Kurs ishi maqsadi: Boshlang’ich sinflarda arifmetik amallarni o’rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish pedagogik asoslarini ishlab chiqish.
Kurs ishi obyekti: Umumiy o’rta ta’limning boshlang’ich sinflaridagi o’quv-tarbiyaviy jarayoni.
Kurs ishi predmeti: Boshlang’ich sinflarda arifmetik amallarni o’rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Kurs ishi tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. O'LKASHUNOSLIK FANINING ASOSIY MANBALARI VA TURLARI
1.1 Fanning asosiy manbalari
O`lkashunoslik besh asosiy manbaga: arxeologiya, etnografiya, toponimika va arxiv hujjatlari xamda muzey materiallariga tayanib ish tutadi. Qishloq, rayon, shahar yoki viloyat hududining tarixini o`rganishda shu manbalardan birontasi ham diqqat-e`tibordan chetda qolmasligi lozim, busiz o`lka tarixini mukammal o`rganib bo`lmaydi. O`sha besh manbadan biri bo`lgan arxeologiya to`g`risida gap borganda, avvalo maktab tarixi kursining qaysi qismida, qaysi sinfda va qanday qilib, qachon arxeologiyaga oid materiallardan foydalanish mumkin degan savolga javob berish kerak bo`ladi. CHunonchi, V sinf tarixi kursida O`zbekiston xalqlarining eng qadimgi ibtidoiy jamoa davri: odamlar to`da holda yashagan davr, ona urug`i (patriarxat) davri, ona urug`ining rivojlanishi, kaltaminorliklar chaylasi, ota urug`i (patriarxat) davri, temirning tarqalishi, sug`orishning kelib chiqishi davridan 21 boshlab, quldorlik jamiyati, feodalizm davri, nihoyat XVIII asrning ikkinchi yarmida feodalizmning emirilishi va kapitalistik munosabatlarning rivojlanishigacha bo`lgan juda katta tarixiy davr o`z ifodasini topgan. Demak, bu kursda ayrim mavhum tarixiy tushunchalar haqida o`quvchilar ma`lum tasavvur hosil qilishida, tarixiy faktlarni ishonarli qilib tushuntirishda arxeologiyaga oid materiallardan o`rinli foydalanish juda muhimdir. «Arxeologiya» so`zi lotin tilidan olingan bo`lib, «arxayos» — qadimgi, «logos» — fan, ya`ni qadimgi davrni o`rganuvchi fan degan ma`noni bildiradi. Arxeologiya — o`lkashunoslik va tarix fanlarining asosiy manbalaridan biridir. Dunyo xalqlarining bir necha yuz ming yillardan beri davom etib kelayotgan tarixi bor. Lekin shu uzoq tarixiy taraqqiyotning eng keyingi 5 — 6 minginchi yillaridan boshlabgina yozma asarlar bo`lib, undan avval xalqlarda yozuv va yozma tarix bo`lmagan. YOzuv paydo bo`lgandan keyin xam ko`pgina voqealar yozilmay qolgan, podsholarning buyruqlari, ruhoniylarning diniy ta`limotlari, xazinalarning hisob-kitoblari hamda turli urushlar haqidagi yozma asarlar esa o`z zamonasining ishlab chiqarish usullari va vositalarini, xalqning maishatini etarlicha aks ettirmagan. Demak, qadimgi shahar va qishloqlar qazib ko`rilganda, u erlardan qadimgi xalqlarning uy-joy qoldiqlari, uy-ro`zg`or asboblari, zeb-ziynat buyumlari, e`tiqod yodgorliklari topiladi; bu narsalar esa yozma tarixdagi ma`lumotlarga qaraganda o`sha davr turmu-shini har taraflama va aniqrok, yoritib berishga yaraydi. YOzma tarix paydo bo`lgungacha o`tgan bir necha yuz ming yillik davr tarixini hamda yozma tarix chiqqandan keyingi davr hayotini to`la o`rganish zaruriyati o`sha davr xalqlaridan qolgan buyumlarni tekshirib ko`rishni taqozo etadi. Bunday yodgorlik buyumlarini tekshiruvchi fan arxeologiyadir, Arxeologiya ibtidoiy odamlar yashagan makonlarni, sinfiy davrdan qolgan shahar, qishloq va mozorlarni qazib ko`rib, tarixni aniqlaydi. Arxeologlar qazishma usuli bilan ish ko`radilar. Ayniqsa yozuvlar paydo bo`lmasdan burungi davr tarixini arxeologiya qazishmalarida topilgan buyumlar to`ldiradi, arxeologiya qazishmasining natijalari matbuotda keng yoritib boriladi. Katta qurilishlardao`tkaziladigan er qazish ishlarida arxeologiya buyumlariga ehtiyot bo`lish yuzasidan ilmiy tushuntirishlar o`tkaziladi. Arxeologiya fani hali boshqa fanlarga qaraganda yosh bo`lishiga karamasdan, dunyoda katta e`tibor qozongan va hammani qiziqtirgan fandir. Tarixchilikning katta yutuqlaridan biri arxeologiyaga katta e`tibor berganligi bilan belgilanadi. Jamiyat tarixi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivoji va shu asosda ishlab chiqarish munosabatlarining turli davrda o`zgarib borishidan iborat ekanligi fanda e`tirof etilgach, tarixni ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarga ajratib davrlash masalasi kun tartibiga qo`yildi. Tarixchilikda butun insonyyat tarixi quyidagi davrlarga bo`lib o`rganiladi: 1. Ibtidoiy jamoa tuzumi davri. 2. quldorlik davri. 3. Feodalizm davri. 4. Kapitalizm davri. Hozirgi fanning aniqlashiga ko`ra, kishilik jamiya-ti tarixi bir million yilga yaqinlasha boradi. SHu uzoq davrning oxirg`i ming yillaridangina sinfiy jamiyat, ya`ni quldorlik jamiyati vujudga kelgan bo`lib, unga qadar o`tgan davrlar ibtidoiy jamoa davrini, ya`ni sinf paydo bo`lgunga qadar o`tgan davrni o`z ichiga oladi. O`zbekistonda tarix fani rivoj topgunga qadar, birinchidan, tarixni ishlab chiqarish usullariga qarab davrlashtirish yo`q edi. O`zbekistonda, umuman O`rta Osiyoda ibtidoiy jamoa davri bo`lganligiga shubha bilan qaralgan edi. Ikkinchidan, O`rta Osiyoga aholi eron va Shimoliy Hindiston tomondan ko`chib kelgan, deb taxmin qilinar edi. quldorlik davri ham go`yo bo`lmagan, eng qadimgi zamonlardan tortib, so`nggi Buxoro amirlari yamonigacha O`rta Osiyo xalqlarining hayotida o`zgarish bo`lmagan, deb uqtirilar edi. Tarixni davrlashtirish masalasining qo`yilishi tarixchilar va arxeologlarni ishga solib yubordi. Birinchi besh yillik oxiridayoq sobiq SSJI tarixini, shu jumladan, O`zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi yuzasidan yozma manbalarni o`rganishga kirishish bilan birga, arxeologiya yodgorliklarini qazib topishga ham jiddiy e`tibor berila boshlandi. Bu ishning boshida Moskva, Sankt-Peterburg va O`zbekiston arxeologlari: A. YU. YAkubovskiy, G. V. Grigor’ev, S. P. Tolstov, M. E. Masson, V. A. SHishkin, YA. g`. G`ulomov va boshqalar 23 turdilar. Birinchi ish O`zbekistonning alohida rayonlarida arxeologiyaga oid qidirish o`tkazishdan boshlandi. Masalan, 1925-1930 yillarda Samarqandda V. L. Vyatkin, 1926—1928 yillarda Termizda B. P. Denike, 1929—1930 yillarda A. A. Potapovlar Farg`ona vodiysida hamda 1932 — 1933 yillarda Namangan viloyatining o`chqo`rg`on rayoni Norin daryosi bo`yida elektrostantsiya qurish tayyorgarligi munosabati bilan Sankt-Peterburg arxeologlaridan B. A. Latinin Farg`ona vodiysining shimoli-sharqiy rayonlarida; 1934 yili Sankt-Peterburg arxeolog G. V. Grigor’ev YAngiyo`l rayonida; o`sha yili professor A. YU. YAkubovskiy boshliq Sankt-Peterburg va O`zbekiston arxeologlari Buxoro viloyatining sharqiy qismida, yana o`sha yili arxeolog M. E. Masson boshliq arxeologlar Ohangaron vodiysida jiddiy arxeologik qidiruv ishlarini o`tkazdilar. 1936 — 37 yillarda bu ish kengayib, qadimgi Termiz shahrini qazish yuzasidan ilmiy ishlar kuchaytirilishi bilan birga prof. S. P. Tolstov boshchiligida Xorazmda, V. A. SHishkin boshchiligida Buxoro viloyatining g`arbiy qismida yangidan tekshirishlar boshlandi. Bu ilmiy safarlar katta miqyosda uyushtirilib, bularning hammasida Moskva, Sankt-Peterburg va O`zbekiston arxeologlari hamkorlik qildilar. Bu ilmiy safarlar 1939 — 1940 yillarda O`zbekistonda sug`orish soxasida xalq qurilishlari boshlanishi munosabati bilan arxeologiya kuzatishlari o`tkazdi, bu borada Farg`ona vodiysida katta natijalarga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |