I bob. Sun’iy intellekt tizimlari


Til kommunikatsiyasi vositasi



Download 184,33 Kb.
bet3/6
Sana06.03.2022
Hajmi184,33 Kb.
#483848
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TIL VA SUN’IY INTELEKT

1.2. Til kommunikatsiyasi vositasi
Til (kommunikatsiya vositasi) quyidagi qoidalarni o‘z ichiga oladi: 1. Grammatik (til shakllarini belgilaydi). Belgilar to‘plami (alfavit, tinish belgilari va boshqalar), so‘zlarni belgi ketma-ketliklari (morfemalar), gap yasalishining grammatik qoidalari (sintaksis) orqali ta’riflash. 2. Semantik (ma’noni aniqlaydi). So‘zlar va ifodalar quyidagilarni aniqlaydi: hodisalar mohiyati, ular ustidagi amallarni. Agar gap dunyoni to‘g‘ri tavsiflasa, u holda gap to‘g‘ri, aks holda – gap noto‘g‘ri bo‘ladi. Bu xususiyat til semantikasini aniqlaydi. Bunday rost va yolg‘on gaplar to‘plamining muvofiqligi munosabati – bu izohlashdir. 3. Rasmiy amallar orasidagi o‘zaro munosabatlar. Gaplar to‘plamidan semantik (masalan, haqiqiy til vositalari yordamida) va rasmiy nuqtai nazardan xulosa chiqarish (chiqarish amali) mumkin. Ekspert tizimining mantiqiy chiqarish tizimida ikkala xulosa bir biriga to‘g‘ri kelishi kerak. Bilimlar maydonini shakllantirishda tasavvur etishning deklarativ tizimlaridan foydalanish mumkin, ular kelajakda uning qo‘llanilishidan qat’iy nazar bilimni darak gap shaklida ifodalaydi. Bilim tartibsiz shaklda to‘ldirib boriladi, butunlay modul tuzilma (dalillar tizimi orqali modullar–alohida bilimlar o‘rtasidagi aloqa)ga ega bo‘ladi. Deklarativ ta’riflar munosabatlarni semantik axborot yordamida ifodalaydi. Axborotga kirish huquqi cheklangan unifikatsiya yordamida amalga oshiriladi, bu esa timsol bilan qiyoslash hamda keyinchalik filtrlashni bildiradi. Boshqarish tuzilmasi ixtiyoriy tartibda kiritilishi mumkin bo‘lgan produksion qoidalar shaklida kiritiladigan axborotdan ajratilgan. Produksion qoidalar bu yerda sillogizmlarga o‘xshash, chiqarish usuli – modus ponens (p va p⊃q dan q kelib chiqadi), teorema, qilinadigan amaldir. Ekspert tizimida dinamik bilimlar bazasi – bu to‘ldirib borilayotgan produksion qoidalar to‘plami, ishchi maydon – bu dalillar bazasi. Dinamik bilimlar bazasi (produksion qoidalar shaklidagi o‘zgarish operatorlari) – bu uzoq muddatli xotira analogi. Ishchi maydonda funksiyalar, mashina belgilagan dilillar shakllantiriladi – bu qisqa muddatli xotira analogidir. Interpretator qoidalarning bajarilish tartibini belgilab beradi. Ko‘pincha taxmin qilinayotganxulosadan (chiqish) dalillarga teskari harakat amalga oshiriladi, bu esa tizimni kombinator portlashdan (bo‘g‘inlar sonining ko‘payib ketishidan) saqlaydi, ammo dalillardan xulosaga bo‘lgan variantlar ham mavjud. Sun’iy intellekt tizimlari (SIT)ni ishlab chiqaruvchi firmalarga tijorat sohasidagi muvaffaqiyatlar birdaniga kelmadi.1960–1985 yillar oralig‘ida sun’iy intellekt tizimlari asosan ilgarilab boruvchi tadqiqot ishlanmalari ko‘rinishida bo‘lgan. Ishlanmalar xususiy muvaffaqiyatlarining juda ko‘p miqdorda namoyish etilishi asta-sekin davlat amaldorlari va sarmoyadorlar e’tiborini o‘ziga tortdi. Ekspert tizimlar va neyron tarmoqlarshaklidagi sun’iy intellekt tizimlarining tarqalishi va tijorat maqsadlarda foydalanilishiga ularning quyidagi xususiyatlari sabab bo‘ldi: – bu tizimlarning dasturiy ta’minoti umumiy foydalanishdagi dasturiy vositalarga osongina moslashishi; – zamonaviy tizimlarning asbob-uskunalari standart ko‘rinishda qo‘llanilishi; – sun’iy intellekt tizimlarining dasturiy amalga oshirilishini oddiy kompyuterlar o‘rniga quvvatliroq ishchi stansiyalarda foydalanish imkoni; – an’anaviy dasturlash tillariga moslashtirilgan ekspert tizimlari qobiqlarining muvaffaqiyatli ishlab chiqilishi; – har xil masalalar sinflari uchun neyron tizimlarining ishiga o‘xshash dasturlar kutubxonlarining yaratilishi. Shuningdek, mijoz-server arxitekturalarida yoki tarmoq tuzilmalarida taqsimlanganoperatsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydigan sun’iy intellekt tizimlari ishlab chiqilgan edi, bu esa ilovalarda foydalaniladigan asbob-uskunalarning narxini pasaytirishga hamda ularning umumiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va markazlashtirilmasligiga imkon berdi. Sun’iy intellekt tizimlarini rivojlantirish va tijoriy amalga oshirish yo‘nalishlari. Ko‘p sonli ekspert tizimlarining ishlanmalari hech qiyinchiliksiz ma’lum turdagi sun’iy intellekt tizimlarini butun bir amaliy masalalarning to‘plamida qo‘llash uchun zarur o‘xshashlarini topish imkonini beradi. Shuningdek, foydalanuvchilarning tavsif va tavsiyalari bo‘lgan ko‘pgina amaliy masalalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan juda ko‘p miqdorda neyron tarmoq variantlari (neyron tarmoqlar kutubxonalari)yaratilgan. Bunday tarmoqlardan foydalanish tajribasi mutaxassislarga mavjud neyron tarmoqlar ichidan aniq bir muammolarni hal qilishga qodir yoki hal etishda yordam beradiganlarini tanlash imkonini beradi. Sun’iy intellektni kelajakda rivojlantirish sohasida ilmiy ishlanmalar hozirda bir necha yo‘nalishlarda olib borilmoqda, ulardan eng muhimlari quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan. 3-jadval Intellektual tizimlarning rivojlanish yo‘nalishlari № Rivojlanish yo‘nalishlari Kompyuterlar uchun intellektual dasturiy mahsulotlar*
Inson intellektining ayrim intellektual funksiyalarini o‘xshatishga imkon beruvchi oddiy kompyuterlar uchun dasturiy vositalarni yaratish Neyron tarmoqlar timsollarni tanib olish, texnika diagnostikasi, obyektlarni umumiy va xususiy xususiyalari bo‘yicha tuzish sohalarida o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Ular oddiy va murakkab masalalar yechishda qo‘llaniladi, shu bilan birga, ko‘pincha neyron tarmoq yaratuvchilari hech kim xayol qilmagan yangi imkoniyatlarni topadilar. Intellekt psixodiagnostikasi


Download 184,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish