I bob. Savdo faolyatining turlari


Chakana va ulgurji savdo xizmatlari



Download 70,04 Kb.
bet3/6
Sana19.04.2022
Hajmi70,04 Kb.
#564386
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Muhammadali kurs ishi

1.2 Chakana va ulgurji savdo xizmatlari

Ulgurji savdo — katta partiyalarda tovar va mahsulotlarni oʻz mulkiga sotib olib, isteʼmolchilarga sotuvchi savdo turi. Ulgurji savdo — butun boricha, koʻp miqdorida, koʻtara savdo orqali tovar mahsulotlarini isteʼmolchilariga yoki ularni chakana tarzida savdo qiladigan haridorlarga tovarlar yirik va ulkan (partiya)lari bilan koʻtarasiga sotiladigan bozor. Chakana savdo — tovarlarni soʻnggi isteʼmolchilarga sotuvchi savdo. Bu savdo bilan shug'ullanganda mustaqil doʻkonlar, maxsus doʻkonlar va supermarketlardan foydalaniladi.

Chakana savdo — tovarlarni donalab yoki kichik toʻp bilan sotish va sotib olish; Chakana savdo tovarlarni shaxsiy yoki uy xoʻjaligida pirovard isteʼmolga sotishning asosiy shakli boʻlib, dehqon bozorlari, kichik doʻkonlar, supermarketlar orqali amalga oshiriladi  Chakana va ulgurji savdo: Savdoni (ulgurji va chakana) avtomatlashtirish korxonada dasturiy ta’minot yechimlarini joriy qilishni namoyon etadi. To‘g‘ri tanlangan CRM tizimi quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi: - kompaniya xarajatlarini kamaytiradi;- xodimlarni yanada unumli va sifatli ishga boshlaydi;- hisobot hujjatlarini tayyorlashda xatolar va kamomad xavfini minimallashtiradi;- mijozlar sonini ko‘paytiradi;- shuningdek, yana boshqa ko‘plab vazifalarni yechib beradi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ERP tizimini har bir kompaniya ham to‘g‘ri tanlay olmaydi. Hattoki shu kabi yechimlar ishlanmasiga ixtisoslashgan har bir korxona ham buni birdek uddalashi qiyin. Buning qiyinchiligi har bir alohida savdo kompaniyasi ishining yuqori darajadagi o‘ziga xosligi bilan tushuntiriladi. Shuningdek, bugun mavjud 90% biznesni avtomatlashtirish tizimlari zaruriy moslashuvchanlik bilan ajralib turmaydi. Ulgurji va chakana savdoni avtomatlashtirish uchun tizimni tanlashda nimalarga e’tibor beramiz. DTni tanlayotganda, biznesingizning barcha xususiyatlari, shuningdek, tayyor dasturiy ta’minotdagi o‘zgarish imkoniyatini ham inobatga olish darkor. Sodda qilib aytganda, u yetarli darajada moslashuvchan bo‘lishi kerak.Tovarlarni ishlab chiqarilgan joyidan foydalaniladigan joyiga tarqatish (distributsiya) savdo kanalida ishlovchi ulgurji yoki chakana tashkilotlar yoki alohida shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchining yangi mahsuloti taklifi bozordagi talabdan yuqori bo‘lsa, distribyutor xizmatidan foydalanadi. Distribyutor funksiyasini ulgurji va chakana savdo tarmoqlari bajarishi mumkin.Ulgurji savdo – ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida vositachi bo‘lib, u bir yo‘la ham ishlab chiqaruvchi, ham iste’molchiga xizmat qiladi. Ishlab chiqaruvchi uchun ulgurji savdo foydali bo‘lib, u o‘z bozorini kengaytirish va xarajatlarni kamaytirish imkoniga ega bo‘ladi.Ulgurji korxonalar quyidagi qoidalarga asoslanib ishlashi kerak
Bozorlarni chuqur o‘rganish, tovarlar uchun bozorni tanlash.
Xarajatlar tarkibini kuzatib borish, omborlar, ishchilarga keta-digan xarajatlarni tahlil qilish.
Ulgurji savdoni barcha texnologik ketma-ketlikda bajarish, operatsiyalarning daromadliligini nazorat qilish (ulgurji shaklida sotib olish, saqlash, qadoqlash, nav (sort) larga ajratish, sotish).
Sotiladigan mahsulotlarning imiji va brendi shakllanishiga yordam berish.
Ulgurji firmalar bir tomondan o‘zlari uchun alternativ ishlab chiqaruvchilar izlab, yangi-yangi mahsulotlarni sotib olish va sotishni maqsad qilsa, ikkinchi tomondan yangi sotish bozorlarini ham izlaydi, yangi iste’molchilar segmentini tovarlarga jalb qiladi. Ulgurji firmalar bozorlar haqida axborotga ega bo‘lib, korxonalarni iste’molchilar talablari, bozor holati bilan bog‘liq axborotlar bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga iste’molchilarni bozor konyunkturasi, yangi tovar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtiradi.
Ulgurji savdo – tovar va xizmatlar sotilishi bo‘yicha faoliyatlarning hamma turini: qayta sotish maqsadida ularni kim sotib oladi, professional foydalanish yoki biznesda foydalanish kabilarni o‘z ichiga oladi. Ulgurji sotuvchilar ishlab chiqaruvchilarga tovarlarni ko‘plab turli xil savdo korxonalariga va ishlab chiqarish iste’molchilariga samarali yetkazib berish, transportirovka qilish, omborga joylashtirish, moliyalashtirish, tavakkalchilikni qabul qilish, savdoni rag‘batlantirish kabilarda yordam beradi.Ulgurji savdo funksiyasini quyidagilar amalga oshira oladi: ishlab chiqaruvchining iste’mol bozorida 40 % atrofida ulgurji savdoni ta’minlovchi savdo idorasi yoki filiali, tijorat ulgurji firmalari (50 % atrofida aylanma; agentlar va brokerlar (umumiy ulgurji aylanmaning 10 %).Savdo idoralari odatda, savdo bozorlari yaqinida joylashadi va tovar zaxiralarini saqlaydi. Filiallar savdo bilan ham, saqlash bilan ham shug‘ullanadi. Savdo idoralari va tayyorlovchi filial orqali ulgurji savdo, agar iste’molchilar geografik jihatdan bir joyga yig‘ilgan va shuningdek, mahalliy ulgurji sotuvchilar bilan kelishish imkoni bo‘lmasa yoki bozor infratuzilmasi rivojlanmagan bo‘lsa, foydali hisolanadi.Mustaqil ulgurji tijorat tashkilotlari o‘zlari ish olib boradigan hamma tovarlarga mulkchilik huquqini sotib oladi va sotuvdan keladigan foyda hisobiga faoliyat yuritadi. Ulgurji tashkilotlar xizmat ko‘rsatishning to‘liq yoki cheklangan sikliga ega bo‘lganlaridan farqlanadi.Xizmat ko‘rsatishning to‘liq sikliga ega ulgurji sotuvchilar tovar zaxiralarini saqlash, sotuvchilar bilan ta’minlash, kreditlash, tovarni yetkazib berishni ta’minlash kabi xizmatlarni ko‘rsatadi. O‘z xarakteriga ko‘ra ular ulgurji sotuvchilar yoki ishlab chiqarilgan tovarlarni tayinlangan joyga yetkazib beruvchi distribyutorlardir.Ulgurji sotuvchilar (dilerlar) asosan, chakana sotuvchilardan farqli ravishda ularga to‘liq xizmat ko‘rsatgan holda iste’mol tovarlarini sotadilar.Ulgurji savdo – umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko‘pchilik vazifalarni bajaradi. Ulgurji savdoning ahamiyati:
chakana savdoga ishlab chiqarish firmalarning tor assortimentini kengaytirib taklif etadi;
katta hajmda tovar sotib olib, muomala xarajatlarini kamaytiradi;
yuqori malakali tovarshunos va marketologlar bilan tovarlar bozorini chuqur o‘rganadi;
tovarlarni saqlaydi va kerakli tovar zaxiralarini shakllantiradi;
ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo o‘rtasida mustahkam aloqa bog‘laydi, ularga moliyaviy yordamlashadi va boshqalar;
ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi maxsus tijorat firmalari - ulgurji savdo bazalari, omborlari va tovar birjalari shaklida, xususiy, hissadorlik, qo‘shma va davlat mulkiga asoslangan bo‘lishlari mumkin.
Ulgurji savdo bazasi –mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi, maxsus ombor xo‘jaligiga va malakali xodimlarga ega bo‘lgan firma mavqeyida ishlaydi. U tovar assortimentlarini qabul qilish, saqlash va iste’molchilarga yetkazib berish jarayonini tashkil etadi.Tovar birjalarining ulgurji savdo bazalari faoliyatidan farqi, ular tovarlarni sotib olish va qayta sotish bilan shug‘ullanmaydi, ombor xo‘jaliklari ham yo‘q, ular faqat vositachilik qiladi. Agent va brokerlar vositachilik ishini bajaradi, ammo moddiy javobgarlikni bo‘yniga oladi.Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlar distribyutorlari uni chakana sotuvchilarga emas, ustuvor ravishda ishlab chiqaruvchilarga sotadilar.Xizmat ko‘rsatish sikli cheklangan ulgurji savdo qiluvchilar o‘z mijozlariga kamroq xizmat ko‘rsatadilar. Ular tovarni naqd hisob-kitob bilan sotib oladigan, lekin xaridorga yetkazib bermaydigan ulgurji sotuvchilar.Chakana savdoning maqsadi – oxirgi iste’molchilarga chakana do‘konlar orqali mahsulotni chakana narxlarda yetkazib berishdir. Savdoning bu turi bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zlarining turli– tumanligi va ulardagi narxlar ham egiluvchanligi bilan xarakterlanadi.Chakana savdo aholiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar sotish va xizmat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatini o‘z ichiga oladi. Chakana savdo tovarlar assortimentining shakllanishida qatnashadi. Xaridorlarga tovarlar sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida axborotlar beradi. Tovarlarni saqlash, qo‘shimcha ishlash, narxlarni o‘rnatish va boshqa vazifalarini bajaradi. Natijada tovarlarning oxirgi iste’molchilari bilan oldi - sotdi shartnomasini tuzadi. Mulkdor hisoblanadi. Bu turdagi chakana savdo tashkilotining bu turini afzalligi - yirik partiya tovarlariga buyurtma berish imkoniyati orqali transportxarajatlarini iqtisod qilish va soni bo‘yicha chegirma olish, tashkil etishning yuqori darajasi, sotishni rag‘batlantirish va bashorat qilish imkoniyati, tovar zaxiralari va narxlarni boshqarishdan iborat. Iste’mol koorperativlari – bu chakana savdo qiluvchi do‘konlar bo‘lib, ularni iste’molchilarning o‘zlari boshqaradi va egalik qiladi (ko‘proq oziq – ovqat bozorlarida). Ko‘pincha iste’molchilarning o‘zlari do‘konlarda ma’lum vaqt ishlab beradi, bu esa savdo narxini sezilarli pasaytirish imkonini beradi. Savdo kooperativlari– mustaqil do‘konlar tarmog‘i bo‘lib, odatda, tovarlarni bitta ta’minotchining o‘zidan xarid qiladi. Ularning afzalligixaridorlarning ko‘z oldida, ularniancha past narxlar bilan jalb etuvchi (yetkazib beruvchidan xarid qilinganda, miqdori uchun chegirmalar hisobidan) yirik savdo tarmog‘ini yaratishi. O‘z-o‘ziga xizmat qilish do‘konlari – kundalik ehtiyoj tovarlarini realizatsiya qiladi. Chakana savdo taqsimlashning barcha bo‘g‘inida o‘nta xaridordan yettitasi u yoki bu tovar foydasiga, aynan ularning taqdim etilgan assortimentlarini ko‘rish, tovarning xarid qiymatini baholash va be vosita asosiy do‘konning o‘zida taqqoslash kerak bo‘lsa, maslahat so‘rab, sotuvchiga murojaat qilishi savdoni amalga oshirishning isbotiga aylanadi. Aynan chakana savdo xaridorlar bilan doimiy muloqotda bo‘ladi, turli tovar va markalarga ularning ta’sirini ko‘radi va yangi kombinatsiya va tovar guruhlarini tuzib,tovarning tez sotilishini boshqaradi. Chakana savdo bilan shug‘ullanuvchilar tovarlar va xizmatlar bevosita yakuniy iste’molchilarning shaxsan iste’mollari uchun sotish bo‘yicha hamma turdagi faoliyatni bajaradilar. Chakana savdo do‘konlarida xaridor muomalasini boshqarish merchendayzing deyiladi.Chakana savdoning asosiy hajmi chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar orqali, kam qismi to‘g‘ridan – to‘g‘ri marketing, shaxsiy savdo va savdo avtomatlari yordamida sotishni o‘z ichiga oluvchi do‘kondan tashqari chakana savdo yo‘li bilan olib boriladi.Chakana savdo qiluvchi tovarni ulgurji savdodan yoki ishlab chiqaruvchidan sotib oladi. Ulgurji savdo ta'rifi: Ulgurji savdo deganda tovarlarni xaridorlarga chakana savdo tarmoqlari, sanoat tarmoqlari va boshqalar kabi arzon narxda sotish tushuniladi. Bu tovarlarni ulgurji sotuvchi tomonidan ishlab chiqaruvchilardan katta partiyalarda sotib olinadigan va keyinchalik asosiy qismi nisbatan kichik partiyalarga bo'linadigan biznes turi. Nihoyat, ular qayta to'ldirilib, boshqa tomonlarga qayta sotiladi.Ulgurji savdogarlar do'konning joylashgan joyi va tashqi ko'rinishi, tovarlarning namoyish etilishiga katta ahamiyat bermaydilar, chunki ular faqat ma'lum bir turdagi buyumlarni sotadilar va ularning xaridorlari odatda chakana savdo korxonalari yoki qayta sotish maqsadida tovarlarni sotib oladigan boshqa korxonalardir. Bu narsalar ular uchun umuman ahamiyatsiz.Ulgurji savdoda ulgurji sotuvchi tovarlarning sifatiga emas, balki soniga ko'proq e'tibor beradi. Ulgurji biznesni boshlash uchun katta kapital talab qilinadi, chunki biznes hajmi katta. Buning uchun hech qanday reklama yoki reklama talab qilinmaydi.Biroq, ulgurji biznesning mijozlari turli shaharlarda, shaharlarda yoki hatto turli shtatlarda tarqaladi. Aksariyat tovarlar ulgurji biznes mijozlariga kreditga sotiladi. Ulgurji savdoda sotib olinadigan narx pastroq, chunki u kamroq foyda marjidan iborat. Chakana savdo ta'rifi: Chakana savdo deganda tovarlarni mayda qismlarga sotish tushuniladi. Agar tovarlar qayta sotish uchun emas, balki iste'molchilar uchun oxirgi xaridorga kam miqdorda sotilsa, bu biznes turi chakana savdo deb nomlanadi. Chakana savdogarlar ulgurji savdogarlar va xaridorlar o'rtasida vositachidir. Ular ulgurji savdogarlardan tovarlarni ommaviy ravishda sotib olishadi va uni oxirgi iste'molchiga kichik qismlarda sotadilar.Chakana savdoda sotib olingan tovarlar narxi nisbatan yuqori. Buning ortida turgan birinchi va asosiy sabab reklama narxi va foyda darajasi yuqori. Bundan tashqari, ular mol-mulk narxiga mutanosib ravishda boshqa xarajatlarni, masalan, binolarni ijaraga berish, ishchilarga oylik maoshi, elektr energiyasi xarajatlari va hk.Haddan tashqari raqobat tufayli mijozlarni uzoq vaqt ushlab turish juda qiyin, shuning uchun chakana sotuvchi har xil turdagi mijozlar bilan ishlash usullarini bilishi kerak. Shu tarzda, do'konning joylashuvi, do'konning tashqi ko'rinishi, namoyish etilayotgan tovarlar, mahsulot va taqdim etilayotgan xizmatlarning sifati katta ahamiyatga ega, chunki u xaridor ongiga ta'sir qiladi. Bundan tashqari, chakana sotuvchining xayrixohligi ushbu parametrlarga bog'liq. Shu sababli, chakana biznes bilan shug'ullanadigan har doim sifatli mahsulot bilan birga bo'ladi. Ular nuqsonli yoki past sifatli mahsulotlarni rad etib, eng yaxshisini tanlaydilar.Ulgurji va chakana savdo o'rtasidagi asosiy farqlarQuyida keltirilgan fikrlar ulgurji va chakana savdo o'rtasidagi tub farqlarni ishlab chiqadi:


  1. Ulgurji savdo deganda tovarlarni katta hajmda, arzon narxda sotish tushuniladi. Tovarlarni oxirgi iste'molchilarga kichik miqdordagi foyda bilan sotish biznesi chakana savdo deb nomlanadi.

  2. Ulgurji savdo ishlab chiqaruvchi va chakana sotuvchi o'rtasida, chakana savdo esa ulgurji sotuvchi va xaridor o'rtasida aloqani yaratadi.

  3. Muayyan tovarning ulgurji va chakana narxi o'rtasida katta farqlar mavjud, ya'ni ulgurji narx har doim chakana narxdan past bo'ladi.

  4. Ulgurji biznesda chakana savdoda zarur bo'lgan tovarlarni sotish san'ati talab qilinmaydi.

  5. Ulgurji biznesning hajmi chakana savdoga qaraganda kattaroqdir.

  6. Chakana savdo sohasida chakana savdo do'koni egasi ulgurji biznesda mumkin bo'lmagan tovarlarni erkin tanlashi mumkin, chunki tovarlarni ommaviy sotib olish kerak.

  7. Ulgurji biznesda kapitalga bo'lgan talab chakana biznesga qaraganda yuqori.

  8. Chakana savdoda joylashuv juda muhim, ammo ulgurji savdoda bu joy umuman ahamiyatga ega emas.

  9. Tovarlarni chakana sotishda do'konning tashqi ko'rinishi va buyumlarning namoyishi ko'proq xaridorlarni jalb qilish uchun yaxshi bo'lishi kerak. Biroq ulgurji savdoda bunday ehtiyoj yo'q.

  10. Ulgurji savdoda reklama talab qilinmaydi, lekin chakana biznes mijozlarning e'tiborini jalb qilish uchun reklamani talab qiladi.

Korxonaning o‘ziga xos xususiyati haqida gapirganda, uning tuzilishi, savdo turi (ulgurji, chakana), asosiy vazifalari, xodimlar ishining xususiyatlari va boshqa tomonlarni ham inobatga olish kerak. Undan tashqari, sizga biznes jarayonlarini avtomatlashtirish tizimini taklif qilayotgan yetkazib beruvchi kompaniya nafaqat uni joriy qilish bilan, balki kelgusida tizim bilan ishlaydigan ishchilarni o‘qitishni ham amalga oshirishiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Aslida, dasturiy ta’minotni joriy qilish va sozlash kompaniyaning asosiy ishida hech qanday tanaffuslarsiz amalga oshirilishi kerak, axir tanaffuslar va to‘xtashlar buyurtmachi kompaniya uchun ortiqcha chiqimlar demakdir. Savdo-butovarlarning oldi-sotdisi va xaridorlarga xizmat ko`rsatish bilan bog`liq bo`lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Savdo faoliyati yuritish shakllariga ko`ra ulgurji va chakanalarga bo`linadi. Ulgurji savdo - bu tovarlarni keyinchalik sotish yoki ulardan professional foydalanish maqsadida tashkil etilgan tovarlar savdosi. Ulgurji savdo xizmati-ulgurji sotuvchining buyurtmalar bo`yicha shakllantirilgan, iste‟molchilarning tovar partiyalariga ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi faoliyati, ulgurji va chakana sotuvchilarning o`zaro harakatlari natijasidir. Ulgurji savdo xizmatlari ulgurji savdo korxonalari tomonidan taqdim etiladi. Ulgurji savdo korxonasi - bu keyinchalik qayta sotish maqsadida tovarlarning oldi-sotdisini amalga oshiruvchi, shuningdek tovarlarning ulgurji aylanishini tashkil etish bo`yicha xizmat ko`rsatuvchi savdo korxonasidir. 9 Ulgurji savdoning asosiy xizmati-ulgurji haridorlarga tovarlarni sotishdir. Ulgurji savdoning qo`shimcha xizmatlari jumlasiga: tovarlarga buyurtmalar va talabnomalarni qabul qilish, tovarlarni sotishdan oldin tayyorlash (tovarlarni sifat bo`yicha sortlarga ajratish, tovar partiyalarini komplektlash, qadoqlash, yuvish, tozalash, dezinfektsiyalash, o`rash, markirovkalash), tovarlarni berish, axborot xizmatlari, iste‟molchiga tovarni etkazish, qaytarilgan tovarlarni qabul qilish va saqlash, chiqitlarni qaytarish va utilizatsiya qilish, chiqitlarni qayta ishlashlar kiradi. Chakana savdo-bu tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan shaxsiy, oila va uyda foydalanish uchun tovarlar savdosi va xaridorlarga xizmatlar ko`rsatishdir. Chakana savdo xizmati-bu chakana sotuvchining iste‟molchi bilan o`zaro harakatlarining natijasi, shuningdek chakana sotuvchining, iste‟molchining yakka nusxadagi tovarlar yoki kompleks o`ralgan birliklar ehtiyojlarini qondirish bo`yicha faoliyatidir. Chakana savdo xizmatlarini chakana savdo korxonalari ko`rsatishadilar. Chakana savdo korxonasi-bu tovarlar oldi-sotdisini amalga oshiruvchi shaxsiy, oilaviy uyda foydalanish maqsadida ishlarni bajaruvchi va xizmat ko`rsatuvchi savdo korxonasi. Chakana savdoning asosiy xizmati bo`lib, iste‟molchilarga tovarlarni sotish hisoblanadi. Chakana savdo shaxobchalari aholiga zarur bo`lgan tovarlar savdo assortimentlarini shakllantirishadilar va tovarlarni tanlash va harid qilish uchun sharoitlar yaratishadilar. Savdo shahobchalariga tashrif buyuruvchilarga qulaylikni tashkil etish maqsadida axborot-maslahat xizmatlari, xarid qilish chog`ida yoki undan foydalanishda yordam ko`rsatish bo`yicha xizmatlar kabi qo`shimcha xizmatlar ham ko`rsatiladi. Chakana savdo shaxobchasining ishi tijorat faoliyatiga va assortimentni shakllantirish, tovarlarni qabul qilish, ularning saqlanishini ta‟minlash, tovarlarni sotishdan oldin tayyorlash va peshtaxtalarga qo`yish, haridorlarga tovarlarni taklif 10 etish, xaridor bilan hisob-kitob qilish, tovarlarni berish kabilarni o`z ichiga olgan savdo-texnologik jarayonga asoslanadi. Tovarlarni sotish savdo shaxobchalarida yoki undan tashqarida amalga oshiriladi. Tovarlarni savdo shaxobchalarida sotish quyidagilarni oladi: tovarlarni univermagda sotish; tovarlarni universamda (supermarketda) sotish; tovarlarni gipermarketda sotish; tovarlarni savdo shaxobchasi-omborda sotish; tovarlarni kundalik ehtiyoj mollari shaxobchasida sotish; tovarlarni ixtisoslashtirilgan (yoki ixtisoslashtirilmagan) oziq- ovqat shaxobchasida sotish; tovarlarni ixtisoslashtirilgan (yoki ixtisoslashtirilmagan) nooziq-ovqat shaxobchasida sotish; ommaviy ovqatlanish korxonalari mahsulotlarini turli tipdagi savdo shaxobchalarida sotish. Mayda chakana statsionar shaxobchalarda (kiosklar, pavilionlar) tovarlarni sotish, o`z ichiga alohida ommaviy ovqatlanish va nooziq ovqat tovarlari turlarining cheklangan assotimentdagi sotishni oladi. Kiosk va pavilionlar orqali nooziq ovqat tovarlari bo`lgan davriy nashriyotlar, devonxona tovarlari, suvinirlar, tamaki mahsulotlari, shuningdek ommaviy ovqatlanish mahsulotlari hisoblangan muzqaymoq, sharbatlar, gazlangan suvlar sotiladi. Mayda chakana harakatdagi shahobchalarda (palatkalar, avto savdo shahobchalari, avtolavkalar, avtodo`konlar, tsisternalar va boshqalar) tovarlarni sotish, savdo shahobchalari soni cheklangan uzoq aholi puktlarida joylashgan haridorlarga, savdo xizmatlarini taqdim etishning samarali shakllaridan hisoblanadi. Undan tashqari harakatdagi chakana savdo shahobchalaridan, yarmarkalar va bozorlardan ham foydalaniladi. Savdo agentlari orqali tovarlarni sotish iste‟molchilar uchun qulay hisoblanadi. Odatda, savdo agentlari tomonidan tovarlarni sotishda katta e‟tibor 11 axborot- maslahat ishiga, tovar xususiyatlarini iste‟molchilarga namoyish qilishga qaratiladi. Tovarlarni pochta (jo`natma) savdosi orqali sotish, iste‟molchilarga savdo shahobchasiga tashrif berishlariga imkon yaratadi. buyurmasdan tovarlarni xarid qilish, ushbu shahar yoki tumanda sotilmaydigan tovarlarga buyurtma Posilka savdosi orqali asosan nooziq- ovqat mahsulotlari sotiladi. Tovarlarni sotish bo`yicha e‟lonlar reklama-axborot va davriy nashriyotlarda chop qilinadi. Savdo shahobchalardan uzoqda joylashgan iste‟molchilar, tovarlarni xarid qilish bo`yicha talabnomalarni to`ldirishadilar, va ularni pochta orqali ta‟minotchiga yuborishadilar. Savdo shaxobchasi pochta orqali iste‟molchilarga yuboradi. Tovarlarni savdo avtomatlari orqali sotish, iste‟molchilarga qo`shimcha qulayliklarni yaratadi. Chunki ushbu avtomatlarni shaharning turli joylarida joylashtirish mumkin (avto bekatlarda, vokzallarda, stantsiyalarda, binolar yonida). Avtomatlarda cheklangan assortimentdagi tovarlar sotiladi. Ular jumlasiga sigaretlar, gazlashtirilgan suv, qandolatchilik mahsulotlari, davriy nashriyotlar va hokazolar. Telesavdo shahobchalari va Internet tizimidagi elektron savdo shahobchalari, iste‟molchilarning savdo shahobchalariga borish va tovar xarid qilish uchun sarflanadigan vaqtlarini tejashadilar. Elektron savdo shaxobchalari va telesavdo shaxobchalari iste‟molchilar uchun juda qulaydir. Iste‟molchilar tomonidan tovarlarni o`rganish telvizorda maxsus reklama-axborot teleko`rsatuvi yoki Internet tizimidagi elektron savdo shaxobchasi sayti yordamida amalga oshiriladi. Tovarlar buyurtmasi telefon yoki Internet tarmog`i savdo shaxobchasining sayti yordamida amalga oshiriladi. Tovarlarni yetkazish va xarid qilish, iste‟molchi uchun qulay bo`lgan xoxlagan joyda va u bilan kelishilgan vaqtda amalga oshiriladi. Xarid qilishda va undan foydalanishda yordam ko`rsatish bo`yicha xizmatlar ko`rsatishga quyidagilar kiradi: tovarlarga buyurtmalarni qabul qilish va bajarish (telefon bo`yicha bevosita savdo tashkilotlarida yoki undan tashqarida buyurmalarni qabul qilish va 12 rasmiylashtirish, buyurtmalarni komplektlashtirish, ularni qadoqlash, tovarlarni bevosita savdo korxonalari orqali berish yoki uyga etkazib berish); tovarlarni etkazishni tashkil qilish; savdo shahobchasida xarid qilingan tovarlarni o`rash; mavjud tovarlardan sovg`a komplektlarini tuzish va o`rash. Komission savdo shahobchalari buyumlarni komissiyaga qabul qilish va baholashni komitentning uyida amalga oshiradilar. Zargarlik va antikvar savdo shaxobchalari ushbu turdagi buyumlarning baholanishini uylarda amalga oshiradilar. Oziq- ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug`ullanuvchi savdo shahobchalari, iste‟molchilardan shisha idishlari va boshqa turdagi qaytariladigan taralarni qabul qilishadilar. Texnik qiyin tovarlar va mebel iste‟molchilari uchun muhim ahamiyatni, sotishdan keyingi iste‟molchilarga xizmat ko`rsatish egallaydi. Ushbu xizmat ko`rsatish o`z ichiga mahsulotlarni terish va o`rnatishni oladi. Qurilish mahsulotlari bilan savdo quluvchi savdo shahobchalari iste‟molchilarga, savdo shahobchasidan xarid qilingan tovarlardan foydalanilgan holda qurilish-ta‟mirlash va montaj ishlarini bajarish bo`yicha xizmatlarni taklif etishlari va buyurtmalarni qabul qilishlari mumkin. Ixtisoslashtirilgan savdo shahobchalari, supermarketlar, gipermarketlar, iste‟molchilarga audio va video tovarlarni sotishda, audio kassetalarni va kompakt disklarni eshitish, vidiokasetalarni ko`rish, shuningdek fotoapparatlarni zaryadka qilish uchun maxsus kabinalar va eshitish avtomatlarini taklif etishadilar. Axborot-maslahat xizmatlariga: tovarlar va ularni ishlab chiqaruvchilar va savdo shaxobchasi tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlar to`g`risida ma‟lumot taqdim etish kiradi. Ushbu turdagi xizmatlar audio va vidio vositalar yordamida va tovarlar bo`yicha mutaxassislar yordamida taqdim etiladi. Bunday xizmatlar elektr maishiy tovarlar, audio va vidio texnika, sport tovarlari, avtomobillar va qurilish mollarini sotish bilan shug`ullanuvchi savdo shahobchalarda keng tarqala boshlandi. 13 Savdo shahobchalari xodimlari tarkibiga maslahatchilar, sotuvchimaslahatchilar kiradi. Ular iste‟molchilarning iltimosiga ko`ra ekspluatatsiya imkoniyatlari, tovarlarni xarid qilish sharoitlari bo`yicha maslahat berishadilar, tovardan foydalanish bo`yicha tavsiyalar beradilar. Yangi tovarlarni sotishda, savdo shahobchalarida reklama taqdimotlari (tovarlarni ko`rsatish, oziq-ovqat mahsulotlarini degustatsiya qilish) o`tkaziladi. Ushbu faoliliyat turi ham axborot - maslahat xizmatlariga kiradi. Xizmatlar chakana savdo shaxobchalari bazasida, ishlab chiqaruvchi-korxonalar va distribyuterlar tomonidan taqdim etiladi. Iste‟molchiga qulaylik yaratish bo`yicha xizmatlarga, dam olish joylarini taqdim etish va yaratish, ona va bola xonasi, xizmatlarni taqdim etish, harid qilingan tovarlarni kafolatlangan saqlash, haridorlar buyumlarini qabul qilish va saqlash, haridorlarga ovqatlanishni taqdim etish, savdo shaxobchasi yonida haridorlarning shaxsiy avtomobillarini qo`yish bo`yicha xizmatlar kiradi. Ushbu xizmatlar katta savdo maydonlariga ega bo`lgan shahobchalar hisoblanadigansupermarket va gipermarketlarda taqdim etiladi, chunki ularda tovarlarni ko`rish va harid qilish uchun xaridorning ko`p vaqti sarflanadi. Ulgurji savdo – oldi-sotdi shartnomasi qatnashchilari o„rtasidagi erkin munosabatlarining muhim bo„lagi hisoblanib, bu aktni yirik hajmda va katta tovar partiyalarida amalga oshiradi. Ulgurji savdo, uni amalga oshirishning asosiy tamoyillariga rioya qilingandagina keng rivoj topishi mumkin:

1. Uning ishlashi uchun resurslar asosini yaratish, ya‟ni xaridorlarning to„lovga qobil talabini ifodalovchi pul mablaqlari bilan tovar massasi o„rtasidagi muvozanatga erishish.

2. hamkorlikni erkin tanlash va savdo shartnomasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tijorat alohalarini shakllantirishga erkin imkon beruvchi zarur bozor tuzilmasi unsurlarini yaratish. Ulgurji savdoning barcha bosqichlarida xaridorlar talabini to’la qondirishga maksimal foyda olishga qaratilgan moddiy rag`batlantirish va javobgarlik unsurlarini o„z ichiga olgan moliya-narx tizimini shakllantirish. Iqtisodni tijoratlashtirish jarayonida tovarlarni sotishning muhim shakllaridan bo„lgan chakana savdo alohida ahamiyatga ega. Chakana savdo korxonalarida tovarlarni xaridorlarga unchalik katta bo„lmagan miqdorlarda sotadi, ya‟ni tovar aylanishini yakuniga yetkazadi. Xaridorlarga servis xizmatini ko’rsatishga qaratilgan bunday savdoni tashkil etish uchun maxsus savdo xonalari, asbob-anjomlar va moslamalar zarurdir. Bunda chakana savdo xaridorlarning tez o„zgarib turuvchi talab va xohishlariga qarab tezda moslashish imkoniyatiga ega bo„lgan savdo assortimentining tanlanishi va shakllanishi bo„yicha katta ishni talab qiladi. Chakana savdoning boshqa shakllaridan o„z do„konlari, pavilonlari va do„konlarining hududiy tarqoqligi bilan ajralib turadi. Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 1 yanvardan ulgurji savdoga litsenziyalarni bekor qilish rejalashtirilgan edi (30.10.2018 yildagi PF–5564-son Farmon). Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyхatiga hali oʻzgartirishlar kiritilmagan boʻlsa ham, Hukumat amaliy choralarni koʻrishga kirishdi.


Ulgurji savdoni davlat tomonidan tartibga solishdan maqsad birinchi navbatda alohida hisob-kitob qilish tartibini belgilash edi. Chunonchi, ulgurji savdoga litsenziya olgan korхonalargina oʻzlari ishlab chiqarmagan tovarlarni faqat naqd pulsiz hisob-kitob qilish yoʻli bilan yuridik shaхslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga sota olardi. Boshqa tomondan, ulgurji savdoga litsenziyasi boʻlmagan chakana korхonalarga oʻtgan oydagi tovar oborotining 10%i doirasida naqd pulsiz hisob-kitob qilish yoʻli bilan tovarlarni sotishga ruхsat berilardi.
Ulgurji savdoga litsenziyaning bekor qilinishi ushbu cheklovlarga oʻrin qoldirmadi. Shu sababli Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 8 martdagi 201-son qarori bilan bir qator qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritdi.
Birinchidan, yuridik shaхslarga oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni boshqa yuridik shaхslarga, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarga naqd pulga sotishga ruхsat berildi.
Naqd hisob-kitob qilish sharti – taraflar oʻrtasida shartnoma tuzilgan boʻlishi, bitta shartnoma doirasida qabul qilinadigan summa 100 EKIHdan kam boʻlishi kerak, NKM cheki albatta rasmiylashtiriladi, pullar esa inkassatsiya qilinadi yoki bankka mustaqil ravishda topshiriladi.
Ikkinchidan, endi ulgurji savdoni (yuridik shaхsning boshqa yuridik shaхsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga tovarlarni sotishi) naqd va naqd pulsiz hisob-kitob qilish yoʻli bilan amalga oshirish mumkin.
Bunda ham naqd pulda hisob-kitob qilganda shartnoma tuzish, NKMdan foydalanish, olingan naqd pulni inkassatsiya qilish (bankka topshirish) zarur, bitta shartnoma doirasidagi summa esa 100 EKIHdan oshishi mumkin emas.
Uchinchidan, chakana savdo korхonalari va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tovarlarni хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga naqd pulsiz shaklda, shu jumladan korporativ plastik kartalar orqali sotishga ruхsat berildi. Bunda tovar oborotidagi naqd pulsiz bitimlar ulushiga qarab belgilanadigan cheklovlar bekor qilindi.
Shu tariqa, ulgurji va chakana savdo oʻrtasida farq qolmadi.
Chakana savdo korхonalariga boshqa yuridik shaхs yoki yakka tartibdagi tadbirkor bilan tuzilgan bitta shartnoma doirasida ruхsat berilgan naqd realizatsiya summasi masalasi toʻgʻridan-toʻgʻri tartibga solinmagan. Biroq sharh muallifi nazorat qiluvchi organlarning e’tirozlariga yoʻl qoʻymaslik uchun 100 EKIH doirasidagi cheklovga rioya etishni tavsiya qiladi. Tijorat - vositachilik faoliyatining asosiy yo„nalishlari ichida ulgurji va chakana savdo ishi birinchi o„rinda turadi. Ulgurji savdo – oldi-sotdi shartnomasi qatnashchilari o„rtasidagi erkin munosabatlarining muhim bo„lagi hisoblanib, bu aktni yirik hajmda va katta tovar partiyalarida amalga oshiradi. Ulgurji savdo, uni amalga oshirishning asosiy tamoyillariga rioya qilingandagina keng rivoj topishi mumkin: 1. Uning ishlashi uchun resurslar asosini yaratish, ya‟ni xaridorlarning to„lovga qobil talabini ifodalovchi pul mablaqlari bilan tovar massasi o„rtasidagi muvozanatga erishish. 2. hamkorlikni erkin tanlash va savdo shartnomasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tijorat alohalarini shakllantirishga erkin imkon beruvchi zarur bozor tuzilmasi unsurlarini yaratish. Ulgurji savdoning barcha bosqichlarida xaridorlar talabini to„la qondirishga maksimal foyda olishga qaratilgan moddiy rag`batlantirish va javobgarlik unsurlarini o„z ichiga olgan moliya-narx tizimini shakllantirish. Iqtisodni tijoratlashtirish jarayonida tovarlarni sotishning muhim shakllaridan bo„lgan chakana savdo alohida ahamiyatga ega. Chakana savdo korxonalarida tovarlarni xaridorlarga unchalik katta bo„lmagan miqdorlarda sotadi, ya‟ni tovar aylanishini yakuniga yetkazadi. Xaridorlarga servis xizmatini ko„rsatishga qaratilgan bunday savdoni tashkil etish uchun maxsus savdo xonalari, asbob-anjomlar va moslamalar zarurdir. Bunda chakana savdo xaridorlarning tez o„zgarib turuvchi talab va xohishlariga qarab tezda moslashish imkoniyatiga ega bo„lgan savdo assortimentining tanlanishi va shakllanishi bo„yicha katta ishni talab qiladi. Chakana savdoning boshqa shakllaridan o„z do„konlari, pavilonlari va do„konlarining hududiy tarqoqligi bilan ajralib turadi. 20 Tijorat ishini chakana savdo doirasida to„g‟ri tashkil etish tovar aylanishini o„sishiga, aholi talabini yetarli darajada qondirishga va tijorat muvaffaqiyatiga erishishga yordam beradi. Savdo ishini tog`ri yo`lga qo`yish bevosita mijozlar xaridining ko`pligi bilan bog`liqdir. Shuning uchun mijozlarning qanday qarorlari ularni xarid qilishga undashini o`rganish kerak bo`ladi. Bevosita xarid jarayonida qarorni shakllantiruvchi omillar: Bevosita xarid jarayonida 1) xarid qilishga arziydimi; 2) qachon xarid qilish kerak; 3) nimani xarid qilish kerak; 4) qaerda xarid qilish kerak; 5) qanday xarid qilish kerak kabi bir qator savollar yuzaga keladi. Birinchidan, xarid qilishni amalga oshirish bo`yicha barcha xoxishlar ham amalga oshavermaydi, chunki iste‟molchilarda xarid jarayonini to`xtatish uchun hama vaqt imkoniyat bo`ladi. Iste‟molchiga quyidagi omillar xalaqit berishi mumkin: - motivatsiyani o`zgarishi – faollashtirilgan ehtiyoj boshqa yo`l bilan yoki boshqa xoxishlar ustun bo`la boshlashadi; - o`zgargan sharoitlar – iqtisodiy fikr-muloxazalar yoki boshqa omillar xaridni ushbu holatda amalga oshirishga imkon berishmaydi; - yangi axborot – variantni oldingi baholash endi to`liq bo`lmaydi; - xoxlaydigan boshqa variantlar yo`q - kutilmagan taqchillik. Xarid qilish vaqtini ham e‟tiborga olish lozim. Ayrim tovarlar ko`pincha «mavsum bo`yicha» xarid qilinadi. Masalan, ventilyatorlar, yangi yil sovg`alari, Karib dengizi bo`ylab kruizlar. Boshqa tovarlar, masalan, kir yuvish vositalari va muzlatilgan mahsulotlar, ko`pincha ularning zaxiralari tugaganda xarid qilinadi. Xarid qilish ko`pincha tugallanmagan, tuzatishlar kiritishni talab qiladigan jarayon bo`lib, qanday variantni tanlash to`g`risidagi axborotlarni izlashni talab qiladi. Bu holat xarid qilish jarayonidagi asosiy motivatsiya hisoblanadi. Xarid qilish 21 jarayonidagi xulq-atvor o`zgarib bormoqda. Xozirgi kunda «do`konlarga boruvchi» xaridorlar soni kamaymoqda. Xarid jarayoni - qaror qabul qilish jarayonining to`rtinchi bosqichi bo`lib, u bir qator bosqichlardan iboratdir. Iste‟molchi qaerda xarid qilishni o`zi tanlaydi. Masalan, dunyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xonadonda xarid qilish keng tarqalgandir. Ko`pchilik chakana sotuvchilarni raqobat to`g`ridan-to`g`ri marketinga o`tishga majbur qilmoqda. Shu sabali ham ishlab chiqarish, ham chakana savdo darajasida «ma‟lumotlar bazasi marketingi» ning ahamiyati oshib bormoqda. Sears, Roebuck @ Co. kompaniyalari iste‟mol ma‟lumotlar bazasida 44 mln. dan ortiq mijozlar manzillari mavjuddir. Iste‟molchi xarid uchun to`lov shaklini tanlashi lozim. Rivojlangan mamlakatlarda naqd pul bilan hisob-kitob qilishdan kredit kartochkalari yoki to`lovni kechiktirishning boshqa shakllaridan foydalanilmoqda. Xarid manbasini tanlash. Ilgarilari xaridlarning asosiy qismi ko`chma avtodo`konlarda amalga oshirilar edi. Qulay va qimmat bo`lmagan tovarlarni etkazib berish metodlari keng tarqaldi, biroq chakana savdo do`konlari o`z ustuvorliklarini saqlab qoldilar. Keyingi yillarda tovarlarni iste‟molchilar xonadonlarida sotuvchi chakana sotuvchilar va firmalar orasidagi raqobat kuchayib bormoqda. Ushbu muammo marketing uchun katta qiziqish uyg`otmoqda. Keyingi 100 yil mobaynida chakana savdo do`konlariga tashrif buyurish (shopping) amerikaliklarning eng sevimli mashg`uloti bo`lib qoldi. Tovarlarni xonadonlarda sotish so`zsiz muvaffaqiyatlarga erishmoqda va bu holatni raqamlarda ko`rsatish mumkin, biroq 90% xarid qilingan tovarlar qiymat ko`rinishi nuqtai nazaridan chakana savdo, kataloglar, ko`rgazmalar va savdo avtomatlariga to`g`ri kelmoqda. Insonlar nima uchun do`konlarga tashrif buyurishadi? Bunda asosiy motiv bo`lib axborot olish hisoblanadi. Do`konlarga tashrif buyurishning motivlari shaxsiy va ijtimoiy motivlarga bo`linadi. Shaxsiy motivlar. O`z rolini bajarish. Ko`pchilik xatti-harakatlar an‟anaviy tarzda ma‟lum bir ijtimoiy rolning qismi bo`lgan taniqli xulq-atvor tiplari bilan bog`liqdir – ona, xotin, er, talaba. 22 Kungil ochishlar. Do`konlarga tashrif buyurish kundalik turmush tashvishlaridan xoli bo`lish imkonini beradi va shunday qilib dam olish shakli hisoblanadi. O`zidan qoniqish. Turli xil emotsional holatlar va kayfiyatlar kishilarning do`konlarga nima uchun (va qachon) borishlarini tushuntirib berishlari mumkin. Ayrim kishilarning gapirishlaricha, ular o`zlariga pul sarflashib ko`pincha depressiyani kamaytirishadi. Ushbu holda do`konga borish ehtiyoj bilan emas, balki o`z-o`zicha biror narsanni xarid qilish bilan tushuntiriladi. Yangi tendentsiyalarni o`rganish. Tovarlar har bir kishining kundalik hayotiga kirib ketgan va ko`pincha ishontirishlar belgisi va turmush tarzi sifatida xizmat qiladi. Inson tendentsiyalar, harakatlar va belgilarni o`rganadi, chunki ular do`konga tashrif buyurgandagi u yoki bu mahsulotlarga mos kelishadi. Jismoniy faollik. Shaxarlarda yashovchi kishilar uchun do`konlarga tashrif buyurish bir oz piyoda yurish imkonini beradi. Ayrim kishilar savdo markazlari va ko`chalarda sayr qilishni yoqtirishadi. Sensor rag`batlantirish. Chakana savdo do`konlari ko`plab potentsial sensor tassurotlarni ta‟minlashadi. Do`konlarga tashrif buyuruvchilar tovarlarni va bir-birini ko`zdan kechirishadi; ularga tovarlarga tegish, musiqaviy fon tovushini eshitish yoqadi, atirlar va qahvaxonada tayyorlanayotgan ovqatning xidi yoqadi. Ijtimoiy motivlar. Xonadondan tashqaridagi ijtimoiy tajriba. Savdo joylari an‟anaviy tarzda ijtimoiy hayot markazi bo`lib hisoblangan. Bozorlarda yoki do`konlarda sayr qilish chog`ida do`stlar, qo`shnilarni uchratish mumkin yoki boshqa ijtimoiy aloqalarga kirish mumkin. «Manfaatlar bo`yicha» muloqot. Kollektsionerlar yoki dam olish uchun tovarlar yoki xizmatlar (masalan, pochta markalari yoki xonani bezash uchun tovarlar)ni taklif etuvchi do`konlar boshqa xaridorlar bilan va ushbu 23 masala bo`yicha maxsus axborotni beruvchi xizmat ko`rsatuvchi personal bilan muloqot qilish imkonini beradi. Etalon guruh vakillarini taklif etish. Do`konning doimiy mijozlarini o`zlariga teng yoki kimlarni ichida bo`lish ishtiyoqi harakatga keltiradi. Maqom va obro`-e‟tibor. Ayrim xollarda inson o`ziga jalb qilish imkoniyatini olish va unga xizmat ko`rsatishlari uchun do`konlarga tashrif buyuradi. Inson xo`jayin-xizmatkor holatida o`zining ustunligini va xokimiyatini his qiladi. Savdo qilishdan zavq olish. Ko`pchilik do`konga tashrif buyuruvchilar narxni tushirish maqsadida savdolashishni yoki tovar yoki xizmatning sifatiga e‟tiroz bildirishni yaxshi ko`rishadi. Inson yaxshi xarid qilgani bilan mag`rurlanadi









































Download 70,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish