I bob. Nazariy qism 3 Axborot texnologiyasining rivojlanish tarixi 13



Download 2,16 Mb.
bet6/40
Sana22.07.2022
Hajmi2,16 Mb.
#839542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Mundarija

1.3. IT sohasidagi islohotlar


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2021- yilda olib borilgan ishlar toʻgʻrisida brifing boʻlib oʻtdi.
2021-yil 10-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xizmati rahbari Sh. Axmatov ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi. Mazkur brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xizmati rahbari Sh. Axmatov ta’kidlaganidek, 2021-yilda davlatimiz rahbari tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oldiga aniq vazifalar belgilab berilgan edi. Raqamli iqtisodiyot rivojlanishi uchun eng muhim omillardan biri telekommunikatsiya infratuzilmasining barpo etishdir. Shu maqsadda 2021-yilda Telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish maqsadida 50 ming kilometr optik-tolali aloqa liniyalari qurilib, ularning umumiy uzunligi 118 ming kilometrga yetkazildi va buning natijasida aholi maskanlarining 67 foiziga mazkur tarmoq kirib bordi. Optik tarmoqni kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar kelgusi yillarda ham mana shunday jadal sur’atlarda davom ettirilishi belgilangan. Aholiga yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini koʻrsatish qurilmalarining umumiy sigʻimi 3,6 mln.ga yetkazildi. Bugungi kunda xalqaro internet tarmogʻiga ulanishning umumiy oʻtkazuvchanlik imkoniyatini 1 800 Gigabit/sekundni tashkil etib, 2022-yil yakuniga qadar ushbu koʻrsatkichni 3200 Gigabit/sekundgacha kengaytirilishi rejalashtirilgan. 2021-yilda ma’lumotlar uzatish tarmogʻining oʻtkazuvchanlik qobiliyati viloyat va tuman markazlari darajasida 1,5 barobarga oshdi. Operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif 2020-yilga nisbatan 42,9 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s uchun 30,0 ming soʻmni tashkil etmoqda. Bugungi kunga kelib 95 foiz aholi maskanlari mobil internet bilan qamrab olingan, 54 foiz uy xoʻjaliklariga yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoni yaratilgan. Mobil aloqa xizmatlarini rivojlantirish maqsadida mobil internet tezligi 1,5 barobar oshirildi va 2021-yilda 14 150 ta qoʻshimcha tayanch stansiyalari oʻrnatilib, ularning umumiy soni 45 890 taga yetkazildi. Shuni alohida qayd etishimiz kerakki, bugungi kunda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 27,2 milliondan oshgan, shundan mobil internet foydalanuvchilari soni 25,3 million kishini tashkil etmoqda. Respublikada raqamli infratuzilmani jadal rivojlantirish, shahar va qishloq hududlari oʻrtasidagi “raqamli tafovut”ni bartaraf etish hamda taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida, vazifalar belgilab olingan. Buxoro, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlari quriladi. Respublikada telekommunikatsiya operatorlarining raqamli infratuzilmani rivojlatirish boʻyicha ishlarini qoʻllab-quvvatlash, soliq yukini imkon qadar maqbullashtirish va imtiyozlar berish ishlari amalga oshiriladi. Olib kiriladigan telekommunikatsiya uskunalari va qurilmalarini, noutbuklarni bojxona toʻlovlaridan ozod etish, jalb qilinadigan chet el kreditlari boʻyicha Davlat kafolatini berish choralari koʻriladi. Davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan e’tibor bir maqsadga yoʻnaltirilgan – aholiga sifatli va zamonaviy telekommunikatsiya va raqamli xizmatlarni koʻrsatish hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratiladi. Shunga koʻra,telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishning quyidagi asosiy maqsadli koʻrsatkichlari belgilandi. Jumladan: xalqaro ma’lumotlar uzatish kanalining oʻtkazuvchanlik qobiliyati 3,5 marotaba oshiriladi; 150 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilish hisobiga ma’lumotlar uzatish tarmogʻi kengaytiriladi; xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yoʻllarini mobil aloqa tarmoqlari bilan toʻliq qamrab olishni ta’minlash; optik tolali aloqa liniyalari barcha aholi punktlariga yetkazilib, uy xoʻjaliklarining kamida 80 foizi Internetga keng polosali simli ulanish imkoniyati bilan ta’minlanadi. Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari 2022-yil 1-yanvardan boshlab Internet jahon axborot tarmogʻiga keng polosali ulanish tarmoqlarini loyihalash va qurishda quyidagilar nazarda tutiladigan boʻldi.
➖ ma’muriy binolar va koʻp kvartirali uylarni kamida 1 Gigabit/sekund oʻtkazuvchanlik qobiliyati bilan;
➖ ta’lim tashkilotlari, sogʻliqni saqlash muassasalari va boshqa davlat tashkilotlarini kamida 100 Megabit/s oʻtkazuvchanlik qobiliyati bilan ta’minlash.
Bugungi kunda dunyo tajribasi aholi turmush farovonligini ta’minlash, ular uchun qulayliklar yaratish hamda davlat xizmatlaridan toʻsiqsiz, shaffof va adolatli foydalanishda eng toʻgʻri yondashuv Elektron hukumat ekanligini koʻrsatmoqda. Prezidentning 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi farmonida 2021-yilda talabgorligi yuqori boʻlgan davlat xizmatlarini Yagona portalda joriy qilish belgilangan edi. Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash hamda aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining koʻp sonli talab takliflarini inobatga olgan holda, mavjud davlat xizmatlarini tahlil qilish hisobiga hukumat tomonidan 2021-yilda Yagona portalda 60 turdagi davlat xizmatlarini joriy etish topshirigʻi berildi. Bu roʻyxatda yurtdoshlarimizni yillar davomida oʻylantirib kelgan xizmatlarning oʻrin olishi ayni muddao boʻldi. Chunki turli idoralar eshigi yonida sargʻayib oʻtirish, ortiqcha ovoragarchilik, byurokratiya, qogʻozbozlik, korrupsion holatlar aholimizni juda qiynab qoʻygandi. Hozir esa koʻplab xizmatlardan Yagona portal orqali uydan chiqmagan holda foydalanish, hatto tegishli toʻlovlarni ham amalga oshirishning imkoni borligi bu katta natijadir. Ayni kunda yurtdoshlarimiz Yagona portal (my.gov.uz) orqali 300dan ortiq elektron xizmatlardan elektron koʻrinishda foydalanishlari mumkin. E’tiborlisi, ularning 185 tasi bepul koʻrsatilsa, 181 tasida Elektron raqamli imzo talab etilmaydi. 2021-yilda Yagona portalda 100ga yaqin elektron xizmat ishga tushdi. Xizmatlarning masofadan olinishi tufayli 2021-yilda aholining 48 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻi, qolaversa, eng qimmatli boʻlgan vaqti tejaldi. 2021-yilda Yagona portal foydalanuvchilari soni keskin ortib, 2020-yilga nisbatan 3 barobarga oʻsdi va 1,1 mln.dan oshib ketdi. 2021-yilda my.gov.uz mobil ilovasi ishga tushirilib, undagi elektron xizmatlar soni 80 tadan oshirildi. Jarayonga aholining barcha qatlamlari, eng chekka viloyat va tumanlardagi yurtdoshlarimizni ham qamrab olish maqsadida “Oʻzbekiston pochtasi” AJning 928 ta pochta aloqasi ob’ektlarida “Yagona portal agenti” moduli orqali (postal.gov.uz) 33 turdagi davlat xizmatlarini elektron shaklda koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. 2021-yilning 1-dekabridan esa Oʻzbekiston Respublikasining 56 ta diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan 7 turdagi davlat xizmatlari taqdim etila boshladi. 2019-yil Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki (IT Park) tashkil etilgan. Texnopark rezidentlari barcha soliq, davlat maqsadli jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlardan va bir martalik ijtimoiy toʻlovlardan 2028-yil 1-yanvargacha ozod etilgan. Texnopark rezidentlarining faoliyatini ragʻbatlantirish va ularning sonini oshirish maqsadida shugʻullanish uchun huquq berilgan faoliyat turlari toʻrttadan 18 gacha koʻpaytirildi. IT-parklar tashkil etilganidan buyon sohada eksport hajmi 50 barobarga koʻpayib, 40 million dollarga yetdi. Rezidentlar soni 147 tadan 500 taga oshdi, 300 dan ziyod yangi kompaniyalar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. IT-parklarda 8 ming 500 ta yuqori daromadli ish oʻrinlari yaratildi. Bunday ishlarni davom ettirib, soha rivojini yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha rejalar ishlab chiqilgan. Xususan, yirik eksportyorlar bilan ishlab, IT-parklarda xizmatlar eksporti hajmini 80 million dollarga yetkazish moʻljallangan. Yalpi ichki mahsulotda raqamli iqtisodiyot ulushini oshirish, elektron xizmatlar uchun yengilliklar yaratish nazarda tutilgan. Axborot texnologiyalari sohasida Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish ham muhim yoʻnalishlardan biridir. Ushbu yoʻnalishni rivojlantirish uchun, 2020-yil 14-dekabr kuni Prezidentimizning “Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi. Mazkur Qaror ijrosini ta’minlash boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirildi. “Oʻzbekiston pochtasi”ning Toʻlovlarni qabul qilish va pul oʻtkazmalari boʻyicha avtomatlashtirilgan tizim yangilanib, “AVVAL” brendi ostida ishga tushirilib uning mobil ilovasi ham yaratildi. Mazkur tizimda 60 dan ortiq toʻlovlarni qabul qilish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, pochtalonlar 1 000 ta mobil qurilmalar bilan ta’minlandi. Chekka hududlardagi 750 ga yaqin pochta aloqasi ob’ektlarida bank xizmatlari koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, “Gibrid pochta” tizimi takomillashtirilib, Yagona milliy tizim joriy etildi. Buning natijasida pochta joʻnatmasini yetkazib berishdagi nazorat muddatlari qisqarishiga erishildi, ya’ni avval pochta joʻnatmalar eng chekka hududda yashovchi aholiga 6-8 kun ichida yetkazib berilgan boʻlsa, endilikda 1-2 kun ichida yetkazib berilmoqda. Bugungi kunda, 100 dan ortiq davlat organlari va tashkilotlari ushbu xizmatdan foydalanmoqda. Gibrid pochta joʻnatmalarining hajmi 2020-yilga nisbatan 2021-yilda 2 barobar koʻpaydi. 2021-yilda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimi yoʻlga qoʻyildi. 2020-yilda 14 ta tayanch IT-maktablar ochilgan boʻlsa, 2021-yil oʻquv yilidan yana 86 ta maktab oʻz faoliyatini boshladi. Ularda axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib oʻqitish uchun barcha zaruriy sharoitlar, moddiy-texnik baza bilan ta’minlandi. Ushbu maktablarga Davlat test markazi bilan hamkorlikda oʻquvchilar 5-sinfdan imtihonlar asosida saralab olindi. Bugungi kunda ularda 4 mingdan ortiq oʻquvchi tahsil olmoqda. 2023-yilda esa, ularning soni 205 taga yetkazilib, 30 mingdan ziyod oʻquvchi raqamli texnologiyalarga chuqurlashgan holda oʻqitiladi. Shuningdek, 205 ta raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari orqali tinglovchilar kompyuter savodxonligi, dasturlash asoslari, robototexnika, veb va mobil ilovalar yaratish, raqamli tadbirkorlik asoslari va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha oʻqitilmoqda. Bundan tashqari, respublikaning 14 ta hududida IT texnikumlar faoliyati yoʻlga qoʻyilib, ularda dasturiy injiniring, kompyuter injiniring, axborot xavfsizligi, telekommunikatsiya texnologiyalari kabi yoʻnalishlar boʻyicha 8 ming nafarga yaqin oʻquvchi oʻqitilmoqda. Mazkur texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilari oʻz sohasiga mos bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan oʻqishini davom ettirish huquqiga ega boʻlishadi. Bundan tashqari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning 6 ta hududiy filiallarida malakali oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlab kelinmoqda. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 15 ta bakalavriat ta’lim yoʻnalishi hamda 33 ta magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, filiallarda 5 ta bakalavriat ta’lim yoʻnalishi hamda 3 ta magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlanmoqda. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida bugungi kunda 1 000 nafarga yaqin professor-oʻqituvchi faoliyat yuritib, ularda jami 21 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Raqamli texnologiyalarning rivojlanish tendensiyasidan kelib chiqib, joriy oʻquv yilida ushbu universitetda sun’iy intellekt, mexatronika va robototexnika, kiberxavfsizlik injiniringi kabi jami 10 dan ortiq yangi yoʻnalish tashkil qilindi. Shuningdek, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari qoshidagi 6 ta akademik litseyning “Aniq fan-1(texnika)” va “Aniq fan-2 (iqtisod)” yoʻnalishlarida 3 mingga yaqin oʻquvchi tahsil olmoqda. Shu bilan bir qatorda, IT soha uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari tomonidan ham kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. Toshkent shahridagi Inxa universitetida 2 ta (Kompyuter va dasturiy injiniring, Logistika) bakalavriat ta’lim yoʻnalishi hamda 1 ta (Raqamli transformatsiya) magistratura mutaxassisligida jami 1709 nafar talaba tahsil olmoqda. Shu bilan birga, ushbu talabalarga 36 nafar professor-oʻqituvchi ta’lim bermoqda. Toshkent shahridagi Amiti universitetida 5 ta (Iqtisodiyot, Turizm boshqaruvi, Biznes boshqaruvi, Axborot texnologiyalari, Kompyuter fanlari va injiniringi) bakalavriat ta’lim yoʻnalishi hamda 1 ta (Axborot texnologiyalari) magistratura mutaxassisligida jami 1000 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda. Shu bilan birga ushbu talabalarga 23 nafar professor-oʻqituvchi ta’lim bermoqda. 2021 yilda qilingan ishlarning asosiy yoʻnalishlari shundan iborat.2022-yilda ham rejalashtirilgan ishlar juda koʻp.

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish