I bob. Sotsial psixologik g’oyalarning shakllanish tarixi


Etnopsixologik tadqiqotlarda ishlatiladigan metodlar va ularga qo‘yiladigan metodologik talablar



Download 56,71 Kb.
bet14/18
Sana17.06.2021
Hajmi56,71 Kb.
#68894
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
s. Jonridova

2. Etnopsixologik tadqiqotlarda ishlatiladigan metodlar va ularga qo‘yiladigan metodologik talablar

Millatlararo munosabatlar tobora yaxshilanib borayotgan, OAV orqali dunyoning qaysi chetidan bo‘lmasin u yoki bu xalqqa oid ma’lumotlarga ega bo‘lish judu oson bo‘lib qolgan bir sharoitda turli millat va xalqlarning psixologiyasini o‘rganish, millatalararo qiyosiy tajribalar o‘tkazish fan manfaatlariga to‘g‘ri keladi. Shu bois ham olimlar Sotsial psixologiya ning qaysi muammosi bo‘lmasin, uni u yoki bu ijtimoiy-siyosiy, milliy-madaniy muhit nuqtai nazaridan o‘rganishni afzal ko‘radilar. Bu etnopsixologik tadqiqotlarda reprezentativ, ishonchli metodlar masalasini dolzarb etadi.

Chet ellarda va mamlakatimizda amalga oshirilga ilmiy ishlarni tahlil qilar ekanmiz, etnopsixologik tatqiqotlarda xilma-xil uslub va metodlar qo‘llanilganining guvohi bo‘lamiz. Chunki bunday tadqiqotlarda shaxs xusisiyatlarini o‘rganuvchi turlicha testlardan tortib, proyektiv metodlar, eksprementlarning turlicha ko‘rinishlari, so‘roq metodlari- anketa, intervyu, sotsiometriya, shakl metodlari va boshqalar ishlatiladi. Bu metodlar hozirgi kunlarda ham “madaniy muhit va shaxs”, guruhlararo munosabatlar hamda qiyosiy tadqiqotlarda qo‘llanilmoqda. Bunday ishlarni faqatgina ijtimoiy psixologlar emas, balki umumiy psixologiya bilan shug‘ulanuvchi olimlar ham o‘tkazmoqdalar. Lekin shunday bo‘lishiga qaramay, etopsixologik metodlarning tanqisligi kun sayin sezilmoqda. Chunki etnopsixologiya muommosi bilan shug‘ulanishni maqsad qilib qo‘ygan har bir tadqiqotchi yo mavjud metodikalardan birini qayta o‘zgartirishga, yoki bo‘lmasa, o‘zicha yangi metodni kashf qilishga majbur bo‘lmoqda. Nihoyat, etnopsixologik metodlarni qo‘llashning noqulayligi shundaki, masalan, Amerikada juda yaxshi natija berib, ishonchi ma’lumotlar to‘plangan metodika Osiyo mamlakatlari yoki bizning respublikamiz sharoitida umuman xech narsani o‘lchamasligi, aniqlamasligi mumkin. Masalan, Ravenning matrik testi va muhit ta’sirlari daxlsiz, deb hisoblangan Kettellning intellekt testi ham baribir, qisman bo‘lsada, muhit sharoitlarini hisobga olishni talab qiladiki, qolaversa ularni sharhlar masalasida alohida ehtiyotkorlik zarur. Shuning uchun ham hozirda butun jahon olimlari har qanday madaniy muhitdan ham yuqori turadigan, universal test yoki metodika yaratish fikrining asossizligi haqida umumiy fikr bildirmoqdalar.

Etnopsixologik tadqiqotlar o‘tkazishni maqsad qilib qo‘ygan har qanday tadqiqotchi asosiy prinsiplar sifatida madaniy muhit sharoitlarining xilma-xilligi va ularning o‘zaro bir – birlariga ta’sir ko‘rsatishini inobatga olmog‘i zarur. Bu narsa etnopsixologik tadqiqot dasturini tuzishda albatta hisobga olinish kerak. Misol uchun, O‘zbekiston sharoitida tadqiqot o‘tkazilmoqchi bo‘linsa, quyidagi narsalarga e’tiborni qaratish lozim:

1) shu hudud sharoitida yashovchi barcha millatlarga xos bo‘lgan umumiy psixologik omillar va ularni aniqlash usullari;

2) faqat o‘zbek millatiga xos bo‘lgan psixologik sifatlar va omillarni aniqlash;

3) aniqlangan omillarni yoki psixologik sifatlarni o‘lchaydigan yoki eksperemental usulda tekshirishga imkon beradigan metodlarni tanlash va ularni konkret sharoitlarga moslash;

4) tadqiqotchilar guruhini tekshiralayotgan milliy guruh tilini, urf-odatini biladigan xodimlar bilan ta’minlash. Chunki, tadqiqot obyekti hisoblangan guruhda o‘sha guruh tilida tadqiqot o‘tkazish kerak, toki tekshiriluvchilarga qo‘yilgan har bir talab, savol va topshiriqlar ular uchun tushunarli bo‘lsin.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, u yoki bu milliy guruh psixologiyasini, undagi etnik stereotiplarni tekshirishga qaratilgan maxsus metodlar yo‘q, shuning uchun ham tadqiqotlar mavjud metodlar orasidan keragini tanlab, ularni joy sharoitlariga moslash kerak bo‘lsa, u tildan bu tilga tarjima qilish kerak. Tarjima xususida shuni aytish kerakki, maxsus psixologik testlar yoki metodlarni (anketalar, so‘roqlar, shkalalar savlollarini) tarjima qilish tarjimondan yuksak bilimdonlik va professional sifatlarni talab qiladi. Aks holda, metodika o‘z qimmatini yo‘qotishi yoki kerakli sifatni aniqlamasligi yoki o‘lchamasligi mumkin. Hattoki, noverbal testlarni turli sharoitlarda qo‘llab, olingan ma’lumotlarni sharxlash bosqichida uning mazmuni yoki maqsadi o‘zgarganligi ko‘plab tadqiqotlarda isbotlangan. Shuning uchun ham har qanday metodik uslubni qo‘llashdan oldin uni kichikroq guruh doirasida sinab ko‘rish va natijalarni ekspertlarga berib yoki boshqa yordamchi metodlar yordamida qayta sinovdan o‘tkazish yo‘li bilan tekshirib olish maqsadga muvofiqdir.

Konkret etnopsixologik tadqiqotlarga qo‘yiladigan yana bir talab - tadqiqotni tabiiy sharoitlarda, tekshiruvchilar uchun tanish bo‘lgan joylarda qisqa ko‘rsatmalar berish yo‘li bilan o‘tkazishdir. Chunki etnopsixologik tadqiqotlarda ko‘pincha turli yosh, kasb va ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar ishtirok etadilar. Shuning uchun ham ularning barchasi uchun tushunarli, aniq topshiriqlar tizimini tuza olish ham psixologdan qator professional malakalarni talab qiladi.

Bizning nazarimizda, hozirgi paytda etnopsixologik muammolar orasida eng muhimi u yoki bu millat vakillaridagi etnik stereotiplarni tadqiq qilishdir. Bunda qanday metodlardan foydalanish mumkin? Rus tadqiqotchisi G.U.Ksoyevaning yozishicha, bu yerda to‘rt guruhli metodlarni ko‘rsatish mumkin:


Download 56,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish