BOB YUZASIDAN XULOSALAR
Hozirgi kunda ijtimoiy fanlardan Ijtimoiy pedagogika fanining eng muhim vazifasi bu – kelajagimiz poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi, bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil ishlash – ma’naviy qadriyatlarimizni va umumbashariy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan mutaxassis kadrlarni tayyorlashdir. Buning uchun esa zamonaviy va jahonning ilg‘or ta’lim texnologiyalari bilan ta’minlangan o‘quv – uslubiy adabiyotlar majmualarini yaratish, ta’lim tizimini tubdan uzgartirish uning mazmuniga milliy ru h singdirish, samarali an’anaviy uslublarni saqlab qolgan holda ilg`or uslublarni yaratish va ularni amaliyotda qo‘llash lozim.
So‘ngi yillarda pedagogik olim va amaliyotchilar tomonidan ilmiy asoslangan hamda O‘zbekistonning ijtimoiy-pedogogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim – tarbiya amaliyotida qo‘llash yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Dars jarayonida yuqori samardorlikka erishish uchun quydagi metod va uslullardan foydalanish mumkin: ba hslar, tadqiqot, muzyorar, ishbilarmonlik o‘yinlari, loyhalash, kitob bilan ishlash, suhbatlar, pinbord, boshqalarni o‘qitish, davra suhbatlaridir. Ushbu metodlarni dars jarayoniga qo‘llash uchun esa ta’limning kichik sinflar bilash ishlash shaklidan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida «Ta’lim beruvchi – ta’lim oluvchi” dialogidan voz kechishni va “ta’lim beruvchi – sinf – ta’lim oluvchi” ko‘rinishidagi uch tomonlama o‘zaro munosabatga o‘tishni taqozo etadi. Shu tufayli pedagog bilan o`quvchi o‘rtasida mustahkam kontakt o‘rnatiladi, shaxsiy va bir vaqtning o‘zida ta’lim jarayonida jamoaviy ruhiy holat kuchayadi.
XULOSA VA TAVSIYALAR
So’ngi yillarda Respublikamizda maktab o‘quvchilari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish yanada keng rivojlanmoqda.U qisman moziy tajribasi, qisman zamonaviy pedagogik tibbiy, psixologik yuridik faoliyat turlariga tayanib ish olib bormoqda. Ayni vaqtda pedagogik jamoalarda nafaqat ta’lim-tarbiya masalalari, balki o’quvchining boshqa bir qator ijtimoiy muammolari ham halqilinmoqda.
Davlatimizdagi o’zgarishlar mavjud ta'lim tizimiga hamo‘zta'sirini ko’rsatmoqda.Chunki ta'lim tizimida jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlar aks etmasligi mumkin emas. “Ta'lim to‘g’risidagi Qonun”dan kelib chiqib, umumta'lim maktabi o’zining o‘quv, tarbiyaviy va ijtimoiy vazifalarini ko’rib chiqib, birinchi o’ringa quyidagi ijtimoiy vazifalarni qo‘ymoqda:
— ta'limni bolalar va o‘smirlar manfaati asosida tashkil qilish;
— maktabda tarbiya ishini ta'lim bilan teng yuritish;
— maktab faoliyatini qayta yo’naltirish;
— maktab ishini takomillashtirish;
— o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish, turli to‘garaklar tashkil etish.
Bu vazifalarni amalga oshirishda quyidagi tavsiyalarga amal qilishni tavsiya etamiz:
Ta`lim-tarbiya jarayonida ijtimoiy institutlarning o`zaro hamkorligi samaradorligini oshirish uchun tizimning barcha ishtrokchilari o`rtasida mustahkam hamkorlik aloqalarini o`rnatish;
Ta`lim-tarbiya jarayonida qatnashuvchi institutlarning faoliyatini bugungu kun talablari asosida qaytadan ko`rib chiqish;
Amal qilish doirasi va vazifalariga qarab sotsial institutlarning faoliyatini o`zaro hamkorlik tamoyillari asosida olib borilishini taminlash.
Maktabning asosiy ijtimoiy vazifasi bolaning ta'lim-tarbiya olishga bo’lgan huquqini amalga oshirish hisoblanadi.Hozirgi paytda bolalarning ijtimoiy pedagogik himoyasi quyidagicha amalga oshirilmoqda:
Maktab ma'muriyati tomonidan ham ta'minlangan oilalar farzandlariga moddiy yordam berilmoqda hamda bepul ovqatlanish tashkil qilinmoqda.Sinf rahbarlari tomonidan bolaning oiladagi holatini o‘rganilib, “tarbiyasi og’ir bolalar” bilan alohida mashg’ulotlar o‘tkazilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |