Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotdan kelib
chiqadigan ilmiy xulosalar adabiyotshunoslikka, xususan, oybekshunoslikka tegishli
muammolarni ma’lum ma’noda oydinlashtirishga yordamlashadi. Ilmiy ish
materiallari Oybek ijodini kengroq anglashga bag‘ishlangan fundamental ishlar uchun
qо‘shimcha manba bо‘lib xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, tadqiqot natijalaridan
umumta’lim maktablarida va akademik-litsey, kasb-hunar kollejlarida Oybek
merosini о‘rganishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |