I bob. Rinolaliya nutq kamchiligiga EGA boʼlgan bolalarning nutqini rivojlantirishda harakatli oʼyinlarda logopedik ritmika


Tayyorgarlik bosqichida tovushlar talaffuzidagi ishlarning izchilligi



Download 49,07 Kb.
bet7/10
Sana21.12.2022
Hajmi49,07 Kb.
#893171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Rinolaliya nutq kamchiligiga ega boʼlgan bolalarning nutqini rivojlantirishda harakatli oʼyinlarda logopedik ritmika

Tayyorgarlik bosqichida tovushlar talaffuzidagi ishlarning izchilligi.
Unli tovushlar artikulemalari quyidagi izchillikda shakllanadi: a, e, o, u, i, ya, ye, yu. Y, ye, yo, yu tovushlari y tovushining tegishli unli tovush (a, e, o, u) bilan qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Y tovushi diftongning birinchi qismida ham, ikkinchi qismida ham nafas chiqarishning yo‘nalishini kuzatib borishga yordam beradi.
Undosh tovushlar. Unli tovushlar artikulemalari bilan tanishgandan keyin jarangsiz undosh tovushlar artikulemalari asosida og‘izdan nafas chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha mashqlar boshlanadi. Unlilar artikulemalari ustida ishlash ularni shivirlab talaffuz qilishda davom ettiriladi.
Bunday izchillik og‘izdan erkin nafas olish ko‘nikmasini mustahkamlash va talaffuz organlari faollashganda tovushlarni avtomatlashtirish imko-nini beradi.
Bolaning butun diqqat-e’tibori artikulema va og‘izdan nafas chiqarishning yo‘naltirilganligiga qaratiladi. Eshitilishiga esa diqqat jalb qilinmaydi. Bolada jarangsiz undosh tovushlarning artikulyatsiya ukladini logoped artikulyatsiyasiga ko‘rish taqlidi, og‘zaki tushuntirish asosida hosil qilish mumkin (lablarning, tilning holati va og‘izning ochilish darajasi yozib beriladi). Bola tovush jarangini eshitmasligi lozim.
Ishning tayyorgarlik bosqichida jarangsiz frikativ undoshlar quyidagi izchillikda shakllanadi: f, s, sh, x.
Undosh tovushlarni shakllantirish ishlari artikulyatsiyasi buyicha nisbatan qulay bo‘lgan f tovushidan boshlanadi. Ushbu tovushni talaffuz qilishning davomiygi bolaning e’tiborini og‘izdan nafas chiqarishga qaratish va nazorat qilib borishga imkon beradi.
Orqa yopiq rinolaliyada bolalarda odenoidlarinng ko‘payib ketishi burun halqum poliplarning, fibroma va o‘smalarning paydo bo‘lishi kuzatiladi. Funksional yopiq rinolaliya bolalarda ko‘p uchrab turadi, lekin uni doimo to‘g‘ri aniqlash qiyin. Chunki u burun bo‘shlig‘ining yaxshi o‘tkazuvchanligida va burundan nafas olish buzilmagan xollarda kuzatiladi. Bunda burun tembri va unli tovushlar talaffuzi qo‘pol buzilgan bo‘ladi. Organik yopiq rinolaliyaning sababi burun bo‘shlig‘ida o‘tkazuvchanlikning buzilishidir. Bunda burundan nafas olish yo‘lga qo‘yilsa, ya’ni burun bo‘shlig‘idagi o‘tkazuvchanlik yaxshilansa, hamma kamchilik yo‘qoladi.
Yopiq rinolaliyada olib boriladigan logopedik ishning samaradorligi burun halqum xolatiga uning funksiyasiga va bolaning yoshiga bog‘liq. Logopedik mashg‘ulotning boshlangich davrida nafas mashqlarini olib borish tavsiya etiladi. Bundan maqsad og‘iz va burundan nafas olish va nafas chiqarishni differensiatsiya qilishdir. Bu mashqlar avval puflashdan boshlanib, keyin burundan qisqa va chuqur nafas chiqarish bilan almashtiriladi. Shu bilan birgalikda yumshoq tanglay va halqumning orqa devor muskullari harakatini aktivlashtiradi. Keyingi davrda og‘iz va burundan nafas chiqarishni muvofiqlashtirish ustida ish olib boriladi. Bu mashqlar m, n, burun tovushlarining talaffuzini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va mustaxkamlashga imkon yaratadi.
Ochiq rinolaliya
Ochiq rinolaliyada og‘iz bo‘shlig‘ida xosil bo‘luvchi tovushlar dimoqda talaffuz etiladi. ochiq rinolaliyada bu unli tovushlarning jarangdorligda sezilarli darajada farq bo‘ladi.
Ochiq rinolaliyani aniqlash uchun turli funksional tekshirish usullari mavjud. Bunda logoped bolaga galma-gal a va i unli tovushlarini qaytarishni buyuradi va bolaning burun yo‘lini bir berkitib, bir ochib turadi. Yana aniqlash usullaridan biri, bu fonedoskop bilan tekshirishdir. Bunda tekshiruvchi fonedoskopning bir uchini o‘zining qulog‘iga, ikkinchi uchini bolaning burniga tutib turadi. Bola unli tovushlarni, ayniqsa u va a unlilarini talaffuz qilganida kuchli tovush eshitiladi. Ochiq rinolaliya organik va funksional bo‘lishi mumkin. Organik ochiq rinolaliya tug‘ma va xayot davomida orttirilgan bo‘ladi. ochiq rinolaliyaning tug‘ma shaklining sababi yumshoq va qattiq tanglaydagi yoriqliklardir.
Xayotda orttirilgan ochiq rinolaliyaga og‘iz va burun bo‘shlig‘ida jaroxatlanishlar bo‘lishi va yumshoq tanglayni xayot davomida falajlanishi kabilar sabab bo‘lishi mumkin. Funksional ochiq rinolaliyaning paydo bo‘lish sabablari turli xil bo‘ladi. Masalan, bolaning ovozining xosil bo‘lishida yumshoq tanglay harakatining sust bo‘lishi. Funksional ochiq rinolaliya asab kasalliklarida ham namoyon bo‘lish xollari kuzatiladi. U adenoidlarni olib tashlagandan so‘ng ko‘proq kuzatilsa, difteriyadan keyingi falajlanishda kamroq kuzatiladi. Funksional ochiq rinolaliya organik rinolaliyaga nisbatan yengil kechadi.
Ovoz mashqlaridan so‘ng burunlashish tembri yo‘qoladi, tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni odatdagidek, ya’ni dislaliyani bartaraf etishda qo‘llaniladigan usullar orqali bartaraf etish mumkin. Tug‘ma tanglay yoriqlari bo‘lgan bolalarda fonetik jixatidan to‘g‘ri nutqni shakllantirish bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bir necha vazifalarni xal etishga qaratilgandir.
Og‘izdan nafas chiqarishni normallashtirish, ya’ni burun tovushlaridan tashqari hamma nutq tovushlari talaffuzida og‘izda xavo oqimini to‘g‘ri yo‘naltirish.
Hamma nutq tovushlarinig to‘g‘ri artikulyatsiyasini xosil qilish.
Burunlashish ovozini bartaraf etish.
Tovushlarni bir-biridan ajratish malakasini tarbiyalash, bundan maqsad tovushlar taxlilidagi kamchiliklarning oldini olish.
Nutqning sur’at, ritm, prosodik tomonini normallashtirish.
Xosil qilingan nutqiy malakalarni erkin so‘zlashuvda g‘ayri-ixtiyoriy ravishda qo‘llash.
Bu maxsus vazifalarning xal etilishi talaffuzining to‘g‘ri malakalarini o‘zlashtirishda muxim ahamiyatga egadir. Nutqning tovush tomonini to‘g‘rilashda to‘g‘ri tovush talaffuz malakalarini o‘zlashtirish bir necha davrni o‘z ichiga oladi.
Birnchi davr- nutqgacha bo‘lgan mashqlar davri quyidagi ish turlaridan iborat: Nafas mashqlari. Artikulyatsion gimnastika. Aloxida tovushlar artikulyatsiyasi. Bo‘g‘in mashqlari.
Ikkinchi davr-tovushlarni farq qilish davri.
Uchinchi davr-integratsiya davri, ya’ni bog‘langan nutqda tovushlarni pozitsion o‘zlashtirishlarni o‘rgatish.
Turtinchi davr- avtomatizatsiya davri.
Olib boriladigan logopedik tuzatish ishlari ikki davrga bo‘lib olib boriladi:
1 davr- operatsiyagacha bo‘lgan davrda olib boriladigan logopedik ishlar.
2 davr-operatsiyadan so‘ng olib boriladigan logopedik ishlar.
Operatsiyagacha bo‘lgan davrda quydagi vazifalar xat etiladi:
1 - yuz muskullarini ortiqcha harakatdan ozod etish.
2 - unli tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga tayyorlash.
3 -bola talaffuz qilishi mumkin bo‘lgan undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuzga tayyorlash.
Operatsiyadan so‘ng olib boriladigan logopedik ishlar bir muncha murakkablashadi:
1-yumshoq tanglayning harakatchanligini rivojlantirish.
2-tovushlar talafuzida artikuliatsiya a’zolarining noto‘g‘ri xolatini bartaraf etish.
3- nutqdagi hamma tovushlarni talaffuzga tayyorlash.
Operatsiyadan so‘ng olib boriladigan maxsus ish turlari quyidagilardan iborat:
a) Yumshoq tanglayni massaj qilish.
b) Bo‘g‘izning orqa tomoni va yumshoq tanglay gimnastikasi.
v) Artikulyatsion gimnastika.
g) Bu mashqlarning asosiy mashqlari quydagilardan iborat:
-og‘iz orqali chiqariladigan xavo oqimining davomiyligini va kuchini oshirish.
-artikulyatsion muskullar faoliyatini yaxshilash.
Yumshoq tanglay massajining asosiy maqsadi operatsiyadan so‘ng xosil bo‘lgan to‘qimadagi chandiqni yumshatishdir. Massajni gegena talablariga rioya qilgan xolda ovqatlanishdan oldin o‘tkazish lozim.
Yumshoq tanglay gimnastikasi bir qator mashqlarni o‘z ichiga oladi:
1.Suvni yutish yoki yutish harakatiga taqlid qilish.
2.Og‘izni ochgan xolda esnash.
3.Kam miqdordagi issiq suv bilan tomoqni chayish.
4.Yo‘talishga taqlid qilish. Bu mashq juda foydali bo‘lib yo‘talish xalqumning orqa devor muskullarini aktiv qisqarishga olib keladi.
5.Unli tovushlarni baland ovoz bilan aniq aktiv talaffuz etish.
Bunda og‘iz bo‘shlig‘i rezonansi kuchayadi va burunlashishi kamayadi, yuqorida bayon etilgan mashqlar operatsiyagacha va operatsiyadan keyingi davrlarda ijobiy natijalar beradi. Bu mashqlarni o‘zliksiz olib borish natijasida bola xavo oqimini yo‘nalishini seza boshlaydi va uni to‘g‘ri yo‘naltirishni o‘rganadi.

Download 49,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish