I bob. Nazariy qism 3 Axborot texnologiyasining rivojlanish tarixi 13



Download 2,16 Mb.
bet2/40
Sana22.07.2022
Hajmi2,16 Mb.
#839542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Mundarija

KIRISH


Axborot texnalogiyalari ma’lumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnalogiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnalogiyalari tushuniladi. Axborot texnalogiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.
Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qoʻllaniladi.
Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud boʻlgan boʻlsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining oʻziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi oʻrinni egallamoqda.
Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan bogʻlik faoliyat soxalari tashkil qiladi.
Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda "saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi" turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mexmonxona xisob-kitoblari tizimlari misol boʻladi.
Yaratuvchi (ijodiy) axborot taxnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida oʻz ichiga oladigan tizimlardan iborat.
Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha soxalarini axborotlashtirish zarurligini koʻrsatmoqda. 
Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.
Darhaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish—inson xayotining barcha jabxalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan bogʻliq ob’ektiv jarayon hisoblanadi. 
Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning oʻsishi hamda fan-texnika taraqqiyotining jadallashishiga xizmat qiladi.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yoʻnalishga ajratish mumkin:
1)Mexnat, texnalogik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.
2)Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarishni axborotlashtirish.
3)Tashkiliy- iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.
4)Axoliga xizmat koʻrsatish soxasini axborotlashtirish.
5)Ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.
Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni oʻzlashtirishda kompyuter tizimining yordami benixoya kattadir. Axborot qanday koʻrinishda ifodalanishidan qat’i nazar, uni yigʻish, saqlash, qayta ishlash va foydalanishda kompyuter texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi: 
Birinchidan, oʻqitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart (an’anaviy) tizimga nisbatan oʻquv jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga qiziqishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini oʻstiradi, bilim berishga differentsial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustaxkamlash va nazorat qilishni yengillashtiradi, talabani oʻquv jarayonining sub’ektiga aylantiradi. 
Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin boʻladi: 

  • muayyan pedmetlarni oʻqitishda kompyuter darslari; 

  • kompyuter darslari—koʻrgazmali material sifatida;

  • talabalarning guruxli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;

  • talabalarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;

  • talabalarning oʻqishdan boʻsh vaqtlarini toʻgʻri tashkil qilish masalalarini xal etishda va x.k. 

Mexnat samaradorligining bundan keyingi oʻsishi va faravonlik darajasini koʻtarish, katta xajmdagi multimediya axborotini (matn, grafika, video tasvir, tovush, animatsiya) qabul qilish, ishlashga yangi intellektual vositalar va inson mashina interfeyslardan foydalanish asosidagina erishish mumkin. 
Informatikada mexnat unumdorligini oshirish suratlari yetarli boʻlmasa, butun xalq xoʻjaligida samaradorligini oʻsishi anchagina kamayishi roʻy berishi mumkin. 
Xozirgi dunyodagi barcha ish joylarining 50 foizi ga yaqini axborotni qayta ishlash vositalari bilan ta’minlangan. 
Jamiyatni axborotlashtirish, yangi axborot texnalogiyalari bilan ta’minlash insonlarning turli – tuman ma’lumotlarga boʻlgan ehtiyojini qondirishda muhim oʻrin tutadi.
Inson axborot olami ichra yasharkan, voqea-hodisalar jarayonlarning bir– biriga aloqadorligini, oʻzaro munosabatlari va moxiyatni tashkil etish, oʻz xayotidan kelib chiqayotgan murakkab savollarga ilmiy javob topish maqsadida koʻpdan - koʻp dadil va raqamlarga murojat qiladi.
Axborot tufayli nazariya amalyot bilan birikadi. Amaliyot nazariyasiz, nazariya esa amalyotsiz mavjud ham boʻlmaydi rivojlanmaydi ham.
Insoniyatni oʻrab turgan muxit oʻz xizmatlariga koʻra turlichadir – tabiiy, siyosiy, ijtimoiy, milliy va oilaviy ruxiy boʻlishi munkin. Aniqrogʻi bular xar birimiz yashayotgan bir butun muxitning tekisliklaridir. Mazkur tekisliklarning markazida axborotli muxit turadi va u barcha axborotli odimlarni boshqaradi: voqealikning moddiy axborotli muxitni boshqarish vositalari – energetik tomonlarini toʻldiradi, rivojlantiradi va bunda u turli ijtimoiy faktorlar bilan chambarchas bogʻliq boʻladi. 
Axborotli muxitning tabiatni tushunishda axborotning bilimga aylanishini oʻrganish katta ahamiyatga ega. Bir qarashda bir xildek tuyiladi, ammmo ular munosabatini chuqurroq oʻrganishda axborotda bilimning kommunikativ «boshqa vositalar» oʻrtasidagi bogʻliqlik xususiyati borligini koʻramiz. 
Jamiyatda odamlar oʻrtasidagi aloqa faktori boʻlimlar oʻrtasidagi «koʻprik» - bu axborotdir. Demak, bilimni «oʻzi uchun» axborotga aylantirish mexanizimi axborotli muxitini vujudga keltirishda aloxida oʻrin egallaydi. Qadimda axborotli muxit juda qashshoq boʻlib, u tor doiradagi eng kerak va chekli ma’lumotlar majmuasidan iborat edi, bu xol odamlar orasidagi bogʻliq doirasini ming yillab chegaralab keladi va odamning jamiyatdagi axborotli muxitidagi xissani kamaytirib yuboradi.
Bugungi kunda ijtimoiy turli koʻrinishdagi axborotlar majmuasi keng va rivojlangan boʻlib, uning jamiyatda tutgan oʻrni bexisobdir.
Oxirgi davrda axborotli muxitda katta oʻzgarishlar boʻlmoqda. Ana shu oʻzgarishlar qogʻozsiz texnologiya zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu esa oʻz navbatida, EXM ning yanada keng rivojlanishiga sabab boʻladi. Axborotli muxitning kelajakda inson xayotida oʻrni va ahamiyati, bugungi holatdan ancha yuqori boʻlishi uchun bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar koʻlamini kengaytirish talab etiladi.
Respublikamizda axborotlashtirish keng yoʻlga qoʻyilishi bilan undagi xar bir fuqoroga kerakli paytda, kerakli miqdorda, kerakli sifatda olish imkoniyatlari ochilmoqda. Respublikamizdagi viloyatlar, shaxarlar, tumanlarga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jixozlanib, ular maxsus qurilmalar (telefon tarmogʻi, modem va boshqalar) yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlmoqda. Insonning iqsodiy, ekologik, siyosiy va boshqa soxalarda fikrlash doirasining kengayishi axborotli muxitninig sifat va miqdor jixatdan oʻzgarishi, yangi xusiyatga ega boʻlgan axborotli muxitning kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda.
Demak axborotlashtirish vaqtinchalik tadbiq emas, rivojlanishning zarur vositasidir va axborotli muxitning hozirgi rivojlanish darajasidagi holatini informatikasiz qoʻllab boʻlmaydi. Axbortlarni tez, sifatli yigʻish saqlash, qayta ishlash va uzatish kabi vazifalarni bajarishda hisoblash texnikasining xizmati beqiyos ekaniga ishonch hosil qilmoqda. Iqtisodiyotning boshqarishdagi oʻzgarishlar, bozor munossabatlarga oʻtish, buxgalteriya xisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta’sir koʻrsatadi. Xisobning xalqaro tizimlarga oʻtishi amalga oshirilmoqda bu uning uslubiyatini yangi shakllarini ishlab chiqarishni talab qiladi. Buxgalteriya xisobining axborot tizimi va uning kompyuterda ishlab chiqarishning tashkil qilishning ananaviy shakllari katta oʻzgarishlarga uchragan.

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish