I bob. Rinolaliya nutq kamchiligiga EGA boʼlgan bolalarning nutqini rivojlantirishda harakatli oʼyinlarda logopedik ritmika


Ochiq rinolaliya organik va funksional bo‘lishi mumkin



Download 49,07 Kb.
bet4/10
Sana21.12.2022
Hajmi49,07 Kb.
#893171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Rinolaliya nutq kamchiligiga ega boʼlgan bolalarning nutqini rivojlantirishda harakatli oʼyinlarda logopedik ritmika

Ochiq rinolaliya organik va funksional bo‘lishi mumkin.
Organik ochiq rinolaliya tug‘ma va hayot davomida orttirilgan bo‘ladi.
Ochiq rinolaliyaning tug‘ma shaklining sababi yumshoq va qattiq tanglaydagi yoriqliklardir.
Hayotda orttirilgan ochiq rinolaliyaga og‘iz va burun bo‘shlig‘ida jarohatlanishlar bo‘lishi yoki yumshoq tanglayni hayot davomida falajlanishi kabilar sabab bo‘lishi mumkin.
Funksional ochiq rinolaliyaning paydo bo‘lish sabablari turli xil bo‘ladi. Masalan, bolalarda ovozning hosil bo‘lishida yumshoq tanglay harakatining sust bo‘lishi. Funksional ochiq rinolaliya asab kasalliklarida ham namoyon bo‘lish hollari kuzatiladi. U adenoidlarni olib tashlagandan so‘ng kamroq kuzatilsa, difteriyadan keyingi falajlanishda kamroq kuzatiladi. Rinolaliyaning bu shaklini tekshirishda qattiq va yumshoq tanglayda biron-bir o‘zgarishlarning borligi aniqlanmaydi. Funksional ochiq rinolaliyaning belgilarida asosan unli tovushlar talaffuzi buzilgan bo‘ladi. Undosh tovushlar talaffuzida tanglay-halqum birlashishi yaxshi, normada bo‘ladi.
Funksional ochiq rinolaliya organik rinolaliyaga nisbatan yengil kechadi. Ovoz mashqlaridan so‘ng burunlanish tembri yo‘qoladi, tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni odatdagidek, ya’ni dislaliyani bartaraf etishda qo‘llanadigan usullar orqali bartaraf etish mumkin.
Rinolaliyada kuzatiladigan tug‘ma lab va tanglaydagi kamchiliklar logopediya va tibbiyot fani oldiga jiddiy muammolarni qo‘yadi.
Turli xalqlar orasida, turli mamlakat va hattoki har bir mamlakatning turli viloyatlarida tug‘ma yoriqliklar bilan tug‘iladigan bolalar soni turlichadir. A. Limberg (1964) adabiyotlardagi ma’lumotlarni umumlashtirib, 600 – 1000 ta yangi tug‘ilgan bolalar orasida bitta bola lab va tanglay yoriqliklari bilan tug‘ilishini ta’kidlab o‘tadi. Lab va tanglaydagi yoriqliklar bolaning umumiy va nutqiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bola yutishga, nafas olishga qiynaladi. Bu holatlar bolaning jismoniy rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi, organizmning boshqa kasalliklar bilan kurashish jarayonini susaytiradi. Bunday bolalar muntazam vrach nazoratiga va davolanishga muhtojdir.
Bizga ma`lumki, odamning umri butunlay uzluksiz tovushlar dunyosining ta`siri ostida o`tadi, qushlar, hayvonlar, odamlar ovozi, musiqa ohanglari, texnika vositalarining tovushi – bularning barchasi odamning eshitish organiga ta`sir qiladi va tovush sifatida qabul qilinadi.
Eshitish va nutq bir-biri bilan chambarchas bog`liqdir, chunki bola nutqining rivojlanishi uchun uning eshitish organining qobiliyati normal bo`lishi kerak, ya`ni u eshitgan so`zlarini takrorlaydi, natijada uning nutqi rivojlanadi. Bola tug`ilishdanoq eshitish organining ish faoliyati buzilgan bo`lsa, u tovushni eshitmaydi, natijada aytilgan so`zlarni takrorlay olmaydi, ya`ni uning nutqi rivojlanmaydi. Shuning uchun ham tug`ma karlar gung ham bo`ladi. Shuningdek, eshitish qobiliyati past bo`lgan odamning nutqi ham yaxshi rivojlanmaydi.
Eshitishning ahamiyati yana shundan iboratki, odam hayotidagi ba`zi voqealarni ko`rgandagiga nisbatan ularning mazmunini eshitganida to`laroq tushuncha oladi. Masalan, odam biror spektakl mazmunini radioda eshitganida to`laroq tushunchaga ega bo`ladi.
Binobarin eshitish organining faoliyati normal bo`lishi avvalo har bir odamda bolaligidan boshlab nutq paydo bo`lishi va rivojlanishiga imkon beradi. Bolaning keyingi hayoti davrida esa eshitish va nutqning birgalikda rivojlanishi uning tarbiyanishida, musiqa san`atini tushunishida va barcha ruhiy faoliyatning shakllanishida muhim rol o`ynaydi.
Qulog`i turli darajada og`ir bolalar uchun ham ta`lim berishning alohida metodlari zarurdir. Ularni qulog`i yaxshi eshitmaydigan bolalar uchun ochilgan maxsus maktablarga yuboriladi. Qulog`i yaxshi eshitmaydigan bolalar maxsus maktablarda o`qishlari kerak. Garanglik darajasi pastroq bo`lgan bolalar ta`lim olishni ko`pincha ommaviy maktabda boshlaydilar va bu maktabda uzoq vaqt muvaffaqiyatli o`qiy olmaganlaridan keyingina qulog`i yaxshi eshitmaydigan bollar uchun mo`ljallangan maxsus maktablarga o`tkazadilar.
Garanglikning еngil darajasi, gapirilganda ovozni quloqdan 6-8 metr masofada, pichirlab gapirilganda 3-6 metr masofada eshitish, faranglikning mo`tadil darajasi – ovoz chiqarib aytilgan gapni quloq suprasidan 4-6 metr va pichirlab aytilgan gapni 1-3 metr masofada, garanglikning yuqori darajasi – ovoz chiqarib aytilgan gapni quloq suprasidan 2-4 metr va pichirlashni 1 metr masofada, garanglikning og`ir darajasi – ovoz chiqarib aytilgan gapni quloq suprasidan 2 metrgacha va pichirlashni 0,5 metrgacha masofadan eshitadi. Qulog`I og`ir bolalarning eshitishdagi nuqson darajasinigina bilib qolmay, balki yaxshi eshitmay qolish qachondan boshlanganini ham hisobga olish juda ham muhimdir.
Rinolaliya nutq apparatining anatomik va fiziologik kamchiliklari sababli ovoz tembri va tovushlar talaffuzuzidagi buzilishlardir.
Rinolaliya xosil bo‘lishiga ko‘ra dislaliyadan farq qiladi, ya’ni rinolaliyada tovushlarni burun-dimoq bilan talaffuzuz qilish xollari kuzatiladi. rinolaliyada tovushlar artikulyatsiyasi, fonatsiya, tovush xosil bo‘lish mexanizmlari jiddiy ravishda normadan chetga chiqadi. Normal fonatsiya bo‘lganda kishida burun tovushlaridan tashqari nutqdagi hamma tovushlarni talaffuz qilish vaqtida burun- halqum va burun bo‘shlig‘ining bo‘g‘iz va og‘iz bo‘shlig‘idan ajralishi ruy beradi.
Nutq jarayonida yumshoq tanglay o‘zluksiz ravishda turli balandlikka ko‘tariladi va tushadi, bu xolat tovushlar talaffuzga bog‘liq. Tanglay halqumning birlashish kuchi tovushlar talaffuzga bog‘liqdir. Unli tovushlar talaffuzida tanglay halqum undash tovushlar talaffuzga nisbatan kamroq birlashadi. Tanglay halqumning eng kuchsiz birlashishi v undosh tovush talaffuzda; eng kuchli birlashish s tovush talaffuz o‘zida k o‘zatiladi. Tanglay halqum birlashish funksiyasining buzilish harakteriga ko‘ra rinolaliya turli shakllarga ajratiladi.
Nutq tovushlarini talaffuz qilish vaqtida fiziologik burun rezonansining pasayishi natijasida yuzaga keladi. M,N burun tovushlari talaffuzida eng kuchli rezonans bo‘ladi. Bu tovushlarning normal talaffuzida burun halqum yo‘li ochiq bo‘ladi va xavo oqimi to‘g‘ri burun bo‘shlig‘iga o‘tadi. Agarda burun tovushlar talaffuz - ida burun rezonansi bo‘lmasa, unda burun tovushlari v,d tovushlariga o‘xshab talaffuz qilinadi. rinolaliyaning yopiq shaklining kelib chiqish burun bo‘shlig‘idagi organik o‘zgarishlar yoki tanglay halqum birlashishining funksional buzilishidir. M.Zeyeman yopiq rinolaliyaning 2 turini ajratadi: oldingi yopiq rinolaliya-bunda burun bo‘shlig‘ida utkazuvchanlik funksiyasi bulmaydi va orka yopiq rinolaliya- bunda halqum bo‘shlig‘ida utkazuvchanlik kamayadi. Oldingi yopiq rinolaliyaning sababi – burun shillik pardasida surunkali gipertoniyaning burun bo‘shlig‘ida poliplarning bo‘lishi, burun devorining qiyshiqligi va burun bo‘shlig‘ida o‘smalarning bo‘lishidir.
Orqa yopiq rinolaliyada bolalarda odenoidlarinng ko‘payib ketishi burun halqum poliplarning, fibroma va o‘smalarning paydo bo‘lishi kuzatiladi. Funksional yopiq rinolaliya bolalarda ko‘p uchrab turadi, lekin uni doimo to‘g‘ri aniqlash qiyin. Chunki u burun bo‘shlig‘ining yaxshi o‘tkazuvchanligida va burundan nafas olish buzilmagan xollarda kuzatiladi. Bunda burun tembri va unli tovushlar talaffuzi qo‘pol buzilgan bo‘ladi. Organik yopiq rinolaliyaning sababi burun bo‘shlig‘ida o‘tkazuvchanlikning buzilishidir. Bunda burundan nafas olish yo‘lga qo‘yilsa, ya’ni burun bo‘shlig‘idagi o‘tkazuvchanlik yaxshilansa, hamma kamchilik yo‘qoladi.
Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablar ichida tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillar, shuningdek, atrof-muhitning tashqi sharoitlari farq qilinadi. Nutqiy nuqsonning turli sabablarini ko`rib chiqishda evolyutsion dinamik yondashiladi. Bu nuqsonning yuzaga kelishi jarayonini tahlil qilishdan anomal rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini va har bir yosh davrida nutqning rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olishdan iboratdir. Shuningdek, bolaning tevarak-atrofdagi sharoitni alohida o`rganish talab qilinadi.
Psixik (shu bilan birga nutqiy) jarayonlarning shakllanishida biologic-ijtimoiy jarayonlarning birligi prinsipi – nutqiy sistemaning rivojlanishiga – nutqiy muhit, muomala, emotsional aloqa va boshqa faktorlarning ta`sirini aniqlash imkonini beradi. eshitishi normal bo`lgan bolaning kar-saqov ota-ona qo`lida tarbiyalanishi, surunkali kasal bo`lib tez-tez kasalxonalarda davolanuvchi bolalarda nutqning rivojlanmay qolishi, oilada uzoq vaqt davom etuvchi ruhiy shikastlanish va ikki tillilik – bolada duduqlanishning yuzaga kelishiga sabab bo`lishi, nuqtiy muhitning nutq rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatishiga misol bo`ladi.
Bolalardagi nutqiy nuqsonlarning asosiy sabablari:
1. Embrion rivojlanish davridagi turli xil patalogiyalar.
2. Homiladorlik vaqtidagi toksikozlar, virusli va endokrin kasalliklar, jarohatlar, qonning rezus-faktorga mos kelmasligi.
3. Tug`ruq vaqtidagi shikastlanish va asfiksiya.
4. Bola rivojlanishining birinchi yilidagi bosh miya kasalliklari (meningit, ensefalit).
5. Miyaning chayqalishi bilan birga sodir bo`ladigan bosh miya jarohatlari.
6. Nasliy faktorlar. Bunday hollarda nutq buzilishlari umumiy nerv sistemasi buzilishlarining bir qismini tashkil etib, intellektual va
harakat kamchiliklari bilan birga kuzatiladi.
7. Ijtimoiy-maishiy sharoitning yomonligi. Bu holat mikroijtimoiy qarovsizlikka, vegetativ disfunksiyaga, emosional-irodaviy muhitning buzilishlariga va nutqning rivojlanmay qolishiga sabab bo`ladi.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan sabablar, ayrim hollarda ularning birgalikda qo`shilib kelishi nutqning turli tomonlarining buzilishiga sabab bo`lishi mumkin.
Hamma nutq buzilishlari kelib chiqishiga ko`ra ikki guruhga bo`linadi:
1. Organik xarakterdagi nutq buzilishlari.
2. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlar.
Organik nutq buzilishlar o`z navbatida ma`lum joyning zararlanishiga ko`ra markaziy va periferik xarakterda bo`ladi.

Download 49,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish