REJA:
KIRISH
I.BOB.SHIMOLIY AMERIKADA TARQALGAN IQLIM
MINTAQALARI
SOVUQ VA MO’TADIL IQLIM MINTAQALARI
1.1
.
SHIMOLIY AMERIKA IQLIMIGA UMUMIY TAVSIF
1.2
.
ARKTIKA IQLIM MINTAQASI VA TABIAT ZONALARI
1.3
.SUBARKTIKA IQLIM MINTAQASI VA TABIAT ZONALARI
1.4
.MO‘TADIL IQLIM MINTAQASI VA TABIAT ZONALARI
II.BOB.ISSIQ IQLIM MINTAQALARI VA BALANDLIK
MINTAQALANISHI
2.1
.SUBTROPIK IQLIM MINTAQASI VA TABIAT ZONALARI
2.2
.TROPIK IQLIM MINTAQASI VA TABIAT ZONALARI
2.3
.
SUBEKVATORIAL IQLIM MINTAQASI VA TABIAT ZONALARI
2.4.
BALANDLIK MINTAQALANISHI
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
“
Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu
yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi
bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni
hammadan ham ko‘proq his etadigan kim yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining
talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz
kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo
aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan
erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.
”
Ma‘lumki Shimoliy Amerika materigi qadimgi Lavraziya materigining bir
qismidir.Uning Asosiy Xususiyatlari haqida gaplashadigan bo‘lsak, unda
dunyodagi eng katta orol (Grenlandiya,2.2 mln kv km),eng katta arxipelag shu
materikda (Kanada arktikasi),eng chuqur darasi (Kalorado kanyoni 2 km, uzunligi
416 km),Eng uzun g‘ori (Flint mamot 500 km), Eng go‘zal va maftunkor
sharsharasi (Niagara,bir yilda 10 mln sayyoh tashrif buyuradi), eng baland suv
qalqishi bo‘ladi (Fandi qo‘ltig‘i 16 metr), eng uzun vodiy muzligi
bor.(Alyaskada,145 km).Shimoliy Amerika qirgʻoqlarini uch okean: Atlantika,
Shimoliy Muz okeani va Tinch okean suvlari yuvib turadi.Dengizlar materikning
sharqiy va shimoliy sohillarini ancha parchalab yuborgan, gʻarbiy sohillarini esa
ancha kam oʻyib kirgan.Atlantika okeani Shimoliy Amerika qirgʻoqlari yaqinida
quruqlik ichkarisiga ancha uzoq kirib boruvchi dengiz va qoʻltiqlar hosil qilgan.
Ulardan baʼzilari materik sayozligida joylashgan (materik sayozligi qirgʻoqlar
yaqinida ancha keng) boshqalari ancha chuqur choʻkmalardan iborat boʻlib,
ularning ayrim qismlari tubi hozirda ham choʻkishda davom etmoqda.
Materik sayozligi sohilning Florida yarim orolidan Baffin Yeri oroligacha
boʻlgan qismida eng kengdir.San Lavrentiy va Gudzon qoʻltiqlari deyarli butunlay
materik sayozligida joylashgan. Florida yarim oroli bilan Nyufaundlend oroli
orasida kontinental platforma nisbatan yaqinda suv tagiga choʻkib ketgan boʻlib,
uning yuzasida materik relefining bir muncha yangi izlari bor: bular-chuqur daryo
mintaqalari mavjuddir. Bu mintaqalar,shimoldan,janubga,qarab o‘zgarib keladi va
o‘z navbatida harorat,yog‘in va boshqa komponentlar ham o‘zgarib turadi.Iqlim
mintaqalari haqida to‘liq va batafsil ma’lumotlarni quyida yoritamiz. Har bir iqlim
mintaqasining o‘ziga xos va mos o‘simlik dunyosi,hayonot dunyosi kabi bir
biridan farq qiladigan tabiat zonalari mavjud bo‘ladi. Shimoliy Amerika materigida
quyidagi tabiat zonalari mavjud. Jumladan: Arktika iqlim mintaqasida faqat bitta
tabiat zonasi qor va muz sahrolari mavjud u o‘z nomiga monant faqat abadiy qorlar
va muzloqlardan iborat o‘simlik va hayvonotga eng kambag‘al tabiat zonasi
hisoblanadi.Subarktika iqlim mintaqasida tundra va o‘rmon tundra tabiat zonasi
mavjud flora va faunaga nibatan boyroq bo‘lgan tabiat zonasi hisoblanadi.
Mo‘tadil iqlim mintaqasidan tabiat zonasi bir muncha ko‘proqdir jumladan:Tayga
tabiat zonasi, Aralash va keng bargli o‘rmonlar tabiat zonasi, keng tarqalgandir.
Subtropik iqlim mintaqasida quyidagi tabiat zonalari mavjud:Chalacho‘l va
cho‘llar,O‘rmon va o‘rmon dasht tabiat zonalari tarqalgan.Tropik iqlim
mintaqasida quyidagi tabiat zonalari tarqalgan:Savvanna va siyrak o‘rmonlar,
tabiat zonalari keng tarqalgan, va subekvatorial iqlim mintaqasida esa faqat Fasliy
sernam o‘rmonlar zonasi tarqalgandir.Quyida mintaqalar bilan birma bir tanishib
chiqamiz ya’ni har bir mintaqaning tabiati,landshafti,o’simlik va hayvonot dunyosi
va boshqalar bilan tanishib chiqamiz. Bundan tashqari shimoliy amerika
materigining balandlik mintaqalanishi haqida ham so’z boradi.Jumladan ikkita
yirik tog’lik Kordilyera va Appalachi tog’ligi haqida to’liqroq ma’lumot beriladi.
Umuman olib aytganda bu kurs ishida materikaning iqlimiga umumiy tavsif, iqlim
mintaqalari, tabiat zonalari, haqida batafsil ma’lumot beramiz.
Shimoliy va Janubiy yarimsharlarda subtropik va subekvatorial,mintaqalar
oraligʻida, joylashgan, ikkita geografik mintaqa. Tropik mintaqalarning materik
qismi uchun choʻl va chala choʻl landshafti, okeanlarga esa suvning shoʻrligi
(37%
o
) va yuqori temperaturasi xos. Tropik mintaqalarda quyosh nurlari tik
tushgani va bulutning kam boʻlganidan quyosh radiatsiyasi koʻp. Natijada harorat
yil boʻyi yuqori boʻladi. Eng issiq oyning oʻrtacha temperaturasi quruqliklarda
30–35°, eng sovuq oyniki 10° dan pastga tushmaydi.
Yillik yogʻin 50–200 mm (faqat sharqiy okean boʻyi mussonli zonasida
1000–2000 mm gacha). Materiklarda Tropik mintaqalarning quyidagi sektorlari:
sernam oʻrmon landshaftli sharqiy okeanboʻyi, siyrak oʻrmon va butazorlardan
iborat sharqiy oʻtish, choʻl va chala choʻl landshafti ustun boʻlgan materik
ichkarisidagi va gʻarbiy okeanboʻyi sektorlari farq qilinadi. Sharqdan gʻarbga
borgan sari oʻsimliklar dunyosi ham oʻzgarib boradi: aralash (doim yashil va barg
toʻkuvchi) oʻrmonlar, mussonli oʻrmonlar (qarang Tropik oʻrmonlar), siyrak
oʻrmon va savannalar, quruq oʻrmon va kserofil butalar, chala choʻl va choʻl
oʻsimliklariga oʻtib boradi.
Muvofiq ravishda faunasi ham oʻzgaradi. Okean va dengiz suvlarida
bugʻlanish koʻp boʻlganligi sababli kislorod va planktonlar siyrak.
Tropik mintaqalardagi koʻpchilik yerlar xoʻjalik jihatidan kam
oʻzlashtirilgan, aholi siyrak, harorat issiqdir.
E’tibor qiladigan bo’lsak tropik so’zi arabchada “Issiq” demakdir. Lekin bu
mintaqada dunyodagi eng ko’p hayvonlar to’plangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |