1.4 Qadimgi rimda jismoniy tarbiya
Qadimgi rim yodgorliklari, rimliklar o’rtasida xarbiy yo’nalishi yaqqol ifodalangan ko’p sonli bayramlar, o’yinlar va raqslarning tarqalganligi to’qrisida ko’pgina dalillar bеradi. qo’sh qildirakli aravada yurish ko’p sonli xarbiy raqslar, nayza uloqtirish mushtlashish kurash va boshqa mashqlar qam kеng tarqalgan edi.
Rimlik yigitlar armiya safiga kirguncha oilada, o’z tеngdoshlari orasida bo’lar edilar. Ko’p sonli eski qalq o’yinlari va mashqlari ularni jismoniy jixatdan tarbiyalash vositalari edi. Katta yoshdagi o’qil bolalar asosan yugurish, irqitish, kurash, qilichbozlikdan mashq qilar edilar. Patritsiylar oilasidan chiqqan bolalar otda yurishni mashq qilishga ko’p vaqt ajratar edilar.
Jismoniy mashqlar, o’yinlar, musobaqalar qadimgi rimliklarning butun qayotiga singib kеtgan edi. To’p bilan o’ynaladigan turli o’yinlar qoyat darajada ommalashgan edi. Bunday o’yinlar qam plеybеylar orasida tarqalgan edi.
Rim o’yinlari – patritsian aslzodalar bayrami xisoblangan eng qadimgi o’yinlar eng ommalashgan sirk o’yinlari qatoriga kirar edi.
Bu o’yinlar dasturiga musobaqalarning ko’pgina turlari kirar edi. Otliqlar musobaqalari va qo’sh qildirakli aravada chopish eng sеvimli o’yinlardan edi. Ko’pincha o’yinlar dasturiga kurashchilar, yuguruvchilar, mushtlashuvchilarning musobaqalari qam kiritilar edi.
Eramizdan avvalgi 1 asrda Rimda gladiatorlarni tayyorlash uchun maxsus maktablar tashkil etila boshlandi. Bu maktablar xam xususiy shaxslar, qam davlat tomonidan tashkil qilinar edi. Bu maktablarga odatda qullar tajribali mutaxasislar raxbarligida turli shakllardagi qurollar bilan jang qilishni o’rganar edilar. Epchillikning o’sishiga va chiroyli xarakatlarning rivojlanishiga katta e'tibor bеrilar edi. Zarurligiga qarab,tomoshalarning tashkilotchilari maktab egalaridan ma'lum to’lov badaliga gladiatorlarni olar edilar. Sirk maydonida yoki amfitеatrdagi olishuvda omon qolgan gladiatorlar yana maktab egalari ixtiyoriga qaytib borar edi.
Impеratorlik davrining boshlariga kеlib (eramizdan avvalgi I asrning dastlabki yillarida) bayramlar jami bo’lib yiliga 66 kun o’tkazilar edi. Eramizning II asri o’rtalarida ular uchun endi 135 kun, IV asri yarmida 175 kun ajratilar edi.
Tsirk o’yinlari ko’lamining yanada kеngayib borishi bilan bir qatorda (asosan qo’sh qildirakli aravalarda chopish) gladiatorlik janglari xam qoyat katta ko’lamda rivojlanadi. Gladiatorlik o’yinlari o’tkazish uchun maxsus inshootlardan eng kattasi eramizning I asrida qurilgan Kolizеy amfitеatri edi.
Musobaqa o’yinlari quldorlarni jismoniy jixatdan tayyorlashning eng muxim vositalaridan biri edi. Musobaqa o’yinlari barcha quldorlik davlatlarida o’tkazilar edi. Umumyunon olimpiya o’yinlari qoyat darajada ravnaq topdi. Musobaqa o’yinlari quldorlarni jipslashtirar va ularning jangovar qudratini, o’z sinfiy imtiyozlarini ximoya qilish uchun tayyorgarlik darajasini namoyish etuvchi o’ziga xos ko’rigi xisoblanar edi. qadimgi Rimdagi jismoniy tarbiya quldorlik tuzimining tushkunligi va chirishi davridagi quldorlar jismoniy tarbiyasining klassik namunasidir.
Qadimgi Yunoniston va Rimning o'zaro aloqalari tufayli Rimga jismoniy tarbiya vositalari ham kirib kelgan. Eramizdan awalgi II asrda ba’zi rimlik faollar yunonlaming jismoniy tarbiya tizimidagi turlar va usullami o'zlariga tatbiq etishga harakat qildilar. Eramizdan oldingi 80-yillarda Yunoniston Rim tomonidan bosib olingach, elchi Sulla Unon Olimpiya o'yinlarini Rimga ko'chirishga urindi. Uning buyrug'iga binoan 175-Olimpiya o'yinlari Rimda o'tkazilishi kerak edi. Lekin bu holat rimliklar tomonidan ma’qullanmadi. Shu sababdan, eradan oldingi 76-yildagi o'yinlar eski joyi — Olimpiyada tashkil etilgan.
Rimda eski o'yinlaming qismlari turli bayramlarda takrorlangan. Shu bilan biiga yangi o'yinlar vujudga kelib, ular keng tomoshabinlami o'ziga jalb etgan.
Eradan awalgi II asrda vujudga kelgan yangi o'yinlardan diqqatga sazovori gladiatorlar jangi bo'lib, keyinchalik u Rim tomoshalarining asosiy qismiga aylandi. Bunda awallari sirk o'yinlarida qilichbozlik san’atini yaxshi egallagan qullardan foydalanganlar. Eramizdan awalgi I asrda Rimda gladiatorlar tayyorlovchi maxsus maktablar tashkil etilgan. Ular davlatga yoki shaxsiy kishilaiga mansub bo'lgan. Maktablarga gunohkor bo'lgan va hukm qilingan qullar tanlab olingan. Eng katta maktab Kanuyeda bo'lib, o'z vaqtida bu yerda Spartak ham ta’lim olgan. Ulaiga asosan qilichbozlik san’ati o‘rga- tilgan va sirklarda namoyish etilgan. Qilichbozlik jangida (sirk o'yini) omon qolgan gladiatorlar yana o'z maktablari va instruktorlariga qaytarilgan.
Eradan awalgi I asr oxiri va yangi eraning boshida Rimda imperatorlik vujudga keldi. Bunda harbiy quldorlik hukmronligi o'matildi. Zodagonlar yengil kiyimda iliq suv- larda cho'milish, uqalash (massaj) qabul qilish, yengil gimnastika bilan mashg'ul bo'lganlar. Yoshlar aravalarda yurish, qilichbozlik bilan shug'ullanib, ≪Yuventlar≫ (yoshlar) tash- kilotini tuzishadi.
Yirik tomosha o'yinlarini sirklar, amfiteatrlarda tashkil qiliuvchilar gladiatorlaming yirtqich hayvonlar: yoibars, qoplon va h.k. bilan olishuvini uyushtirganlar.
IV asrda Rimda xristian dini davlat tomonidan quvvatlandi. Cherkov ta’siri asta-sekin davlat va jamoa hayotining barcha sohalarini qamrab oldi. Shu sababli Rim an’analari inqirozga uchray boshladi. Cherkov tizimi gladiatorlaming qonli janglari, sirk tomoshalariga qarshi chiqdi. Bunday tomoshalar 404-yilda butunlay taqiqlandi. Lekin xalq tomoshalami o'tkazilishini talab qildi. Shunga asosan sirklarda aravada yurish, o'yinlar, professional kurash hamda mushtlashish (boks) bo'yicha tomoshalar o'tkazildi. Ularda tomoshabinlar ham ishtirok etishi odatga aylandi.
Eramizdan awalgi 74—71-yillarda qullar ahvolining nihoyatda yomonlashuvi Spartak rahbarligidagi qo'zg'olonga sabab bo'lgandi. Spartak kuchli, jasur odam bo'lib, u qurol- larni ustalik bilan ishlatardi. Shuning uchun ham XX asr-ning 20-yillaridan boshlab uning xotirasi uchun o'tkaziladigan jahon ishchi va mehnatkashlarining musobaqalari spartakiada deb ataladi, shuningdek, ≪Spartak≫ sport tashkiloti ham dunyoga mashhur.
Qadimgi Rimda jismoniy mashqlarning jismoniy rivojlanish va jamiyat uchun afzalliklari haqida ko'p flkrlar bildirilgan. Shoir Yuvenal she’rlarida ilk bor ≪Sog‘ tanda sog‘ aql≫ shiori jarangladi va u jahon xalqlarining shioriga aylandi.
Qullami shafqatsiz ezish, ularning tinimsiz qo'zg'olonlari, harbiy tashkilotlaming susayishi qadimgi davlatlaming yemirilishiga, shu asosda jismoniy taibiyaning kuchsizlanishiga sabab bo‘ldi.
Xulosa qilib aytganda, ibtidoiy jamoa tuzumida vujudga kelgan jismoniy tarbiya urug'chilik va qabilachilikning takomillashuviga yordam berdi. Ov bilan bog'liq va turh xil boshqa marosimlar o'yinlami tashkil etishga asos soldi. Bunday jarayonlar Sharq, Yevropa mamlakatlarida o‘z ifodasini topib, qadimgi Yunoniston, Rim va boshqa davlatlaming paydo bo'lishida o‘ziga xos xizmat vazifasini o'tagan.
Quldorlik tuzumi Yunoniston, Rim va boshqa davlatlarda rivoj topib, davlatchilik tizimi yuzaga kelgan. Zodagonlar, oddiy xalq o'zlariga xos o'yinlar, bayramlar uyushtirgan.
Tarixda Olimpiya bayramlarini tashkil qilish, unda chaqqonlik, tezlik, kuchlilik va chidamlilik sifatlarini sinash amalga oshirildi. Qullami gladiatorlikka tayyorlash ishlari kuchaydi va maxsus maktablar tashkil etildi. Xristian dinining paydo bo'lishi Yunoniston, Rim hamda boshqa davlatlarda Olimpiya bayramlari, sirk tomoshalarida ≪jang-o‘yin≫ni taqiqladi.
Jahon xalqlarining umumiy madaniyati va ijtimoiy- turmush sharoiti haqida manbalar beqiyos ko‘p. Qadimgi dunyo tarixi bilan aloqador bo'lgan tarixiy voqealar, ulug‘ sanalar tarix fanlarida keng va chuqur ifodalangan. Shu sababdan, o'quvchi yoshlar va talabalaming bu sohada ma’lum tushuncha hamda bilimlaiga ega bo‘lganligini e’tiborga olgan holda tarixiy davrlar, turli xil voqealar ustida to‘xtamaslikni lozim ko‘idik. Ijtiomiy formatsiyalar davridagi umumma- daniyatining tarkibiy qismi sifatida jismoniy tarbiya haqidagi eng muhim ma’lumotlar, dalillami keltirish asosiy maqsad qilib qo‘yildi.
Jismoniy mashqlar va harakatli o'yinlarning kelib chiqidi.
Jahon xalqlari jismoniy madaniyat va uning mazmunini o‘iganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish jarayonlari uzoq vaqtlardan buyon davom etib kelayotgan ilmiy-pedagogik faoliyatlaidan biri hisoblanadi.
Jismoniy taibiya tarixini o'iganish, ilmiy tadqiqotlaming natijalarini fan va kundalik hayotda qo‘llashda N.I.Ponomaryev, S.D.Sinikin, F.I.Samoukov, N.I.Toropov, G.D.Xarabuga, Yu.P.Simakov kabilaming xizmatlari e’tiborga loyiqdir. Ayniqsa, XX asming ikkinchi yarmida ≪Jismoniy
tarbiya va sport tarixi≫ darsliklari, o'quv qo‘llanmalarini nashrdan chiqarishda V.V.Stolbovning alohida o‘mi bor. Uning darsliklari qayta-qayta nashrdan chiqarilib, o‘quv yurtlarida keng qo‘llanilib kelinmoqda.
Ularning ta’limotlariga asosan insoniyat taraqqiyotining ilk davridan boshlab to hozirgi kungacha bo'lgan jismoniy tarbiya tarixining rivojlanish yo‘llarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdamiz.
Arxeologik topilmalar, turli ilmiy tadqiqotlaming natijalariga qaraganda insoniyat jamiyati yer kurrasida bundan 3,5—4 million yillar awal paydo boigan. Ov qurollarini yasash, olov yoqish, kiyinish, jismonan baquwat bo‘lish uchun bolalami maxsus mashqlar bilan tayyoriash kabi juda ko‘p ijtimoiy turmush tajribalariga ega bo‘lganlar.
Ma’lumki, ajdodlar madaniyati va ijtimoiy mehnat hamda turmush sharoitlarini ilmiy ravishda asoslab berishda G‘arbiy Yevropa (Germaniya, Fransiya, Gretsiya, Italiya va h.k.) olimlari katta hissa qo'shishgan. XIX asr oxiri XX asming boshlarida odam paydo bo‘lishining biologik jarayoni haqidagi nazariyalami ilgari surgan Byuxer va Gross (Germaniya), Spenser (Angliya), Lestumo (Fransiya) kabilaming mulohazalariga chek qo‘yildi. Ularning fikricha, jismoniy tarbiyani inson o‘zining hayvon ajdodlaridan sof biologik yo‘l bilan meros qilib olgan. Ular hayvonlarning beixtiyor harakatlari bilan insonning ongli faoliyat o‘rtasidagi asosiy farqini ko'rishmagan.
0‘z davrining ilg‘or namoyandalaridan biri, faylasuf va rus marksisti G.V.Plexanov ibtidoiy o'yinlar va jismoniy mashqlar biologik omillardan emas, balki odamlarning mehnat faoliyatidan kelib chiqqanligini ilmiy jihatdan isbotlab beigan. Bolalaming hayotida o‘yin mehnatdan oldin paydo bo'lsa ham, umuman jamiyatda u faqat mehnatni, insonlaming ongli faoliyatini aks ettiradi.
Ilk davrlarda odamlar yashash uchun tabiat bilan kurashganlar. Ya’ni turli tabiiy ofatlardan (shamol, quyunlar, sel, sovuqlik, yirtqich hayvonlarning hujumi va h.k.) saq- lanish yo‘llari, qurol-aslahalar yasash kabi ishlab chiqarish
jarayonlarini ixtiro qilganlar. Kishilar uchun kerakli hayotiy malaka va ko‘nikmalar jismoniy sifatlar, malaka va qobiliyatlar ularning bevosita mehnat faoliyati jarayonlarida hosil qilinganligini hozirgi davrda tasawur etish qiyin emas. Yoshlar barcha mehnat va jismoniy harakat faoliyatlarini katta yoshdagilardan o'rganganligi hamda ulaiga taqlid qilib rivojlantiiganligi tabiiy bir holdir.
Ijtimoiy turmush kechirish, ayniqsa, hayvonlami ovlash ishlab chiqarish kuchlarining takomillashuviga sabab boigan. Turli mustahkam va o‘tkir uchli yengil nayzalaming, so‘ngra esa o‘q va yoyning paydo boiishi ovchilikning takomillashuviga va ovning rivojlanishiga olib keldi. Buning natijasida ovqat topish uchun sarflanadigan vaqt ancha qisqardi. Natijada, o'troqlashib yashash, bolalami taibiyalash imkoniyatlari kengaydi. Bu jihatlar eng qadimgi ajdodlarimiz boigan zardushtlar, o‘g‘izlar hayotida (Avesto) ham uchraydi.
Xo‘jalikni idora qilishning yangi shakllari yuzaga kelishi bilan kishilik jamiyatini uyushtirish holatlari ancha mustahkamlanib bordi. Ona urug‘i jamoalari paydo boidi, ularning a’zolari qarindosh-urug'chilik munosabatlari asosida birlashib, mehnat qilib hayot kechira boshladilar. Bu, o‘z navbatida, jamoatchilikni yuzaga keltirdi. Shuningdek, asta- sekin madaniyat sohasida ham o‘zgarishlar yuzaga keldi. Uy- joy qurish, kiyim-kechak paydo boiadi. Tasviriy san’at (qoya toshlariga rasm chizish, yog‘och va loydan onalar siymosi va turli xil shakllami yasash) ijod qilindi. Jamoada qo'shiq, o‘yin va raqslar ijro etildi, bayramlar vujudga keldi. Ana shu davrlarda diniy tasawurlar paydo boidi (ilohiy kuchlaiga ishonish, ularga bo‘ysunish, qurbonliklar keltirish kabilar). Mehnat bilan bogiiq boigan turli musobaqalar, o'yinlar mustaqil tarbiyaviy ahamiyat kasb etdi va ulardan urug‘ jamoasining turli yoshdagi guruhlari foydalandi. Mehnatning jins va yoshga qarab boiinishi amalga oshirildi.
San’atning paydo boiishi kishilaming filer va tasawurlarini boyitdi, ularning ma’naviy dunyosini takomillashtirdi. 0‘yin va raqslarda takrorlanadigan mehnat va mudofa xususiyatidagi harakatlar faqat mehnat emas, balki jismoniy mashqlar sifatida rivoj topdi. Turli xil jismoniy mashqlaming (kurash, otda poyga, nayza uloqtirish, qilichbozlik va h.k.) o‘yinlar tarzida vujudga kelishi ibtidoiy jamiyat tarbiyasida tubdan o‘zgarishlar yasash uchun turtki boidi. Odamlar o‘z- o'zini hayotga, ayniqsa, mehnat faoliyatiga tayyorlashning yangi omillari va qurollaiga ega boia boshladi. Sobiq Ittifoqning yetakchi tadqiqotchilaridan biri M.O.Kosven ≪Ibtidoiy madaniyat tarixi lavhalari≫da odamlarning harakat qilishga intilishdagi ba’zi faoliyatlarini e’tirof etadi, ya’ni ≪Mehnat jarayonidagi charchoq va horginliklami chiqarish maqsadida kechki paytlarda ovchilik va harbiy raqslar mashqlarini bajaiganlar≫, deydi. Bu, o‘z navbatida, ov qilish va harbiy yurishlaiga tayyorgarlik — mashq (trenirovka) vazifasini bajaiganligini ko'rsatadi.
XULOSA
Eng avalo shuni ta'kidlash lozimki, xususiy mulk- chilikning rivojlanishi, ishlab chiqarishning taraqqiy etishi va ilk davlatlarning paydo bo'lishini tarixchilar eramizdan awalgi IV—III asrlarda boshlagan deb ko'rsatadilar. Bu davrlarda yirik davlatlar asosan qadimgi Sharqda, Gretsiya va Rimda bunyod etildi.
Qadimgi Sharq hududidagi Xitoy, Misr, Eron, Assuriya kabi davlatlardagi jismoniy tarbiya vositalarining xijgja-xilligi haqida haykallar qurilish yodgorliklaridagi devony suratlar, turli madaniy ashyolar, qo'lyozmalar guvohlik beradi.
Jismoniy madaniyatning ilk izlari, namunalari, O'rta yer dengizi atrofida, eradan awalgi IV asrlarda vujudga kelgan davlatlarda (Mesopotamiya) ko'proq uchraydi. Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakllari harbiy faoliyatlarda o'z ifodasini topgan. Bunda, asosan, meiganlik (kamon-yoy), bel ushlashib kurashish, mushtlashish, g'ildirakli aravalarda poyga qilish san'ati va meiganlik kabi faoliyatlar muhim o'rinni egallaydi.
Tarixchilar, tadqiqotchilarning e'tirof etishicha, greklar Olimpiya bayramlarini o'z xudosi Zevsga bag'ishlab o'tkaz- gan bo'lsalar, parfiyenlar, skiflar, eroniylar, rimliklar, arablar o'z o'yin va an'analarini messopotamiyaliklardan o'rgan- ganlar.
Hindlar va eroniylar hayotida ham turli tuman jismoniy mashqlar va o'yinlar vujudga kelgan. Ular tarkibida otda (tuyada, xachir va h.k.) yurish va ov qilish, qilichbozlik, aravachalarda poyga, kamondan o'q otish, to'plar va tayoqlar bilan o'ynash keng rivojlangan.
Qadimgi Eronda maxsus tashkil qilingan maktablarda zodagon yoshlarni tarbiyalash tizimi mavjud bo'lgan. Bunda
yuqorida tilga olingan mashqlarni (nayza sanchish, qilich ishlatish, otdan ag'darish) o'igatish dastur asosida olib boril- gan.
Qadimgi Misrda harbiy aslzodalarni harbiy-jismoniy ji- hatdan maxsus tayyorlash uchun kurash, qilchbozlik, ka-' mondan o'q otish, nayza uloqtirish kabi mashqlardan foy- dalanishgan. Buni eramizdan awalgi XVIII—XII asrlarda Beni Gossan degan joydagi fir'avnlar qabristonidan topilgan yodgorliklarda tasvirlangan 400dan ortiq jismoniy mashqlar va o'yinlarni asoslab beradi.
Misr davlatida dinlarning ko'pligi tufayli ularning xu- dolariga hamda urf-odatlariga bag'ishlangan ko'pgina bay- ramlar, an'anaviy xalq musobaqalari o'yinlar va raqslar bilan birga qo'shib olib borilgan. Keyinchalik ulardan ko'proq ideologik (g'oyaviy) maqsadda foydalanilgan.
Hukmron doiralar xalq o'yinlari va jismoniy mashqlardan o'z kamoloti va manfaatlari yo'lida foydalanganlar.
Qadimgi Sharq davlatlarida quldorlik tuzumi davrida ozod dehqonlar, kasb-hunar egalari, savdo-tijorat xodimlari orasida rasm bo'lgan xalq jismoniy tarbiyasi shakllari va xalq mashqlarining turlari quldorlar tomonidan o'z obro'yi hamda hukmronligini kuchaytirish maqsadida o'zlashtirilgan va ulardan keng foydalanilgan.
Rim davlatining vujudga kelishi eradan awalgi 754-yilga to'g'ri keladi. O'zining dastlabki 3 asri (eradan awalgi VIII— VI), shohlar davri mobaynida Rim jamiyati urug'chilik tu- zumi va patriarxal quldorlik munosabatlaming rivojlanish bosqichini o'tagan.
Rim podsholari davrida turh xil marosimlan suvoriylar, labirintlar (chalkash yo'liar) da musobaqa o'tkazishgan, ular «troyan o'yinlari» deb tarixda tilga olinadi. Bu o'yinlar asosan rimlik patrisiylar zodagonlar uchun ahamiyatli bo'lgan. Qo'sh g'ildirakli aravada poyga, turh xil harbiy raqslar, nayza uloq-tirish, kurash va boshqa mashqlar ham keng tarqalgan. Bu quldorlik jamiyati tuzumining harbiy-jismoniy faoliyatida muhim o'rin egallagan. Shu sababdan ham, jismoniy tarbiya tizimi quldorlar harbiy qudratini mustahkamlash vazifasini o'tagan.
Rim respublika sifatida mavjud bo'lib, haibiy-siyosiy tizim tarkib topgan. Shu tufayli hokimiyat harbiy xizmat faoliyatidagi kishilar qo'lida bo'lgan. Har bir fuqaro harbiy xizmatni o'tashi - majburiy ravishda o'zini haibiylik faoli- yatiga tayyorlashi zarur edi. Shuning uchun maxsus tarbiya muassasalari tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |