I bob qattiq jismlar 1-§. Qattiq jismlarning fizikasida asosiy tushunchalar


-§.   Yarim o’tkazgich materiallaridagi nuqsonlar



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/225
Sana03.07.2021
Hajmi5,36 Mb.
#108758
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   225
Bog'liq
Яримўтказгичлар физикаси Бадирханов

 
2.4-§.   Yarim o’tkazgich materiallaridagi nuqsonlar 
 
Metallardan  farqli  holda  nuqsonlar  yarim  o‘tkazgich  materiallarining  barcha 
fizik  xossalariga  juda  katta  ta‘sir  ko‘rsatadi.  Shuning  uchun  nuqsonlar  tabiatiga  va 
konsentratsiyasiga  qarab,  yarim  o‘tkazgich  materiallarining  xossalarini  maqsadli 
boshqarish  mumkin.  Yarim  o‘tkazgich  materiallaridagi  nuqsonlar  o‘lchamlariga 
qarab,  xuddi  boshqa  qattiq  jismlar  kabi  nuqtaviy,  chiziqli  va  hajmli  nuqsonlarga 
bo‘linadi. Bundan tashqari yarim o‘tkazgich materiallarda nuqsonlar elektrfaol yoki 
elektr neytral holatda bo‘lishi mumkin. Elektr  faol nuqson deganda, kristall panjara 
nuqsonlari  paydo  bo‘lishi  bilan  undagi  tok  tashuvchilar  miqdori  o‘zgaradi,  ya‘ni 
elektronlar  va  kovaklar  konsentratsiyasini  oshishi  yoki  kamayishi  mumkin.Natijada 
yarim  o‘tkazgich  materiallarining  o‘tkazuvchanligi  o‘zgaradi.  Bu  metallarda 
uchramaydigan hodisadir. Agar nuqsonlar yarim o‘tkazgich materiallarida elektron va 
kovaklarning o‘zgarishiga ta‘sir etmasa bunday nuqsonlarni elektroneytral nuqsonlar 
deb ataladi. 
Elektr faol nuqsonlarga erkin elektronlar va kovaklarni hosil qiluvchi kirishma 
atomlar,  vakansiyalar  va  radiyatsion  nuqsonlar  kiradi.  Erkin  elektronlar  va 
kovaklarning nuqson bo‘lishiga sabab, erkin elektronlar kovalent bog‘lanishni uzishi 
hisobiga  paydo  bo‘lganligi  sababli  bog‘lanishi  buzilgan  atom  musbat  zaryadlangan 
ion  holiga  o‘tadi.  Kovak  esa,  kovalent  bog‘lanishi  buzilishi  hisobiga  musbat  ionga 
aylangan yarim o‘tkazgich materiallining asosiy atom holidir. Shuni ham ta‘kidlash 


 
28 
zarurki, kirishma atomlarining hammasi ham elektr faol nuqsonlar bo‘lolmaydi. Agar 
kirishma atomlarining valent elektronlari soni, yarim o‘tkazgich materiallining asosiy 
atom valent elektronlari soniga mos kelsa, bunday atom kovalent bog‘lanishini to‘la 
ta‘minlagani  uchun,  qo‘shimcha  erkin  elektronlar  va  kovaklar  hosil  qilmaydi. 
Chiziqli  nuqsonlarga-Dislokatsiya  kiradi.  Dislokatsiya  ham  elektr  faol  nuqson 
holatlarda  uchraydi.  Yarim  o‘tkazgichlarda  nuqsonlarni  o‘z  tabiatiga  ko‘ra 
muvozanatdagi,  nomuvozanatdagi  va  kvazi  muvozanatdagi  nuqsonlarga  bo‘lish 
mumkin.  Muvozanatdagi  nuqsonlarga  berilgan  tempratura  energiyasi  kT,  mos 
keladigan  kristall  panjara  nuqsonlariga  aytiladi.  Kristall  o‘stirilayotganda  diffuziya 
yo‘li  bilan  kiritilgan  barcha  kirishma  atomlarining  holati,  o‘stirilayotgan  yoki 
diffuziya  qilinayotgan  haroratdan  past  hamma  haroratlarda  nomuvozanat  holatda 
bo‘ladi.  Bunday  nuqsonlar  albatta  vaqt  o‘tishi  bilan  asta-sekin  o‘z  muvozanat 
holatiga qaytishi mumkin. Eksiton deb-o‘zaro bog‘langan va doimo birlashib harakat 
qiladigan elektron va kovaklar juftiga aytiladi. Eksiton o‘ta past haroratlarda mavjud 
bo‘ladi.  Eksitonlar  elektr  faol  nuqsonlar  emasdir.  Yarim  o‘tkazgich  materiallarida 
kirishma  atomlar  holati  yuqorida  ko‘rsatilgandek  kirishma  atomlari  elektr  faol  va 
neytral holatlarda bo‘lishi mumkin. Elektr faol kirishma atomlar o‘z tabiatiga ko‘ra 3 
xil  vaziyatda  uchraydi.  Agarda  kirishma  atomlardagi  valent  elektronlar  soni  yarim 
o‘tkazgichdagi  asosiy  atomlarni  valent  elektronlaridan  ko‘p  bo‘lsa,  ularda 
qo‘shimcha erkin elektronlar paydo bo‘ladi. Bunday atomlar-donor kirishma atomlari 
deb  ataladi.  Agar  kirishma  atomlarning  valent  elektronlarni  soni  yarim  o‘tkazgich 
materiali  asosiy  atomlarini  valent  elektronlari  sonidan  kam  bo‘lsa,  kovaklar  paydo 
qiladi.  Bunday  kirishma  atomlar-akseptor  kirishma  atomlari  deb  ataladi.  Ba‘zi  bir 
kirishma atomlar yarim o‘tkazgich kristall panjarasida elektronlarni kovaklarni ham 
o‘zgarishiga olib kelishi mumkin, bunday kirishma atomlar amfoter kirishma atomlar 
deyiladi.  
 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish