XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………………….72
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‟YXATI………………….74
ILOVALAR………………………………………………………………….
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga
oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni
mustahkamlash,
xavfsizlik
va
huquq-tartibotni,
davlatimiz
chegaralari
daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini,
millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta‘minlash uchun muhim
poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning
bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har
tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni
modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha
ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida aholi va tadbirkorlarni
o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi
qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish,
shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda
quyidagilarni nazarda tutiladi.
2017- 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5ta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Davlat va jamiyat
qurilishini
takomillashtirishga
yo‘naltirilgan
demokratik
islohotlarni
chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda
siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh
qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, ―Elektron
hukumat‖ tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish,
jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati
institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;
Hozirda, mamlakatimiz soliq tizimi oldida bozor munosabatlarini to‘laqonli
shakllantirish uchun shart-sharoit yaratish bilan bir qatorda, davlat byudjetini
mablag‘lar bilan ta‘minlash hamda ustivor yo‘nalishdagi iqtisodiy faoliyatni
soliqlar vositasida qo‘llab-quvvatlashni talab etiladi.
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan so‘nggi yillarda imzolangan
iqtisodiyotni rivojlantirishda soliqlarning ahamiyatini oshirishga qaratilgan qator
farmon va qarorlar, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining
qarorlari bu sohada katta o‘zgarishlar bosqichini boshlab berdi. Ular asosan soliq
nazoratini kamaytirish, soliq huquqbuzarliklari uchun moliyaviy jazolarni
yengillashtirish, soliq to‘lovchilar huquqlarini kengaytirish, soliq hisobotlar
tizimini soddalashtirish, soliq xizmati organlarining soliq to‘lovchilarga nisbatan
noto‘g‘ri hatti-harakatlari uchun javobgarliklarini kuchaytirishga qaratilgan.
Hozirgi kunda soliq tizimida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlar,
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning foyda solig‘i hisobi va tahlilini jahon
tajribasidan kelib chiqib, o‘rganishni mavjud muammoli masalalarni hal etish
yo‘llarini belgilashni talab etadi. Ushbu zaruratlar tanlangan mavzuning
dolzarbligini belgilaydi.
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan soliq yukini
kamaytirish va soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq ma‘muriyatchiligini
takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, keng
jamoatchilik muhokamasi natijalari hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon
banki va xalqaro ekspertlarning tavsiyalaridan kelib chiqib:
O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsi-
yasining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
1
a) iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq
solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo‘yicha soliqlarni
to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi
nomutanosibliklarni bartaraf etish;
b) soliqlarni unifikarsiya qilish yo‘li bilan ularni maqbullashtirish, o‘xshash
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi ―O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini
takomillashtirish konsepsiyasi to‗g‗risida‖ PQ 5468-sonli farmoni. http//.www.lex.uz (O`zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi huzuridagi huquqiy axborot bilan ta‘minlash markazi)
5
soliq solish bazasiga ega bo‘lgan soliqlarni birlashtirish, soliq hisobotlarini qisqar-
tirish va soddalashtirish, operatsion xarajatlarni minimallashtirish;
c) makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat byudjeti va uning daromad soliqlarni unifikatsiya qilish yo‘li bilan ularni
maqbullashtirish, o‘xshash soliq solish bazasiga ega bo‘lgan soliqlarni
birlashtirish, soliq hisobotlarini qisqartirish va soddalashtirish, operatsion
xarajatlarni minimallashtirish;
d) makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat byudjeti va uning daromadlarini mustahkam shakllantirishni ta‘minlash;
e) soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida
normativ-huquqiy hujjatlardagi ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish,
insofli soliq to‘lovchilarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini
kuchaytirish;
f) soliq solish masalalarini tartibga soladigan havola qiluvchi normalar va
qonun osti hujjatlarini maksimal darajada cheklagan holda soliq qonunchiligining
barqarorligini hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining
to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta‘minlash, shu jumladan, kodeksda soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlar stavkalari miqdorlarini belgilash;
g) xorijiy investorlar va investitsiyalar uchun qulay rejimni saqlab qolish,
ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash;
h) soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan, soliq solish
obektlari hamda soliq to‘lovchilarni yanada to‘liq qamrab olish va hisobini
ta‘minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy
etish hisobiga takomillashtirish, transfer narxlarni shakllantirish bilan bog‘liq
operatsiyalarga soliq solish tartibini joriy etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |