biz turizm hisobiga ish o‘rinlari ochamiz desak, turistga shart qo‘yish emas, balki sharoit yaratishimiz zarur, deb uqtirdi. Bugungi kunda mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni taʼminlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.Viza rejimining liberallashtirilishi, chet el fuqarolarini roʻyxatga olish turizm tarmogʻini rivojlantirish uchun imtiyoz va preferensiyalar berilishi milliy turizm salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda samarali targʻib qilish imkonini berdi. Turizmni, avvalambor, xususiy sektorda rivojlantirish uchun qulay shartsharoitlar yaratish, koʻrsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va kompleks ravishda targʻib qilish, bularning barchasi 2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiqdir. Turizm industriyasi subyektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan turizm faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini va normativ-huquqiy baza shakllanmoqda. Turizmning rivojlanishidagi barcha to‘siq va g‘ovlarga barham berish, viza va ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillarini, pasport va bojxona nazoratini soddalashtirish, turizm sohasini davlat tomonidan boshqarish va bozorga xos tarzda tartibga solish mexanizmini maqbullashtirilmoqda, bu esa bitiruv malakaviy ishining dolzarbligini belgilab beradi.
Turizm (fransuzcha: our — sayr, sayohat), sayyohlik — sayohat (safar) qilish; faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sogʻlomlashtirish, maʼrifiy, kasbiyamaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq toʻlanadigan faoliyat bilan shugʻullanmagan holda uzogʻi bilan 1 yil muddatga joʻnab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi.
Dastlab Angliyadan Fransiyag uyushgan sayyohlik tashkil etilgan (1815). Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 1843-yilda 1-temir yoʻl sayyohligini tashkil qildi. Shundan soʻng u oʻzining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866-yilda dastlabki sayyoxlik guruxlari AQShga joʻnatiddi. Sharqda arab sayyohi Ibn Battuta 21 yoshida sayohatini boshlab, deyarli barcha Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarini piyoda kezib chiqdi.
Movarounnahrda ilk sayyohlarning safarlari Amir Temur va Temuriylar davrida faollashgan. Amir Temur fransuz qiroli Karl VI va ingliz qiroli Genrix IV bilan doimiy aloqada boʻlgan. Uning elchisi 1403-yili Parijga kelgan. Ispaniyalik Klavixoning "Buyuk Temurning hayoti va faoliyati" kitobida Movarounnahrdagi ijtimoiy hayot va sayyoxlarning Temur davlatiga intilishi aks etgan.
Hozirgi davrda Turizm dunyoning juda koʻp mamlakatlarida ommaviy tus olgan. Odatda, Turizm turizm tashkilotlari orqali turizm marshrutlari boʻyicha uyushtiriladi. Turizmning juda koʻp turlari va shakllari mavjud (ichki, xalqaro, havaskorlik turizmi, uyushgan turizm, yaqin joyga sayohat, uzoqqa sayohat, bilim saviyasini kengaytirish maqsadidagi turizm, toqqa chiqish, suv turizmi, avtoturizm, piyoda yuriladigan turizm, sport turizmi va boshqalar).
Oʻzbekistonda turizm sohasiga rahbarlikni "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi (27-iyul 1992-yilda tuzilgan) olib boradi. Kompaniyaning asosiy vazifasi turizm infrastrukturasini rivojlantirish, chet el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish, yangi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqish, xizmatlar doirasini kengaitirish va boshqalardan iborat.
"Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqqan: klassik yoʻnalish (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent; Toshkent, Samarkand, BuxoroShahrisabz, Toshkent). Bu yoʻnalish eng qad. yodgorliklar va boshqa tarixiymadaniy obidalarga tashrif bilan bogʻliq; ekologik turizm yoʻnalishi (Chimyon, Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Zomin qoʻriqxonasi, Buxoro viloyatidagi qoʻriqxonalar). Bu yoʻnalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun ekologik jihatdan qulay gʻamda foydali hisoblanadigan joylarga tashrif bilan bogʻliq; arxeologik turizm yoʻnalishi (Qoraqalpogʻiston, Surxondaryo, Samarkand hududdari boʻylab). Bu yoʻnalish Oʻzbekistonning eng qad. topilmalari va arxeologik qazishmalar olib borilayotgan joylari bilan tanishishni maqsad qilib qoʻyadi; ekstre mal turizm yoʻnalishi (Chimyon, Fargʻona vodiysi, Orol boʻyi, Buxoro, Navoiy viloyati hududlari boʻylab); liniy turizm yoʻnalishi (Toshkent, Samarkand, Buxoro, Toshkent) — mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bogʻliq.
Turizm sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, turistlar va turistik faoliyat subʼyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining "Turizm toʻgʻrisida"gi qonuni kabul kilingan (20-avgust 1999). Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2005-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida"gi farmoni (15-aprel 1999) sohani rivojlantirishda muhim omil boʻldi.
Turizm tashkilotlarini takomillashtirish hamda kichik va oʻrta turistik korxonalarning xizmat koʻrsatish bozorini faollashtirish, shuningdek, xorijiy sarmoyani turizm sohasiga jalb kilish maqsadida 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan Toshkentda "Xususiy sayyoxlik tashkilotlari uyushmasi" tashkil etildi. U 300 dan ziyod turistik korxonalar bilan yaqindan aloqada boʻlib faoliyat olib boradi. Oʻzbekistonda "Kumushkon" turistik bazasi va "Sanzar" kemping majmuasi mavjud boʻlib, ular "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi tizimi tashkilotlari hisoblanadi. Shu bilan birga Chorvoq, Chimyon, Beldersoy dam olish oromgohlari va yuzga yaqin xususiy mehmonxonalar ishlab turibdi. Oʻzbekistonda koʻplab turistlarni qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan mehmonxonalar soni tobora oʻsib bormoqda.
Oʻzbekiston 1993-yilda oʻz safiga 120 dan ortiq mamlakatni birlashtirgan Jahon turistik tashkiloti (WTO; 1975-yilda tuzilgan)ga aʼzo boʻldi. Shuningdek, Oʻzbekiston WTO Yevropa komissiyasi rayosatining ham aʼzosidir. 2004-yil "Buyuk ipak yoʻli" loyihasi doirasida Samarkand viloyatida Jahon turistik tashkilotining vakolatxonasini ochish koʻzda tutilgan.
Bugungi kunda «turizm industriyasi» tushunchasining ko‘plab ta’riflari mavjud bo‘lib, bunday ta’riflardan eng ishonchli va mukammalroqlaridan biri Birlashgan MillatlarTashkilotining 1971-yilda o‘tkazilgan savdo va taraqqiyotga bag‘ishlangan anjumanida berilgan edi. Ushbu anjumanda e’tirof etilganidek, turizm industriyasi turistlar ehtiyojini qondirish uchun turistik mahsulotlar yaratishga yo‘naltirilgan barcha turistik tashkilotlarning turli faoliyatlar yig‘indisidan iborat. Keyingi yillar davomida ushbu ta’rifning mazmun va mohiyatini aniqlash hamda turizm industriyasining tarkibiy qismlarini tavsiflash yo‘lida ko‘plab tadqiqotlar bo‘ldi. Ammo bunga qo‘l urgan tadqiqotchi va amaliyotchilar turli qiyinchilik to‘siqlarga duch keldilar. Bunday qiyinchiliklarning yuzaga kelishiga asosiy sabab turizm industriyasining iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan chambarchas bog‘liqligidadir.
Turizmning keng darajadagi ehtiyojini qondirishda sanoat va qishloq xo‘jaligi, qurilish va savdo sohalari yagona, alohida bir tuzilmalar sifatida ishtirok etadilar. Shu sababli, turizm industriyasini boshqa sohalardan keskin chegaralash o‘ta mushkul masaladir. Hozirgi kunda faol iste’molchi o‘ziga kerakli, xizmatlar haqida individual tasavvurini shakllantiradi va bu taklifga bevosita ta’sir o‘tkazadi. Natijada turizm industriyasi o‘z tarkibini o‘zgartirib, yangi, zamonaviy turistning xohish-istaklari hisobga olingan turistik-rekreatsion ob’ektlarni yaratadi hamda turistlarga xizmat ko‘rsatish sohasiga yashash tarzining qulayligi va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning yuqori sifatliligini, originalligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan yangi faoliyat turlarini jalb etadi. Bu esa, o‘z navbatida, turizm infratuzilmasini tashkil etuvchi muhit va resurslardan jadal foydalanishga hamda avvallari turistik hisoblanmagan yangi resurslarni (qishloq va ekologik turizm) muomalaga jalb etishga undaydi. Turizm industriyasi mavjud resurslar, balki muhitga nisbatan o‘z individual talabini shakllantirib, o‘zaro ta’sir harakterini o‘zgartiradi.
Turizm industriyasi – bu mehmonxonalar va joylashtirish vositalari, transport vositalari, umumiy ovqatlanish ob’ektlari, ko‘ngil ochish ob’ektlari va vositalari, davolash, sog‘lomlashtirish, sportga doir ishbilarmonlikka va boshqa maqsadlarga molik vositalar, turizm operatorlari va turizm agentligini amalga oshiruvchi, shuningdek, turizm infratuzilma tashkilotlari majmuidan iborat bo‘ladi.
Turistik industriya – turistik faoliyatning turistlarga xizmat ko‘rsatishini ta’minlovchi turli sub’ektlar (mehmonxonalar, turistik komplekslar, kempinglar, motellar, pansionatlar, transport korxonalari, madaniyat, eksport muassasalari va boshqalar) majmui, deb berilgan. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatning yoki turistik markazning ijtimoiy tuzilishidan qat’iy nazar turizm industriyasida turistik faoliyatni amalga oshiruvchi bir qancha turli xildagi korxonalar, chunonchi: turizmni tashkillashtiruvchi turoperator va turistik agentliklar mavjud. Bundan tashqari turistlarni tashuvchi, mehmonxonalar va joylashtirish tizimining boshqa korxonalari, umumiy ovqatlanish, attraksionlar shuningdek, ular qatoriga bank sohasidagi muassasalar, sug‘urta xizmati va boshqalar kiradi. Turizmning maxsus turlarida davolash muassasalari, o‘qitish tizimi muassasalari hamda aniq turistik mahsulotning maqsadlariga muvofiq keladigan sport va boshqa muassasalar ishtirok etishlari mumkin. Bu tashkilotlarning barchasi bir-birlarini uyg‘un ravishda to‘ldirishi va iste’molchi uchun zarur bo‘lgan hamda assortiment bo‘yicha yetarli darajadagi barcha xizmatlarni ko‘rsatadi. Turizm infratuzilmasi tushunchasi- turistik faoliyatni amalga oshirishda turistlarning turistik resurslaridan bemalol foydalanishini ta’minlovchi bino va inshoatlar tizimi, muxandislik va kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan yo‘llar, turizmning turli xizmat ko‘rsatish korxonalari va ularni kerakli darajada ishlatish va ta’minlash tushuniladi. Bu avtomobil va temir yo‘llar, yo‘l harakatini, havo yo‘llarini, dengiz va daryo yo‘lari, issiqlik, suv, elektr va telefon aloqalari bilan ta’minlash va boshqa kommunikatsiya tizimlaridir. Ma’lumki, turizm sohasida turistik resurslari, ya’ni tabiiy-iqlim, tarixiy-madaniy, ma’rifiy, ijtimoiy-maishiy turizm ob’ektlari bo‘lgan hududlarda kerakli infratuzilmani yaratish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Yo‘llarning ravonligiga qarab ham sayyohlar oqimining oshishi yoki kamayishi mumkin. Yo‘llar, bozorlar mamlakatning iqtisodiy va madaniy ahvoli qay darajada rivojlanganidan dalolat beradi.
Turist-avvalo dam oluvchi bo‘lib, unga ko‘rsatiladigan xizmatlar iste’molchisi ekanligini unutmasligimiz lozim. Bular nafaqat avtomobil yo‘llari, shuningdek, temir yo‘llarga ham taa’luqlidir. Vokzal va po‘ezd relslaridan tortib, uning ichidagi kommunikatsiya va muhandislik tarmoqlarining barchasi – turizm infratuzilmasining tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Nafaqat avtomobil yoki temir yo‘llar, xatto turistlar uchun maxsus ajratilgan yo‘llar va yo‘laklar ham talab darajasida bo‘lmog‘i kerak. Mehmonxona va shunga tenglashtirilgan joylardagi kommunikatsiya va muxandislik tarmoqlarida ham muammolar bo‘lmasligi turizm sohasining yangi pog‘onalarga ko‘tarilishida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Bir tasavvur qilib ko‘raylik: issiqlik tarmog‘i, elektr tarmog‘i past, kanalizatsiya tarmog‘i bo‘lmagan yoki ichimlik suvi talab darajada bo‘lmagan mehmonxonalarda turistning bo‘lishi, bular va boshqalar turizm infratuzilmasining rivojlanishidagi kechiktirib bo‘lmas va tezda xal qilinishi zarur bo‘lgan muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, olis, tog‘li joylar, yo‘l trassalari kabi hududlarda bu muammolarni hal etish katta kapital mablag‘ talab qiladi. Hozir Respublikamizning avtomobillar qatnaydigan trassalarida shoh bekatlarning ahvoli xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatadigan darajada emas. Turistlar tezda hojatini chiqarib oladigan yoki zarur tibbiy yordam beriladigan ob’ektlarning zamon talabi darajasida emasligi infratuzilma ob’ektlarini qurish borasidagi dolzarb ishlar qatoriga kiradi. Bir vaqtlar Buyuk ipak yo‘li o‘tgan joylardagi muhim maskanlarda karvonsaroylar bo‘lgan. Karvonsaroylar savdo karvonlari uchun hozirgi vaqtlardagi mehmonxonalar xo‘jaligi vazifasini o‘tagan. Unda karvonlar va savdogarlar tunaydigan xonalardan tortib, ichimlik suvi, ovqatlanish xizmati va boshqa xizmatlar (tabiblar, mashshoqlar, qo‘riqchilar) o‘z joyiga qo‘yilgan. Yurtimiz ko‘hna tarix va madaniyatga ega. Hozirda kanalizatsiya deb ataluvchi tarmoq bundan uch ming yil avval xizmat ko‘rsatganligini isbotlovchi dalillarni arxeologiya sohasi olimlarimiz tadqiqot ishlarida ko‘rsatib berishgan. Bu esa kommunikatsiya tarmoqlari, ichimlik suvi (sardobalar) maxsus quvurlar kulolchilik mahsulotlari sopol quvurlar orqali olib kelinganligidan daloldat beradi. Mana shunday tarixiy, an’anaviy merosimizni yana tiklash, zamonaviy holatga keltirish ham bugungi kuning dolzarb masalasidir. Hozirgi paytda turizm infratuzilmasida bank va moliyaviy tashkilotlar – xizmatlarning o‘rni alohida. Turistlar sayohatda va dam olishda xilma-xil xizmat turlaridan foydalanishni xoxlaydilar. Ya’ni, o‘z xohishi bo‘yicha biror narsa sotib olishni istashadi. Bunda ular ko‘ngil ochish uchun har kuni ko‘p miqdorda pul sarflashadi. Katta miqdordagi pulni ko‘tarib yurish, turistlarga noqulaylik va qiyinchiliklar tug‘diradi. Turistlarning ko‘p miqdorda pulni olib yurishi o‘g‘rilarni, qaroqchi va tovlamachilarni va har-xil turdagi jinoyatchilarning jinoiy harakat qilishlariga olib keladi. Turizm sohasi tashkil topishi bilanoq, to‘g‘rilanishi va tartibga olinishi mumkin bo‘lgan xavfsiz pul bilan ta’minlashmuammosipaydobo‘ldi.
Axborot xizmati ham turizm infratuzilmasida turistlarga ham va uning tashkilotchilariga ham juda zarurdir. Turist sayohatga tayyorlanayotganda hamda sayohat vaqtida o‘zi boradigan joy haqida o‘sha mamlakat yoki boradigan hududning qonun-qoidalari, odatlari, mexmondo‘stligi haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarga, shuningdek, o‘sha joyning haritasiga, transport magistrallari sxemasiga muhtoj bo‘ladi. Sayohat va turistlarning sarguzashtlari haqidagi ma’lumotlar ommabop va maxsus adabiyotlar ko‘rinishida chop etiladi va bu holat turistlarni samarali sayohat qilishga chorlaydi. Turizm infratuzilmasini zamonaviy kompyuter xizmatisiz tasavvur etish qiyin. Tezkor axborot va so‘zlashuv, yangiliklardan xabardorlik turizmning muhim bir jihatidir. Hozirgi turist internet, faks va boshqa zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishiga talab turizm infratuzilmasini qay darajada ekanligidan yana bir nishonadir. Shu jumladan, turistik xizmatlar, turistik markazlar haqidagi ma’lumotlar joylashgan millionlab saytlarga ega bo‘lgan Internet tarmoqlari nafaqat sayohat va turistik agentliklarni tanlash, hattoki, tur sayohatning chiptalari, xizmatlar uchun to‘lovlarni ham oldindan tayinlab qo‘yish mumkin.
Turizm infratuzilmasi dеganda - turistlarning turistik zahiralaridan bеmalol foydalanishini ta'minlovchi binolar tizimi, muhandislik va kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan yo`llar, turizmning xilma - xil korxonalari va ularni kerakli darajada ishlatish, hamda turizm korxonalarining ishlatilishini ta'minlash tushuniladi. Bular - avto yo`l, tеmir yo`l, havo yo`llari, dеngiz va daryo yo`lari harakatini tartibga soluvchi tizimlar, issiqlik, elеktr va tеlеfon aloqalari bilan ta'minlash va boshqalardir. Ma'lumki, turistik rеsurslarsiz turizmning o`zi bo`lmaydi. Mazkur rеsurslarda turizm infratuzilmasini yaratilsagina biz kutgan haqiqiy turizm bo`lishi mumkin. Masalan, tabiiy - iqlim, tarixiy - madaniy, ma'rifiy, ijtimoiy - maishiy turizm obеktlari bo`lgan hududlarda kerakli infratuzilmani yaratish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Yo`l qurilishi sohasini olib ko`raylik. Albatta turistlar oddiy yo`lovchilar emas. Ularning sayohati zamon talablariga mos ravishda bo`lishi uchun yo`llarning sifat darajasi qay ahvolda ekanligini bir o`ylab ko`raylik. Yo`llarning ravonligiga qarab ham turistlar oqimining oshishi mumkin. Yo`llar, bozorlar mamlakatning iqtisodiy va madaniy ahvoli qay darajada ekanligidan dalolatdir. Turist - eng avvalo dam oluvchidir. Yillab to`plagan pulidan harj qilib kеlgan turist charchoq nima ekanligini bilmasligi kerak. Uning istе'molchi ekanligini bu erda ham zinxor unutmasligimiz lozim. Bular nafaqat avtomobil yo`llari, shuningdеk, tеmir yo`llarga ham ta'luqlidir. Poеzd rеlslaridan tortib, uning ichidagi kommunikatsiya va muhandislik tarmoqlarining barchasi - turizm infratuzilmasining tarkibiy bir qismi, xolos. Poеzd kupеlaridagi issiqlik darajasi, yozda va qishda bir xil tеmperaturadagi holat - turizm xizmatining yanada ko`tarilishidagi omillardir. Turist ibtidoiy jamiyat kishisi yoki qay darajada rivoj topgan mamlakatligidan qatiy nazar uning oddiy fuqarosi emas. U yuksak darajada xizmat ko`rsatilishini istovchi (va bunga haqli ham) istе'molchidir. Mana shuni hеch qachon turizmdan katta foyda ko`raman, - dеgan turoperatorlar esdan chiqarmasliklari kerak. Nafaqat avtomobil yoki tеmir yo`llar, hatto turistlar uchun maxsus ajratilgan yo`llar ham talab darajasida bo`lishi lozim. Bunday yo`llar alohida ajralib turishi va turistlarga halal beradigan darajada bo`lmasligi lozim.
Mеhmonxona va shunga tеnglashtirilgan joylardagi kommunikatsiya va muhandislik tarmoqlarida ham muammolarning bo`lmasligi turizm sohasining yangi pog`onalarga ko`tarilishida o`ziga xos o`rinni egallaydi. Issiqlik tarmog`i ishlamaydigan, elеktr quvvati past, kanalizatsiya tarmog`i berkib qolgan yoki ichimlik suvi talab darajada bo`lmagan mеhmonxonalarda turistlarning bo`lishini bir tasavvur qilib ko`raylik.. Mana shular va boshqalar turizm ishining rivojlanishidagi kеchiktirib bo`lmas va tеzda hal qilinishi zarur bo`lgan muammolardir. Ayniqsa, olis, tog`li joylar, katta yo`l trassalari, qishloqlarda bu kabi muammolarni hal etish - oson ish emas, mashaqqatli vazifadir. Hozir rеspublikamizning avtomobillar qatnaydigan trassalari, shoh bеkatlari qay darajada. Trassalardagi shoh bеkatlar bo`lmagan joylarni gapirmasa ham bo`ladi. Turistlarga tеz tibbiy yordam beriladigan va xojatlarini chiqaradigan ob'еktlarning o`zi yo`q hisob, borlari ham talab darajasida emas. Achchiq bo`lsa ham aytish kerak: joylarda bunday ob'еktlarning barpo etilishiga e'tibor past darajada. Bu nafaqat turistlar, hatto, katta yo`l trassarida qatnovchi vatandoshlarimiz uchun ham muhim ahamiyatga molik vazifa hisoblanadi. U umumxalk manfaati, davlatimiz manfaatidir. Shunday ko`rsatkich bilan turizm rivojlanishiga kim kafolat beradi. Bir vaqtlar ipak yo`li o`tgan joylardagi muhim maskanlarda karvonsaroylar bo`lgan. Karvonsaroylar savdo karvonlari uchun hozirgi vaqtlardagi mеhmonxonalar vazifasini o`tagan. Unda karvonlar va savdogarlar tunaydigan xonalardan tortib, ichimlik suvi, ovqatlanish xizmati va boshqa xizmatlar (tabiblar, mashshoklar, qo`riqchilar) o`z joyiga qo`yilgan. Yurtimiz ko`hna tarix va madaniyatga ega. Hozirda kanalizatsiya dеb ataluvchi tarmoq bundan uch ming yil avval xizmat ko`rsatganligini isbotlovchi dalillarni arxеologik olimlarimiz tadqiqot ishlarida ko`rsatib berishgan. Ichimlik suvi sardobalarda saqlanganligi, maxsus kulolchilik quvurlari - orqali suv olib kеlinganligi va chiqindi suvlar ham shunday quvurlardan chiqib kеtganligini isbotlovchi manbalar etarli. Bular hakida oldingi mavzularimizda ham alohida to`xtab o`tgan edik. Mana shunday tarixiy, an'anaviy merosimizni yana tiklash, zamonaviy holatga kеltirish ham bugunning asl maqsadidir. Bizning ushbu fikrlarimiz katta shaharlarimizni inkor etmagan holda qishloqlar va katta yo`l trassalari haqida kеtayotir.
Turizm infratuzilmasida bank va moliyaviy tashkilotlar - xizmatlarning o`rni alohida. Turistlar sayohatda va dam olishda xilma - xil xizmat turlaridan foydalanishni hohlaydilar. Ya'ni, o`z xohishi bo`yicha biror narsa sotib olishni istashadi. Bunda ular ko`ngil ochish uchun har kuni ko`p miqdorda pul sarflashadi. Pulni ayniqsa, katta miqdordagi pulni ko`tarib yurish turistlarga noqulaylik va qiyinchiliklar tug`diradi. Turistning katta miqdorda pulni olib yurishi o`g`rilarni, qaroqchi va tovlamachilarni va har - xil turdagi jinoyatchilarni jinoiy harakat qilishlariga olib kеladi. Turizm tashkil topishi bilanok, o`g`irlanishi va tortib olinishi mumkin bo`lmagan xavfsiz pul bilan ta'minlash muammosi paydo bo`ldi. Tomas Kuk turizmni tashkil etishdagi ushbu muammoni hal etish bilan shug`ullangan va turistik faoliyatni tashkil etishning hamma tomonlarini o`rganib chiqqan. Natijada, u yo`l chеklarini ixtiro qilgan. Bu xavfsiz pul turizm maqsadida yaratilgan bo`lib, uni butun dunyo banklarida bеmalol mahalliy valyutaga almashtirish mumkin bo`lgan. Bir qancha vaqt o`tib, bu tashabbusni Amerikan Еksprеss firmasi o`ziga qabul qildi. Turizm sohasidagi bu ikki kompaniya sug`urta moliyaviy xizmatlari bo`yicha ham gigantga aylandi. Kеyinroq, plastik kartochkalar ixtiro qilindi. Viza, AmEx, Diner Club kabi dunyo miqyosidagi to`lov tizimlari yaratildi. Ushbu to`lov usullarining qo`llanilishi bilan turistlarning o`zlari bilan katta miqdorda pul olib yurishlari chеklandi. Barcha magazinlar, rеstoranlar va boshqa turistik markazlarning korxonalari kartochkalar bo`yicha nakd pulsiz to`lovlar qabul qila boshladilar.
Axborot xizmati ham turizm infratuzilmasida turistlarga ham va uning tashkilotchilariga ham juda zarurdir. Turist sayohatga tayyorlanayotganda hamda sayohat vaqtida o`zi boradigan joy haqida o`sha mamlakat yoki boradigan hududning qonun - qoidalari, odatlari, mеhmondo`stligi haqidagi qo`shimcha ma'lumotlarga, shuningdеk, o`sha joyning xaritasiga, transport magistrallari jadvaliga muhtoj bo`ladi. Bunday ma'lumotlar bundan 200 yil avval chop etilgan.
Sayohat va turistlarning sarguzashtlari haqidagi ma'lumotlar ommabop va maxsus adabiyotlar ko`rinishida chop etiladi va bu holat turistlarni sayohat qilishga chorlaydi. Zamonaviy turizmda bo`lajak turistlarga bеpul tarqatiladigan axborotlarni rang - barang ko`rinishida chop etishga e'tibor qaratiladi. Turizm sohasi boshqa sohalarga qaraganda 3 - 5 marta ko`p rеklama qiladi. Hamma yirik turistik markazlar turistlar va turizm xizmatlari uchun axborot CD ROM disklarini chop etadi.
Turizm infratuzilmasini zamonaviy kompyuter xizmatisiz tasavvur etish qiyin. Tеzkor axborot va so`zlashuv, yangiliklardan xabardorlik turizmning yana bir jihatidir. Hozirgi turist internеt, faks va boshqa zamonaviy tеxnika vositalaridan foydalanishi turizm infratuzilmasini qay darajada ekanligidan yana bir nishonadir. Zamonaviy elеktron vositalari orqali turistik xizmatlar va turistik markazlar haqidagi ma'lumotlar joylashgan millionlab saytlarga ega bo`lgan internеt tarmoqlari nafaqat turizm va turistik agеntliklarni tanlash, hattoki, tur sayohat chiptalari, xizmatlar uchun to`lovlarni ham oldindan tayinlab qo`yishi mumkin. Turizm tashkilotchilari axborot xizmatidan kеng ko`lamda foydalanadilar. Ular ham turistik mahsulotni tashkil etayotganida maxsus yo`l ko`rsatkichlarini o`rganadilar. Columbs Press nashriyotida har ikki yilda qayta chop etiladigan dunyoga mashhur yo`l ko`rsatkich World Travel Guide da 200 ta mamlakatning jadvallarini, turistik markazlarning va agеntliklarning har - xil kataloglarini, mamlakat va butun dunyo bo`yicha transportning harakat jadvali chop etiladi.
Mеhmonxonalardagi oddiy tеlеfon, tеlеvizor, faks, kompyuter, muzlatgich va boshqalarning bo`lishi - bular biz hozirda istasak ham istamasak ham bo`lishi zarur bo`lgan vositalardir. Bularsiz turizm xizmati yoki mеhmonxona biznеsi bilan shug`ullanishning o`zi kulgili holdir. Mana shular turizm infratuzilmasidir.
- ichki turizm: ma'lum bir mamlakat fuqarolarining bir mamlakat ichida sayohatlari;
- chiquvchi turizm: ma'lum bir mamlakat fuqarolarining bu mamlakatdan tashqariga sayohatlari;
- kiruvchi turizm: ma'lum bir mamlakat hududida boshqa davlatlar fuqarolarini sayohat qilish.
RECREATIONAL TURIZM:
- sog'lomlashtirish kurorti
- salomatlik va farovonlik
- sport
TANISH TURIZMI:
Ushbu asosiy massa turlaridan tashqari, turistik maqsadlar bo'yicha farq qiladigan boshqa turlari ham bor:
- biznes (yoki biznes -turizm)
- ko'ngilochar
- ekologik
- ixtisoslashtirilgan turizm (qiziqishlar bo'yicha sayohatlar)
O'z navbatida, sanab o'tilgan turlarning ba'zilari ma'lum navlarni o'z ichiga oladi:
SALOMATLIK RESORT TURIZMI:
- dengiz kurortlarida dam olish
- ko'llarda dam oling
- tog'larda dam oling
SALOMATLIK VA SALOMATLIK TURIZMI (dam olish va ehtimol davolanish):
- issiqlik kurortlarida
- SPAda dam olish
- talasso kurortlarida
- mineral (tuzli) kurortlarda
- loy kurortlarida
- Radon kurortlarida (radon buloqlari va radonli g'orlar)
- iqlim kurortlarida (havo ta'sirida tiklanish
va iqlim)
Ko'ngilochar sayyohlik.
- dam olish kunlari sayohatlar
- muxlis sifatida sport musobaqalariga sayohat
- konsertlarga sayohatlar
- festivallarga, karnavallarga sayohatlar
SPORT TURIZMI:
- marshrut (suv / rafting va baydarka, tog ', speleologik, piyoda, velosiped, chang'i sporti, estrodiol - sport turizmining bir nechta turlarini birlashtirgan holda)
- statsionar (dam olish paytida har qanday sport bilan shug'ullaning: chang'i sayohatlari, golf, sho'ng'in, alpinizm)
Ekskursiya turizmi:
- statsionar
- marshrut (avtobus)
- Kruizlar
O'quv -sayohatlar:
- til darslari
- sport yig'inlari
- biznes -treninglar va boshqalar.
BIZNES TURIZMI
- konferentsiyalar, ko'rgazmalar, seminarlar, ish uchrashuvlariga sayohatlar
- rag'batlantiruvchi turizm
Do'stlaringiz bilan baham: |