I bob rossiya va uzoq sharq yerlarida o`stiriladigan daraxtdan tayyorlangan yog`och turlari va xomashyosi haqida malumotlar



Download 1,24 Mb.
bet5/13
Sana18.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#819463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
6-mavzu

Yog`ochning mustahkamligi


Nagruzkalar va boshqa faktorlar ta‘sirida vujudga keladigan kuchlanishlar ta‘siridan yemirilishga materialning qarshilik ko`rsatish xususiyati mustahkamlik deb ataladi.
Yog`ochning mustahkamligi ta‘sir etuvchi nagruzka yo`nalishiga, yog`ochning turiga, zichligiga, namligiga va x. k. ga bog`liq.
Yog`ochning mustahkamlik chegarasi laboratoriyalarda uncha katta bo`lmagan namunalarda aniqlanadi. Sinash usullari, shuningdek, sinaladigan namunalarning shakli va o`lchamlari GOST larda ko`rsatilgan.
Yog`ochning mustahkamligiga hujayra qobiqlaridagi bog`langan namlikkina jiddiy ta‘sir ko`rsatadi. Bog`langan namlik ortishi bilan yog`ochning mustahkamligi pasayadi (ayniqsa 20 – 25% namlikda). Namlikning gigroskopiklik chegarasidan (30% dan) ortishi yog`ochning mustahkamligiga ta‘sir etmaydi. Mustahkamlik chegarasi ko`rsatkichlarini faqat bir xil namlikdagi yog`ochlardagina solishtirish mumkin.
Yog`ochning mexanikaviy xossalari ko`rsatkichlari, namlikdan tashqari nagruzkaning ta‘siri hamda davomiyligiga ham bog`liq. Shu sababdan yog`ochni sinash vaqtida har bir sinov uchun belgilangan nagruzka berish tezligiga amal qilinadi.
Mexanikaviy kuchlar ta‘siriga ko`ra, yog`ochning mustahkamligi cho`zilishga, siqilishga, egilishga, yorilishga mustahkamlikka ajratiladi.
CHo`zilishdagi mustahkamlik chegarasi. Tolalar bo`yicha cho`zilishdagi mustahkamlik chegarasining o`rtacha kattaligi hamma daraxt turlari uchun 1300 kgk/sm2 ni tashkil etadi. Tolalar bo`yicha cho`zilishdagi mustahkamlik yog`och tuzilishiga katta ta‘sir ko`rsatadi. Tolalarning to`g`ri joylashishdan bir oz bo`lsa xam og`ishi mustahkamlikni pasaytiradi.
Yog`ochning tolalarga ko`ndalang cho`zilishdagi mustahkamligi juda kichik bo`lib, tolalar bo`yicha cho`zilish mustahkamlik chegarasining taxminan 1/20 qismiga, ya‘ni 65 kgk/sm2 ga to`g`ri keladi. Shuning uchun tolalariga ko`ndalang cho`zilishga ishlaydigan detallar yog`ochdan tayyorlanmaydi.
Yog`ochning tolalarga ko`ndalang mustahkamligi yog`ochni kesib ishlash va quritish rejimlarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega.
Yog`ochning siqilishga chidamlilik chegarasi. Siqish tolalar bo`yicha va ko`ndalang siqilishga farq qilinadi. Tolalar bo`yicha siqilishdagi deformatsiya namuna bo`yining bir oz qisqarishida namoyon bo`ladi. Siqilishdagi yemirilish nam namunalarda ayrim tolalarning bo`ylama egilishidan boshlanadi va yumshoq hamda qovushoq yog`och turlari namunalarida toreslari ezilishi hamda yonlarining shishishida, quruq va qattiq yog`och turlarida namuna bir qismining ikkinchi qismiga nisbatan surilishida namoyon bo`ladi.
Tolalar bo`yicha siqilishda yog`ochning siqilishga mustahkamlik chegarasining o`rtacha kattaligi hamma tur yog`ochlar uchun 500 kgk/sm2 ni tashkil qiladi. Tolalarga ko`ndalang siqilishida yog`ochning mustahkamligi tolalar bo`yicha siqilishga nisbatan taxminan 8 marta kam. Tolalarga ko`ndalang siqilishda yog`ochning yemirilish momentini aniq belgilash va yemiruvchi kuch kattaligini aniqlash qiyin.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish