I.BOB. Rossiya imperiyasining tarkibi. 1.1. Polsha
Polsha hududida paleolit davridayoq odamlar yashagan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik va milodiy 1-ming yillikning 1yarmida Polsha hududida slavyan kabilalarining shakllanish jarayoni sodir boʻldi. 8–9asrlarda qabila knyazliklari vujudga keldi. 10-asrda Odra, Visla va Bug daryolari oraligʻida yashovchi polyan (Polsha, polyaklar nomi shundan kelib chiqqan), mazovshan, vislyan, pomoryan qabilalarining knyazliklari birlashtirildi va yagona Polsha davlati tashkil topdi. Biroq, 12-asrga kelib Polsha davlati yana knyazliklarga boʻlinib ketdi. 13-asr oxirida knyaz Pshemisl II rah-barligida Polsha yerlarini birlashtirish uchun kurash boshlandi. 14–15-asrlarda yagona Polsha davlati paydo boʻldi, madaniyat rivojlandi, polyak tili shakllandi. 15-asrning 1yarmida Krakovdagi Yagaylo universiteti (1364-yilda asos solingan) polyak fani markaziga aylandi.
Gryunvald jangi, 1410
16-asrning 2yarmidan Polsha davlati ukrain, belarus va rus yerlarini bosib ola boshladi. Polsha bilan Litvaning birlashuvi natijasida Rech Pospolita paydo boʻldi. 1609–12 yillarda Polsha Rossiyaga hujum qildi.
Vena jangi, 1683
Bir necha asr mobaynida Polsha Yevropadagi eng qudratli davlatlardan biri boʻlib turdi. Ammo ogʻir urushlar sababli mamlakat inqirozga uchrab, uch marta (1772, 1793, 1795-yillarda) Prussiya, Avstriya, Rossiya oʻrtasida boʻlinib ketdi, Polsha davlati tugatildi, xalqi asoratga tushdi. 1807-yil Napoleon I qoʻshinlari Prussiyani yengib, Fransiyaga tobe Varshava gersogligini tuzdi. 1814–15 yillarda Vena kongressida Polsha yana boʻlindi. Varshava gersogligining katta qismi Polsha qirolligiga aylantirilib, Rossiyaga topshirildi.
Prussiya Varshava gersogligining bir qismini oldi, Sileziya va Dengiz boʻyini oʻzida saklab qoldi. Avstriya (1867-yildan Avstro-Vengriya)ga Galitsiya berildi. Krakov respublikasi tuzildi. Polyak xalqi ozodlik uchun tinimsiz kurashdi (1794-yil T. Kostyushko boshchiligidagi qoʻzgʻolon, shuningdek, 1830–31, 1846, 1848, 1863–64 ylardagi qoʻzgʻolonlar). 19-asr oxiri –20-asr boshlarida Polshada sanoat birmuncha rivojlandi, temir yoʻl qurildi. Ozodlik harakati yanada kuchaydi. Birinchi jahon urushida Polshaga anchagina zarar yetdi. Bosqinchi qoʻshinlar olib chiqib ketilgach, Polshani boʻlish toʻgʻrisidagi barcha bitimlar bekor qilindi va 1918-yil noyabrda Polsha Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilindi. 1920-yil aprelda Sovet-Polsha urushi boshlandi. 1921-yil shartnomasiga binoan, Gʻarbiy Ukraina bilan Gʻarbiy Belarus Polshagaoʻtdi va 1939-yilda bu yerlar yana SSSRga kay-tarib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |