I bob sharof Rashidovning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o'rni


Sadullo Muhammadqulov Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana22.07.2022
Hajmi0,49 Mb.
#838431
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Sharof Rashidovning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o\'rni

Sadullo Muhammadqulov Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy 
Komitetining 
birinchi 
kotibi 
Sharof 
Rashidovga 
xos 
soqchi 
etib 
tayinlanganida atigi 28 yoshda boʻlgan. Bu lavozimga kelish oldidan u 
maktabda oʻqituvchilik qilardi. Matematik qay tarzda tan soqchi boʻlishga 
erishdi? 
Sobiq komissar (sobiq Ittifoq davrida tan soqchilar xuddi shunday atalgan, 
tahr.) koʻpchilik uchun qiziq va shu bilan birga sirli boʻlgan tansoqchilar hayoti 
haqidagina emas, balki bugun Oʻzbekiston 100 yillik yubileyini nishonlash 
arafasida turgan atoqli davlat arbobi va yozuvchi — Sharof Rashidovning hayoti, 
feʼl-atvori, siyosiy va psixologik portreti hamda SH. Rashidov rahbarlik qilgan 
davrda Oʻzbekiston jahonda qanday mavqega ega boʻlganligi haqida soʻzlab 
berdilar. 
Sadullo Murodilloyevich suhbat avvalida nega aynan bugunga kelib oʻz 
faoliyati haqida gapirishga qaror qilganliklari haqida toʻxtalib oʻtdilar. 
"Eng avvalo aytish joizki, tansoqchi degan ibora bizda kamdan-kam qoʻllaniladi. 
Sobiq sovet Ittifoqida qoʻriqlanayotgan shaxsga bevosita xizmat qilgan shaxs — 


19 
davlat xavfsizligidan biriktirilgan ofitser deyilar edi. Chet elni misol tariqasida 
oladigan boʻlsak, "Xos sokchi" ("Teloxranitel") nomi bilan bir necha filmlar 
suratga olingan. Ularning birida Amerika Prezidentining xavfsizligini taʼminlash 
haqida, ikkinchisida mashhur qoʻshiqchining xavfsizligini, yana boshqasida esa 
katta biznesmenning xavfsizligini taʼminlash haqida hikoya qilinadi. Bizda esa bu 
xizmat haqida maʼlumot deyarli yoʻq. Shu bois, oradan 34 yil oʻtib, men 
Oʻzbekiston respublikasidagi xos soqchilik faoliyati haqida gapirib berishga qaror 
qildim. 
"Ochigʻini aytaman, bolaligimda tansoqchi boʻlaman deb orzu 
qilmaganman, — deb hikoyasini boshladi suhbatdosh. Har gal yangi kitobni oʻqib 
tugatishim bilan orzularim ham oʻzgarar edi: olim, injener, uchuvchi, tankist, 
razvedkachi yoki militsiya xodimi…" 
Suhbatdoshimiz maktabda aʼlo baholarga oʻqib, oʻqishni oltin medal bilan 
bitirgach Samarqand davlat universitetining matematika fakultetiga oʻqishga kiradi 
va maʼlum muddat oʻz ona qishlogʻida matematika fani oʻqituvchisi boʻlib ishlaydi 
ham. 
"Matematika fani oʻqituvchisi boʻla turib, bu lavozimiga qanday kelib 
qoldingiz?", degan savolga u quyidagicha javob berdi: 
"Maʼlum muddat maktabda ishlagach, ishning bir xilligidan zerikib, 
militsiyaga oʻtishga qaror qildim. Ammo taqdir taqazosi bilan xavfsizlik organiga 
ishga kelganman. Samarqand viloyati boshqarmasida 5 yilga yaqin ishlaganimdan 
keyin meni oʻsha davrda juda katta obroʻga ega boʻlgan respublika xavfsizlik 
komitetining maxsus boʻlimi — 9 boʻlimga "katta xos soqchi" lavozimiga 
tayinlashdi. Oʻsha vaqtda respublikada faqatgina 3 ta xos soqchi boʻlganini, 
ularning biri Sovet Ittifoqi Qahramoni, ikkinchisi podpolkovnik boʻlganini 
eʼtiborga olsak, oddiy oʻqituvchi oilasidan chiqqan va yaqindagina kapitan 
unvonini olgan 28 yoshli yigitning bunday katta obroʻga sazovor boʻlishi albatta, 
afsonaviy xol edi. 


20 
Sharof Rashidovni 1976 yildan boshlab juda koʻp marta yaqindan 
koʻrganman, ular Samarqand viloyatiga kelganlarida xavfsizliklarini taʼminlash 
tadbirlarida faol qatnashganman. Tadbirlar tugashi bilan ular har safar xavfsizlik 
xodimlariga qoʻl berib rahmat aytar va xayrlashar edilar. Ularning xarakterlari, 
odatlari va boshqa xususiyatlari haqida maʼlumotga ega edim. Ish yuzasidan esa 
har bir nutqlari, suhbatlari, intervyu yoki chiqishlarini qunt bilan oʻrgangan edim. 
Lekin avval aytganimdek, ularga yaqindan turib xizmat qilish xayolimga kelmagan 
edi. 
Mening bu ishga oʻtishim ham maʼlum darajada tasodif bilan bogʻlik. 1980 
yilning mart oyida Samarqandda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish masalalari 
boʻyicha respublika seminari Sharof Rashidovichning ishtirokida oʻtkazilishi 
moʻljallangan boʻlib, Ular viloyatga kelgandan keyin, men Xavfsizlik boshqarmasi 
rejasi boʻyicha, Sharof Rashidovich yashaydigan rezidentsiyada kechasi 
navbatchilikda turishim kerak edi. Kunduzi esa ishxonada boʻlib zarur 
topshiriqlarni bajarishim zarur edi. Seminar boshlanishi kuni men ertalab soat 8 
da majlis boʻladigan "Opera va balet teatri" binosi yonidan oʻtayotib "bir xabar 
olay, mabodo mening yordamim kerak boʻlib qolar", — deb ustozim Ahror 
Akramov yonlariga bordim. 
Tasodifni qarangki, Hukumat aʼzolariga ajratilgan xonaning xavfsizligini 
taʼminlashi kerak boʻlgan xodim kechikayotganidan Ahror aka rosa 
asabiylashayotgan ekanlar. 
Meni koʻrib juda xursand boʻldilar va bu xonaning yonidagi postga meni 
tayinladilar. Men postni qabul qilib oʻsha kuni seminar tugagunga qadar bir necha 
marta 
Sharof 
Rashidovning 
"nazarlariga" 
tushdim. 
Shu 
kuni 
Sharof 
Rashidovichning xos soqchilari boshligʻi Sovet Ittifoqi qahramoni, polkovnik Bois 
Xamidovich Ergashev bilan tanishdim. Bois aka Xavfsizlik komitetining 
Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi O. Mahmudov va kadr boʻyicha uning 
oʻrinbosari V.K. Panin bilan suhbatlashib bir necha oydan beri boʻsh boʻlgan "xos 
soqchi" lavozimiga nomzod topa olmayotganligi haqida gapirib, birorta yaxshi 


21 
yigitni topib berishni iltimos qilgan. Ular Bois aka bilan suhbatda meni uzoqdan 
koʻrsatib nomzodimni tavsiya qilgan ekan. Usha kunlari meni Samarqand viloyati 
boshqarmasining Narpay boʻlinmasiga boshliq etib tayinlash uchun hujjatlarim 
Toshkentga yuborilgan edi. 
Seminar tugagandan keyin bu gaplarni menga V.K. Panin gapirib berdi. 
Kechqurun men Sharof Rashidovich yashayotgan rezidentsiyaga navbatchilikka 
kelganimda Bois aka bir varaq qogʻoz berib oʻzim haqimda zarur maʼlumotlarni 
yozib berishni iltimos qildilar. 
Bir oydan keyin esa men bilan Samarqandga kelgan Xafvsizlik qoʻmitasi 
raisining birinchi oʻrinbosari general-mayor Levon Nikolayevich Melkumov 
suhbatlashdi. U kishi mendan oʻzimning rejalarim va ota-onamning mabodo meni 
Toshkentga 9 — boʻlimga ishga olishsa rozilik berish-bermasligini soʻradi. Men 
esa harbiy kishi sifatida har qanday topshiriqni bajarishga tayyor ekanligimni, ota-
onam oʻqimishli kishilar ekanliklarini, ular albatta rozilik berishlarini taʼkidladim. 
Suhbat oxirida men ruxsat soʻrab, generalga karateist yoki sportsmen emasligimni, 
oʻqotar qurollaridan otishda ham oliy natijalarga erishmaganimni aytdim va men 
shu lavozimga loyiq yoki loyiq emasligimni soʻraganimda, L.N.Melkumov kulib, 
"toʻgʻri savol berdingiz, lekin bizga sportsmen yoki mergan emas, katta tadbirlarni 
oʻtkazishga rahbarlik qila oladigan va alohida xususiyatlarga ega boʻlgan kuchli 
operativ xodim kerak. Men suhbatdan oldin siz haqingizda kerak boʻlgan hamma 
maʼlumotlarni olganman", — deb javob berdi.
Suhbatdoshning soʻzlariga qaraganda, yuksak vazifaga tayinlangan paytning 
oʻzidanoq unga birgina savol tinchlik bermagan: "Men xizmatni qanday olib 
boraman?" degan. "Bu men uchun ham qiziqarli va bir vaqtning oʻzida murakkab 
masala edi", — iqror boʻladi u. 
"1980 yilning 26 aprel kuni meni Sharof Rashidovich bilan suhbatga taklif 
qilishdi. Men va Ahmadjon aka kabinetiga kirib kelganimizda, Sharof Rashidovich 
biz bilan oʻrnilaridan turib qoʻrishganliklari hali-hanuz yodimdan chiqmaydi. 
Ahmadjon aka Sharof Rashidovichga men haqimda kerakli maʼlumotlarni bergach, 


22 
u kishi men bilan suhbatga kirishdilar. Oʻzim haqimda, ota-onam haqida aytib 
berishimni soʻradilar. 
Oʻzim haqimda qisqa gapirgach, otam oʻqituvchi boʻlgani, hozir nafaqada 
ekanliklari, onam esa uy bekasiligini, 8 nafar farzand tarbiyasi bilan mashgʻul 
ekanliklarini aytib berdim. U kishi oilamizning har bir aʼzosini ismi-sharifidan 
tortib, qayerda ishlashlarigacha soʻradilar va suhbat yakunida Ahmadjon akaga 
qarab "O, mulla Ahmadjon, oʻzimizdan ekanu bular", — deb aytdilar. 
Soʻngra mendan "tan soqchi vazifasi nimadan iboratligini bilasizmi?", deb 
soʻradilar. Taxminan tasavvur qilishimni aytganimdan soʻng, "yaxshi" dedilarda 
xos soqchi ega boʻlishi lozim sifatlarni sanay ketdilar. 

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish