Sutni suzish va me’yorlashtirish. Sut zavodlariga keltirilgan sut, albatta, mexanik
aralashmalardan tozalanishi kerak. Buning uchun sut avval 35 -45°C gacha qizdirilib, keyin
maxsus filtrlardan o‗tkaziladi. Sutni mexanik aralashmalardan yaxshi tozalash maqsadida
ularga markazdan qochma kuch yordamida ham ishlov berish mumkin. So‗ngra tozalangan sut
qanday yog`lilikdagi pasterizatsiya qilingan sut yoki achitilgan sut mahsulotlari olinishiga
qarab yog' ko‗rsatkichi bo‗yicha me‘yorlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |