Ijtimoiy-psixologik testlar. Testlar psixologiyaning maxsus usulidir. Ular qisqa sinov usuli bo‘lib, u yoki bu ijtimoiy-psixologik hodisa qisqa muddat ichida bir texnik vosita sifatida uning yordamida tekshiriladi. Testlar asrimizning boshida kashf qilingan bo‘lib, ular 20-30-yillarda hayotga, amaliyotga shunchalik shiddat bilan kirib keldiki, natijada maxsus soha – psixometrika yuzaga keldi. Testlarni qo‘llashning qulaylik tomoni shundaki, bir test yordamida ma’lum obyektning u yoki bu xususiyatini bir necha marta, takror-takror sinab ko‘rish mumkin. Lekin ularni universal deb bo‘lmaydi, chunki u yoki bu test muayyan turdagi obyektda sinalgan bo‘lsa, uni shunga o‘xshash obyektlardagina qo‘llash mumkin, xolos, qolaversa, undan olingan ma’lumotlar nisbiy xususiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |