I bob. Texnalogiya ta’limi jarayonida ijodiy masalalarni yechishning amaliy nazariy asoslari


Ro’zg’orshunoslik asoslari bo’limi –



Download 50,86 Kb.
bet4/12
Sana10.07.2022
Hajmi50,86 Kb.
#772642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
18 18-99.,.,

Ro’zg’orshunoslik asoslari bo’limi – uy yig’ishtirish, yotoqhona, kiyim, kitob javonlarini tartibga keltirish qoidalari. Kiyimlarni ta’mirlashda applekasiya usuli (yamoq solish); - oshxona asbob-uskuna, moslama va jihozlarni yuvish va saqlash usullari; - shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi va issiqlik ta’minoti tizimi va undan foydalanish qoidalari. Uy va xonadonlarni ta’mirlash ishlarining asosiy turlari. Ta’mirlashda qollaniladigan zamonaviy qurilish materiallari. Uy va xonadonlarni ta’mirlashda qo’llaniladigan asosiy ish asboblari. Qurilish va ta’mirlash bilan bog’liq kasb-hunarlar to’g’risida ma’lumot; - mebel va uni joylashtirish, tozalash, saqlash qoidalari. Maishiy kimyoviy vosita turlari va ulardan foydalanish qoidalari. Kiyimlarni tozalash va saqlash qoidalari; - oshxona, hammom, hojatxonalarni tozalash qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari. Maishiy texnika va ulardan foydalanish qoidalari. Kiyimlarni dazmollash (shim, kofta, yubka, palto) qoidalari. Uy-ro’zg’or buyumlari (o’rin-ko’rpa, gilam, linoleum, sumka, chemodan) va ulardan foydalanish, saqlash qoidalari; - qishki mavsumga tuzlamalar tayyorlash. Interner dizayni. Uy-ro’zg’or asboblarini (lampochka, rozetka) tuzatish ishlari. Issiqlik, elektr, suv ta’minoti va oqava suv quvurlari sistemasidan to’g’ri foydalanish qoidalari. Zamonaviy kran, ventil va suv oqizish.

1.1. Ijodkorlik masalalarini yechishda texnalogik ta’limi o’qtuvchilarining o’rni.
Ijodkorlik tushunchasining mohiyati. Odatda, ijod tushunchsi malum bir istehdodli odamlar tomoriidan buyuk sanhat asarlari, yangi mashinalar, dastgohlar va hokazolarni yaratishini anlatadi. Lekin ijod faqat buyuk asarlaryaratishdan iborat bo'lib qolmasdan, balki kishining fikr yuritishi, biror tadbirni o'ylab topishi, ozgina bo'lsa-da, qandaydir yangilik yaratishi kabi tushunchalarni ham qamrab oladi. Shu bois ijod jarayoniga tasodifsifatida emas, balki muayyan sharoit va imkoniyatlar hamda qonuniyatlar asosida amalga oshuvchi muhim jarayon sifatida qarash lozim. O'quvchining ijodkorligi, awalo, uning har qanday ta’limiy faoliyat jarayonidagi: o'ziga xos usullar bilan masala yechish.mashq bajarish, insho yozish, tajriba ishlarini amalga oshirishi jarayonida mustaqil fikrlashida namoyon bo’lishi lozim. O’quvchining ijodi uning olgan biliniini hayotda ko'rgan dalil va hodisalarga bog'lay olishi, ularni to'g’ri baholab, dastlabki Ma’lumodarni tahlil va sintez qila bilishidir. Har qanday ijod borliqni rad etish etnas, balki borliqqa to'laroq kirib borishdir. O’qitishga individual yondashuv ta’lim jarayonining muhim talabidir. Ta'Iimga individual yondashuv faqat mashq ishlarida emas, balki o'quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi materialni o'tish, mustahkamlash va takrorlashlarda, uy vazifasini berish va darsdan tashqari qo'shimcha mashg’ulotlarda ham amalga oshirilishi zarur. Bu esa o'quvchilar ijodkorlik mahorat va qobiliyatlarining o'sishida yana bir o'ziga xos eshikni ochib beradi. Shaxs sifatlarining shakllanishida oila, atrof-muhit, jamiyat katta rol o'ynaydi. Ota-onaning mehri, atrofdagilarning e'tibori, ularning qo'liab, quvatlashlari bolani mustaqil fikrlashga va ijodiy fikrlashga bo'lgan ishonchini uyg'otadi. Ma'naviy-ijodiy usullar shu tariqa o’quvchilaming ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda eng asosiy rolg’ o'ynaydi va ushbu usul 3 bosqichda amalga oshiriladi:
a) o’quvchilarda bilishga qiziqishni uyg’ota bilish;
b] o’quvchilaming cgallagan bilim va tajribasiga asoslangan holda masala
qo’yish hamda ularga tayanib, masalalarni tahlil qilish;
v) o'rganish kerak bo’lgan muammo ustida mustaqil fikr yuritib, xulosa
chiqarishga erishish.
Yuqoridagi bosqichlami amalga oshirish jarayonida talabalar, insonning boy xazinasi uning o’zida yashiringanligini anglab yetadilar. Buning uchun o’qituvchi ulardagi qiziqishni, yashiringan istehdodni anglay bilishi kerak. Ilm olish, aqlni peshlash, o’z ustida ishlash, hikmatlarni bilish, kamtarlik, mahrifatli bo’lish kabi fazilatlarga faqat raehnat qilish va bilim olish, o’qib - o'rganish, hayotni kuzatish orqali erishish mumkin.
Tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ijodiy mehnat insoniyatni olg’a xarakatlantiruvchi asosiy omil bo'lib kelgan. Shunday ekan, yosh avlodni ijodiy mehnatga o’rgatish, uni o’z zamonasining eng ilg’or bilimlari bilan qurollantirish barcha davrlarda hamraa xalqlar uchun eng dolzarb vazifa hisoblangan. Texnik ijodkorlikni tashkil qilishda, ikki o'zaro bog'liq vazifani e’tiborga olish lozim. Ularning birinchisi, talabalarning ijodkorlik faoliyatida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, bilimlami egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashining shakllantirilishi bilan, ikkinchisi, o’zlashtirilgan bilimlami ta’lim jarayoni va amaliy faoliyatda mustaqil qo'llay olishga o’rgatish bilan belgilanadi. Texnik ijodkorlik talabalar egallayotgan bilimlarining mustahkamligi va mukammalligini ta'minlovchi, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxsiy xislatlarni shakllantiruvchi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa, bo'lajak mehnat va kasb ta'limi o'qituvchilarining fan asoslarini o’zlashtirishlarida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlik qilishni amalga oshirishlarida ijodiy ish shakllarini ishlab chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ijodkorlikka bo'lgan ehtiyoj psixofiziologik jihatdan qaralganda, bir nechta bosqichlarda amalga oshadi. Bulardan birinchisi, havas - ehtiyojning eng sodda shakli bo'lib, inson tomonidan ongli boshqariladi. Ikkinchisi, nisbatan yuqoriroq rivojlanish bosqichi bo'lgan xohish ham inson tomonidan ongli boshqarilib, u shaxsning ma'lum buyum yoki hodisaga nisbatan munosabatlari majmuasini ifodalaydi. Uchinchisi, eng murakkab bosqich bo’lgan qiziqish, xohish va u bilan bog’liq bo'lgan tushunchalar asosida yuzaga keladi. Qiziqish hayotdagi tashqi tahsirlar, shaxs faoliyati hamda ta'lim-tarbiya jarayoni tahsirida shakllanib boradi. Bu holatlar psixologik omillar - diqqat, idrok, tushuncha, xotira, fikrlash, sezgi va iroda xislatlariga sezilarli tahsir ko’rsatib, shaxsning shakllanishida alohida muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 50,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish