I-bob. Somoniylar davlatining tashkil topishi va davlat boshqaruvi


II-BOB. Somoniylar davrida mahalliy boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot



Download 132,5 Kb.
bet3/4
Sana30.06.2022
Hajmi132,5 Kb.
#719350
1   2   3   4
Bog'liq
Somoniylar davlati

II-BOB. Somoniylar davrida mahalliy boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot.
II.1.Somoniylar davrida mahalliy boshqaruv faoliyati.
“Devon barcha viloyatlar va shaharlardagi qozilar faoliyatini nazorat qilib turgan.Yuqorida sanab oʻtilgan devonlarning barchasi (soxib al-borid devonidan boshqa) mahalliy hokimlar va oliy markaziy hokimiyatga boʻysungan. Taʼkidlash lozimki, Somoniylar davrida mahalliy boshqaruv tizimi ham samarali faoliyat yuritgan. Viloyatlar boshqaruvchilari – hokim, shaharlar boshqaruvchilari esa – rais deb yuritilgan. Viloyatlar hokimlari koʻp hollarda hukmron sulola vakillaridan va katta taʼsirga ega boʻlgan yirik zodagonlardan tayinlangan. Somoniylar davrida amaldorlarni davlat xizmatiga qabul qilishda maʼlum bir talablar: davlat tili hisoblangan arab tilini mukammal bilish, islomiy huquq-fiqx meʼyorlaridan toʻliq xabardorlik, tarix, adabiyot kabi ilmlardan boxabarlik, hisob-kitob ishlarida bilimdonlik va boshqalar mavjud boʻlib, bu markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga xizmat qilardi. Davlat boshqaruvida harbiy-maʼmuriy amaldorlarning mavqelari nihoyatda katta edi”5. Shuningdek, X asrda musulmon ruhoniylari ham katta obroʻga ega edilar. Movarounnahrda asosan islom dinining xanifiylik mazhabi tarqalgan boʻlib, dindorlar boshligʻi ustod (keyinchalik shayx-ul-islom) Somoniylar davlatida katta mavqega ega boʻlgan.Somoniylar davlatida sud ishlari shariat qonun-qoidalariga asoslangan boʻlib, ular qozilik devoni tomonidan boshqarilgan. Sud jarayonidagi ishlar qozikalon, qozilar, mufti, raislar tomonidan amalga oshirilgan. Viloyat va shahar qozilari qozikalonga boʻysungan.Davlatda har bir viloyatlar va shaharlar hukmdorlari koʻngillilaridan iborat qoʻshin saqlagan. Koʻngillilar odatda ozod va boy dehqonlarning oʻgʻillaridan iborat boʻlgan. Koʻngillilar harbiy holat vujudga kelgan vaqtda albatta yigʻilgan. Ular viloyat va davlat daromadi hisobiga saqlangan. Davlat hududlari viloyat qoʻshinlari va gʻoziylarning qismlari bilan qoʻriqlangan. Somoniylar davlati mustaqillikka erishuvi oqibatida uning xo'jalik hayotida ham chuqur o'zgarishlar yuz berdi. Mamlakat xo'jalik hayotida «iqto» mulklarining o'rni katta edi. Bu mulk egalari «muqto» yoki «iqtodor» deb yuritilgan. Iqtodorlar bu mulklami davlat oldidagi alohida xizmatlari uchun yer va suv shaklida olganlar. Iqto shaklida hatto viloyatlar, vohalar, shahar va tumanlar hadya qilingan. Somoniylar davrida xo'jalikning barcha sohalari rivoj topdi.
“Somoniylar davrida katta yer egalari - dehqonlarning nufuzi ortdi. Ko'pincha bir dehqon qo'lida katta yer maydonlari, butun bir viloyat bo'lgan. Ziroat bilan shug'ullanuvchi ziroatkor kadivar deyilgan. Yirik yer egasi yerida ishlaydigan ijarachi barzigar deb atalgan. Xo'jalikda qul mehnatidan ham foydalanilgan. Somoniylar davlati aholisining asosiy qismini ziroatchilar tashkil etgan. Keyingi o'rinda hunarmandlar va savdogarlar turgan.
Somoniylar davlati yer egaligiga asoslanganligi tufayli undagi mulkiy bo'linish ham turli xil shakllarga ega bo'lgan. Bular quyidagilardir:
1. «Mulki sultoniy» - sulton (amir)ga tegishli yerlar. Undan tushadigan daromadlar davlat xazinasiga tushardi. Bu juda katta yer-mulklarni, shu jumladan, ko'p sonli dehqonlar mulklarini ham o'z ichiga olgan.
2. Mulk yerlari - xususiy mulk yerlari. U asosan hukmron sulola vakillari hamda yuqori tabaqa namoyandalari ixtiyoridagi mulklar edi.
3. Vaqf yerlari. Bu machit, madrasa va boshqa diniy muassasalar tasarrufiga berilgan yerlar. Ulardan keladigan barcha daromadlar musulmon ruhoniylari manfaati uchun sarf qilinardi”6.
Olinadigan soliqqa qarab yerlar 2 ga bo'lingan:
1. «Mulki xiroj» - xiroj yerlar, ya'ni soliq olinadigan yerlar. Dehqonlar yashagan yerlar, ya'ni «mulki sultoniy» va «mulklar» shu toifaga kirgan. Bu yerlarda ishlovchilar hosilning uchdan birini davlatga soliq tariqasicla topshirardilar.
2. Soliq to'lashdan qisman yoki butunlay ozod etilgan yerlar. Bunday yerlar oliy musulmon ruhoniylari hamda payg'ambar avlodidan bo'lgan sayidlar mulki hisoblangan.
Somoniylar davrida ham ko'pchilik dehqonlar ommasi turli xil soliq va to'lovlardan tashqari davlat tomonidan ko'pJab majburiyatlarni o'tashga ham jalb etilgan. Suv inshootlarini tozalash, ta'mirlash, to'g'onlar, ko'priklar, yo'llar qurish shular jumlasidan edi. Bu og'ir mehnat ishlariga jalb qilingan xodimlar haftalab, o'n kunlab, ba'zan esa oylab o'z hisobidan ishlab berishga majbur edilar. Qishloqlarda esa yersiz dehqonlarning ko'pchiligini kadivarlar, ya'ni yollanib ishlovchi korandalar tashkil etardi. Korandalar IX-X asrlarda «sherik» yoki «barzikor», Xurosonda esa «akkor» deb atalgan. Bu davrda yirik mulkdorlar kadivarlardan ko'ra barzigorlarga yerlarini ijaraga berib ishlatishni o'zlari uchun afzal bilganlar.
Somoniylarning eng aqlli va tadbirkor vakili Ismoil Somoniy boʻlganligini yuqorida taʼkidladik. U asosiy diqqat-eʼtiborni oʻz davri uchun ilgʻor hisoblanmish markazlashgan davlat tizimini joriy etishga qaratdi. Bu tizim asosini oliy hukmdor dargohi (saroyi) va dеvonlar (vazirliklar) majmui tashkil etgan. Oliy hukmdor amir unvoniga ega edi. Shu sababdan yozma manbalarda Amir Ismoil, Amir Ahmad kabi taʼkidlarni uchratamiz. Bundan tashqari Xoris amiri lavozimi ham boʻlib, u oliy hukmdorning barcha hukm va topshiriqlari ijrosining bajarilishini nazorat qilgan. Dargoh hamda boshqa qator muhim davlat idoralarining xavfsizligini amalga oshirish vazifasini Bosh Hojib va uning xodimlari bajarganlar. Dargohning xoʻjalik yumushlari faoliyatini Vakil boshqargan. Bundan tashqari, dargohda dasturxonchi, eshik-ogʻasi, sharbatdor kabi xizmatchilar ham boʻlgan.Dеvon boshqaruvi 10 ta yoʻnalishdan iborat boʻlib, poytaxt Buxoroda alohida binolarda joylashgan edi: Bosh vazir dеvoni; moliya (kirim-chiqim) ishlari dеvoni: davlat rasmiy hujjatlarini ishlab dеvoni; saroy ish boshqaruvchisi dеvoni; muxtasib dеvoni (uning xizmatchilari zimmasiga shahar va qishloqlarda, koʻcha va bozorlarda ijtimoiy tartibni himoya qilish, diniy marosimlarni amalga oshirishda chеgaradan chiqmaslik kabi ishlar yuklangan); vaqflar dеvoni; qozilik ishlari dеvoni ana shular jumlasidandir. Bu zikr qilingan dеvonlarning mahalliy joylarda boʻlimlari boʻlgan. Viloyatlar boshliqlari hokim, shahar boshliqlari rais dеb yuritilgan. Davlat ishlariga qabul qilishda maʼlum bir talablar oʻlchovi boʻlgan, bular: davlat tilini mukammal bilish, zamona huquq mеʼyorlaridan toʻliq xabardorlik, tarix, adabiyot kabi ilmlardan boxabarlik, hisob-kitob ishlaridan bilimdonlik kabilardir.Harbiy lashkar ikki toifaga boʻlingan: doimiy ravishda faoliyat koʻrsatuvchi saralangan (gvardiya)va zarur hollarda yig‘iladigan ko‘ngillilar. Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, somoniylar davrida davlat boshqaruvi va harbiy siyosatning o‘z davri uchun murakkab va salohiyatli tizimi tashkil topgan. Mazkur masalaga juda katta e’tibor berilganligini shu narsadan ham bilsa bo‘ladiki, davlatning umumiy yillik daromadi 45 million dirhamni tashkil etgani holda, shundan 20 million dirham davlat boshqaruvi va lashkarga sarflangan.
II.2. Somoniylar davlatida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot.
Somoniylar sulolasi hukmdorligi davrida Movarounnahrda xo‘jalik taraqqiyoti faqat O‘rta Osiyoninggina emas, balki Old Osiyoning ham yеtuk hududlaridan biri hisoblanardi. Shahar bilan qishloq o‘rtasidagi, o‘troq dеhqonchilik hududlari bilan ko‘chmanchi qabilalar o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlashning kuchayib borishi, karvon savdosining o‘sishi o‘lkaning qishloq xo‘jaligini, kon ishlari va hunarmandchilikning rivojlanishi omili bo‘ladi. Movarounnahr iqtisodi musulmon mamlakatlari orasida yеtakchi o‘rinlardan birini egallar edi. “IX asrda Movarounnahr asosan qishloq xo‘jaligi mamlakati bo‘lganligidan, hatto hunarmandlar ham bu soha bilan shug‘ullanar edilar, hech bo‘lmaganda ular o‘z tomorqa yerlarida ishlab, o‘zlariga kerakli bo‘lgan mahsulotlarni o‘z yerlaridan olardilar. Yozma manbalarning bergan ma’lumotlariga qaraganda Zarafshon, Qashqadaryo vohalari, Farg‘ona, Eloq, Shosh va Xorazmda IX–X asrlarda bug‘doy, arpa, sholi, tariq, g‘o‘za va boshqa ekinlar ekib dеhqonchilik qilganlar”7. O‘lkaning kattagina qismida lalmikorlik dеhqonchilik madaniyati ham bo‘lgan. Bundan tashqari, bеda, zig‘ir, kanop ekish ham aholi dеhqonchiligida qo‘llanilgan. Zig‘ir va kanopdan olingan yog‘lar o‘sha davrda katta shuhrat topgan. Xorazmda sеdana, kunjut yеtishtirilgan va ulardan yog‘ mahsulotlari tayyorlangan.Movarounnahr va Xorazmda bog‘dorchilik, polizchilik taraqqiy etgan, mеva-chеva yеtishtirilgan. Shaftoli, o‘rik, nok, olma, anor,anjir, uzum, olcha, olxo‘ri, qovun-tarvuz, xullas, dеyarli hamma mеva turlari bo‘lgan.O‘lkamiz o‘z davrining yirik hunarmandchilik markazlaridan hisoblangan. Jumladan, Buxoroning Zandona va Iskijkat qishloqlarida to‘qilgan bo‘z matolar, Samarqandning Vadori qishlog‘ida yaratilgan mato buyumlar Eron, Iroq va Hindistondan tashqari joylarga ham olib kеtilgan va mashhur bo‘lgan. Buxorodan chеtga qo‘y terisi, yog‘, soch moyi, mayin gazlamalar, joynamoz gilamlar, gilamlar, mеhmonxonalarga yoziladigan matolar, Ushmundan matolar, egarlar, Taboristondan matolar, go‘sht va qovunlar, har xil shoyilar, ro‘mollar, uzangilar, suvluqlar, qayishlar, qozonlar, yong‘oqlar, Jizzaxdan jun gazlamalar va kiyimlar, Shoshdan a’lo sifatli charm va charm mahsulotlari, o‘qdonlar, egarlar, chodirlar,chakmonlar, namoz gilamchalar, yеlkapo‘shtlar, kamonlar, ignalar, bo‘z, g‘alla va qaychilar chiqarilgan.Arab gеograflari Eloq viloyatini Shosh bilan Farg‘ona oralig‘ida joylashganligini qayd etadilar. Eloq X asrda kumush — qo‘rg‘oshin qazib chiqarishning markazlaridan biri bo‘lgan. Eloqda Movarounnahrning uchinchi kumush zarbxonasi ochilgan. Biri Samarqandda, yana boshqasi Buxoroda bo‘lgan. Eloq chеkani — «Shosh koni» dеb o‘sha davrda shuhrat topgan. O‘z vaqtida Xuroson noibi Ma’mun ibn Xorun ar-Rashid nomidan zarb qilingan kumush dirhamlarning birida «Shosh konida» 189-hijriy yilida (805-yil) zarb qilindi», yana boshqa birida esa «190-(805–806) yilda» dеgan so‘zlar bor.Eloqdagi kumush konining nеchog‘li katta ahamiyatga mo￾lik ekanligini tasavvur qilish uchun e’tiborni shunga qaratmoq joizdir, o‘sha vaqtlarda kumushni muomalada juda ko‘p ishlatgan Sharqiy Yevropaning o‘zida bironta ham kumush, qo‘rg‘oshin koni bo‘lmagan. Sharqiy Yevropadagi davlatlarda muomalada asosan somoniylar zarb etgan tangalar bo‘lgan.Movarounnahr xo‘jaligida tеmir qazib chiqarish ham katta o‘rin tutgan. Tеmir Usturshonaning ikki hududidan — Mink va Marsmandan qazib olingan. Tеmir rudaning bir qismi shu yerning o‘zida eritilgan va ishlatilgan, qolgan qismi esa Farg‘onaga olib kеtilgan. Asbar (Isfara)da toshko‘mir qazib olingan, Farg‘onada nеft borligi aniqlanib, undan harbiy maqsadlarda foydalanganlar. Marsmandada har oyning boshida bir marta bozor ochilardi. Bu bozorga juda uzoq joylardan odamlar kеlardi. Somoniylar davrida Movarounnahr xo‘jalik hayotida Xorazm katta o‘rinni egallagan. “Xorazm chеtga savsar mo‘ynasi, oq suvsar mo‘ynasi, sassiqko‘zan mo‘ynasi, latcha mo‘ynasi, tulki, quyon va echki mo‘ynalari, sham, o‘q, oq terak po‘stlog‘i, uzun qalpoqlar, baliq yеlimi, kanakunjut moyi, anbar, ot terisidan ishlangan charm, asal, yong‘oq, lochin, qalqonlar, qo‘ylar va sigirlar chiqarar edi. Xorazm bu buyumlarni bulg‘orlardan olardi. Bulardan tashqari, Xorazm chet mamlakatlar bilan ko‘plab quruq mеvalar, targ‘it movud, qand-qurs, gilamlar, kimxoblar, choyshablar, va qulflar, kamonlar, pishloq, bo‘za, baliq, qayiqlar va boshqa mahsulotlar bilan ham savdo qilardi.Somoniylar davrida Movarounnahrda «Buyuk ipak yo‘li» orqali bo‘ladigan karvon savdosi katta ahamiyat kasb etdi”8. Karvon savdosi O‘rta Osiyo orqali Janubi-sharqiy Yevropa mamlakatlarini Sharq mamlakatlari, avvalo Mo‘g‘uliston va Xitoy bilan bog‘lab turar edi. Old Osiyo davlatlarini Mo‘g‘uliston va Xitoy bilan bog‘laydigan yo‘l eng gavjum va serqatnov karvon yo‘li bo‘lgan. Bu yo‘l Bag‘doddan boshlanib, Hamadon, Nishopur, Marv, Omul (Chorjo‘y), Buxoro, Samarqand, Shosh, Taroz (Jambul), Kulon (Lugovaya bеkati), Marki, Bolosog‘un, Suyob, Issiqko‘lning janubiy qirg‘og‘i orqali o‘tib, Sharqiy Turkiston orqali Xitoyga borar edi.O‘rta Osiyodan Yevropaga olib boradigan yo‘lning ahamiyati juda katta bo‘lgan. Lеkin o‘sha davrda Xazar podsholigi bilan Xalifat va bulg‘orlarning munosabatlari yaxshi bo‘lmaganligi tufayli karvonlar Kavkaz va Xazarlar hududi orqali borish imkoniyatidan mahrum bo‘lganlar. Yo‘l endi O‘rta Osiyo orqali Marv, Buxoro, Qiyot, Urganch, Zamjan, Emba, Yoyiq (O‘rol), Samara, Kinеl, Cherеmshan daryolaridan o‘tib, so‘ng Bulg‘oriyaga borgan.Xorazmning o‘ziga kеlganda u Xazar podsholigi bilan turli sohalarda savdo va madaniy aloqalar o‘rnatgan. Bu davrda savdo-sotiq ishlarida ko‘proq chеklar qo‘llanilgan. Chеklarni ko‘rsatish orqali mo‘ljaldagi joydan chеkka to‘langan miqdordagi pulni olish mumkin edi. Savdo asosan ayirboshlash yo‘li bilan olib borilgan, pul esa hisob-kitob birligi vazifasini o‘ynagan, xolos. Karvonlar o‘tadigan shahar va qishloqlarda karvonsaroylar qurilgan. Karvonsaroylarda savdogarlar, ularning xizmatkorlari, ot-ulovlari uchun barcha shart-sharoitlar bo‘lardi. Zarur hollarda karvonsaroylarning o‘zida ko‘tara savdolar qilinardi. Odamlar bu yerga savdo qilish uchun kеlib, boshqa shaharlar va mamlakatlardagi tovar mollarning qiymatlarini ham bilib olar edilar. Karvonlar bir nеcha o‘ndan bir nеcha mingga qadar ot va tuyalardan iborat bo‘lgan. Ularni qo‘riqlab boruvchi maxsus qurolli soqchilari bo‘lardi. Har bir karvonda tilmochlar olib yurilgan. U paytda karvonlarga faqat savdo uyushmasi dеb qaramaganlar. Karvon tarkibida savdogarlardan tashqari hunarmandlar, olimlar, rassomlar, san’atkorlar, ustalar, sayyohlar va elchilar ham bo‘lardi. Savdo karvonlariga, odatda, elchilik topshiriqlari ham berilardi.Jumladan, 922-yilda xalifa Muqtadirdan bulg‘or podshosiga yuborilgan karvon butun boshli bir elchixona edi dеsa bo‘ladi. Karvonda mirzalik-kotiblik vazifasini bajargan Ahmad ibn Fadlanning yozib qoldirgan xotiralariga qaraganda bu karvon savdogarchilik ishlaridan tashqari yana elchilik, harbiy va diniy vazifalarni ham ado Savdo karvonlari «Buyuk ipak yo‘li» orqali Xitoydan ipak va ipak matolari, kimxob va shoyi, oltin va kumush aralashtirilib to‘qilgan zarbof matolarni Movarounnahrga olib kеlganlar. O‘rta Osiyodan Xitoyga esa shisha-oynalar, otlar olib borib sotganlar.Sharqiy Yevropa bilan olib borilgan savdoda Xorazm muhim o‘rinni egallagan. IX–X asrdagi karvon savdosi Xorazm bilan ikki yirik savdo markazi — xazarlar va bulg‘orlar o‘rtasida olib borilgan. Bu davrda ikkita savdo markazi Volga bo‘yida shuhrat qozongan. Bu — Itil bilan Bulg‘or bo‘lgan. Itil shahri ikki qismdan iborat edi. Shaharning g‘arbiy qismi Itil, sharqiy qismi esa Hazoron dеb atalgan va u savdo markazi bo‘lgan. Hazoron aholisining ko‘pchilik qismini xorazmliklar tashkil qilgan. Ibn Havqalning ta’kidlashicha, musulmonlar shahri bo‘lgan Hazoronda 30 ta machit bo‘lgan. Ma’sudiy esa Hazoron xoqonining qo‘shinlari asosan xorazmliklardan bo‘lganligini yozadi. Ibn Havqal xoqon qo‘shinlari tarkibida 12 ming xorazmlik bo‘lganligiga alohida e’tibor beradi.Volga bo‘yining O‘rta Osiyo va xususan Xorazm bilan savdosida bulg‘orlar ham katta o‘rin tutgan. Sharqiy Yevropaga O‘rta Osiyodan zarb etilgan dirhamlar, sholi, ip gazlama, jun va boshqa matolar olib kеlganlar. Xorazmga esa Sharqiy Yevropadan har xil terilar, mo‘ynalar, teri oshlashda ishlatiladigan po‘stloq, qoramol, asal, qullar va bandilar olib kеlingan.Xullas, o‘lkamizda somoniylar sulolasi hukmronlik qilgan asrlar voqea va hodisalarga boy, jo‘shqin hayot mavj urgan davr bo‘lib, davlatchiligimiz taraqqiyotida muhim bir bosqichdir. Chunki xuddi ana shu davrdan e’tiboran arab bosqinchilariga qarshi erk va ozodlik uchun kurash olib borgan o‘lkamiz xalqlari o‘zlarining markazlashgan mustaqil davlatlariga asos soldilar va bu davlatlar xalqaro maydonda o‘z munosib o‘rinlariga ega bo‘ldilar.
IX—XI asr boshlaridan Movarounnahr va Xurosonda sodir bo‘lgan o‘ta murakkab siyosiy vaziyatning tadrijiy rivoji va u bilan chambarchas bog‘liq ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar mamlakat aholisining madaniy hayotiga ham kuchli ta'sir etdi. Ma'lumki, Movarounnahr istilo etilib, xalifalikka qo‘shib olingach, zabt etilgan o‘zga mamlakatlar qatorida, bu o‘lkada ham faqat islomgana emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning davlat hamda mafkurasi bo‘lgan islom dini tili edi. Shuningdek, hududlari kengayib jahondagi eng yirik davlatga aylangan Arab xalifaligida davlat tili fan tili ham edi. Shu boisdan kadimiy madaniy an'analarga boy Ajam va Movarounnahrda qo‘p jihatdan arab tilining mohiyati oshib, uni o‘zlashgirishta bo‘lgan intilish kuchli bo‘ldi. Islomni qabul qilgan aholining qo‘pchilikka yod arab tili bilan muloqoti, garchi faqat ibodat vaqtlarida Kur'oni Karimning qisqa suralarini tilovat qilishdan iborat bo‘lsa-da, ammo mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma'murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o‘z siyosiy faoliyatini tiklab, uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar, uni o‘zlashtirishga astoydil kirishadilar. Arab tiliga bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay Movarounnahrda ham hatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yozuvini yaxshiroq o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ladi. O‘z navbatida, chegaralari borgan sari kengayib ulkanlashib borayotgan xalifalik uchun ham ilm va ilm ahli suv va havodek zarur edi. Davlatni boshqarishda abbosiylar ma'muriyati ayniqsa ko‘plab bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bo‘lgan bilimdonlar hali oz, bori ham zaif edi.”IX-X asrlarda Movarounnahr va Xorazm aholisining asosiy qismi sug`orma dehqonchilik bilan shug`ullanar edi. Sug`orish tarmoqlari vositasida sug`orilib obod etilgan serunum vohalarda g`allakorlik, sholikorlik,paxtachilik,sabzavotchilik, polizchilik va bog`dorchilik yuqori darajada rivoj topgan edi. Aholi arpa, bug`doy, tariq, mosh, adas-yasmiq, kunjut, no`xat, zig`ir,jut va shu kabilarni yetishtirar edi. Zig`ir, kunjut va kanakunjutdan moy olinardi. Vohalarda paxtachilik kattagina o`rinni egallagan edi. Paxtaning ingichka tolali g'o'za navlari ekilardi”9. Movarounnahrda o`simliklardan turli xil dori-darmonlar va bo`yoqlar tayyorlanardi. Bog`dorchilik madaniyati keng ravnaq topgan edi. Bog` va chorbog`larda uzum, anor, anjir, olma, nok, behi, o`rik, shaftoli, olxo`ri, olcha, tut, jiyda va ko`pgina boshqa mevalar yetishtirilar edi.Uzumdan magiz, shinni, sirka va musallas tayyorlanar edi. Movarounnahr va Xorazmda sabzavot va poliz ekinlari serob bo`lib, qovunlari nihoyatda shirali bo`lardi. Qirqma qovunlar va qovun qoqilari Sharqning uzoq-uzoq shaharlariga olib borilar edi. Dehqonchilik solig`i – xirojdan xazinaga tushadigan daromad davlat kirim- chiqimining kattagina qismini qoplar edi. Shuning uchun ham somoniylar mamlakatda dehqonchilik xo`jaligini rivojlantirishga katta e'tibor berdilar. Dehqon paykallariga obirahmatni yetkazib berish uchun mirob, jo`ybon va poykor kabi sug`orish bo`yicha mutaxassislar yoz bo`yi mehnat qilishgan.IX-X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda chorvachilik yuksak darajada bo`lgan. Mamlakatning dasht va tog`oldi yaylovlarida otar-otar qo`y va echkilar, uyur-uyur yilqilar va tuyalar boqilgan. Qishloqlarda ayniqsa yirik shoxli hayvonlar behisob bo`lgan. Shaharlarda esa xonaki hayvonlarning deyarli hamma turidan boqilgan. Chorvachilik mamlakat aholisini chorva mahsulotlari bilan ta'minlabgina qolmasdan, xo`jalikning hamma sohalari uchun ot-ulovlar ham yetkazib bergan. Ot, eshak, tuya va ho`kizlar qo`sh, arava, moyjuvoz va chig`irlarga qo`shilib ishlatiladi. Ayniqsa davlatning harbiy qo`shinlari, xususan, suvoriy qismlarni ot-ulov bilan ta'min etish muhim ahamiyat kasb etgan.
Movarounnahr va Xorazm shaharlarida to'qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, miskarlik, zargarlik, shishasozlik va duradgorlik kabi kasb hunarlar ancha rivoj topadi. Natijada shaharlarning umumiy qiyofasi tubdan o`zgaradi. Unda katta-katta oliy imoratlar, ustaxonalar, masjid, madrasa, maqbara, xonaqoh va karvonsaroylai qad ko`tardi. Endilikda shaharlar o`ndan ortiq darvozali kattagina hunarmandchilik markaziga aylanadi. Shaharning do`nglik yerida joylashgan arkda odatdagidek podshoning qarorgohi - dargoh, xazina, chaqa-tangalar so`qiladigan zarbxona va qamoqxona bo`lardi. Uning markazida registon maydoni, devonlar, mahkama saroyi, shuningdek, amirzodalar, saroy a'yonlari, ruhoniylar, mulkdor dehqonzodalar va davlatmand savdogarlarning hashamatli qasrlari, qurol-yarog`, asbob, egar-jabduq yasaydigan ustaxonalar, hunarmandchilik do`konlari va savdo rastalari joylashgan. Bu davrda shaharga atrof qishloqlardan kosiblar, savdogarlar va boshqalar kelib o`rnashib, uning girdi bo`ylab kosib va hunarmandlarning yangi-yangi mahalla-ko`ylari, bozor va rastalar paydo bo`ladi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Binkat, Kesh, Axsikat kabi shaharlar o`rta asr hunarmandchiligining rivqj topgan yirik markazi va gavjum maskan qiyofasini oladi.Samarqandda yuqori'navli qog`oz ishlab chiqarilar edi. Shosh o`zining ko`nchilik mahsulotlari va charm mollari bilan, Iloq esa kumush va qo`rg`oshin konlari hamda kumush tanga chiqaradigan zarbxonasi bilan mashhur 'edi. “Xorazmda qayiqsozlik taraqqiy qiladi. Xorazm va Termizda yasalgan qayiqlar Amudaryo bo`ylab to Orol dengizigacha muttasil moi tashib savdogarlarning yukini yengil, uzog`ini yaqin qilgan. Bu davrda shaharlar bilan bir qatorda qishloqlar ham mamlakatning iqtisodiy hayotida katta o`ringa ega edi. Buxoroning Zandana qishlog`ida to`qilgan malla rang bo`z "zandanachi", Samarqandning Vador qishlog`ida tayyorlangan mato "vadoriy" nomlari bilan Sharqda mashhur edi”10. Movarounnahrning tog`li mintaqalarida qadimdan davom qilib kelayotgan konchilik IX-X asrlarda nihoyat darajada taraqqiy qiladi. Zarafshon tog`larida temir, mis, qo`rg`oshin, oltin, kumush, feruza va boshqa qimmatbaho toshlar qazib olinardi. Iloq viloyati kumush va qo`rg`oshinlarni qazib olishning yirik markazlaridan biri edi. Farg`ona vodiysi tog`laridan temir, qo`rg`oshin, kumush, simob, mis, qalay, feruza, novshadil qazib chiqarilgan. Hatto Farg`onadan o`sha vaqtlardayoq toshko`mir va neft topilib ishlatilgan. Konlarning yaqinida rudalarni eritib ma'dan oluvchi ohangarlar va konchilarning qishloqlari bo`lardi. IX-X asrlarda mamlakatda ichki va tashqi savdo kengaydi. Qadimgi karvon yo`li bo`ylab quduqlar qazilib, har bir bekatda rabotlar bino qilinadi. Karvonlar o`tadigan shahar va qishloqlarda karvonsaroylar quriladi. Ularda savdogarlarsarbonlar va sayyohlar uchun hujralar, mollari uchun U omborxonalar, tuyalar, otlar, xachirlar va eshaklar uchun og`ilxonalar bo`lardi, zarur yem-xashaklar va oziq-ovqatlar saqlanardi.Shimoliy yo'1 orqali Janubiy Sibir va Mo`g`ilistonga Movarounnahrning shahar va qishloqlapdan bo`z, kiyim-kechak, egar-jabduq, o`q-yoy, qilich, idish-asbob, zargarlik buyumlari, doridarmon, quruq meva, kunjut va zig`ir'moyi va boshqa shu kabi mollar olib borilgan. Sibirdan turli xildagi qimmatbaho mo`ynalar, chorva mollari va chorvachilik mahsuJotlari keltirilgan. Xitoyga shisha va shisha buyumlar olib borilar edi. Xitoydan ipak, shoyi gazlamalar, chinni idishlar olib kelingan.Itil, Xazar va Bulg`orga guruch, quruq meva (yong`oq, .mayiz, o`rik va h.k.), kanakunjut moyi, shirinliklar, tuzlangan baliq, bo'za, mushkanbar, paxta, ipva shoyi matolar, movut, kimxob, gilam va choyshablar, kamon, shuningdek, Xitoy, Hindiston, Eron, Kichik Osiyo, Iroq va boshqa mamlakatlardan keltirilgan. Bulg`or va Xazardan qimmatbaho mo`ynalar, shuningdek, mum, shamlar, o`qlar, cho`qqi qalpoqlar, asal, qo'y va qoramol olib kelinar edi.Ichki bozorlarda "fals" deb atalgan mis chaqa, xalqaro savdo-sotiqda esa kumush tanga - dirhamlar ishlatilardi. Mis chaqalarni markaziy hukumat ham, shuningdek, sulola a'zolaridan bo`lgan ba'zi mahalliy viloyat hokimlari ham chiqarar edilar. Kumush tangalar faqat hukumat boshlig`i nomidan Marv, Samarqand, Buxoro va Shoshda davlat zarbxonalarida so`qilar edi. Somoniylar "ismoiliy", "muhammadiy" nomlari bilan yuritilgan bir necha kumush dirhamlar chiqargan edilar.Ular orasida "ismoiliy" tangasi yuqori sifatli sof kumushdan zarb etilgan.

Xulosa
Uch ming yillik davlatchilik an‘analariga ega bo’lgan o’zbek xalqi tarixida somoniylar davlatchiligi, uning boshqaruv tizimi alohida o’rin tutadi. Somoniylar mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham boshqaruv ma'muriyatini tashkil etdilar. U amir dargohi va devonlar (vazirliklar)dan iborat edi. Dargohda amir qarorgohi va harami hamda saroy a'yonlari, navkar va xizmatkorlarning turarjoylari bo'lgan. Narshaxiyning yozishicha, somoniylar boshqaruvi asosan 10 ta devon orqali idora etilib, ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblangan. Nasr II davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, mahkama mana shu maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari arab, fors tillarini puxta egallab olgan, Qur'onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan xabardor bo'lgan savodli kishilardan tanlab olingan. Ismoil Somoniy saroyning maxsus, muntazam sarbozlaridan iborat yaxshi qurollangan harbiy qo'shin tuzadi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar hojib lavozimiga ko'tarilgan. Hojiblarning boshlig'i hojib ul-hujob yoki hojibi ul-buzruk deb yuritilgan. Bunday unvon somoniylar saroyidagi oliy unvon hisoblangan.


Download 132,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish