Tadqiqot farazi – Taxminimizcha, o‘smirlarning shaxslararo munosabatlar tizimi ko‘p jihatdan ularning shaxs sifatlari, ularning jinsiy farqlari bilan belgilanishi mumkin.
Tadqiqotning metodologik asosi – Tadqiqotning metodologik asosini belgilashda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va Respublikamiz birinchi prezidenti I.A.Karimovning xalq ta’limi va yoshlarni tarbiyalash haqidagi fikrlari hamda psixologiyada shaxs tushunchasi: kompleks yondashish (B.G.Ananev), funksional tizimlar konsepsiyasi (P.K.Anoxin), determinizm tamoyili (S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev), tizimli yondashish (B.F.Lomov), faoliyat va ong birligi tamoyillari asos qilib olindi. Bundan tashkari Sharq allomalarining o‘z asarlarida keltirgan ilg‘or fikrlardan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |