I bob. Nazariy qism 3 Axborot texnologiyasining rivojlanish tarixi 13


-rasm Prezidentimizning Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi IT-parkga tashrifi



Download 2,16 Mb.
bet5/40
Sana22.07.2022
Hajmi2,16 Mb.
#839542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Mundarija

1.1.1-rasm Prezidentimizning Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi IT-parkga tashrifi.
Davlat rahbari 2019-yil 20-noyabr kuni ushbu parkka tashrif buyurib, u yerdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Soha rivojiga yanada keng sharoit yaratish maqsadida IT-parkning yangi bosqichi qurilishiga tamal toshi qoʻydi.
U yerda axborot texnologiyalari sohasi boʻyicha 350 ta mahalliy rezident korxona faoliyat yuritib, 4 mingta mutaxassis ishlamoqda. Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda “1 million dasturchi” loyihasini amalga oshirish boshlangan edi.
2020-2024 yillarda 14 ta hududda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining filialini tashkil etib, rezidentlar sonini 3 barobar oshirish va xodimlar sonini 40 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan. Buning natijasida kompyuter va dasturlash xizmatlari hajmi ham, eksporti ham ancha oshadi.

1.1.2-rasm. Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi IT-park tuzilishi.
Yigʻilishda dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki hamda uning filiallarini qurish, yuqori texnologiyali infratuzilmalar yaratish masalalari muhokama qilindi.
IT-akademiya, IT-laboratoriya, Kovorking markazi, Mobil dasturlar ishlab chiqish markazi, Masofaviy axborot texnologiyalari markazini barpo etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Davlat buyurtmasi asosida soha va tarmoqlar uchun zarur zamonaviy dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish mexanizmini yoʻlga qoʻyish taklifi bildirildi.
Jahondagi tendensiyalar bilan hamqadam boʻlib, yangi ishlanmalarni hayotga faol joriy etish, yetakchi texnoparklar bilan hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari hamda xorijiy mutaxassislar uchun koʻp qavatli turar joy, mehmonxona, sport majmualari tashkil etish masalasiga ham e’tibor qaratildi.


1.2 Raqamli iqtisodiyot va elaktron hukumat haqida qarorlar


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 11-may kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2020-yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilindi. Prezidentimizning Oliy Majlisga 2021-yil yanvardagi Murojaatnomasida raqamli iqtisodiyotga faol oʻtish kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan edi.
Raqamli texnologiyalarning naqadar muhimligini pandemiya sharoiti ham yana bir bor isbotladi. Ta’lim, davlat xizmatlari, davlat boshqaruvi tizimi, savdo va xizmat koʻrsatishning hammasi raqamli iqtisodiyot bilan bogʻliqligi yaqqol koʻrinib qoldi. Yillar davomida masofadan koʻrsatilmagan xizmatlar sanoqli kunlarda onlayn shaklga oʻtkazildi.
Ekspertlarning fikricha, kelgusi 3 yilda iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22 foiz ish oʻrinlari internet texnologiyalari yordamida yaratiladi.
Shu bois 2020 - yil 28-aprelda “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida raqamli iqtisodiyot bilan shugʻullanadigan yaxlit tizim yaratildi. Jumladan, “Elektron hukumat”, iqtisodiyot tarmoqlari va qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish, IT parklarni tashkil etish va boshqarish kabi vazifalar toʻliq vazirlik vakolatiga oʻtdi.
Shu bilan birga, qarorda yangi loyihalarning moliyaviy manbalari ham aniq koʻrsatilgan. “Elektron hukumat” doirasida 1,3 trillion soʻmlik 104 ta loyiha, iqtisodiyotning real sektorida 5,3 trillion soʻmlik 87 ta loyiha, telekommunikatsiyalar borasida 15,1 trillion soʻmlik 35 ta, agrar sohada 24 ta, IT parklar boʻyicha 18 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.
Yigʻilishda Shavkat Mirziyoyev “Bu ishlarni kelgusi 2-3 yilda toʻliq amalga oshirmasak, har bir kechikkan yilimiz mamlakatimizni 10 yil orqaga tortadi”, deya ta’kidladi.
Xizmatlarni raqamlashtirish borasidagi hozirgi ahvol tahlil qilindi. Qayd etilganidek, davlat idoralarida mavjud 700 dan ortiq axborot tizimlarining atigi 30 foizi “Elektron hukumat” tizimiga ulangan. Davlat xizmati koʻrsatuvchi 80 ta idoraning atigi 27 tasi Davlat xizmatlari agentligiga integratsiya qilingan.
Prezidentimiz vazirlik va idoralarda axborot texnologiyalarini qoʻllash darajasiga qarab undagi rahbarlarning oylik mukofot pulini oshirish yoki kamaytirish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq berdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga davlat idoralari ma’lumotlar bazasini tasniflab, ularni idoralararo integratsion platformaga ulash, elektron hamkorlikning yagona texnologik talablarini joriy qilish vazifasi qoʻyildi.
Pandemiya ta’sirini inobatga olib, eng zarur boʻlgan davlat xizmatlarini tezkor ravishda elektron shaklga oʻtkazish muhimligi ta’kidlandi.
Toshkent shahrida elektron tibbiyot kartasi, elektron shifoxona hamda shoshilinch tibbiy yordam tizimlarini joriy etish, ijtimoiy nafaqalar hisobini yuritishga moʻljallangan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ni 2020-yil yakuniga qadar ishga tushirish boʻyicha topshiriq berildi.
Davlat soliq qoʻmitasiga savdo va xizmat koʻrsatish ob’ektlarini onlayn nazorat kassa mashinalariga oʻtkazish, alkogol va tamaki mahsulotlarini markirovkalash hamda elektron hisob-faktura tizimini joriy etish yuzasidan koʻrsatmalar berildi. 
Kelgusi besh yilda sanoat korxonalarida axborot texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga tannarxni oʻrtacha 13-15 foizga pasaytirish mumkin.
Transport vazirligiga temir yoʻllarda yuk tashish hamda Toshkent shahrida jamoat transporti xizmatlari toʻlovi uchun avtomatlashgan tizimlarni ishga tushirish, barcha transportlarga yagona elektron bilet joriy etishni tezlashtirish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Yigʻilishda axborot texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Jahon banki hisobotiga koʻra, keng polosali internet tarmogʻini 10 foiz kengaytirish evaziga yalpi ichki mahsulotni kamida 1 foiz oʻstirish mumkin.
2020-yilda optik tolali aloqa qamrovini maktabgacha ta’lim tizimida 41 foizdan 100 foizga, xalq ta’limida 40 foizdan 70 foizga, sogʻliqni saqlash sohasida 38 foizdan 100 foizga yetkazish vazifasi belgilangan. Bu orqali koʻplab qishloqlarga internet tarmogʻi yetib boradi.
Shu bois Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ijtimoiy ob’ektlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash, tezkor mobil internet qamrovini yil yakunigacha 90 foizga yetkazish vazifasi qoʻyildi.
Bugungi kunda mavjud serverlar toʻlib borayotgani, sohadagi 300 dan ortiq loyihani amalga oshirish uchun 10 baravar koʻp quvvatli serverlar zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Axborotlarni qayta ishlaydigan markazlarni koʻpaytirish, xorijiy kreditlar jalb etib, loyiha qiymati 30 million dollarlik “data sentr” qurish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Axborot texnologiyalari qishloq xoʻjaligi, yerni hisobga olish va monitoring qilishda ham juda qoʻl keladi. Masalan, yerni kosmik zondlash orqali ekin maydonlari, vegetatsiya jarayoni, yerning meliorativ holati va minerallashuv miqdorini oʻrganish mumkin. Bu agrotexnik tadbirlarni aniq belgilab, hosildorlikni 25-30 foizgacha oshirish imkonini beradi.
Mutasaddilarga yer maydoni va suv hisobini yuritishning elektron tizimlarini ishlab chiqish, qishloq xoʻjaligida ekinlarni joylashtirishdan tortib, sotuvgacha boʻlgan jarayonlarni toʻliq raqamlashtirish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Yurtimizda axborot texnologiyalari sohasida 60 ming kishi mehnat qilmoqda. Yigʻilishda bu yetarli emasligi ta’kidlanib, soha mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarga eng avvalo mahalliy texnoparklar rezidentlarini jalb qilish boʻyicha vazifalar belgilandi.
Kelgusi oʻquv yilida “1 million dasturchi” loyihasiga 47 ming nafar oʻquvchini qamrab olish, sohaga zamin yaratish uchun maktablarda 7-sinfdan boshlab dasturlash asoslarini oʻqitishni yoʻlga qoʻyish zarurligi ta’kidlandi.
Yigʻilishda mutasaddilar sohadagi chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan hisobot berdi.
Bugun mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va kundalik hayotga izchil joriy etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini uch yil ichida jahondagi eng obroʻli 1 000 universitet safiga kiritishni ta’minlash, sohada jahonda yetakchi boʻlgan universitet va kompaniyalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, professor-oʻqituvchilar va talabalarning xorijiy stajirovkasi va malaka oshirishini keng tashkil etish kerakligi ta’kidlandi.

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish