2.2. Pedagogik jarayonni amalga oshirish uchun uslubiy yordam
Boshqarishda moddiy va ma’naviy rag’batlantirish metodi. Pedagogik tizimni boshqarishda moddiy va ma’naviy rag’batlantirish juda muhim metoddir. Bunda rahbar har bir jamoa a’zosining o’z mehnati samarasi, sifatidan manfaatdorligini oshiradi.
Rag’batlantirish mukofotlash (faxriy yorliq,unvonlarga taqdim qilish) hukumat mukofotlarga tavsiya qilish yoki pul mukofoti va boshqa yo’llar bilan bo’lishi mumkin. Bunda rag’batlantirishning moddiy va ma’naviy me’yorlarni o’zaro mutanosiblikda qo’llash juda muhimdir. Ma’naviy rag’batlantirish buyruq bilan rahmat yoki tashakkur bildirish. Ijodiy izlanish, yuqori ko’rsatkichlarga erishgan xodimlarni turli yo’llar bilan rag’batlantirish ularning ishga munosabatini o’zgartiradi. Eng muhim jamoada sog’lom muhit yaratib, har bir xodimning o’z mehnatidan mamnun, manfaatdorligini oshirish lozim. Hududiy markaz professor-o‘qituvchilari tarkibiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
qayta tayyorlash va malaka oshirishga qo‘yiladigan malaka talablari asosida tinglovchilar bilan o‘quv-tarbiya ishlarini olib borish;
yuksak shaxsiy sifatlarning (talabchanlik, xolisonalik, haqqoniylik, xushmuomalalik) mavjudligi;
ta’lim berishda (o‘qitishda) kasbiy mahoratning mavjudligi;
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning ilmiy-pedagogik asoslarini, pedagogika fanining asosiy yo‘nalishlarini, fanlararo aloqalarni, notiqlik mahorati asoslarini, uzluksiz ta’lim atamalari va tushunchalarini, shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirishga qo‘yiladigan malaka talablarini bilish;
ta’lim jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlash, tinglovchilarning tashabbuskorligini, ijodiy mahoratini, ularning ilmiy tadqiqotlarga intilishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish ko‘nikmalarining mavjudligi;
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoni mazmunini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot hamda o‘quv-metodik ishlarni olib borishi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, ularni talab darajasida o‘tkazish, ta’lim jarayoni samaradorligini ta’minlash hamda tinglovchilarning yashashi uchun sharoit yaratish (hududiy markazda tinglovchilar turar joyi mavjud bo‘lsa) tegishli hududiy markaz direktori zimmasiga yuklatiladi.
Malaka oshirishning masofaviy shakli (keyingi o‘rinlarda masofaviy ta’lim shakli deb ataladi) vazirlik bilan kelishgan holda, maxsus virtual kurslar faoliyat ko‘rsatadigan, axborot-kommunikatsiya vositalari yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish uchun zarur baza bilan jihozlangan hamda tegishli moddiy-texnika, o‘quv-metodik bazaga va xodimlar salohiyatiga ega bo‘lgan hududiy markazlar tomonidan tashkil etiladi.
Masofaviy ta’lim shakli ishchi o‘quv dasturlar asosida amalga oshiriladi.
Masofaviy ta’lim shaklidagi malaka oshirish kursining davomiyligi hududiy markazda o‘qishning tegishli kursi akademik soatlarida belgilanadi, bunda kalendar muddatlar akademik muddatlardan ortiq bo‘lishi mumkin.
Masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha kurslarga yuqori malakali, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini zarur darajada qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan pedagog xodimlar qabul qilinadi.
Masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha o‘qitish jarayonida tinglovchilar faoliyati, ta’lim jarayonini muvofiqlashtirish va yo‘naltirish, hududiy markaz professor-o‘qituvchilari tarkibidan hududiy markaz direktorining buyrug‘i bilan biriktiriladigan tyutor (o‘qituvchi-konsultant) tomonidan amalga oshiriladi.
Tinglovchilar bilan doimiy aloqa bog‘lash, tinglovchilarga zarur metodik yordam berish, yakka tartibdagi mashg‘ulotni bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish va tinglovchilar bilimlarini baholash tyutorning vazifalariga kiradi. Tyutor yakka tartibdagi topshiriqning tinglovchi tomonidan bajarilishi xolisona baholanishi uchun javob beradi.
Xulosa
Yurtimizning kelajagi, uning ertangi takdiri, ozod va obod jamiyat qurilishiga erishishimiz xam ma’lum ma’noda ta’lim mazmunini modernizatsiyalashga bog’liq. «Chunki ta’lim-tarbiya- ong maxsuli, lekin ayni vaktda ong darajasi va uning rivojini xam belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad- ozod va obod jamiyat barpo etib bo’lmaydi»(9,24),- degan Yurtboshimizning fikrlaridan ta’lim-tarbiya islohoti, yukori malakali kadrlar tayyorlashga erishish- mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Ta’lim jarayonini modernizatsiyalash va mazmunini boyitishda pedagogik imkoniyatlardan to’laqonli foydalanishni yanada kuchaytirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: doimiy ravishda yangi tajribalarni o’rganish, umumlashtirish va ularni hayotga keng tatbiq etish;
to’plangan ilmiy bilimlardan, pedagogik tajribalardan oqilona foydalanish;
umumiy ta’lim maktablarida matematikaga oid bilimlarni oshirish uchun maxsus to’garaklar tashkil etishga alohida ahamiyat berish; o’sib kelayotgan yosh avlodga erkin fikr bildirish, mantiqiy mushohada qilish ko’nikmalarini singdirish ta’lim-tarbiyaning samarali amalga oshishi garovidir.
Hozirgi davrda O’zbekistonda ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarish jahon talablari darajasida olib borilishi uchun barcha chora-tadbirlar amalga oshirilyapti.
Mustahkam ta’lim-tarbiya tizimini faqatgina pedagogika-psixologiya fanlarining ilmiy- nazariy asoslari va amaliyotda tasdiqlangan qoidalar yordamida rivojlantirish mumkin. Buni albatta, shu sohadagi yangiliklar bilan aloqada amalga oshirishni talab etadi. Ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish yoshlarda shaxsga yo’naltirilgan ta’limni qaror toptirishga qaratilgan. Ilmiy izlanish jarayonida uzluksiz, yaxlit, o’zaro bog’liqlikni ta’minlovchi ta’lim to’laqonli amalga oshirilganda o’quvchi-yoshlarning ijodiy kobiliyatlarini o’stirish, mustaqil mushohada yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish, o’quvchi shaxsining shakllanishi bilan o’zaro aloqada real pedagogik jarayonni vujudga keltirish mumkin. Bu jarayon turli ta’lim konsepsiyalari, nazariyalari yordamida loyihalashtirilishi va ta’lim muassasalarida tadbiq etilishi maqsadga muvofiq. Intellektuallik, mustaqil va erkin fikrga egalik, yuksak onglilik va intellektual madaniyatlilik kabi hislatlarni shakllantirish hamda o’quvchilarni ob’ektiv va hissiy bilishlarini rivojlantirish uchun maxsus metodika, maxsus pedagogik ta’sir o’tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish orqali erishish mumkin.
Ushbu ishi natijasida biz quyidagi xulosa va tavsiyalarni ishlab chiqdik:
1.Ta’lim muassasalari faoliyatini maqsadli boshqarishda inson shaxsi, uning yaxlit va har tomonlama rivojlanishi uning atrof-olamga, jamiyatga munosabati, ijodiy qobiliyati jarayonida amalga oshadi.
2.Ta’lim muassasalari faoliyati maqsadli boshqarilganda yoshlarning shaxs sifatida shakllanishiga keng imkoniyatlar yaratiladi.
3.Ta’lim muassasalari faoliyatini boshqarish reja asosida, tizimli va maqsadli olib borilsa, ulkan yutuqlarga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |